6 daqiqada öqiladi

428 marta körilgan

“Oldinda bir yöl bor…”

Suhrob Ziyo

Mansur Jumayev şeʼrlari ohangida forsiy şeʼriyatning nafis taronalari yangrab turadi. Ularni bir qaraşda ajratib oliş muşkuldek körinadi. Bundan taşqari, bu ohanglar faqat forsiy adabiyotdan ösib çiqqan deb bölmaydi. Bu ohanglarda Rumiy bilan birga Navoiy va Fuzuliy ham bor… Ammo şoirni bunda ayblaşga haddingiz siğmaydi. Çunki barça şeʼrlarda, avvalo, bir Mansur bor. Fors adabiyoti bilan töyiniş şoirni taqlidçiga çiqarmaydi, aslo. Bu uning şeʼriy leksikasini boyitib, ijodiy imkoniyatlarini oşirib yuborganini seziş qiyin emas. Şuning uçun ham Mansur Jumayevni öz tengdoşlari orasida badiiy söz boyligi eng yuqori bölgan şoirlardan desak, mubolağa bölmaydi.

“Işqulloh” şeʼrida içki qofiyalar va ohanglar tizmasi böy körsatadi. Faqat şakl emas, ruh ham tamoman mumtoz yölga tuşib olgan şeʼrda:

Kimsan – boqiymi, foniy,

yerlikmi yo osmoniy,

yo firʼavni misriysan,

yo kisroi eroniy,

qaysar rummomiding yo,

qavmi tubbomiding yo,

yo şeri turk, yo ey jon,

xulafoi musulmon,

yo yerdagi qirolsan,

yo kökdagi hilolsan –

neçuk sanga qul böldim,

koşki edi bilolsam…

Şoir ruhni öz yetoviga qöyib, uning yurgan yöllarini şarhlab, tuşuntirib ketayotgandek tuyuladi. Ruh esa erkalikda davom etadi va kulminatsiyaga kelib:

 

Kel-u oşiq qoşiga,

boqmay közim yoşiga,

soçib yubor ruhimni

oşiqlarning boşiga… – deya jömardlik qiladi.

Bu ritm, bu musiqiy yölda yaralayotgan şeʼrdan şoir özini töxtatib qöymasligi uçun, öz fikrini ifoda etiş uçun bisyor söz boyligi talab etilişini asar leksik komponentlaridan ham anglaş mumkin. Şeʼrni öqir ekansiz, Hofiz Şeʼroziyning “Ey Sorbon”iga xayol ketadi. Til boşqa, mavzu boşqa, janr boşqa bölsa, nega aynan şu şeʼr? Sabab ohang bölsa kerak. XXI asr karvonida biroz şiddat borligi ayb emas.

Mansur Jumayevning “Oldinda bir yöl bor köp yiroq…” şeʼrida islomiy motiv ustunligini köpçilik sezmaydi ham. Mumtoz şoirlarning majoz tariqida Allohni vasf qilgani kabi bu şeʼrda oşiq yoriga dunyoviy visol haqida sözlaganday bölib, jannatdan xabar beradi:

 

Oldinda bir yöl bor köp yiroq,

tarhini topmadim kim biçgan:

qiliçim damidan ötkirroq,

soçlaring toridan ingiçka.

Muqaddas kitoblarda Sirot köprigining sifatlari aytiladi: qildan ham ingiçka, qiliçdan ham ötkir, qop-qoronği zulmat, tagida esa zulmatdan ham qora jahannam bor:

 

Oldinda köprik bor – osti jar,

bilmadim özim ne bölaman,

azizim, sen ötgil bexatar,

azizim, sen faqat qulama.

Uning ustida qarmoq va ilmoqlar, tagida esa qadamni jarohatlaydigan, yaralaydigan ötkir tikonlar bor. U yerdan ötayotganda, Sirot köprigidan toyib, jahannam qaʼriga yiqilayotgan bandalarning qattiq baqiriqlari eşitiladi. Oşiq yor ila jannatda uçraşmoqni iltijo qiladi. “Bilmadim, özim ne bölaman” deb öz holini eslaydi, lekin özidan köra köproq yordan xavotir oladi: “azizim, sen faqat qulama”.

Imom Abu Dovud roziyallohu anhu Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilişiça: “Bir mahal hazrati Oişa yiğlayotgandi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Nega yiğlayapsan?” – deb söradilar. Hazrati Oişa: “Jahannamni esladim, şuning uçun yiğladim. Qiyomat kuni oila aʼzolaringizni esga olasizmi?” – dedi. U zot dedilarki: “Uç joyda birov birovni öylay olmaydi: amallar tarozida tortilayotganda, yaxşi amallar yengil yo oğir kelişini bilmoqçi bölib turganda va Sirot köprigidan ötayotganda, bundan öta olişi yo öta olmasligini bilgisi kelib turganda”.

Banda Sirot köprigidan yurib borar ekan, boşqalarning yo yiqilib, jahannamga qulayotgani yoki najot topayotganini ham körib turadi. Biroq şunday vaziyat böladiki, heç kim heç kimga parvo qilmaydi. Ehtimol, öşanda u öz ota-onasi va yaqinlarini ham körar, lekin ularga ham eʼtibor bermaydi. U lahzada hamma faqat özini öylaydi…

…azizim, sen ötgil bexatar,

azizim, sen faqat qulama!

