Tarixda qoliş
Bernad Şou elga tanilib, obrö-eʼtibor qozongan payt. Kunlarning birida köçada uni bir velosipedçi urib yuboradi. Xayriyatki, heç kim oğir jarohat olmaydi. Ikkovlari ham qattiq qörqib ketişadi, xolos. Velosiped mingan kişi yugurib kelib, yozuvçidan töxtovsiz uzr söray boşlaydi. Ammo Şou uning uzrini qabul qilmaydi:
– Omadi kulmagan odam ekansiz-da, ser! Yana ozgina ğayrat qilganingizda, mening qotilim sifatida tarixda qolardingiz.
Qaytimini oling
Hajviy asarlari bilan nom qozongan çex yozuvçisi Yaroslav Gaşek Bavariyaga sayohat qiladi. Safar payti mahalliy tansiq taom – sosiska yeyişni köngli tusab qoladi.
Stansiyalarning birida perronda daydib yurgan bir bolani çaqiradi va deydi:
– Mana, senga 40 pfenning. Ikkita sosiska ol. Bittasini özing ye, ikkinçisini menga olib kel.
Poyezd jönaşiga bir daqiqaça qolganda haligi bolakay yöl-yölakay çaynalgança vagonga yugurib keladi. Gaşekka 20 pfenning uzatadi va deydi:
– Faqat bitta sosiska qolgan ekan. Uni özim yedim. Manavi 20 pfenning sizning sosiskangizning puli.
Antiqa xuşomad
Aleksandr Dyuma öz davrining atoqli vraçlaridan biri Gistal bilan tuşlik qiladi. Döxtir yozuvçidan “Mulohazalar kitobi”ga biror narsa yozib berişni söraydi. Bu kitobga köpinça davo topgan bemorlar öz dil izhorlarini bitişar edi.
Dyuma ilk jumlasini yozadi:
“Döxtir Gistal hamma oilalarni davolaydigan vaqtdan boşlab şifoxonalarni berkitiş kerak”.
Bu gapni öqigan vraç taltayib ketadi:
– Paxtaniyam tozasidan qöydingiz-ku, taqsir!
Şundan söng Dyuma fikrini şunday tugallaydi: “Va ikkita yangi qabriston ham oçiş zarur…”
Hayotdagi Sherlok Xolms
Angliyalik maşhur yozuvçi Artur Konan Doyl (1859–1930) ajoyib kunlarning birida Parijga keladi. Vokzalda bir taksiçi unga juda işonçli qiyofada yaqinlaşadi va heç bir söz demay jomadonini olib, maşina yukxonasiga taşlaydi. Rulga ötirgaçgina tilga kiradi:
– Msye Konan Doyl, qayerga olib borib qöyay?
– Iye, meni qaydan taniysiz? – deb hayron böladi yozuvçi.
– Birinçi marta körişim, – deb javob beradi haydovçi.
– Unday bölsa, menligimni qanday bildingiz?
– Siz tasvirlagan deduktiv usul bilan, – deydi taksiçi ğururlanib. – Birinçidan, Artur Konan Doyl şahrimizdagi “Rivyer” oromgohida ikki hafta dam olişini gazetalardan öqigandim. Ikkinçidan, siz tuşgan poyezd Marseldan kelyapti. Uçinçidan, yuzingiz qoraygan, bu Örta dengiz sohillarida kamida ön kun turganingizdan dalolat. Marsel Örta dengiz sohilida joylaşgan. Öng qölingizning örta barmoğidagi siyoh doğini körib, yozuvçi ekaningizga işonç hosil qildim. Özingizni tutişingiz kasbingiz döxtir ekanini körsatib turibdi. Ana şu muşohada va mulohazalardan söng qarşimda maşhur adib, Sherlok Xolms haqidagi hikoyalar muallifi Artur Konan Doyl turganini angladim!
Taksiçining sözlarini eşitib, yozuvçi yoqa uşlaydi:
– Siz deyarli Sherlok Xolmsning özi ekansiz-ku! – deb hayqiradi u. – Axir, arzimas detallardan şunday xulosa yasaş hazilakam gapmi!
– Ha, endi… – deb maqtovlarni töxtatişga urinadi haydovçi. – Men yana bir arzimas detalni payqab qoldim.
– Qanaqa detal?
– Jomadoningizga yopiştirilgan yorliqni. Unga sizning ism-şarifingiz öqlovday qilib yozib qöyilgan ekan!
Omad Valiyev
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

