10 daqiqada öqiladi

193 marta körilgan

Uylanganim haqida

Şarof Boşbekov

1969-yilning sentyabr oyi.

Kamina kimsan – Toşkent teatr va rassomlik sanʼati institutining birinçi kurs talabasi! Oğiz quloqda, burunga xoda yetmaydi. Lekin bu xursandçilik uzoqqa çözilmadi. Hali bir-birimiz bilan tuzukroq tanişişga ham ulgurmay paxta terimiga olib ketib qolişdi. Nima qilamiz – köpga kelgan töy. Avtobuslarda turnaqator bölib, Sirdaryo viloyatining allaqaysi sovxoziga kelib tuşdik. Dala şiyponida “zek”larga öxşab ikki qavat narlarga joylaşdik.

Talabgorlar köp bölişiga qaramay, negadir meni – birinçi kurs talabasini – çoy qöyadigan qilib tayinlaşdi. Odam bolasi havas qilsa böladigan eng birinçi va eng oxirgi lavozimim şu böldi. Törtta töylarda işlatiladigan samovar, bir sisterna solyarka, yarim kilo quruq çoy, bitta temir kosov bizga qaraşli. Har xil mayda-çuyda boş oşpazlarga böysunmaymiz, töğridan töğri ştab boşliği – dekanga qaraymiz. Lavozim uçun partiya va hukumatimizga ming rahmat-u… lekin hammadan erta turiş yoqmaydi-da. Boşqalar maza qilib uyquni urişyapti, biz turib çoy qöyişimiz kerak. Ayniqsa, sovuq tuşib qolgan paytlarda malol kelarkan odamga…

Buniyam yölini topdik. Maktabda fizikadan yaxşi öqiganimiz qöl keldi. Uçiga temir truba kiygazilgan rezina içak samovar tagiga, ikkinçi uçi sisternaga ulangan. Solyarka kelişini köpaytirib-kamaytirib turadigan moslama – relye ham bor. Yaʼni solyarka köp kelsa, olov baland, kam kelsa, past yonadi. Baklarni suvga töldirib, olovni past qilib qöysak böldi. Möljalni şunday oliş kerakki, suv aynan kerak bölgan paytda qaynasin. Quruq çoy hammaga körinadigan joyda turibdi. Sovuqda saharlab uyquni harom qilişga ham hojat yöq endi.

Bir kuni, deng, ixtiroyimizga köz tegdimi, sahar payti ğala-ğovurdan uyğonib ketdik. Uxlab yotgan joyimizga dekan kelib, ustimizdagi körpani yulganiça öşqira ketdi:

– Hoy, yaramas, çoy qani?!

Şoşib taşqariga çiqsak, tumonat odam – krujka, termos, çoynaklarini kötarib, u yoqdan-bu yoqqa zir yugurib yurişibdi. Baqir-çaqirning tagida qolib ketdik. Yuqori kurs talabalari bir-ikki turtib ham olişdi… Samovarlarni birin-ketin oçib qaradik – bir tomçiyam suv yöq, erib ketişiga sal qolibdi! U-bu deb bir amallab qutuldik. Öşa kuni bolalar terimga çoysiz ketişdi. Bizga rosa alam qildi.

U davrlarda domlalarga sergöştgina qilib alohida ovqat tayyorlanardi, “qora xalq”qa möljallangan ovqatni yeyişdan or qilarmidi, bilmadik. Domlalarga alohida oşpaz ham tayinlangan. Qöşni kursda Mavjuda degan qiz bölardi. Imtihon topşirib yurgan paytlarimizda bir-ikki körganmiz. Bir nima söraganimda bobillab bergani esimda, institutga kirolmay qolgur!.. Domlalar öşani oşpaz qilib tayinlaşibdi, odam quriganday!

