9 daqiqada öqiladi

475 marta körilgan

Laqab

Şukurullo Ahmedov

Hikoya

Laqabim borligini fotiha töyimda bilib qoldim. Köpinça qizlarda laqab bölmasligini mendan-da yaxşiroq bilasiz. Har holda, öqimişlisiz. Bizning qişloqda laqablar hadsiz edi. Botir sirqov, Salomat tolpiş, Bolta közir, Ahmad poygaçi, Teşa gung, Şerali pökka, Aşir kal, Raşid möylov, Doston qorsaq…

Eh-he, ularni sanasam hisobdan adaşaman. Murğaklik çoğimdan beri bu laqablar meni öziga tortar, sirli ertaklar kabi qiziqtirardi. Momomdan söraşga botina olmasdim, şu sabab sizga betinim savol beraverardim. Söroqlarimdan baʼzida zardangiz qaynardi, lekin böyinsaligim uçun iymanişdan yiroq edim.

– Aka, Botir hamsiyamizni odamlar nega sirqov deydi?

– Sirqovligi uçun.

– Uff!  Sirqov nima degani?

– U buva tomorqasidagi qorniyam qizğanadi. Pismiq odam.

– Siz qayerdan bilasiz?

– Momom bilan enam gurunglaşganida eşituvdim. Keyin Joni sartaroşning ustaxonasidayam odamlar şunday degandi.

– Salomat savdogar nimaga tolpiş unda?  Özi tolpişligini biladimi?

Bu gapimdan söng qölingizga olmaday kesak olardingiz. Uni mahkam siqib, ezib, tuproqqa aylantirib taşlardingiz. Bu xunobingiz oşib borayotganiga işora edi.

– Salomat savdogar bilan nima işing bor?

– Qiziqdim-da. Ayting.

– Bilmayman.

– Aldamang.

 – Aldaganim yöq.

– Özim bilib olaman.

Öşanda ham rost gapirgandim. Salomat savdogar farosatsizligidan ulus uni şunday çaqirarkan. Salomat xola laqabini bilardi, u çindan ham boşqaça xotin edi. Oğziga kelgan gapini tap etib aytardi-qöyardi. Buni keyinçalik dökoniga borganimda özim ham köp bor sezgandim.

Aka, özimça ğirt beʼmani va töpori xulosa çiqargandim bolaligimda. Nima haqida deysizmi?  Laqablar haqida. Axir, gödakligimdan şuurim laqablarga tölib borayotgandek edi. Xuddi dunyoga kelgan zahotim laqab haqida öyga çömgan kampirga öxşardim. Esingizda bölsa kerak, bir kuni enam nonlarni yopib bölgaç, eski tunukani tandirning oğziga qoplab, özi qayergadir şoşib ketib qoldi. Qaytib kelganida nonlarning bari kuyib ketgandi. Dadam bundan jahllanib aççiq gap aytgan, enam öşa gaplarning taʼsirida römolining uçini lablariga bosib bir nuqtaga jimgina tikilib qolgandi.   Momom ham boşqa tarafdan böş kelmay uni malomat qilgan, öşanda şörlik alamini kimdan olişni bilmay meni koyigandi.

– Kap-katta qiz böp qolding. Tandirga qarab tursang ölib qolarmiding? Sen tengilar xamir qorib, zuvala qilişning ham uddasidan çiqyapti.

Uydagilar meni ranjitişsa, yiğlamsiragança, bostirmamizning ustiga çiqib olardim. Siz bu feʼlimni bilardingiz.  Könglim öksigan damlarda, meni bostirmadan topar va hazil-huzul bilan kuldirgan kişi bölib, alamimni esdan çiqarardingiz.  Bolalikda bostirmaga juda köp çiqardim…

