Ğalati kun böldi. Ertalab turib, gapirolmay qolsam deng. Tilimga na bir söz keladi, na oğiz oça olaman. Tavba, şunaqasi ham bölar ekan. Bitta menmi desam, yöq, erim tura solib, har kerak narsani bitta-bitta söray boşlardi. Soçiq qani, maykam qayerda, paypoğimni topolmayapman… Siz öylaysizki, har narsaning öz örni böladi, şu joyiga qöymas ekansan-da, deb. Yöq, soçiq ön yillik ilgakka ilingan, mayka tortmada taxlangan, paypoq öz joyida turibdi. Erkak kişining havosi bu. Şunga örganib qolişgan.
Ha, mayli, uni buni qöyib turaylik, şu desangiz, bir men emas erim ham gapirolmay qolibdi. Oşxonada nonuşta tayyorlayapman-u, bir quloğim yotoqxonada, negadir heç çaqirmaydi, deng. Ilhaq bölaman. Bir mahal qarasam, erim qarşimda, yuvinib, taranib, işga ketişga tayyor bölib turibdi. Bir nima deyişim kerak-ku, axir, heç yöq, “qoyil, dadasi, mening yordamimsiz ham uddalabsiz”, deyişga astoydil urindim. Bir sözga tilim aylanmaydi. Közlariga aybdorona termulib turib, jilmayibgina qöya qoldim. U ham rosa harakat qildi, çoği, bölmadi. Avvaliga mendan bu holatning sababini söramoqçi, söng taassurotlarini aytib bermoqçi bölganini közlaridan sezdim. Yöq, noiloj jimgina jilmaydi u ham. Qizim esa tura solib oldimizga yugurib keldi, söng indamaygina dadasi-yu meni quçoqlab qöydi. Bolalarga mazza-da, gapirişi şart emas, hissiyotlarini harakati bilan ham ifodalab bera oladi.
Er-xotin işga otlanarkanmiz, birinçi marta bir-birimizga söz demay jimgina uydan çiqdik. Qizim hadeb irğişlaydi. Tanbeh beray desam, zabon yöq. Qölini siltab-siltab qöyaman, zora tuşunsa deb.
Köça boşiga yetganda, jöngina qöl silkib xayrlaşdik. Erim ikki qayta töxtab, nimadir demoqçi böldi. Biroq deyolmadi, lablarini tişladi. Keyin jahli çiqib sökinmoqçi ham böldi. Uddalay olmagaç, yer tepindi. Men esa boğça tomon burildim. Xuddi sökiş eşitganday xörsinib qöydim.
Beçora boğça opa ham tildan qolgan ekan, deng. Borsam eşik oldida jilmayibgina turibdi. Bolamni boş silkib qabul qildi. Soatimga qaradim, keçikadigandayman. Bir söz demay, ortimga qaytdim. Bekat tomon şoşilarkanman, boğça köchaning boşida ötiradigan semeçkaçi xotin xayolimni böldi. Har kuni meni töxtatib dardini söylaguvçi edi. Narx-navo oşib ketgani, yaşab bölmay qolgani, hali öğlini uylaşi kerakligi, odamlar unga yomon muomala qilayotganlari va yana allambalolar… Yaqinlaşib boş silkidim-u indamay ötib ketdim, ortimdan ğalati termulib qoldi. Beçora, dedim rahmim kelib.
Axir içing töla dard bölsa-yu, gapirolmasang, bundan ortiq azob bormi? Odamning içiyam közaday bir gap-da. Quyilaversa-yu qaytib çiqmasa, oxiri toşadi.
Avtobusga kötarilarkanman, hamma jimjit. Tavba, jimlik ajoyib bölar ekan, bir-biringga nimadir demoqçi bölasan-u, biroq sas çiqmaydi. Biri yaxşilikka umid qilib termuladi, boşqasi jahli çiqib öqrayadi, yaxşiroq nazar taşlasam, qoş çimirib qarayotganlar ham bor. Bir tarafdan xursand ham böldim. Odamlar eng köp bir-biriga söz bilan ozor berarkan, söz bölmasa, qanday yaxşi-ya?! Şu çoq oyoğimni besönaqay bir yigit tap etib bosib olsa, deng. Közimdan öt çiqib ketay dedi. Uni jon holatda itardim. Beçora nari surilib ketdi. Közlari olayib, sökindi, içida. Lablari titraganidan şunaqa deb öyladim. Bir-birimizga yomon qaraş qilib turdik piça, söng meni bekatim keldi-yu tuşib qutuldim. Işxonamga tomon asta yurib borarkanman, “yöq, odamning tili bölgani yaxşi ekan”, deya öyladim. Axir, uzr söraş imkoni böladi. Inson köngli ipday nozik narsa, çirt etib uziladi, uzr esa ana şu uzilgan iplarni ulaydi.