Xullas, öşa kuni hamma çoysiz qoldi. Domlalar ham. Biz panaroq joyda qadrdon baklarimizni poylab turibmiz. Öğri kim? Şu orada öşa “şef-povar” bir dunyo yuvilmagan idiş-tovoq kötarib, samovarlarga yaqinlaşdi. Qarab turibmiz. U yoq-bu yoqqa alanglab oldi-da, bakdagi iliqqina suvga haligilarni yuva boşladi. Jon-ponimiz çiqib ketdi! Bekingan joyimizdan vajohat bilan çiqdik:

– Hö, nima qilyapsan, kisavur?! – dedik.

“Şef-povar” pinaginiyam buzmadi:

– Nima qipti, ozgina olyapman.

Bilib turibmiz, domlalarga orqa qilyapti. Biz ham böş kelmadik:

– Baklarni qaqşatib qöyibdi-yu, “ozgina”­miş! Sening kasofatingga hamma çoysiz qoldi!

– Nega qaqşatar ekanman? – dedi qiz begunohlarça közlarini pirpiratib. – Menam tuşunaman, törtala bakdan ozgina-ozginadan oldim.

– Hö, musulmonning bolasi, suvni roppa-rosa yetti soatda qaynaşga möljallab solaman! Sening qaroqçiligingdan keyin suv kamayadimi – kamayadi! Ertalabgaça suvning bir tomçisiyam qolmay buğlanib ketadimi – buğlanib ketadi! Samovar erib ketişiga sal qopti! Ana, bor, sovuq suvda yuvaver – ölib qolmaysan!..

Şu-şu, “şef-povar”ni ölguday yomon körib qoldik. Aslida, kekçi odammasmiz-u, lekin öşa voqeani ança paytgaça unutolmay yurdik. Uni kördik degunça jinimiz qöziydigan böp qoldi.

Tasavvur qiling, ertalab başarani köpiklagança soqol olyapmiz. Naq derazamizning tagidan yuvilmagan idiş-tovoq kötarib Mavjudaxonim ötib qoladilar.

– Ha, şef, namunça derazamning tagida lökillab qoldingiz? – deymiz atay “siz”lab.

– Hm, ja közim uçib turibdi-da! – degan javob böladi.

– Yoqtirib-poqtirib qolgan bölsang tap tortmay aytaver – men köngli böş odamman!

– Duç kelgan “çayxançik”ni yoqtirib jinni böpmanmi? Umringizda sira oynaga qaraganmisiz özi?

– Qaraganmiz! Başarani köpiklab har kuni qarayveramiz – yuragimiz yorilib ölib qolganimiz yöq!

– Qörqmasangiz, köpiklamasdan ham bir qarab köring-çi!

Bu gap u yoq-bu yoğimizdan ötib ketdi.

– E, sen bilan gaplaşgunça it bilan gaplaşganim yaxşi! – deb doim oşxona atrofida öralaşib yuradigan salkam buzoqday keladigan köppakni çaqiramiz: – Ma, Törtköz, Törtköz!..

It ham, deng, şu gapni kutib turganday, birpasda qayoqdandir paydo böla qoldi.

– Ha, oğayni, işlar yaxşimi, ahvollar qalay? – deb it bilan “salom-alik” qilamiz. – Anovi samovardagi suvga tegmagin, xöpmi? Sendan boşqayam tumşuğini tiqib, suvni harom qiladiganlar bor!

Şunday deb köz qirimizni qizga taşlaymiz: boşini sarak-sarak qilganiça zaharxanda tabassum qilib turibdi.

– Töğri qilasiz! Hamma öz tengi bilan gaplaşgani yaxşi-da!..

Birodarlar, dunyoga kelib heç kimdan bunaqa haqorat eşitmagan edik… (Keyinçalik aynan şu gap-sözlar “Doka römol qurişi” badiiy filmga ham kirgan.)

Bir kuni Mavjudaning otasi kelib qoldi. Milit­siya kapitani formasida, guldurak ovozi naq Şukur Burhon, buyam yetmaganday şop möylovi ham bor. Katta öğlini uylantirayotgan ekan, domlalar bilan gaplaşib qizini opketib qoldi. Ammo-lekin könglimizdagiday iş böldi, endi bir neça kun quloğimiz tinçiydi! Öşanaqasi yöq böp ket-e!..

