– Biz Atlantidaga aylanib boryapmiz!
Roziya Ziyodning bu kabi ajabtovur gaplariga könikib qolgan. Har holda özi ham adabiyot odami. Ziyodning boşqa bir olami borligini yaxşi biladi. Aslida, Roziyaning köngli ham Ziyodning ana şu özgaça olamiga tuşgan edi. Talabalikning ilk yili özidan bir kurs yuqori, doim xayolçan yuradigan bu yigitga avvaliga deyarli eʼtibor qilmagandi. Bir kun devoriy gazetada çiqqan şeʼrlarini öqib qoldi-yu… Bu qadar birda keskir, birda nafis satrlarni avval heç qayerda öqimagan edi. Şu-şu zimdan bu yigitni kuzatadigan, yangi şeʼrlarini kutadigan, daftariga köçiradigan böldi. Ammo andişadan hatlab bir qadam taşlamadi. Köngliga tuşgan bu yoqimli va otaşin hisni kundaligidan özgasi bilmadi. Keyin taqdir böldimi, tasodif böldimi, kunlardan bir kun Ziyod qizni bezorilardan qutqardi…
– Rahmat!
– Arzimaydi! Bemahalda yaxşimi köçada yurişingiz?
Roziya qizardi. “Nilufarnikida qolaversam bölarkan. Nimagayam könmadim-a?! Bir kun dars qilmasam, osmon uzilarmidi?! Endi men haqimda nima deb öylaydi?!”
– Dugonamnikidan qaytayotgandim – aybdor odamday piçirladi.
– Ha, mayli, qayerda turasiz, kuzatib qöyaman? Yana şilqimlarga uçramasligingizga kafolat yöq. Yaxşilikni oxirigaça qil deyişgan!
– Rahmat. Unça uzoq emas, keyingi köçadagi universitet yotoqxonasida turaman, özim ketaveraman.
Ziyod “yuring” deb turavergaç, jimgina ergaşdi. Birga ketyapti-yu, boşida ming bir öy çarx uradi. “Yo tavba, nega rozi böldim unga? Bir institutda öqişimiz, şeʼrlarining ajoyib ekanidan boşqa narsa bilmayman-ku. Yaxşi şoir yaxşi odam deganimas-ku. Balki, yomon yigitdir. Xilvatroq joyda özi tegajoğlik qilsa-çi? Odamning olasi içida böladi, taşqaridan sipo köringani bilan… Yo Xudoyim! Nimalarni öylayapsan, Rozi, bir söz demay kelyapti-ku beçora, uni malomatlarga kömib taşlaganingni-çi..”
Ziyodning ovozi uning xayollarini tarqatib yubordi.
– Neçinçi kursda öqiysiz?
– Birinçida.
– Qaysi fakultet?
– Filologiya.
– Menam filologiyada öqiyman. Lekin avval sizni körmagan ekanman.
– Körgandirsiz, şunçaki eʼtibor bermagansiz. Lekin men sizni bilaman. Şeʼrlaringiz orqali.
Odatda, şoir zoti muxlisga duç kelsa, quvonçi toşadi, xursand böladi. Ziyod bölsa, allaqanday xijolat tortganday biroz qizardi. Roziya uning şeʼrlari haqida şu qadar samimiy, tölqinlanib sözlab ketdiki, xuddi bu gaplarni ming yildan buyon asrab kelganday, poyezdi ketib qoladigan yölovçiday tez-tez gapirardi.
– … Ayniqsa, ötgan hafta yozgan şeʼringiz judayam ajoyib:
“Bir bösa ber, labim gullasin…”
Tiniq öqiladi, naqadar sof! Iltijo ham, buyruq ham bor! Oşiqning zori qançalar gözal ifoda etilgan… – Roziya birdaniga joyida töxtab qoldi. Ziyodga qaradi-yu, yuzi lov etib qizarib ketdi. U Ziyodning yonida ekanini unutib qöygandi. Ovozini çiqarib, öz-özi bilan Ziyodning şeʼrlari haqida tölib-toshib sözlaşişga, tahlil etişga şu qadar örgangan ediki, bu safar ham şeʼr dunyosiga singib ketgaç, öz-özimga sözlayapman deb öylagandi.
Ziyod ham buni sezdi, jilmayib qöydi. “Ajoyib qiz ekan!”
“Endiyam meni yaxşi qiz deb öylamaydi. Yuzim qursin! Yana aynan şu satrlar haqida gapirganimni-çi?” Şu bilan qaytib bir oğiz sözlamadi, yetib borişganda “Rahmat” dedi-yu içkariga yugurdi. Bir haftagaça özini “beyuz, beşarm” deb iç-etini yeb yurdi. Bir haftadan keyin institut gazetasida yangi şeʼr çiqdi.
“Qani edi bir umr seni Uyinggaça kuzatib qöysam!”