Birdan yoş paytlarim esimga tuşib ketdi. Ilk bor uçraşuvga keçikib kelganman. Kuyovingiz rosa bir soat sovuqda turgan ekan, deng. Kulibgina kutib olgan. Uzr, sizni köp kuttirib qöydim, deganman uyatdan qizarib, heçqisi yöq, kelmaysiz deb qörqqandim, degandi u qöllarini kuf-kuflab. Şu bir söz, ehtimol, bizni birlaştirgan, şu söz sabab qalbimizga yöl topilgan. Söz bölmasa, nima qilardik, muhabbatimizni qanday izhor etardik. Axir inson muhabbat bilan tirik. Mehrsiz hayot hayotmi?
Işxonagaça şularni öylab bordim. Kutganimdek, u yerda sukunat hukmron. Söz topolmay qolişgan, jim-jim ötirişardi. Yigitlar bilan boş silkib salomlaşdim. Qizlar bir-birimizni yengilgina quçib qöydik. Tavba, şunaqa qilsa ham bölarkan-da, kulaman. Inson söz-zabonsiz yaşasa, bölarkan, öylayman içimda. Lekin gapiriş judayam kerak bölib qolsa-çi, söz topolmasam, unda nima böladi, turib-turib qörqib ketaman.
Xayriyatki, bizning işimiz yoziş bilan boğliq. Gapirmay jimgina yozsang ham böladi. Boşliq eʼtiroz bildirgisi kelsa, çizib-çizib qaytib beradi. Yana qayta yozasan, yoqmagan joyi bölsa, tagiga izoh qoldiradi.
Iş stolim qarşisida nima yozişni öylab ötirgandim, doimgiday eng avval Nigora yonimga keldi. Narida turgan stulni töğrilab ötirdi, söng qölimni uşladi-yu, közlarida yoş ğiltillab körindi. Men uning dardini yaxşi bilaman. Neça yilki, tirnoqqa zor, er-xotinning qatnamagan şifokori qolmadi. Davolab-davolab, oxiri “Xudodan sörang, beradi”, deb qöya qolişgan. Ehtimol, ular ham bor imkonini qilar, iloj topolmagaç şunday der… Balki, deyman özimga özim, er-xotinning ruhiyatini davolaş kerakdir. Axir Xudo bunda bir hikmat yaşirgan, buni anglaş uçun ruhiy soğlom böliş kerak kişi.
Nigora eridan köradi. Eri unga uylanguniga qadar allaqanday dorilarga ruju qöygan, köp yillar içkilik domida yaşagan. Ehtimol, şularning asorati, deb öylaydi. Doimgiday Nigoraning qöllaridan mahkam tutdim-u, bardam böl deganday, silkib, söng bor mehrim bilan quçib qöydim. U gapirolmagan bölsa-da, mening qöllovimni sezdi. Mehrimni his qildi, çoği. Muhabbatimdan kuç olganday, jilmayib nari ketdi.
Endi yana yoziş haqida öylay boşladim. Nimani yozsa böladi-yu, nimani yozmasa bölmaydi? Axir bu hayot degani uç kunlik, xolos. Köz oçib yumguningça ötadi-ketadi. Ulgurib qoliş kerak.
Şu dam yelkamda Nargiza opaning mehribon qöllari taftini sezdim. Nigora töğrilab ketgan stulga ötirarkan, siniq jilmaydi. Uning közlarida ming yillik ğam çökib qolganday, yuzida yuz yillik qayğu yaşirin. Hasratlarini peşonasidagi tirişlar sözlaydi. Yuziga boqsangiz, bas. Qani endi dardingizga malham bölolsam, deganday xörsindim unga qöşilib. Uning dardi bir meni emas, butun işxonamizdagilarni qayğuga soladi. Uç qizi bor, uççoviyam nogiron. Kattasi bora-bora yurolmay qoldi. Hozir aravaçada ötiradi. Örtançasi bir yonga şoh taşlaydi, unda ham xastalik boşlangan, Kiçigida esa endi belgilari namoyon bölmoqda. Qani endi, pulim köp bölsa-yu, şu opaning qizlarini davolatsam, orzu qilib qöyaman. Nargiza opa topganini şifokorlarga tutadi. Zora qizlarimning birovini qutqarib qolsam deydi. Aytişiça, bu irsiy kasallik, buning davosi yöq, birozgina ortga suriş mumkin, xolos.
Nargiza opa bariga özim aybdor deb kuyinadi. Öz momosiga kelin bölgan, eri köçasanği, daydi. Topişining mazasi yöq. Momosining nafaqasiga yaşaydilar. Uç qizini momosiga taşlab işga keladi. Momosi ularga qarab ötiradi. Nima qilsin, özi pişirgan oş.
