“Boybovaning bolalari” hikoyasi yozuvçining dardi, iztirobidir. Yutuq – hikoya deyişga sabab şuki, muallif bu dardni öquvçiga yuqtira olgan. Hikoya qahramoni, Ğaniqul iborasi bilan aytganda, bir gözal hikoya bölganki, öqiganda jumlalari ilmiliq suvdek mayin yutiladi. Muallif böyidan baland sakraşga urinmaydi, hikoya qanday quyilib kelgan bölsa, şundoqligiça qoğozga tuşirgan-u, söng tişga botar sözlar ustida obdon işlagan. Buni biroz sinçkov öquvçi tez fahmlab, gap tuzişdagi şoirona usul orasidan gohida böy körsatadigan maqolaga xos jumlalarga köz yumadi. Sababki, hikoyani öqib bölgaç kişi bilmas iztirob dilini örtaydi, böğziga yiği tiqiladi.
Öquvçi hikoyaning avvalida qahramon tilidan aytilgan: “Ölimdan gözallik qidiraman”, degan gapdan boşlab, asta-sekin Ğaniqulga aylana boşlaydi. Nihoyada esa Ğaniqul emas, öquvçi qora dömbirani bağriga bosib sindiradi, oh tortadi.
Nazarimda, hikoyadagi qora dömbira haqida alohida töxtaliş joiz. Biz köpinça “qora” deganda rangni tuşunamiz. Katta ehtimol bilan muallif ham bu yerda faqat rangni nazarda tutgan. Çunki dömbiraning oğoçiga köpinça yoğ suriladi, yillar ötib u qizğiş tusdan qoramtil böyoqqa aylanib boradi. Ğaniqulning bobosidan qolgan va avlodlari unutgan dömbira yillar ötib iztirobdan tusi özgargan. Lekin qora emas! Hikoyadagi “qora” sözi katta degan maʼnoga xizmat qiladi. Zero, u “Alpomiş”dagi töqson botmonlik kamonday butun bir elga tegişli dömbira. Uni çaliş Ğaniqulning ham, qişloqdoşlarining ham qölidan kelmaydi. Buning uçun Alpomişdan kam bölmagan pahlavon, nolasi yurakni örtaydigan baxşi-şoir kerak. Ğaniqul tengi bizning avlod esa endigina özini izlaşga çoğlanmoqda. Alplik maqomigaça ança yöl bor!
Darhaqiqat, Ğaniqul arosatdagi avlod, u ötmişni gazet-jurnallardan öqib bilgan. Bu voqealarga guvoh bölgan avlod esa oğziga talqon solgan, ularni gapga tutişing bilan yuzingga tufuk saçraydi. Buni ular atay qilmaydi, şunçaki, bu avlod talqonni na yutib yuborişni, na tuflab taşlaşni uddalay olmaydi. Şuning uçun ham ular özi bilan özi ovora bölib qolgan. Boşqaça aytganda, ular odamning özidan katta körinadigan soyasiga öxşaydi. Öquvçi bu qişloqda mol boqiş bilangina nom çiqargan soyalar yaşaşini his etadi. Hikoya esa ana şu ulkan soyalar haqidagi ğamgin qöşiqdir.
“Piyolaga quyilgan çoyni qöliga olarkan, barmoğiga tegib qöysin momomizning. Qizarib-uyalib ketsin yetti bolani şu kişidan dunyoga keltirgan momomiz xuddi bobomizni endi körayotganday iymanib, baloğatga yetgan qizdek ötli jilmayib”.
Naqadar tabiiy va çin insonga xos tuyğuning ifodasi bu. Bunday detallarning qadrini har kuni ijtimoiy tarmoqda zörlaş, tahqirlaş haqidagi xabarlarga bot-bot duç kelayotgan öquvçi yanada teranroq his etsa ne ajab. Umuman olganda, “Boybovaning bolalari”da bunday topildiqlar, kişiga zavq beradigan jumlalar köp. Hozir ularning hammasini birma-bir sanab ötirmoqçi emasman. Demoqçimanki, hamma aytgan, doim yozilgan va anʼanaviy uslubda ham yangi söqmoqlarni oçiş mumkin. Bu bilan hikoyani nihoyatda mukammal deyişdan ham yiroqman. Masalan, qahramon hayoti töliq oçib berilmagan. U qanday qilib qassob bölgan-u, özligini saqlaşga, bobolari haqida muşohada qilişga uni nima undaydi? Jaydari qilib aytsak, Xudoga qanday aytgani borki, köksiga nur inib turibdi?! Ölimdan gözallik axtaradigan Ğaniqul nega mol böğziga piçoq tortganda köziga yoş keladi?
Şunga qaramay bu juzʼiy kamçiliklar hikoyaning yutuqlari oldida sezilmaydi. Aniqroği, uni öqib bölib böğzingizga tiqilgan iztirobdan biroz uzoqlaşib, hikoya haqida aql bilan mulohaza qila boşlagaçgina yuqorida sanaganimiz kamçilliklarni sezasiz.
Haqiqiy asar qanday bölişi kerak, degan savol doim bahsli. Hamma öz didiga moslab maʼlum mezonlarni ilgari suradi. Haqiqat şundaki, qahramonini na yaxşi körib, na nafratlanib va yoki açinib bölmaydigan, ayni damda xatm qilib bölingaç kişiga gözal iztirob berib, köngilga yoruğlik indiradigan asarlar baribir öqişli bölib qolaveradi.
Bobo RAVŞAN
2021/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


