5 daqiqada öqiladi

254 marta körilgan

Qoyali bösağa. Hikoya

Yuriy Nagibin

1

Sakkiz kun deganda dovondan oşib, qöy fermasining köçmançi ötovlari tikilgan vodiyga tuşdik.

Mening hamrohlarim geologlar – Borisenkov va Xvoşç. Töladan kelgan, ovozi yöğon Borisenkov yöl böyi goh “bunday gözallikdan” hayratga tuşib, goh keksa qoğozvozni toqqa quvgan bu dunyoda nimaiki bölsa, hammasini böralatib sökib kelardi. Ozğin, çayir Xvoşç döstining hayratiga ham, zorlanişiga ham öyçan kulib qöya qolardi. U aşaddiy izquvar, atrofdagi ğaroyib manzaralar-u maşaqqatli toğ söqmoqlariga könikib ketgan.

Vodiydagi sarğiş bedazor va kulrang, jun singari pişiq ösimliklar orasida, ikki yarim ming metr balandlikda birinçi marta Katya Sviridova nomini eşitdik.

Keçki ovqatdan söng hurmatli keksa ferma mudirining ötovi oldidagi kigizda xotirjam yonboşlab, tamaki tutatgaç, suhbatimiz qizidi.

– Bu, axir, yovvoyi bedami? – söradi Borisenkov, botayotgan quyoş nurlariga ğarq bölgan yaylovga qarab.

– Yöq, bu Katyaning bedasi, – javob berdi Karim degan yoş çöpon. U kiçkina buğdoyrang yuzi, qalamda çizilganday ingiçka möylabi va toşday qattiq, ammo nozik, şaftolirang yonoqlarini tösib, tulki terisidan tikilgan telpagini quloğigaça bostirib ötirardi.

– Katyaning bedasi? – takrorladi Borisenkov. – Ğalati nom!

– Nega endi ğalati? Katyuşa – bu biostansiya!

– Jarangdor, ammo tuşunarsiz! Nima, u yerda boşqa odam yöqmi?

– Töxta, Karim, kel, yaxşisi, mehmonlarga özim tuşuntirib bera qolay, – gapga aralaşdi ferma mudiri, Borisenkovning sabrsizligini payqab. Keyin u bir-ikki oğiz söz bilan biolog Katya Sviridova keçmişini aytib berdi.

Ikki yilça oldin baland toğda, vodiyning ustida kiçik biostansiya oçilibdi. Avvaliga u yerga uçta ilmiy xodim işga kelibdi: keksa er-u xotin Rodionovlar va yigirma ikki yoşli, yaqinginada institutni tamomlagan Katya Sviridova. Ötgan qişda qor köçkisi stansiyani Katta yerdan ajratib qöyibdi. Bu ayriliqqa çiday olmagan Rodionova oğir kasalga çalinibdi. Bahor qorni eritganda Rodionov xasta xotinini olib stansiyadan şaharga ketibdi. Ularning örniga ikki kişi – erkak va ayol kelibdi; ularning ismi hikoyaçining xotirasidan kötarilibdi. Toğ ustidagi siyrak havoga ayol çiday olmabdi, boşi aylanibdi va uni ham pastga çaqirib olişibdi. Erkak jismonan baquvvat, ammo ruhan kuçsiz ekan. U şunçaki stansiyadan qoçib, qayergadir yaşirinibdi. Katya özi ekkan olma daraxtlari, tajriba uçastkasi, laboratoriyalari, afğon şamoli va tungi ayozlari bilan yolğiz qolibdi.

Biz yana uzoq gurung qilgaç, uxlaşga tarqaldik. Men qöy terisiga burkanib, oçiq havoda yotdim. Tezdagina közim ilaşgan ekan, kimdir yelkamga turtib uyğotdi.

– Döstim, uxlamadingmi? – quloğim ustida Karimning ovozi keldi. – Senga bir gapim bor. Kon tomonga ketyapsizlarmi?

– Taxminan, şunday…

– Unda Qoyali bösağa orqali ötasiz, boşqa yöl yöq.

– Xöş, nima bölibdi?

U mendan qandaydir javobni behuda kutardi. Karimning dami içiga tuşgança uzoq turib qoldi, mening esa közlarim yana yumila boşladi.

– Men Qoyali bösağaga çiqqanman! – Qandaydir ğalati hayratlanib dedi birdan Karim. – Birinçi çiqqanimda stansiya qurganmiz, yana bir marta – bahorda. Biznikilar kuzda yana öşa yoqqa borişadi, men bormayman. Yöq, aslo çiqmayman! – takrorladi u qarorining qatʼiyligidan ajablanganday.

– Nega?

