* * *
Baribir tan olişim kerak…
Otamga nisbatan
Menda
Hurmat tuyğusidan köra
Qörquv hayajoni bor.
Baribir tan olişim kerak…
Tangridan emas,
Özimga öxşagan badbaxt bandalardan
Uyalganim rost.
Baribir tan olişim kerak…
Qançalik fidoyi köringanim bilan,
Nafsning ehtiyoji tinçlik bermaydi, afsus.
* * *
Kimni kuydirmagan dunyoning kami,
Huşdan ozdirişga qodirdir ğami.
Özingni taniştir Bahorga, Işqqa,
Bekor erimasin Tiriklik şami.
* * *
Yolğiz yaşayapman ançadan beri,
Böğilib ölmagan köngil tomonda.
Közoynak taqmagan şoirning şeʼri,
Doni yetilmasdan pişgan somonda.
Qadam taşlamadim taqdirga xilof,
Nafas ololmadim zinhor sökilmay.
Dunyo deganlari şunçaki ğilof,
Sevmoq mumkinmikin tölmay, tökilmay.
Anglagan tongimni sinovlar yedi,
Borayapman tunning qisqa yölidan.
Ehtiros gunohga begona edi,
Qörqmadim hislarning yomğir, dölidan.
Mayl
Hatlab ötilgan,
Kunning sönggi lahzalaridek,
Isyon kötaryapti
Içimda bir til.
Şevasini hali töliq tuşunmadim.
Javonimda köp kitoblar öqilmadi.
Lekin birinçi maoşimdan esdalik deb,
Ogahiyni ziyorat qildim.
Yillarda şakllanib borarkan Fursat.
Çalasavod bölsam ham,
Ruhimda boğ yaratdim,
Körinmagan oyga intilmadim.
Joni uzilayotgan odamdek,
Aytdim sözimni.
Endi kel!..
Baraka Boqiy
1989-yili tuğilgan. Özbekiston milliy universitetining Özbek filologiya fakulteti talabasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida