14 daqiqada öqiladi

323 marta körilgan

Mağlubiyatidan ğalaba. Hikoya

Xoliyor Safarov

Ravşanning otasi oğir xastalikdan vafot etgaç ikki opasi bilan uni onasi yolğiz özi katta qildi. Ravşan bir amallab kollejni bitirdi-yu, rözğor taşvişini batamom yelkasiga oldi. Mana ön yildirki duradgorlik bilan maşğul. Uylanib uç farzandli böldi. Ammo yuragida bir armon bor: otasi öğlining olim bölib, el içida şuhrat topişini orzu qilgan edi. Onasi buni bot-bot eslab turadi. Muştipar endi armonlarining uşalişini nevaralari­dan umid qiladi. Ravşanga garçi olimlik nasib etmagan bölsa ham, onasini xursand qiliş öyida. Qöli işdan böşagan paytlari darhol kitobga yopişadi. Körgan kişi ustaçilik asbobi kabi uning qölidan kitob tuşmaganidan hayratlanadi. Dunyoning işlari qiziq ekan. Bir kuni omadi çopdi. Uning uçun hayot tarziga aylangan adabiyotlardan test savollari­ga osongina javob berib, intellektual teleöyinda qatnaşiş imkoniyatiga ega böldi.

Öğlining kayfiyati çoğligi sababini bilişga qiziqqan onasi:

– Yo, tavbangdan ketay! Tinçlikmi? – deb söradi. – Yöl bölsin?

– Siz çiroyli kiyinib oling, bugun televizorga çiqamiz. Men yoş olimlar teleöyinida qatnaşadigan böldim. Ularning hamma savollariga töğri javob berganim uçun endi teleöyinda ham özimni körsatişim kerak. Bilib qöying, diplomsiz olimman, öğlim oliy dargohda öqimadi deb, bundan buyon ökinmasangiz ham böladi.

– Kelin ham boradimi? – ona közoynagini olib, “kuh-kuh” deya römolining uçi bilan oynalarini artdi-da, qaytadan taqdi.

– Hozirça bu keliningizga syurpriz! Ikkalamiz boramiz. Tez tayyor böling!

– Syurprizing ham bor bölsin, bolam…– Ona şunday deya, dasturxonga duo qildi va sekin örnidan turdi. – Bir nimalarni boşlab yurasan-da…

Rözğorlari yöğon çözilib, ingiçka uziladigan mahaldagidek doim kemtik bölgani uçun Ravşan oliygohda öqiy olmadi. Otasining orzu-umidlari özi bilan birga yoruğ olamni tark etdi. Tirikçilik taşvişi Ravşanni rözğorga mixlab qöydi. Söng ota kasbi– duradgorlikni boşladi. Ön yildan oşdi, şu kasb bilan rözğor tebratadi.

– Iloyo, şularning boşi omon bölsin. Boriga şukr…– deya ona sipo kiyinib olganidan ğalati kayfiyatga tuşib, özini noqulay his etsa-da, öğlining raʼyini qaytarmaslik uçun közlarini nomaʼlum bir nuqtaga tikib kuta boşladi.

Ravşan bir mahal şoşilgança kostyum-şim kiyib uydan çiqdi. Onaning yuragi zirq etdi. “Bolam beçora-ya, rözğorni deb şunça yildan beri yangi liboslarini ham kiymay qöygan ekan-a”. Boş qotirib öğlining pörim kiyingan holatini eslay olmadi.

– Ona, ketdikmi? – dedi kulib. – Qarang, mening ham kuyovlik kostyumim.

Kelin ona-bolaga qarab hayron bölgança eşik kesagasiga suyanib qolaverdi.

Katta köçaga çiqib, taksiga ötirişgaç, tuman markaziga qarab ketişdi. Maşinada odam köpligi uçun ona boşqa gapirmadi, römolining uçi bilan yuzini yaşirgan kişi bölib oldi. Maşina katta bozor yonida töxtadi.

– Bozorda işing bormidi? – dedi öğliga.

– Yöğ-a, Toşkentga şu yerdan jönaydi.

Televideniye binosi ostonasiga yetib borişganda onaning yuragi hapriqdi. Negadir şoşib ham qoldi.

– Ha, bolam-a?! Şu darding bor ekan, ol­dinroq aytganing-da? Men kelinga issiq non yoptirardim. Qaymoq olardim. Eh…

– Ona-ye, qöying… Keyin ularning siz bilan menga muhtoj joyi ham yöq.

– Xudoga şukr, muhtojlik demadim, mehr-oqibat. Ha, bolang köp bölgur-a!

Ravşan onasining bu kabi mehribonligidan bir sevinsa, bugungi intellektual öyinning qanday ötişini öylab, hayajonlanib ham ketardi.

– Qani, yuring-çi, içkariga kiraylik.

Kirişlari bilan bir xizmatçi Ravşanni pardozxonaga boşladi. Qança vaqt ötganini ham çamalay olmagan ona ğalati joyda önğaysizlanib turganda xizmatçi bilan kelayotgan öğlini körib kulgidan özini töxtatolmay qoldi.

– Yo, tavbangdan ketay! Bolam, xotinlarga öxşab, betingga nima surkab çiqding? – derdi kulgança.

Xodim ularni studiyaga boşlab borganida ona-bola dovdirab qolişdi. Ona bu yerdagi ohanjamani körib hayratda, Ravşanning yu­ragi hapriqadi.

– Keyingi iştirokçi tayyormi, boşlaymiz!

Allaqayerdan momaqaldiroqdek ovoz eşi­tildi. Ona-bola ovoz qayerdan keldi, nogoh ang­lamay qoldi.

– Keyingi iştirokçi– Ravşan Tojimurodov.

– Ha, iştirokçi şu yerda! – intellektual öyin muallifi oppoq köylagi yoqasini töğrilay-töğrilay yugurib kelib, Ravşanni sahnaga yetakladi. Yöl-yölakay öyin tartibi, özini tutişi, qanday gapirişini tuşuntirgan böldi.

Ravşan hayajonda. Tuşundim-tuşundim deya ketma-ket boş irğar, ammo hamon özini qölga ololmay dovdirardi. Nogoh onasiga qaradi. Onaizor bir çekkada hayron turib qolgan.

– Onajon, siz mana bu yerda bemalol öğlingizni tomoşa qilib ötiring. – Muallif yi­git onani katta bir monitor qarşisiga ötirğizib qöydi.

Ona omonatgina bölib, kursiga çökdi. Röparasida yonboş yotqizilgan xontaxtaday ekran, unda öğli körinib turibdi. U hali-hamon hayajonda: goh iljayadi, goh jiddiy tortadi, xijolatdan tinimsiz alanglaydi.

– Iloyo, yuzing yoruğ bölsin, bolam… – Ona beixtiyor piçirlab, duo qilişga tuşdi. Söngra közlarini ekrandan olib, studiyaga tikilib-tikilib qaradi. Nihoyat, topdi. Öğlini töğridan-töğri körib ham tursa bölarkan. Ammo masofa uzoqligi va studiyada bir xil yoruğlik bölmagani uçun közi qamaşdi. Oldidagi ekran qulay ekan. – Yo, tavbangdan ketay. Hali, öyin boşlangani yöğ-u, elburutdan bolamni televizordan körsatyapti… Şu turişlarini otasi rahmatlik körmadi-da…

Onaning köksidan nimadir çirt uzilgandek böldi. Jemperining çöntagidan dast­römolça olib, közoynagini artgan bahonada yonoqlarini sidirdi.

Butun el köradigan katta bir sahnada noörin harakat qilib qöymayin degan andi­şada muztargina bölib ötirdi. Şu payt yana momaqaldiroq gumburlaganday böldi.