Töy degani bir kun bölar, ikki kun bölar, xöp, ana, uç kun bölar, bir hafta bölmaydi-ku!.. Şu, nimadir yetişmayotganday, nimadir yöqday bölaveradi, deng… Yaxşilab öylab qarasak, janjallaşadigan odam yöq ekan! Xullas, ön kunlar ötib “şef-povar” kirib keldi. Uni körişimiz bilan tağin tönni teskari kiyib oldik. Hayron bölamiz, unaqa odatimiz yöq edi. Uf-f, bölsayam bir balo, bölmasayam…

Qisqasi, paxta terimi tugab, yangi yil bayramiga yaqin institutga qaytdik. Soç-soqolni qirtişlab, odambaşara kiyinganimizdan keyin kursdoşlar bir-birimizni taniyolmay qoldik. Paxtagaça tuzukroq tanişişgayam ulgurmovdik-da.

“Şef-povar” bilan munosabatimiz eskiça qoldi: institutning uzun yölagida uçraşib qolamiz, bir-ikki oğiz aççiqqina söraşamiz. Bor gap şu. Lekin yolğiz qolgan paytlarimizda keyingi paxta mavsumini qömsaydigan böp qoldik…

Bir kuni qöşni kursda öqiydigan döstimiz uylanadigan böp qoldi-yu, kursdoşlarga xabar qiliş kaminaga yuklandi. Yozgi taʼtil payti bölgani uçun bu iş oson emasdi. Biroviga telefon qildik, biroviga telegram urdik, xullas, hammani töyga aytdik. Faqat Toşkent şahri va uning atrofi qoldi. Mavjudani aytmaslikning sira iloji yöq, axir kuyov bölmiş u bilan bitta kursda öqiydi-da. Mavjuda Toşkent viloyatining Bekobod tumanida yaşaydi. Tağin deng, “Zarvorli”mi, “Darvozli”mi degan sovxozida ekan. Tavakkal qilib yölga tuşdik. Sörab-sörab Makkani topişibdi. Xullas, topib bordik – “Dalvarzin” ekan. Yurak betlamayroq darvozasidan möralaymiz, heç kim körinmaydi. Velosipedda öt olib ketayotgan bir bolani töxtatdik.

– Hö, bola, bir söm işlaşni xohlaysanmi?

U paytlarda bir söm katta pul – tört buxanka non keladi.

– Qani? – dedi bolakay işçanlik bilan.

– Mana, – dedik pulni körsatib. – Bitta xat yo­zib beraman, anovi darvozani taqillatib, Mavjuda opani söraysan. Şaxsan qöliga topşirasan – pul seniki!

Bolaning közlari qörqqanidan dum-dumaloq böp ketdi:

– Iye, u Orifxöjayevning eşigi-ku!.. – deb bolakay velosipedini yetaklaganiça qoçib qoldi.

– Xöp, uç söm beraman! – deb uning orqasidan qiçqirdik.

Melisa yuragini olib qöygan şekilli, bolakay orqasiga qayrilib ham qaramadi. Ön sömgayam könmaydi-yov…

Çor-naçor eşik tugmasini özimiz bosamiz. It ham akillamadi. “Elçiga – ölim yöq” dedig-u, sekin hovliga kirdik. Hovlining örtasida dumaloq favvora, atrofida atirgullar oçilib yotibdi. Işkom tagidagi karavotda melisa maykada ötirganiça “Belomor” tutatyapti. Darrov salom berdik. Qöş qöllab körişdik. Formada bölmagani uçunmi, ilgarigi salobati yöqday tuyuldi. Lekin ovoz öşa-öşa – Şukur Burhon. Maqsadimizni aytdik. Melisa bizga yoqib qoldi, sergapgina odam ekan. U yoq-bu yoqdan gaplaşib ötirdik.

– Ön törtta bolani katta qiliş osonmas, öğlim, – dedi melisa bir payt. – Hammasini yedirasan-kiydirasan, öqitib odam qilasan, endi hammasi özidan-özi katta böp qolganday.

– Keçirasiz, ön törtta deganday böldingizmi? – söradik xavotir bilan.

– Ha, ön törtta, – dedi melisa şunçaki ohangda. – Törtta öğil, önta qiz.

Damimiz içimizga tuşib ketdi.

– Önta qiz?.. – qayta söradik ojizgina.

Beixtiyor sakkizinçi mart – xotin-qizlar bayramidagi ahvolimizni tasavvur qilib ketdik. Mabodo, deyman-da, biz öylagan narsa amalga oşib qolsa-da… Bölmasa bizga nima, qirqta qiz bölmaydimi!

– Söraganning aybi yöq, bu, Mavjuda neçançisi? – söradik yurak yutib. – Har qalay, birga öqigandan keyin bilib qöysak yomon bölmaydi…

– Beşinçisi, – degan guldurak ovoz keldi. – Ikki öğil, ikki qizdan keyin. Bitta qizimizni uzatganmiz, bitta öğilni bultur paxta yiğim-terimi paytida boşini ikkita qilib qöydik. Endi navbat qolganlariga.

Öylab ketdik: “Mavjudaga navbat kelgunça institutniyam tugatib olsak kerak…”

Şu payt singillaridan biri dasturxon yozib, çoy olib kirdi.

– Ahvollaringiz yaxşimi? – söraşdi qiz xuşmuomalalik bilan. – Dam olişlar yaxşi ötyaptimi? Uydagilar tinçmi?

Birpas ötib yana öşa qiz meva-çeva, qand-qurs olib kelib qöydi-da, meni hayron qoldirib, tağin söraşa ketdi:

– Assalomu alaykum, yaxşi keldingizmi? Ota-onangiz soğ-salomat yurişibdimi? Aka-ukalaringiz?..

Nima, bizni kalaka qilyaptimi bu qiz? Hozirgana söraşdik-ku!..

Ahvolimni körib, melisa jonimga oro kirdi:

– Hayron bölyapsiz-a? Bular Fotima-Zuhralar. Haligisi Fotima edi, bunisi Zuhra. – Keyin qiziga daşnom berdi: – Neça marta aytaman, mehmon-pehmon kelganda boşqaça kiyinib yuringlar deb! Bunaqada mehmonni “porok serdsa” qilasanlar-ku!

Birozdan keyin yengilgina taom kötarib, Mavjudaning onasi keldi, tanişdik. Ketidan anovi “novça möysafid” ham keldi. Halitdan içib olsam bölmas degan öyda, rosa tarang qildim. Lekin mezbon qöyarda-qöymay bir piyola içirdi. Har qalay melisa-da, aytganini qildirib örgangan.

Bu orada Mavjudayam köriniş berdi: öşa-öşa qoş-qovoq. Köylak-lozim, peşbandda bölgani uçunmi, bilmayman, közimizga biram yaxşi körinib ketdiki! Ayniqsa, qölidagi kapgirni aytmaysizmi!..

Dasturxonga suyuq-quyuq taomlar peşma-peş tortilib turibdi, melisa amaki yana bir neça marta “aytganini qildirdi”. Işqilib, kunniyam keç qildik. Xohlamaygina ketişga izn söradim. Qöyarda-qöymay yotib qolişga köndirişdi, “keç böp qoldi, qoronğida yurmang, ertaga ketarsiz” va hokazo. Jon dedim…

Unaqa odatim bölmasayam erta turdim. Melisa keldi.

– Yaxşi yotib turdingizmi, öğlim?

Şu, “öğlim” deganlari biram yoqadi-yey!..

– Keça aytdim-ku, bizda öğil taqçilroq. Kattalari işda, kiçiklari öqişda. Şu, işkomning ustunlari çirib ketibdi, yordam bervormaysizmi? – Roziligimni kutib ötirmay oldimga bir quçoq kiyim-keçak taşladi. – Loyiğini kiyib çiqarsiz.

