2 daqiqada öqiladi

547 marta körilgan

Alixontöra Soğuniy

Alixontöra Soğuniy

Alixontöra Şokirxöja öğli (taxallusi Soğuniy) 1885-yili tuğilgan. Din va jamoat arbobi, ulamo, yozuvçi. Arabiston (Madina)da va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Çor maʼmuriyatining yerli aholini mardikorlikka oliş siyosatiga qarşi çiqqanligi uçun podşo maxfiy politsiyasi taʼqibida böldi. 1916-yilgi qözğolon şafqatsizlarça bostirilgaç, siyosiy muhojir bölib Qaşqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Şarqiy Turkistonga bordi. Omma orasida hurriyat ğoyalarini tarğib qilganligi sababli 1937-yili Xitoy maʼmurlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941-yili adliyaviy taftiş natijasida ozod qilindi. 1944-yilning 12-noyabrida Şarqiy Turkiston jumhuriyati eʼlon qilinib, Alixontöra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qöşin taşabbuskori böldi va unga qömondon etib tayinlandi. 1946-yili şöro ayğoqçilari tomonidan maxfiy ravişda tazyiq bilan Şarqiy Turkistondan olib çiqib ketilgan Alixontöra umrining oxirigaça Toşkentda yaşadi va 1976-yili vafot etgan.

Adib Ahmad Donişning “Navodir-ul vaqoye”, Darviş Ali Çangiyning “Musiqa risolasi”, şuningdek “Temur tuzuklari” kabi asarlarni tarjima qildi. Alixontöraning “Devoni Soğuniy” şeʼriy töplami, “Tarixi Muhammadiy”, “Şifo ul-ilal” (“Xastaliklar davosi”), “Turkiston qayğusi” avtobiografik asarlari bor. Özbekiston mustaqillikka erişgaç, Alixontöra Soğuniyning xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Toşkentning Yakkasaroy tumanidagi örta maktabga, Çilonzor tumanidagi mahallaga, Şayxontohur tumanidagi köçaga uning nomi berildi.

* * *

Alixontöra Soğuniy öz hayotining zimziyo kunlarida nima sababdan tarjima qiliş uçun aynan “Temur tuzuklari” va “Navodir ul-vaqoye”, Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” yoki Darveş Ali Çangiyning “Musiqa risolasi”ni tanladi? Axir u nafaqat jangçi, qömondon, ayni paytda diniy ulamo ham edi-ku! Öz zamonasida qança-qança diniy kitoblarni öqimadi, deysiz. Şarq olamining manaman degan olimlarining inşolarini tinçgina tarjima qilib, diniy idora kutubxonasiga “esdalik” uçun topşirib qöyib, el-yurtning ziyofatlarida, töy-haşamlarida mazza qilib, davrini surib yuraversa bölmasmidi? Yöq! Bölmas edi, deb javob berişadi Alixontöra Soğuniyning hayoti va ijodi bilan ozgina bölsa ham taniş odamlar! Çunki Alixontöra Soğuniy faoliyat odami edi.

Yoqubjon Xöjamberdiyev,

yozuvçi

2021/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…