– Boşlovçi, iştirokçi, tayyormisizlar? Kameralar?!

– Ha, tayyormiz! – Ravşanning qarşisida, qora fonda, ekranga körinmay turgan sipo boşlovçi yigit javob berdi.

Yana bir bora rejissyor Ravşanga studiyaning qayeridan çiqib kelişi va qayerda töxtaşini uqtirdi.

– Tuşunarlimi?

– Tuşundim…– Ravşan hayajonini bildirmaslik uçun tomoq qirib qöydi.

– Hayajonlanmaymiz, kayfiyatni kötara­miz, boşlaymiz! Marhamat!

Ravşan epçil harakatlanib rejissyor aytgan joyga borib turdi. Boşlovçi odatiy sözla­rini gapira boşladi.

– Assalomu alaykum, hurmatli teletomoşabinlar, “Özbekiston tarixi” telekanalining aziz muxlislari, tarix fanining bilimdonlari! Siz sevib tomoşa qiladigan “Evrika plyus” intellektual öyinining navbatdagi soni yana efirda. Bugun özining tarix faniga oid bilimlarini sinab köriş maqsadida kelgan yana bir iştirokçi– Ravşan Tojimurodovni studiyaga taklif etamiz! Marhamat!

Ravşan studiyaga viqor bilan çiqib keldi. Boşlovçining söroviga köra, özini taniştirdi, kasb-korini aytdi.

– Köryapsizmi, intellektual öyinimizda qatnaşiş uçun iştirokçining kasbi yoki lavozimi muhim emas. Muhimi, uning iştiyoqi va öziga bölgan işonçi! – boşlovçi Ravşan haqida tölqinlanib gapira ketdi. – Demak, bugungi iştirokçimiz maktab öquv­çisi, talaba yoki tarix fani bilan şuğullanib yurgan öqituvçi ham emas. Oddiy duradgor! Ammo bilimdon uçun maydon keng! Könglim sezyaptiki, bugun öyinimiz har qaçongidan ham qiziqarli böladi!

– Ilohim şunday bölsin…– Bir çekkada eʼtiborsiz qolgan ona ekranga qarab piçirlab duo qildi. – Bolaginamning yuzi yoruğ bölsin!

Ona tölqinlandi, yuragi tölib ketdi, öğlidan faxrlandi: “kelinni ham olib keliş kerak ekan… erini şu holatda bir körsin edi… Bu yerga keliş har kimning işi emas!”

Öyin boşlandi. Birinçi şartda iştirokçiga tarix faniga oid örta darajadagi önta savol beriladi. Iştirokçi kamida oltita savolga javob bersa, keyingi bosqiçga ötadi.

Boşlovçi savol beraverdi, Ravşan javob qaytaraverdi.

Boşlovçi sörayverdi, Ravşan bilganiça aytaverdi. Bilmasa, “bilmayman, javobim yöq”, deyişdan ham tortinmadi.

Öğli töğri javob berganda, ona köklarda uçdi, hali mahobatli tuyulgan studiya katalakday bölib qoldi, javob berolmasa, “Hah, yöqçilik qursin-a, bolaginamni vaqtida öqitolmadim. Ola xurjun yelkasiga oğirlik qilib yotibdi…” deya nadomat çekdi.

– Ravşan Tojimurodov, siz berilgan önta savolning yettitasiga töğri javob berdingiz! – Boşlovçi mamnuniyat bilan birinçi şart natijalarini eʼlon qildi. – Sizni ikkinçi şartga ötganingiz bilan tabriklayman!

Intellektual öyinning ikkinçi şartida iştirokçiga beşta test savoli beriladi, javob variantlarini öylab köriş uçun bir daqiqadan vaqt ham taqdim etiladi.

– Tayyormisiz? – söradi boşlovçi.

