5 daqiqada öqiladi

169 marta körilgan

Qirq yillik qadrdonim – “Yoşlik”

Çappor urayotir ruhda bir hayrat

Haş-paş degunça sevimli va qadrdon jurnalimiz “Yoşlik”­ning ilk soni çiqqaniga qirq yil bölibdi. Yillar oqar suvday oqib ketaverar ekan-da. Suv-ku borgan joyini qondiradi, yaşnatadi. Tabiat-u odamzodning bahri-dilini oçadi. Ammo biz – insonlar qirq yillik umrimizda nimalar qila oldik, nimalarni qila olmadik. Keçagina emasmidi, zör şoir bölaman deb, orzular qanotida qişloqdan uçib kelganimiz. Keçagina emasmidi elga manzur bölarli biror satr yozolamanmi, deya şubha-gumonlar ostida yurganimiz. Ilk şeʼrimiz matbuotda çiqqanida  qanday orzular qilganimiz ham keçagina edi. Bu orzular röyobga çiqdimi yoki armonga aylanib köngillar qatida qolib ketdimi?

Bu savollarga osongina javob bera olmayman. Negaki, hayot bu şeʼriyat va adabiyot emas, ilhom parisini kutib yonboşlab yotiş emas. Hayot öz oti bilan ha-yot, oila, turmuş, farzandlar va kundalik taşvişlar.

Bizlar Navoiy emasmizki, butun umrimizni faqat ijodga bağişlab öta olsak. Bizlar bor-yöği heç bir boşqa bandalardan farq qilmaydigan öz zamonasining oddiygina, gunohkor bandalarimiz, xolos.

Bu gaplarimni iztirob va andişa bilan aytyapman. Sababi, bundan qirq yil avval ijodga kirib kelgan tengdoşlarimning son-sanoği yöq edi. Oddiy qorovuldan tortib, ministrgaça adabiyot muhibi edi. Saf-saf bölib Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjonning şeʼriyat keçalariga borardik. Halima Xudoyberdiyeva, Usmon Azim, Şavkat Rahmon, Xurşid  Davron, Azim Suyun közimizga avliyo bölib körinardi. Şoir-u adiblarga odamlar va jamiyatning hurmat-eʼtibori butunlay boşqaça edi. Rost, öşanda ham jaholat yetarli edi. Lekin maʼrifat-maʼnaviyatga ixlos yuksak edi. Biz şeʼr bilan dunyo özgaradi, haqiqat va adolat qaror topadi, deb qatʼiy işonardik…

Qirq yil… Bu bitta inson kamolotining çöqqisi, ayni sarhisob qiladigan fursat. Jurnalning ilk sonidagi bir muallif sifatida bu fursat men uçun ham sarhisob, yaʼni jöjani kuzda sanaydigan payt.

U paytlarda ayni navqiron talaba edik. Ikki yo uçinçi kursda öqirdik. Sirdaryoning Ilyiç tumanidagi Voroşilov sovxozida paxta terardik, (bolalikdan paxtazor içida ösib, köp paxta terganim uçun talabalikda bu maşğulotdan bezib ketgandim). Mavsumning örtalarida sovuqdan revmatizmim qözib, Toşkentga qaytdim. Poytaxtga kelib radiodami, matbuotdami  (oktyabr oylari bölsa kerak) “Yoşlik” degan jurnal çiqarmiş degan xabarni eşitdim. Hali çop etilişiga umidim bölmasa-da, tavakkal qilib  Puşkin köçasi 1-uyda joylaşgan Yozuvçilar uyuşmasiga bir dasta şeʼrlarimni kötarib bordim.

Şeʼrlarimni öşa paytda jurnalga masʼul kotib etib tayinlangan taniqli şoir Sulaymon Rahmon olib qoldi. Men Sirdaryoga  qaytmasdan Qumqörğonga jönab ketdim. Toşkentga dekabrning oxirlarida –darslar boşlanganda qaytdim. Kunlarning birida yölim tuşib jurnalga ötdim. Sulaymon aka bilan körişganimda aytgan gapi şu böldi:

– E, qayoqlarda yuribsiz, şoir, şeʼrlaringiz jurnalning 1-sonida çop etiladigan böldi.

Oçiği, işonmadim.

Sulaymon Rahmon esa gapining taʼsirini kuçaytiriş maqsadida qöşimça qildi:

– Şeʼrlaringizga hatto “Oq yöl” ham yozildi. Bilasizmi kim yozganini?

Men, tabiiyki, yöq deya boş çayqadim.

– Abdulla Oripov, – dedi hayajon va ğurur bilan Sulaymon aka. – Abdulla akaga bir uçrab qöying.

Sulaymon Rahmonning hayajoni menga ham yuqdi. “Yoşlik” jurnalining ilk sonida, yana Özbekistonning atoqli şoiri “oq yöl”i  bilan yoş şoirning çiqişi yaxşigina eʼtirof edi.

To jurnal çiqqunça hamkurslarim-u, döstlarimga çurq etmadim. Bilib böladimi, palakat bosib şeʼrlarim çiqmay qolsa… Nihoyat, 1982-yil yanvar oyi oxirlarida jurnal qölimga tegdi.