Enamning nonlari kuyib ketgan öşa şomda özimça nelarnidir xulosa qilgandim.  Odamlar bir lahza hayotdan çalğigan paytlarida laqab ularga yopişib oladi. Yöq, çalğigan onida emas, bilib-bilmay nojöya iş körsatsa yoki noörin gap oğzidan çiqib ketsa. Xuddi tandirda qoraygan nonlarday laqab ham odamning hayotiga qora doğ bölib tuşadi.  Rost-da, kim özining laqabidan xursand böladi?  Odam zoti borki, laqab orttirmaslikka intilib yaşaydi. Sal qaltis harakat qilsang, erta tongdan laqabing ostonadan salom bilan kirib keladi. Endi undan qoçib qutula olmaysan. Salomat xola-ku, befarosatdir, Doston bölam tarvuzlarni quşlardan qöriş uçun qarsak çalaverganiga uni qorsaq deb ataşgandir, Şerali amaki ovqatni hadeb paqqos tuşiraverganidan semirgaç pökka laqabini olgandir. Biroq men qayerda xatoga yöl qöygandim? Qanday  gunohga  qöl urdimki, xaloyiq meni ham laqab bilan çaqirişsa?

Laqabimni payqab qolgan kunim heç qaçon xotiramdan öçib ketmaydi. Xonamda ötirgandim, kimdir quloğimning tagida turib “Nişon!” deb şivirladi. Atrofga qaradim. Heç kim yöq. Töy allaqaçon poyoniga yetib, qavm-qarindoşlar ham uylariga tarqalib ulgurişgan.  Hayron bölib derazani oçdim. Tovuşlar esa yangraşdan töxtamadi. Uyimizning har burçagidan, hatto albomdagi suratlardan, kiçkina sandiğimdan ham “Nişon!”, “Nişon!” degan ovozlar quloğimga çalinaverdi. Eʼtibor bersam, qölimdagi taroq ham ovoz taratayotganday. Hatto qayn opam “Böyingdan baland baxt bersin” deb yaxşi niyatda quloğimga taqib qöygan sirğalarning ham oğirligini sezdim. Qattiq qörqib ketdim. Özimni tinmay söroqqa tutaman, tergayman. Axir laqab menga isnod edi. Aka, siz ham aytardingiz-ku, laqabning muloyimi, yaxşisi bölmaydi deb. Çindan ham şunday edi. Men hammasidan köra laqabimni kuyov tomon bilib qolişidan nihoyatda vahimaga tuşdim. Bordi-yu, kimdandir eşitib  töyni qaytarişsa nima böladi? Keyin dadam qişloqda qanday boş kötarib yuradi? Enam töy-tomoşalarga qaysi yuz bilan boradi? Momom loaqal darvozadan möralaşga qurbi yetarmikan?  Siz ham bu dardisar tamğaga bardoş bera olasizmi? Bilaman, dovyurak yigitsiz. Lekin singlisining qusuri borligini birovdan eşitiş sizga oğirlik qilardi. Xayol har joyga olib qoçdi. Uzoq öylab taşqariga çiqdim. Hammayoq jim-jit edi. Faqat tevarakda bir töda sayoq itlar töyda mehmonlardan ortib qolgan nasibalarini terib yurişardi. Şu lahzada osmondan bir gala qarğalar, ularning ketidan çumçuqlar  xuddi samoning ğalvirida elanayotgan buğdoy donlariga öxşab tepamda gir aylana boşladi. Esingizdami, ammamning qizlari biznikiga kelib turişardi. Samoda quşlar töda bölişib bir joyda uçaversa, çökkalab yerga ötirib olardik. Nega bunday kulgili işlar qilganimizga özim ham tuşuna olmasdim. Lekin öşa kuni tepamda çuğurlaşayotgan çumçuqlardan bir zum hayiqdim. Ular ham “Nişon!” deb aytayotganday tuyulib ketdi. Bu ham yetmagandek, şu payt  paxsa devorimizning naryoğidan ğalati piçir-piçirlarni ham bexosdan eşitib qoldim.

– Xolbekning qizi Oydin nişongayam bugun non sindirişibdi-ya?