Kiyimlarimni almaştirib hovliga çiqsak, melisa bitta ğölani sudrab kelyapti. Darrov borib ğölaning ikkinçi uçidan kötarib oldik.

– Qörqmang, – dedi melisa, – bitta ustun çiribdi, xolos. Şuni kömsak böldi, qolgani ikkita reyka bilan hal böladi.

Oçiği, işning bunçalik kamligidan afsuslanib ham qöydik.

Mavjuda biz tomonga xömrayganiça oşxona yoqqa ötib ketdi. Kapgirni taraq-turuq qilib sabzi va göştni zarda bilan qovura boşladi. Demak, quling örgilsin oş böladi. Qayerdadir öqib edik, oşpazning jahli çiqib tayyorlagan ovqati şirin bölarkan. Bu ilmiy haqiqat.

Kamina narvonga çiqib, qizdan köz uzmagan köyi ustun qoqyapti. Közimiz Mavjudada-yu, qölimiz zilbolğada. Şu payt bir neçta reyka kötarib melisa kelib qoldi.

– Iye, iye, öğlim, nima qilyapsiz? – dedi u kulib. – Nima, Amerikadan teşib çiqmoqçimisiz?

Oşxona derazasidan qarab turgan Mavjuda piq etib kulib yubordi. Qarasak, ustun jonivorni tizza böyi qilib qoqib taşlabmiz! (Bu voqea ham “Doka römol qurişi”ga aynan kirgan).

Ustunni boşqatdan qoqişga töğri keldi. Reykalarga ötdik.

– Manovini şu yerga qoqsak, nima deysiz, ada? – dedik Mavjuda yoqqa qarab olib.

Albatta, “ada”ni çaynab, mujmalroq qilib aytdik. Lekin Mavjuda qurğur ziyrak qiz emasmi, gapimizning nişabi qay yoqqa ketayotganini darrov fahmladi. Otasi sal nari ketişi bilan vahşat bilan şivirladi:

– Namunça “ada”lab qoldingiz? Xomtama bölmang, sizga ikki dunyodayam ada bölmaydilar! Sizning adangiz Bulunğurmi, “Mulunğur”mi – öşa yoqda!

– Özlari “öğlim” deb turganlaridan keyin, men nima qilay? Aytganman-ku, köngli böş odamman, deb. Salga yiğlavoraman…

Qarasak melisa yaqinlaşyapti.

– Mixning kattaroğidan yöqmi, ada? – söradik biz.

Mavjuda deganlari butunlay tamom böldi.

Lekin uning opa-singillari bilan ança xuşmuomala, odob va madaniyat bilan gaplaşamiz.

Işlarni tugatib, kiyimlarni almaştirayotganimizda opa-singillarning gap-sözlaridan bir şingil eşitib qoldik:

– Voy, nega unaqa deysan, Mavju? – dedi opa-singillaridan kimdir. – Tuppa-tuzuk yigit-ku…

Mavjuda tomondan şunday javob böldi:

– Uning çiroyli gaplariga uçmanglar! Sizlar bilmaysizlar, içidan pişgan pes u!..

Mana, taqdir ekan, Mavjudaxon salkam ellik yildan beri öşa “içidan pişgan pes” bilan yaşab kelyapti. Uç farzandning mehribon onasi, töqqizta nevaraning ketvorgan buvisi…

 

Sharof Boşbekov

 1951-yili tuğilgan.

Sanʼat instituti musiqali aktyorlik bölimida tahsil olgan. “G” varianti”, “Ğurur”, “Jumboq” kabi hikoyalari, “Tuşov uzgan tulporlar” dramasi, “Taqdir eşigi”, “Eşik qoqqan kim?”, “Eski şahar gavroşlari”, “Temir xotin” kabi komediyalari eʼlon qilingan. “Söqmoq”, “Mehr va mauzer” kinoqissalari, “Falakning gardişi”, “Musofir bölmagunça”, “Tentak farişta” (hikoyalar, maqolalar, ssenariy) töplamlari naşrdan çiqqan.

 

2021/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…