– Tayyorman! – Ravşan şunday dedi-da, onasi haqida öyladi. “Onam bir joyda uzoq vaqt ötirolmasdi, toliqib qolmadimikan?..”

Muştdekkina bölib ötirgan onaning öylari özi kabi kamtar, özi kabi mehribon edi: “Bolaginam maktabda aʼloga öqirdi. Öqiganlari yodidan çiqmagan bölsin-da… Elning oldida yuzginasi yoruğ bölsin-da…”

Boşlovçi birinçi savolni öqidi.

– Diqqat, savol: mamlakatimiz poytaxti neçançi yilda Samarqanddan Toşkentga köçirilgan? – Boşlovçi bir nafas tin oldi-da, söradi:– Savol tuşunarlimi?

– Tuşunarli. – Ravşan yengil tortdi, yelkasidan nafas oldi. Boisi savolning javobini bilardi.

– Savol tuşunarli bölsa, javob variantla­rini öqiyman… “A” variant: 1925-yilda, “B” variant: 1930-yilda, “S” variant: 1935-yilda, “D” variant: 1937-yilda…

Boşlovçi javob variantida öqigan yillar Ravşanning quloğiga deyarli kirmadi. Uning kollejni bitirib, bir idoraga iş sörab borgani köz oldiga keldi. Öşanda idora rahbari unga bepisandlarça qarab, “Özi kollejlaringda normalniy dars berişadimi? Yo umrlaring paxta haşarida ötib ketganmi? Sizlar hoynahoy neçançi yilda poytaxt Samarqanddan Toşkentga köçirilganiniyam bilmasanglar kerak…” degandi. Ravşan çindan savolning javobini bilmasdi. Yer çizib qolgandi. Qabul­xonadan mulzam bölib çiqqaç, uyga kelib, bobosidan söraganini esladi: “Bolam, şuniyam bilmaysanmi, 1930-yilda köçirilgan. Öşa yili onam rahmatlik dunyodan ötgan edi”, deb siniqqina jilmayib qöygandi bobosi.

– Vaqt tugadi, marhamat, javobingiz…– Boşlovçining sözlari Ravşanning xayollarini tözğitib yubordi.

– 1930-yil.

– Barakalla! Siz aniq javob berdingiz. – Boşlovçi öyinni davom ettirdi. – Tayyor bölsangiz, keyingi savolni öqiyman. Diqqat, savol: Buxoro amirlaridan qaysi biri “Qassob amir” nomini olgan? Variantlar… “A” variant: Amir Şohmurod, “B” variant: Amir Haydar, “S” variant: Amir Olimxon, “D” variant: Amir Nasrullo…

Variantlar aytildi, ammo Ravşan yana xayolga çömdi. Öşanda kollejda öqirdi. Şanba oqşomi edi… Hali töyiga bir yil ham bölmagan opasi yarim keça yiğlab keldi. Eri uribdi. Opasining közlari kökarib, yuzi qontalaş bölib ketgandi. Onasi homilador qizining ahvolini körib rosa ezilgan, kuyovdan yozğirgandi. Ammo oradan köp ötmay poççasining özi kirib keldi. Uning közlari qizarib, yuzi devorday oqarib ketgan. Unga onasi: “Bor, közimga körinma! Ojizaga qöl kötaradigan nomard erkakka bu yerda joy yöq!” deb urişib bergandi. Poççasi öşanda ostonada turib, birgina gap aytdi: “Meni keçiring, menga bir gap bölsa, qizingiz sizga omonat…” “Bu nima deganing?” dedi qörqib ketgan onasi. “Keça bir qöşnimiz qizingizga ola qaragan ekan. Özi şunday dedi. Ğunajin közini suzmasa, buqa ipini uzmaydi, deb avvaliga qizingizni ayblab urdim. Qizingiz qoçib ketgaç, öşa ğarközning oldiga qaytib bordim. U iflos mast ekan. “Zör xotining bor-da…” dedi irşayib. Meni laqillatganini bilib qoldim. Qöynimdagi piçoqni qanday oldim, qanday urdim, bilmayman… Meni keçiring… Menga bir gap bölsa… qizingiz şu yerdan ketmay tursin…” “Bu raşkçi qassob kuyovingiz yoşi ötib bosilsa mayliydi… Baʼzan Amir Nasrullo böp ketadi!” degandi toğam.

