Quyoş tikkaga kelib, yozning jaziramasi borliqni öz zabtiga olgan. Çorrahada maşina gavjum. Orqa örindiqda ötirgan Davlatbek haydovçiga zaharxanda qilib baqirdi:
– Fozil, namunça lallayasan? Körmayapsanmi, şoşyapman!
– Xöjayin, hamma yöllar yopiq, menga qolsa hoziroq sizni manzilga yetkazgan bölardim… – qörqib javob berdi haydovçi.
– Jin ursin bu töyni!
Yaqinda Davlatbekning töyi böladi. Ertalab unaştirilgan qizi bilan bozorga tuşgan va ança çarçagandi. Unga jönatilgan sarpolar oddiy va öziga yaraşmagan. Ertalabdan şu masalada quda tomon bilan biroz gap-sözga ham borib qoldi. Oqibatda, özining hisobidan sarpo qilişga qaror qildi. Har holda mahalla oldidagi obrö-eʼtibor va qöni-qöşnining fikri ham muhim. Ayniqsa, bu masalada ayollardan ehtiyot böliş kerak. Yaxşiyam, onasi va ammasi bu sarpolarni körmadi, körganda bormi, aniq töy töxtatilgan bölardi. U şunday xayollar bilan beixtiyor maşinaning oynasini tuşirdi. Yöl çetidagi kiçik savdo rastalarida har kim baqirib-çaqirib öz molini sotardi. Bitta töyni deb, yillar mobaynida yiqqan pullarimni bir kunda soçib yuboriş ham rosa alam qiladi. Ha mayli, töy umr davomida bir marta böladi, kelin menga yoqdi. oilasi biroz kamtar bölsa-da, asosiysi ziyoli ekan…
– Akajon, suv olmaysizmi? Muzdek…
Davlatbekning xayolini qönğiroqdek ovoz buzdi. Maşinaning yonida çamasi ön yoşga tölib-tölmagan, jussasi kiçik, issiqqa çidamli qalpoq kiyib olgan bolakay turardi. Ustki kiyimi eski, bir-ikki joylari yamalgan, lekin toza edi. Bola Davlatbekka qarayotib, qöllarini peşonasiga qöydi.
Davlatbek bolaga bir lahza tikilib turdi-da, çöntagidan yuz ming söm olib uzatdi:
– Yöq, ukam, suving kerakmas, mana bu pulni ol, yaqinda töy qilyapman, otam rahmatli kiçkina paytimda singlim ikkimizdan duo olardi. Kel, yaxşisi, bugun asabim rosa buzildi, şunga meni duo qilib qöy. Zora, şu hayot taşvişlaridan sal çalğisam.
Bola Davlatbek uzatgan pulga qaradi-da, çopib rastaga ketdi. Bir quti suvni qiynalgança kötarib keldi:
– Akajon, mana bu suvlarni oling, lekin berayotgan pulingiz köp…
Davlatbek maşinadan sekingina tuşdi va bolaning oldida çönqaydi.
– Men senga bu pullarni ehson uçun beryapman. Ustingga kiyim ol. Lekin undan avval ketib, daftar va qalam olişni unutma.
Bola öylangança javob berdi:
– Kattakon rahmat sizga, lekin menda hammasi yetarli. Allohga şukur. Siz, yaxşisi, suv oling. töğri, bu suvlarni töy uçun qöyib bölmas, lekin bunça katta pulingizni men ololmayman-da…
– Nega ololmaysan?
– Çunki otam: “Oson topilgan mulkning qadri kam böladi, deganlar, yana köçadan topgan ming sömingdan köra, suv sotib topgan yuz sömingning noni sening rizqingga şira beradi”, deb köp takrorlaydilar…
Davlatbek bu bolakayning zehniga qoyil qoldi. Unga qarab turib, otasi bilan Siyob bozorida ötkazgan damlarini esladi. Otasi urişgan kezlarda ham, yuk taşib çarçaganida ham jimgina sabr-bardoş bilan mehnat qilgan. Yillar ötgandan söng katta bir korxonaning egasiga aylangan edi. Uning xörligi keldi, ammo közidagi yoşni tezda artib oldi-da, bolaning boş kiyimini olib uning boşini siladi va yuzidan öpdi. Keyin uning çaqnab turgan közlariga qaradi va:
– Isming nima? – dedi. Bolakay tabassum bilan javob berdi:
– Abdulloh!
– Qani, menga otangni körsat-çi, senday farzandi bor baxtli odamni körgim keldi!..