Gohi öylanib qolaman. Insonga nimaiki berilgan bölsa, bari harakati, niyatiga yaraşa berilarmikan? Ortiq ham emas, kam ham emas. Bilguvçi Zot barçaga teng taqsim qilgan. Kim nimaga munosibligini oldindan bilgan. Biz köpinça, Tangri istamagan narsa uçun urinamiz. Kerak bölsa, jonimizni beramiz. Öylab körmaymizki, vaqti soati yetsa, bizniki bölgan narsa bizga keladi, ketişi kerak bölgani ketadi.
Nargiza opa közlaridagi yoşni artarkan, qani endi, bir söz kelsa, hamdard bölsam, deya öyladim. Yuragimni bosib yotgan sözlarni aytolmay yutindim. Nargiza opa esa içidagini tökib sololmay, alam bilan nari ketdi.
Söz. Suv kabi sözga çanqadim. Sözlaşgim kelib ketdi. Odamlarning sözsiz aytilgan dardlari oğirlik qildi, çoği. Endi betoqat böla boşladim. Bunça oğir sözlamaslik, sözlolmaslikdan oğir yana nima bor? Havo yetmayotganday, derazaga tirmaşdim. Yuragim köksimga siğmayotganday pala-partiş ura boşladi. Onam yodimga tuşdi. Beçora, neça yilki, bir joyda yotibdi. Kelinga suv içgisi kelayotganini qanday aytdi ekan? Taşqari çiqqisi kelsa qanday tuşuntiradi?
Xavotir ola boşladim. Nima qilyapti ekan, şu tobda gaplaşgim keldi. Qönğiroq tugmasini bosdim. Göşakni biroz hayallab kötardilar. Onam ekanini nafas olişlaridan sezdim, jimjit xörsinib qöydi. Içimga siğmay xörsindim men ham. Qani endi qanot çiqarib uçib borsam, öyladim. Bir söz aytolmadim. Göşakning narigi tomonida sukunat çökdi. Qani endi göşakni qöyolsam… yöq, bu qanday jazo?
Köksimni bir öy örtadi. Keça boşliq bilan tortişganimiz haqida öylab qoldim. U aytganiça bor, oxirgi paytlar Söz kuçini his etmay qöygan ekanmiz. söz aytiş imkoni berilsa, bölar-bölmas çuldiraymiz-u, bir-birimizga maqtov Söz yoğdirib, Xudoning qahrini keltiramiz. Ehtimol, şu uçun U bizni jazoladi, bu bizga berilgan jazo.
Şu payt eşik oldida qorovul Akbar aka körindi. Juda ğalati odam, birov bilan gaplaşganini körmaganman. Boşliq soqov degandi bir gal. Lekin şunça yil işlab soqovça ham gapirmagan-da. Bir nima sörasangiz boş silkib qöyaqolardi. Şu tobda u bor ovozda xitob qila boşladi:
– Nega heç kimdan sado çiqmaydi? Nega, heç kim bir söz demaydi, men gapiryapman, axir, qaranglar, men gapiryapman. Butun umr orzu qilardim buni, – u közlarida yoş bilan, bolalarça tölib-toshib sözlarkan, xona töla odam, barimiz unga qöşilib jilmaydik. – Gapiriş mazza ekan, söz aytişdan kattaroq baxt yöq ekan. Bu sözlarni bir umr içimda asrab yaşaganman, bir umr aytişni xohlaganman, axir. U közlaridagi yoşni kaftining orqasi bilan artib davom etdi: – Meni voyaga yetkazgan onamni, bolalarimni, xotinimni yaxşi köraman. Söz bilan aytiş qanday yaxşi. Taşlab ketgan bölsa-da, otamni, meni soqov deb ustimdan kulgan qöşni xotinlarni, qöşni bolalarni allaqaçon keçirganman. Aytinglar, men hammasini yaxşi köraman.
Heç birimizdan sado çiqmagaç, Akbar aka qöl siltab çiqib ketdi. U endi yurgan yölida gapirib borardi:
– Endi şunday ötib ketsam kerak, deb öylagandim. Gapirolmasam kerak, deb qörqqandim. Men gapiryapman, rahmat senga, Xudojon, mendan marhamatingni ayamaganing uçun rahmat. Menga söz aytiş imkonini berganingga şukr.
Uning tovuşi olislab borar, biz endi stolga tirsagimizni tiragança, boşimizni çangallab ötirar, ehtimolki, şunday imkoniyatni boy berganimizdan afsusda edik.
Raxşona Ahmedova
1987-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan ötkazilgan “Suv – bebaho neʼmat” tanlovi (2018) ğolibi.
“Orzu va dengiz” (2020), “Soyabon ostida” (2021) nomli kitoblari naşr etilgan.
2022/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