– Hurmatli iştirokçi, vaqt tugadi. Marhamat, javobingiz…

Öşa manzarani köz oldiga keltirib turgan Ravşan birdan öziga keldi va javob berdi:

– Amir Nasrullo.

– Bu aniq javobmi yoki taxminmi? – söradi boşlovçi Ravşanni çalğitmoqçi bölib.

– Aniq. – Ravşan qatʼiyat bilan dedi.

– Rostini aytsam, meni hayron qoldiryapsiz. Öyin boşida hunarmandman degan edingiz. Sizga qoyil qolyapman!

Ravşan sir boy bermadi.

– Qandaydir özimga taniş savollar tuş­yapti, – deb qöydi.

– Diqqat qiling, keyingi savolni öqiyman, – dedi boşlovçi. – Agar şu savolga ham töğri javob bersangiz, siz töğridan töğri uçinçi şartga yöllanma olasiz. Diqqat, savol: hazrat Mir Alişer Navoiy yaşagan xonadonda Mirza Bobur neça kun yaşagan? Savol tuşunarli bölsa, variantlarni öqiyman. “A” variant: 10 kun, “B” variant: 15 kun, “S” variant: 20 kun, “D” variant: 25 kun.

Ravşan özini bu qadar omadli deb bilmasdi, ammo bugun toleyi kuldi. Bu savolning javobini ham biladi. U kollejda öqib yurganida onasidan pul söramaslik uçun köpinça mardikor işlardi. Baʼzan şanba kunlari ham işga ketib qolardi. Buni biladigan guruh rahbari uni­ng qoldirgan darslarini hisoblab yurgan ekan, aprel oyining boşlarida xonasiga çaqirdi va neça soat dars qoldirganini aytdi. “Bu turişda öqişdan haydalib ketasan!” deb dağdağa qildi. Ravşan öşanda şanba kunlari, baʼzan boşqa paytlarda ham mardikorçilik qilib tu­rişini yaşirmadi. “Unday bölsa, mendan senga yordam. Bizning hovlidayam piça iş bor. Erta şanba-yakşanba şuni qilib bersang, baholaringni töğrilatib qöyaman”, dedi öqituvçi. Ravşan rozi böldi. U domlasining uyida ikki kun işladi– tomorqa ağdardi, gul ötqazdi, pomidor-bodring ekdi, boşqa işlarini qildi. Hatto hammomini ham taʼmirlab berdi. Işni saranjomlab ustoz-şogird dastur­xon boşida tanovul qilişar ekan, öqituvçi bir gapni aytdi. “Bobur Mirzoni bilasan-a? U Alişer Navoiyni qattiq hurmat qilar, ustoz deb bilardi. U bilan körişişni orzu qilardi, ammo orzusi uşalmadi. Şunday bölsa ham, Navoiyning uyida ustozining xotirasiga kömilib, yigirma kun yaşaydi. Uning asarlari­dan bahramand böladi. Sen ahmoq mening uyim­da ikki kun yaşading. Ilm olmagan bölsang ham, tomorqamdagi işlardan bahra­mand bölding. Xafa bölma, sen Bobur, men Navoiy emasman…”.

– Vaqt tugadi, marhamat, javobingiz…

Ravşan öşa voqeani eslab ham alami keldi, ham quvondi.

– Bobur Mirzo Alişer Navoiyning uyida yigirma kun yaşagan.