Keçagiday esida, Roziyaning yuragi salkam töxtab qolay degandi öşanda…
* * *
– Biz Atlantidaga aylanib boryapmiz!
Roziya Ziyodga tikildi. Harqança urinmasin, bu gap bilan Ziyodning nima demoqçi bölayotganini anglamadi. Sönggi oylar davomida Ziyod bir satr ham yozolgani yöq. Keçalari xira yoruğ stol ustida ötirib çiqadi. Kunduzi közi qizarib işga ketadi. Qaytib sözsiz yana bir nuqtaga tikilib ötiraveradi. Roziya anglaydi: “Şeʼr oğriği!” Ovutgisi keladi, eski şeʼrlaridan öqiydi, öğlini qiqir-qiqir kuldiradi. Ziyod bir muddat öğliga qarab jilmaygan böladi-yu, yana öz dunyosiga kömiladi. Şunday odamning birdan “Atlantidaga aylanyapmiz” degan gapida qanday sir, qanday oğriq yotibdi ekan? Roziyaning közlariga yoş töldi…
– Ziyod aka, balki, biror hafta işdan dam olarsiz.
– Nega?
– Çarçaganga öxşaysiz.
– Ha, dam olaman. Lekin işdan çarçamadim.
– Unda nimadan?
– Odamlardan!
– Odamlardan?
– Ha, odamlardan, bir töp olomondan çarçadim, Rozi!
– Odamlar? Ular sizga nima qildi? Ular sizni hurmat qilişadi, kitoblaringizni öqişadi.
– Yöq, Rozi, yöq! Bir paytlar şunday edi. Ho-o-ov öşa bir paytlar. Hozir hammasi boşqaça yo men boşqaçaman. Endi mening köngil haqida yozganlarim ularga eriş tuyuladi. Kitoblarim yillab dökon peştaxtalarida sotilmay turadi. Çunki odamlarning endi köngil bilan işi yöq. Aslida, gap meni öqimay qöyişlari, kitoblarim sotilmasligida ham emas. Hamma gap yöqolayotgan uçinçi dunyomiz – köngilda. Biz Atlantidaga aylanib boryapmiz. Tuşunyapsanmi, Atlantidaga?! Biz yöqolyapmiz, haqiqiy inson sifatida yöqolyapmiz, yuragimiz uxlayapti. Mana, hozir taşqariga çiq. Birorta insonni töxtatib, “Men sizni yaxşi köraman” degin. Seni devona ataydilar. Vaholanki, sen şunçaki unga köngil oçding, uni tanimasang ham, insonligi uçun, mana şu zaminda yaşab kimlar uçundir foyda keltirayotgani, ehtimol, şifokor bölib davolayotgani uçun, ehtimol, quruvçi bölib kimgadir boşpana qurayotgani uçun yaxşi körişingni aytasan, xolos. U bölsa, senga devona kimsaga qaraganday qaraydi, tilançi deb öylab uç-tört söm çiqazar hamyonidan. Ammo sen öylagan narsani öylamaydi… Atrofga qara, xiyonat, yolğon, iğvo, hasad… Men qörqyapman, Rozi, men özimni, könglimni asrolmasam-çi?! Men ham Atlantidaga aylanib qolsam-çi?! Içim çanglanyapti. Ulardan qoçişimiz kerak, uzoqlarga…
– Içingizni odamlar emas, öz-özingiz çanglantiryapsiz. Siz qörqmang! Axir, sizga katta yurak berilgan! Odamlarni yomon körmang, ulardan çarçamang. Ulardan qoçiş emas, aksinça, ularning ana şu uyquga ketayotgan yuraklarini uyğotiş sizning vazifangiz emasmi? Sizga söz berilgan, dadasi! Bu naqadar ulkan baxt va masʼuliyat ekanini mendan yaxşiroq anglaysiz-ku. Köngillar yöqolmayapti, ular yöqotilyapti. Birgina samimiy tabassum, bitta yaxşi söz, bitta dalda bilan ularni topiş mumkin! Köngilsiz deb siz ulardan qoçsangiz, men ulardan qoçsam, ular öz-özini-da, insonlik nomini-da yöqotiş darajasiga borib qolmaydi deb kim aytadi?!
Roziya Ziyodning tözğigan soçlarini tekisladi.
– Dadasi, siz yozişingiz kerak!
Şu tun Ziyod uxlamadi, uxlolmadi! Neça oylardan buyon köksini kuydirayotgan şeʼr şu tun tuğildi…
“…Hayqir, şoir, hayqiriqlaring,
Uxlab yotgan dilni uyğotsin!”
Aziz NUR
1996-yili tuğilgan.
“Mehrigiyo” şeʼriy töplamida, “Farğona tomonlarda” yoşlar bayozida ijodiy işlari çop etilgan.
2021/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


