3 daqiqada öqiladi

148 marta körilgan

Yettinçi kun xotirasi

Kamola Olim

(Hikoya)

Yuzida yillarning suronli izi qolgan, soçlarini qirov qoplagan ayol yöl çetidagi tut daraxtiga suyanib turibdi. Egnida eski, lekin top-toza satin köylak, oyoğida orqasi qirqilgan kaliş. Mung çökkan közlari yölga tikilgan. Ayol tutning tanasini silay boşladi. Qora, qadoq qöllar qattiq titrardi. Ha-ya, ayolning öng qölidagi boş barmoq yöq. Uni 15 yil muqaddam paxtani çigitdan ajratuvçi qurilma olib ketgan. U dard-u quvonçini öz mahrami bilan, yagona suyançiği bilan örtoqlaşayotgan edi.

Ota-onasi bu qişloqqa köçib kelganida u 15 yoşga tölgandi. Otasining işi yuzasidan ular bir tumandan ikkinçisiga, bir qişloqdan boşqasiga köçib yurişardi. Bolaligidan şunga örgangan qiz bu tumanga ham, tuman markazidagi uylariga ham tezda könikdi, yangi dugonalar orttirdi. Maktabga borgaç, sinfdoşlari bilan ham tezda til topişib ketdi. Kunlar bir maromda öta boşladi.

– Qöşnijon, qizingiz Malohatni öğlim Surʼatjon yoqtirib qolibdi, keling, qöşniçilikni qudaçilik bilan mustahkamlaylik, – deya rahmatli qaynonasi çiqqanda u endigina 17 yoşga tölgandi. Buni eşitib qiz yuragi hayajondan töxtab qolişiga bir baxya qolgandi. Qora qoş, qora köz, qirğiyburun, polvonkelbat Surʼatjonga atrofdagi barça qizlar havas bilan qarardi. Qizning otasi ham yigitni yoqtirar, nuqul “Yigit degani şunday bölişi kerak”, – derdi. Töydan söng Malohat göyo heç qayerga köçib ketmadi. Bir umr şu yerda yaşadi.

Bugun Malohat uçun juda quvonçli kun – yolğiz öğlining nikoh töyi. U kuyovlik libosidagi jigarbandini, uning yonida turgan çiroyi közni qamaştiradigan kelinçakni körib, öziniki kabi ularning baxtiga ham köz tegib qolişidan qörqib ötirardi. Töydan söng ham, nabirali bölganligini eşitgandan söng ham u yagona sirdoşining yoniga borib, tonggaça unga quvonçini doston qilgandi.

Yuzida yillarning suronli izi qolgan, soçlarini qirov qoplagan ayol yöl çetidagi tut daraxtiga suyanib turibdi. Egnida eski, lekin top-toza satin köylak, oyoğida orqasi qirqilgan kaliş. Mung çökkan közlari yölga tikilgan. Bu tim qora közlarda umid, şodlik, baxt porlardi. Ayol tutning tanasini qora, qadoq, bir barmoğini paxtani çigitidan ajratuvçi qurilma olib ketgan qöllari bilan silay boşladi.

– Çol, bugun tönğiç nabiramiz maktabga çiqdi. Hozir kelin uni darsidan olib keladi. Körsangiz edi, u kostyum-şimda biram körkam böldiki, xuddi sizning yoşligingiz: biram çiroyli, suqsurday bola. Hozir keladi. Yölga tikilaverib közlari tolgan Malohat kampir endi özining betaşviş, beğubor ilk kelinlik kunlarini şirin entikiş bilan eslay boşladi.

Mana uning baxtdan masrur hovlisi, çiroyli yasatilgan kelinlik uyi. Mana sörida ötirgança ip yigirayotgan qaynonasi, qölidan ketmon tuşmaydigan qaynotasi. Qölida portfel kötargança, xursand bölib işdan kelgan Surʼat. Uning qölida tut köçati bor edi. Ular birgalikda köçatni ötgan-ketgan mevasini yeb, soyasida dam olib, duo qilsin deb köçaga ekdilar.

– Ertaga gul köçati olib kelaman, hamma joyga gul ekamiz, hovlimiz sizdek çiroyli böladi, – degandi kuyovi. Öşanda töylariga yetti kun bölgandi. Ertasiga esa … ertasiga ham Surʼat işdan qaytdi. Faqat keçga yaqin uni odamlar kötarib kelişdi. Közlar manguga yumilgan bölsa-da, keçagidek yuzida tabassum bor edi. Gul ekişni, hovlisini gulzor qilişni orzu qilgan yigit gullar bilan kömildi.

Maktabdagi saboğini tugatib, allanimalarni yozib ötirgan yigitni eski maktab binosi bosib qolgandi. U tökilaman deb turgan bino bolalar uçun xavfli ekanligini neça qayta aytgan, yiğilişlarda yangi bino söragan edi. Bino uni bosib qolganidan söng maktab uçun yangi bino ajratişdi va unga sobiq tarix öqituvçisi Surʼatning nomini berişdi.

Malohat har gal tutni silaganida özining baxtga limmo-lim xotiralarini silayotgandek böladi. U daraxtga tikilar ekan, unda ölim töşagida ham kelinini alqagan qaynonasini, yolğiz farzandining çiroğini yoqib ötirgan kelinidan ham xursand bölgan, ham yoş umrini xazon qilayotganidan xafa bölgan qaynotasi gavdalandi. ellik yilni yetti kun xotirasi bilan ötkazgan Malohat hamon “çoli” – tut daraxtiga qarab nabirasi haqida gapirardi.

 

Kamola Olim qizi

1992-yili tuğilgan.

Qarşi davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

2021/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…