Muallif sifatida boş muharrir Erkin aka (Vohidov) boşçiligida jurnal taqdimotiga bağişlangan bir körsatuvda televideniyega ham  çiqdim. Garçi hali ijodning ostonasida turgan bölsam-da, katta şoirimiz men haqimda ham yaxşi, iliq gaplarni gapirgani esimda (Erkin Vohidov şunday fayzli odam edi,  kattami, kiçikmi faqat insonning yaxşi fazilatlarini gapirardi).

Gapimning davomi, xullas, 1983-yili ham şeʼrlarimni jurnalga eltdim. Şeʼriyat  bölimi mutasaddisi taniqli şoiramiz Gulçehra opa Jörayeva bölgan ekanlar. Olib qoldilar. Oradan yetarli muddat ötib, şeʼrlarim taqdiri bilan qiziqib jurnal eşigini qoqdim. 

Opa menga şeʼrlarim haqida biror söz demay, senzura (Özlit) vakili bilan uçraşişim lozimligini aytdi. Bunday taşkilotlarga sira işim tuşmagan, hayron bölib, boşim qotib, ularning idorasiga kirib bordim.

Senzura vakili qölida jurnalning navbatdagi soni korrekturasi, mening şeʼrlarim ketayotgan sahifa qip-qizil böyalib, keyin öçirib taşlangan sahifa turardi. Bir yarim sahifa ajratilgan joyda  bor-yöği ikkita kiçkina şeʼr soğ qolibdi. Eng asosiysi, senzura vakili meni urişmadi, sökmadi, balki madaniyat bilan “tarbiyaviy soat” ötib, nima haqda yoziş va nimani yozmaslik borasida pöpisa aralaş vaʼz-nasihat  öqidi.

Töğrisi, bunday daxmazalar borligini yaxşi bilmaganim uçun bu voqea boşimga gurzi bilan urganday böldi. Ançagaça şeʼr yozişga qölim bormay yurdi…

Keyinçalik, jurnalga Omon aka (Matjon) boş bölib işlagan yillar köp marta şeʼrlarim çop etildi. Keyingi boşqa muharrirlar bilan ham yaxşi hamkorlik qildim. Asta-sekin yoşlar qatoridan çiqib, kattalar qatoriga ötdimmi, jurnalda köp çiqmay qoldim. Oxirgi marta ajoyib şoir va boş muharrir Nodir Jonuzoq paytida  şeʼrlarim eʼlon qilingani esimda… 

Yoş paytimizda havoyi orzu-xayollarga berilib, adabiyotni qismat deb bilmaganimiz, köp kitob öqimaganimiz rost. Men, albatta, özimni aytyapman. Lekin endi, oradan qirq yil ötib, tuşundimki, adabiyot bu çeksiz mutolaa, maşaqqat, mehnat va qismat ekan. Buni yuzaki tuşungan yoki hayot girdobining boşqa oqimlariga tuşib ketgan döstlarimiz köp böldi. Har xil sabablarga köra, neça yillar davomida özim ham şeʼr yozmagan vaqtlarim böldi. Lekin yana aylanib-aylanib şeʼriyatga qaytdim.

Özimni alohida iqtidor egasi, talant deb bilmayman, lekin yaxşi şeʼrni yaxşi köraman. Iloji boriça, yoşlarning ham ijodini kuzatib borişga harakat qilaman. Ularning iqtidoridan quvonaman. Yoşlar orasida katta isteʼdodlar köp, ularni nomma-nom sanasam, baʼzi birlari meni aytmabdi, deb xafa bölib qolişlari mumkin. Men hamma-hammasining ijodini hurmat qilaman, öqiyman. Çunki adabiyotga kirdingmi, yoş-qari degan gap bölmaydi. Bu yerda hammaning huquqi ham, burçi ham bir xil. Bugungi yoşlarga maslahatim, talantni tarbiyalaş, ardoqlaş kerak. Adabiy qobiliyatingiz borligiga amin böldingizmi, özingizni turli balo-qazolardan asrang. Sizlarga katta imkoniyatlar oçildi, mahdudlikdan çiqiş kerak. Özini şoir, adib deb hisoblagan inson, albatta, bitta xorijiy tilni mukammal bilsin. Dunyo adabiyoti, şarq adabiyotidan bahramand bölmay turib, şoirlik daʼvo qiliş behuda.

Jurnalga alohida tilaklarim bor. Yoşlik ilhom, kuç-ğayrat, baxt degani. Xuddi şunday, jurnalimizni ilhom, kuç-ğayrat, omad tark etmasin. Muxlislari va mualliflari safi kengayib boraversin. U hamişa yoşlarimizning eng sevimli naşri bölib qolsin.

 

Abdumajid AZIM

 1957-yili tuğilgan.

ToşDU (hozirgi ÖzMU)-ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

shoirning “Qalbimning Vatani”, “Quyoş bolasi”, “Yoruğlik odami”, “Ruhi ravonim”, “Oşiq dilim”, “Umid belançagi” nomli şeʼriy kitoblari çop etilgan.

 

2022/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)