Bu – oşiqning jömardligi, fidoligi, majnunligi.

Kişi Sirot köprigidan barça gunohlarini yelkasiga kötargan holda ötadi. Agar gunohlari köp bölsa, juda sekin, gunohlari yengil bölsa, Allohning inoyati bilan çaqmoq kabi juda tez ötadi. Oldinda esa “ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlar” bor.

 

Oldinda çaman bor, safo bor,

xotirjam-xotirjam havo bor…

azizim, ungaça ozgina

sitam bor, zulm bor, jafo bor…

Sitam bordir, jafo bordir. Ammo şoir u kunda “zulm bor” deyişi biroz töğri emasdek. U kunning qiyinçiligi zulmdan emas, Allohning banda ustidagi adolatidan bölmoği şubhasiz. Şu sababdan ham “azizim, ungaça ozgina sabr bor, sitam bor, jafo bor”, – degan maʼqul edi, nazarimizda.

 

Işq dedim kezib tört yoğingda,

işq dedim, çorladim bilmayin;

azizim, sen borar boğingda

men kutib olarman jilmayib!

Oşiq jannat boğlarida maʼşuqani kutib turganini tasavvur qiladi. Bu tasavvur ortida ikki dunyoda ham yor bilan birga böliş umidi bor. Şoirning yor haqqiga qilgan duosidek tuyuladi. Zero, har bir şeʼrda şoirning bir duosi böladi.

Mansur Jumayevning yana bir mumtoz özbek va forsiy adabiyotdan olgan ulgisi bor. “Hadis mujdalari”. U XXI asr özbek yoşlar şeʼriyatida birinçi bölib “arbaʼiyn” anʼanasiga qöl urdi. Arbaʼiyn – hadislar şeʼriy yölda yaratiladigan  turkumdir.

“Arbaʼiyn anʼanasi hazrati mavlono Abdurahmon Jomiydan boşlangan. Ayni Jomiy forsiy nazm qilgan qirq hadisni hazrat Navoiy ham turkiy nazmga solib, yangi arbaʼiyn tuzganlar. XX va XXI asrlarda ham bu anʼana davom etdi. Öz davrida buyuk ustoz Abdulla Oripov mazkur mavzuni yuksak maqomga olib çiqdilar va “Hikmat sadolari” turkumi şoir ijodining gultoji bölib qoldi. Keyin Sirojiddin Sayyid, Şukur Qurbon, yoş şoir Mansur Jumayev öziga xos arbaʼiynlar tuzdilar…” (Mirzo Kenjabek, “Yoşlarga dil sözlarim”).

Forsiy adabiyotdan boşlanib, turkiy adabiyotda kamolga yetgan uşbu uslubda Mansur Jumayev öz sözini aytişga urinadi. Özidan oldingi ustozlardan farqli ölaroq, hadisning özini emas, undan anglaşiladigan maʼnoni şeʼrga soladi. Yoki biror hadisga işorat orqali alohida şeʼr yaratadi. Misol:

 

Tiğ tutdi degani – tildi degani,

Tingladi degani – bildi degani.

Mudom yaxşilikka qilgil dalolat,

Buyurdi degani – qildi degani.

Nasr ibn Abdurrahmon al-Köfiy – Ahmad ibn Başir – Şabib ibn Bişr – Anas ibn Molik: “Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kişi kelib, minişga bir ulov söradi. U zotning oldilarida uni mindiradigan ulov topilmadi. Boşqa birovni körsatib yuborgan edilar, u ulov berdi. Kelib, bu töğrida Rasululloh (s.a.v.)ga xabar yetkazdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): “Yaxshilikka dalolat qiluvçi uni bajaruvçi kabidir!” – deb marhamat qildilar”. (“Sunani Termiziy”, 2670-hadis).

Yoki:

Islom fitratida tuğilgay har jon,

Miysoqda guvohlik bermiş bir zamon.

Söng ota-onasi yasaydi undan

Yo yahud, yo majus, yoki nasoron.

 

* * *

Qirda ötov tikib, qönoq kutgan dam,

Eslangiz çodirdöz mehnatini ham.

Yaxşilik qilolgan kimsa bilan teng

Yaxşilikka sabab bölgan kimsa ham.

Körib turganingizdek, şoir hadisning özini şeʼrga solib qöya qolmaydi. Uni öz adabiy maqsadi yölida şeʼrga jo etadi. Bu qançalik özini oqlaşini vaqt körsatadi. Ammo anʼanaga qöl urilganining öziyoq muallifning dadilligini va ilmdan begona emasligini körsatib turadi. Bu kabi asarlar yangi asr öquvçilariga islom maʼrifati bilan suğorilgan milliy özligimizni his ettiriş uçun bebaho manba bölişiga umid qilamiz.

 

 

Suhrob ZIYO

 1996-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Köngil yelkani”,

“Ay suygulim” kitoblari çop etilgan.

2021/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)