– Ofarin! Siz meni butunlay lol qoldirdingiz. – Boşlovçi yigit hayratini yaşirolmadi. – Balki, tomoşabinlar ham sizga qoyil qolişayotgan bölsa ajab emas. Barakalla! Sizga şunday bilim, taʼlim-tarbiya bergan ustozlaringizga rahmat!

– Onamga rahmat aytsam maylimi? – deya söradi u şoşgança.

Bu sözni eşitgan ona karaxt, qarşisidagi ekranga tikilgança duo qilardi.

– Voh, bolam-a… Onang aylansin. Sendek öğlim borligidan boşim osmon.

– Hurmatli iştirokçi! – Boşlovçining sözi onaning xayollarini tözğitib yubordi. – Siz uçta savolga töğri javob berib, uçinçi şartga yöllanma oldingiz. Yana ikkita savolimiz qolib ketdi. Ularni ham öynaymizmi yoki töğridan-töğri keyingi şartga ötamizmi?

Ravşan böynini çözib onasiga qaradi. Onasi stulda bukçayib ötiribdi. Bellari ham oğrib ketgan bölsa kerak…

– Men onam bilan kelganman. Onam qiy­nalib qolmasin deyman. Mumkin bölsa, keyinga şartga ötsak degandim…

Bu gapdan onaning köngli toğday kötarildi: “Bolaginam-a, iloyo, umringdan baraka top”.

– Mayli, siz nima desangiz şu! – Boşlovçi ham hayajoni va ehtiromini yaşirmadi. – Onani eʼzozlagan farzandning istagini biz ham bajaramiz. Aslida ham, siz keyingi şartga ötişga töla haqlisiz.

– Rahmat.

– Demak, uçinçi şartni boşlaymiz.

Teleöyin muallifi yugurib keldi-da, Ravşanning oldiga bir varaq qoğoz qöydi. Unda allaqanday xarita bor edi. Xaritaki, tasvirlar, şakllar bor-u, birorta yozuv yöq. Bir joyiga yulduzça belgisi qöyilgan. Qoğozga köz taşlagan Ravşan jilmayar ekan boşlovçi dedi:

– Uçinçi şart şundan iboratki, qölingizda yozuvsiz xarita bor. Hozir xarita bilan boğliq savol beriladi. Töğridan töğri javob bersangiz, bugungi öyin ğolibi bölasiz va superfinal iştirokçisiga ham aylanasiz. Agar javob be­rişga qiynalsangiz, variantlar olişingiz mumkin. Töğri javobni variantlar orqali topsangiz, bugungi öyin ğolibi bölasiz, ammo superfinal iştirokçisiga aylanmaysiz. Tuşunarlimi?

– Tuşundim… – boş irğadi Ravşan.

– Unda diqqat qiling, savolni öqiyman. Xaritada yulduzça bilan belgilangan davlatda qaçon konstitutsiya qabul qilingan? Savol tuşunarlimi?

– Ha…– Ravşan jilmaydi.

Qoğozga közi tuşgandayoq köz oldiga yoşlik damlari kelib jilmaygandi. Töqqizinçi sinf davrida geografiya darsida töpolonçi bir sinfdoşidan muallim xaritadan Italiyani körsatişni talab qilgan edi. Öquvçi bilmagan öşanda. Şunda öqituvçi “Köri­nişi etikka öxşaydi”, degan edi. Sinfdoşi şunda ham topolmagaç, muallim “eslab yur” deya etigi bilan bir tepib xaritani rosa tuşuntirgan edi. Ravşan şularni eslab, yozuvsiz xaritadagi davlatni topdi, ammo uning kons­titutsiyasi qaçon qabul qilinganligini tuş köribdimi?

– Yordam olaman, – dedi sir boy bermaslikka urinib.