Bola kiçik, torgina, temirdan qilingan, içida suvlar, taşqari tomonida öyinçoqlar osib qöyilgan dökonçani körsatdi. U bolaning qölidan uşlagança birga öşa tomonga qadam taşladi. Bola esa hayron bölib, orqasidagi çarçab olib kelgan suv idişlariga qaradi. Davlatbek dökon egasiga: “Bir daqiqaga…” degan işorani körsatdi. Dökon egasi böylari uzun, yuzlari tiniq va mallarang odam ekan. U ohista içkaridan çiqib keldi. Davlatbek qölini köksiga qöygança:
– Assalomu alaykum, akajon, yaxşimisiz, savdoyingizga baraka! – dedi samimiy va xuşmuomalalik bilan. Bolakay Davlatbekning qölini böşatdi-da, borib otasining tizzasini quçoqlab oldi. Bolakayning otasi qölini köksiga qöygança nimalardir demoqçi böldi. Oddiy va sodda körinişli bu inson Davlatbekka juda yoqdi. Bolakay birdan tuşkun kayfiyatda:
– Otam gapira olmaydilar… – dedi.
Ota goh Davlatbekka, goh bolaga qöllari bilan işora qilar, uning yuzida ham, qayğuni ham, quvonç ifodasini köriş mumkin edi. Neçundir Davlatbekning köngli ezildi, ammo sezdirmadi. U çöntagidan sarpo uçun atalgan pullarni bolaning otasiga tutdi. Ota birdan yomon qaradi-da, qöllari bilan “ Ket!” deganday işora qildi.
Şunda bolakay:
– Otam baribir bunday katta pulni olmaydilar. Ular menga ham şunday örgatganlar, dedi.
Ota jiddiylik bilan savdo dökoniga burildi-yu, öğliga ham işora qildi. Nima qilişini bilmagan Davlatbek yana bolakayning oldiga ötirdi-da, dedi:
– Bu pullarni sizlarga xolis niyat qilganim uçun beryapman, menimça, otang notöğri tuşundi.
– Siz xafa bölmang. Otam özi şunday insonlar. Lekin yordam sörasangiz, doim sizga yordam berişga harakat qiladilar. Boya aytdim-ku sizga, oson kelgan mulkning qadri ham oson ketadi, deb.
Davlatbek bolaning bundayin ötkir gaplarini diqqat bilan eşitar va unga jilmaygança kulib qöyardi.
– Mana şu pullarni töyimga sarpo uçun olgandim… lekin seni körib mana şu pulimni yaxşilikka işlatişga qaror qildim. Otangning gaplari töppa-töğri. Sen qanday maslahat bergan bölarding? – dedi-da, bolaning yuzlarini ikki kaftlari bilan siladi.
– Töğri, bizning katta pulimiz yöq, lekin otam bilan har oyning oxirida bolalar uyiga boramiz va u yerdagi bolalarga ovqat tayyorlab beramiz. Otam oş qilişni yaxşi biladilar. Hattoki töylarda ham mazali oş qiladilar. Ha aytgança, bu pullarni bolalar uyiga bering, zero yetimning boşini silaş ham Payğambarimizning eng yaxşi sunnatlaridan bölgan ekan, otamdan eşitganman. Buni madrasadagi ustozim ham aytgan.
Bola Davlatbekning yoşli közlariga tikilib turardi.
– Meni keçiring, sizni xafa qiliş niyatim yöq edi…
– Eh, bolajon, meni xafa qilmading, balki menga ibrat bölding, – dedi Davlatbek va bolani bağriga qattiq bosdi. Rasta çetida turgan bolaning otasi ularga diqqat bilan qarab turar edi. – Bu quyoşning jaziramasida rosa turib qolding, kel, yaxşisi, meni duo qil, maşina oldidagi suvlarning hammasini sotib olaman…
– Mayli… – Bolakay boşini silkitdi-da, jajji qölçalarini keng yozib duoga oçdi va içida piçir-piçir qildi. Keyin ovozini çiqarib: “Omin” dedi. Davlatbek qaddini kötardi-da, maşina tomonga yurdi. Maşinaga ötirarkan, bola va uning otasiga köz qirini taşladi. Bola otasining oyoğini quçoqlagança kulib xayrlaşardi. Davlatbek içida neçundir öksinar, nimadandir öz-özidan koyinar edi.
– Qayoqqa? – söradi haydovçi.
– Bolalar uyiga hayda! – buyurdi Davlatbek qatʼiy. – Bolalar uyiga!..
Bobomurod SAFAROV
1999-yili tuğilgan.
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti talabasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