Karim javob bermadi. U zulmatga çekindi va yonimga qaytib kelganda qölida maktub bor edi.

– Katyaga berib qöyasanmi, a? Buni men yozganim yöq, pastdan çiqqan xat. Katya bu xatni intiq bölib kutyapti.

– Yetkazaman, xotirjam böl.

Men xatga qölimni çözdim, ammo Karim uni menga berişga şoşmadi.

– Yöl xavfli, döstim, xat esa bu tomonlarga kam keladi. Ehtiyot böl, qil ustidan ötasan.

Xatni iloji boriça asrab Katyaga topşirişimga uni işontirdim.

– Ammo men haqimda heç narsa dema, xöpmi?..

Karimning tiniq közlarining oqi ustimda yonib turar, xuddi ikki dona oq gulga öxşardi.

“Darding oğir, yigit” deya öyladim men xatni kurtkamning kökrak çöntagiga solgaç.

2

Sarğiş-yaşil vodiy tez orada közdan yaşirindi. Tobora yuqoriga tik kötarilib borayotgan yöl yölakka aylandi, yölak esa – uzuq-yuluq, arang topib olsa böladigan, tubsiz daralar ustidan, tik qoyalar ostidan ötadigan toşloq söqmoq böldi. Quyida, juda pastlikda daryo ayqirar, özining oppoq köpigidan özi zavqlanardi. Baʼzan röparamizda, dara ustidan parça-parça, laxtak bulutlar suzib ötardi. Toğning qirrali qoyalariga urilgan bulutlar yana parçalanib, dara uzra yuksalgan pahlavon qoyalarga boş qöygaç, sökilib, tökilib ketardi.

Baʼzi joylardan qoyaning börtib çiqqan toşiga tirmaşib, ğadir-budir yösinlarni çangallab, emaklab ötdik. Mayda toşlar tirsak va tizzalarimiz ostidan jarlikka uçar, şunda Borisenkov öziga kelib ğöldirardi:

– Yölovçi, yodingda tut, qabrgaça bir qadam.

U pomirlik çöponlardan eşitgan bu qadimgi matalni takror-takror aytaverganidan özi dilgir tortib, yöl azobidan ğazablanmay qoldi. Rostini aytsam, Karimning işonçini oqlay olmaymanmi, xatni egasiga yetkazib borolmaymanmi, degan xayol bir neça marta boşimda aylandi. Faqat Xvoşçgina odatdagi sovuqqonligini yöqotmadi, yöl oğir bölişiga qaramay, toğ jinslaridan namunalar köçirib olardi. Bu qiziqiş eski izquvarda bolaligida tuğilgan ekan.

Kun oxirlaganda şamoldan pana, közda tutilgan toğ yoriğidagi çuqur manzilga – töxtaş joyiga yetib bordik. Xaltalarni yerga taşlab, közimizga partöşakday köringan toş ustiga çözildik.

– Nima uçun döstimiz Karim menga Katyaga deb kiçkina tugunçani berganda, olganim uçun katta rahmat aytganini endi tuşundim, – dedi Borisenkov.

– Demak, u sizga ham yuk ortibdi-da? – dedi parişon Xvoşç.

– Sizga ham berdimi? Eh, uni qara-ya! Şoşmay tur, doğuli! Demak, – Borisenkov menga qaradi, – Karim sizni yoş deb, avaylabdi-da?

– Mutlaqo unday emas. U, ehtimol, Qoyali bösağaga yetib borişga mening imkoniyatim köproqligini nazarda tutib, eng qimmatli narsani işonib menga bergandir. – Ularga puşti xatjildning çetini körsatdim.

– Buni qarang! – xitob qildi Borisenkov. – Biz töy sovğasini olib ketyapmizmi, hali?

– Xat Karimdan emas.

– Kimdan, axir?

– Bilmayman, bu yerda yuboruvçining manzili yozilmagan. – Men çodir tiklaşga unnadim.

 

(Davomini jurnaldan öqiysiz)

Yuriy NAGIBIN

(1920–1994)

 

“Hayot evaziga”, “Quvur”, “Uruş haqidagi ertaklar”, ”Sönggi hujum”, “Özganing yuragi”, “Mening Afrikam”, “Siz yaşaysiz”, “Omad çöqqisi”, “Sevgi oroli”, “Taşlab ketilgan yöl”, “Musiqaçi”, “Yomğirda” kabi asarlarida insoniy munosabatlar, qalb impulslari, jöşqin yurak va sovuq ong bahslari nozik tarzda tasvirlanadi. “Qoyali bösağa” hikoyasi esa adibning toğ odamlari, ayol va uning sirli tabiati haqida sözlab beruvçi gözal epik asarlaridan biridir.

 

2021/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)