– Marhamat, tanlaş ixtiyori sizda! – bidirladi boşlovçi. – Diqqat qiling, javob variantlarini öqiyman… “A” variant: 1945-yilda, “B” variant: 1946-yilda, “S” variant: 1947-yilda, “D” variant: 1950-yilda,

Variantlar öqildi, ammo Ravşan garangsib turaverdi.

– Marhamat, javobingiz…

Ravşan öylanib xijolat tortdi. Qizarib ketdi.

– Xaritadagi davlat Italiya! Buni bilaman, ammo konstitutsiyasi qaçon qabul qilinganini bilmayman…– dedi sekingina.

– Ah, bolam-a… – ekranga tikilib turgan ona öksindi.

– Taxmin ham qilib körmaysizmi? – söradi boşlovçi.

– Uçinçisi, “S” variant böla qolsin.

– Qoyilman! Siz ğalabaga erişdingiz, tab­riklayman. Garçi öyin ğolibi bölsangiz ham, superfinalga çiqolmadingiz. Baribir bizni hayratda qoldirdingiz. Hozir hunarmandçilik bilan şuğullansangiz-da, çuqur bilimga ega ekanligingiz maʼlum böldi. Sizning kelgusi işlaringizda omadlar tilayman. Marhamat, endi teleöyin haqidagi fikrlaringizni, yaqinlaringizga dil izhorlaringizni aytişingiz mumkin.

– Men…– Ravşan tomoq qirib oldi. – Mening bu öyinda qatnaşişim, bir tasodif. Rosti, hammasini onam uçun qildim. Onam­ni xursand qiliş uçun şu işga qöl urdim. Asli­da, men maktabda ham yaxşi öqiy olmadim, kollejda ham yetarli bilimga ega bölmadim. Çunki men otamning vafotidan keyin rözğor işlariga kömilib qolgandim. Yaşirmayman, kollejda dam oliş kunlari mardikor işlardim. Çunki onam mening öqib yurişimga pul topib bera olmasdi. Men şunga majbur edim. Ammo onam doim men uçun kuyib-yondi, men va ikki opam uçun tomoğidan qisdi, yangi-yangi libos kiyişdan özini tiydi. Biz­ni ayadi. Men tarixni yaxşi bilaman, deya olmayman, ammo qiziqaman. Bu öyinda qat­naşişim sababi bilimlarimni sinaş emas, onamning quvonçini köriş uçun edi… Şuning uçun bu yerga onamni ham olib keldim. Men bugun bir niyatimga yet­dim. Mayli, yutqazdim, ammo onam zarraça quvongan bölsa, yutuğim şu!

– Bugun boşim kökka yetdi, bolam… – öziga-özi piçirladi ona.

– Qoyil! Qoyil! – Boşlovçi boşqa gapirolmay qoldi.

Studiyadagi qöşimça nazorat ekrani qarşisida öğlining sözlarini tinglab turgan ona römoli uçini yuziga bosganiça hiq-hiq yiğlardi. Şu paytgaça közlarini ekrandan olmagani uçun eʼtibor bermagan ekan, uni teleöyin muallifi bilan keyingi iştirokçilar örab olişgandi. Nogoh yuragi qalqib ketdi.

– Yo, tavbangdan ketay…

– Onajon?! – Ravşan yugurib kelib onasi­ni quçoqlab oldi.

Onaning yuragi tölib borar, quvonçdan köz yoşlarini tiya olmasdi.

– Topding! Men ğaribni qanday xursand qiliş yölini topding!

Ona-bola bir-birini qöyib yuborişni istamas, köz yoşlarini tiya olişmas, atrofdagilar bunday noyob lahzani jimgina kuzatişar, rejissyor bunday noyob lahzani tasvirga oliş haqida tasvirçilarga tinmay işora qilardi…

Xoliyor SAFAROV

 

1983-yili tuğilgan. Samarqand davlat universiteti özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Oy botmagan keçalar”, “Qanotsiz quşlar”, “Nomus va hayot” nomli töplamlari çop etilgan.

 

2021/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…