– Ha, şunday bölibdi.  Quda tomon şaharlikmiş.

– Özi nişon bölsayam, peşonasi çaraqlagan qiz ekan.

– Ey, oyi bormi şu qizning? Qişloqda birov oğiz solmaganidan keyin şaharga erga teyadi-da. Oydin nişon bölganidan buyoğiga “uyingda qizing bormi” deb Xolbekning darvozasiga dorigan odamni körmadim.

– Laqabi bölsa, qizginada nima ayb? Hamma gunoh oilasida. Qiz sutga çayilganday pokiza. Uni yaxşi bilaman.

– Endi uyoği yolğiz Xudoyi taologa ayon, opa.

Ovoz egalarini darrov tanidim. Biri menga maktabda dars bergan, oq-qorani tanitgan ustozim edi. Ikkinçisi, Salomat taypiş. Ularning ğiybatidan tamoman esankirab qoldim. Yaxşiyam, bölajak umr yöldoşim xorijda işlar, hali-veri ortga qaytmasdi.  Bu tamğadan xalos bölişim uçun hali vaqt yetarliça edi. Axir kelinlik uyimga ham laqabimni sudrab borolmayman-ku…

Yonimda bölganingizda heçam titramasdim, balo-qazolarni pisand qilmasdim. Afsuski, siz ham uzoqlarda edingiz. Biroq taslim bölişni aslo istamas edim. Işimni dastlab qişloqda otdoşlarim bor-yöqligini izlaşdan boşladim. Udum şunday  edi. Ovulda adaşlar köpayib ketsa, ulardan birini, albatta,  laqab bilan ataşardi. Çalkaştirib qöymaslik uçun. Men naq bir oy goh ammamlardan, goh xolamlardan, goh çeçamlardan yaqinda dunyoga kelgan qizçalarning ismini bilişga urindim. Aksiga olib, gödaklarning birortasiga Oydin degan nom qöyilmagandi. Bu laqabni yaqinda odamlar menga tirkaşibdi, degan taxminim puç bölib çiqdi.

Hayron edim. Unda bu laqabni qaçon ilaştirib oldim? Yoki siz buni bilar va könglim öksimasligi uçun mendan yaşirgan edingizmi? Bu sirdan momom, enam va hatto dadam ham voqif edimi? Endi xotira sandiğimni oçişim kerak edi. Uni yaxşilab titkilaşim joizligini teran anglardim.

Xotiralar meni yozda yam-yaşil bölib közni quvnatadigan makkayi poyalari tomon sudrab ketdi. Siz bilan uning orasida yaşinmaçoq öynardik, kosa sindirib qöysak, enamdan berkinardik, juda bölmasa uning siniqlarini kömib taşlardik. Sötasi pişsa, qöğirçoq yasardik. Makkayining sötasidan uzun soçli malikalar paydo qilardik. Sizga ular yoqmasdi, ammo xarxaşa qilmasligim uçun baribir uzib berardingiz. Ularni köpaytirardim. Hovlisiga makkayi ekmagan hamsoya qizlarga körsatib havasini keltirardim. Ular ham böş kelişmasdi – tovuş çiqaradigan bejirim köylakli qöğirçoqlarini köz-köz qilişardi.  Bir kuni dadam abadiy baxtli malikalarimni gumdon qildi – çoponga örab qöygan hamma qöğirçoqlarni sigirning oxuriga uloqtirdi. Men yiğlamadim. Öşandan keyin makkayining sötasini uzmaslikka ham özimni köndirdim. Ilk bor bolalik sarhadlarini qisqartirdim, poyonsizlikka çegara qöydim. Söng öşa devorni nuratişga özimda kuç topa olmadim.  Endi öylay boşlayapman. Balki, öşanda sötadan qöğirçoq yasamay xato qilgandirman?  Yasalmagan qöğirçoqlar va ular bilan ötkazilmagan saodatli kunlar mendan intiqom olayotgandir?  Köp ötmay bu fikr notöğri deya özimga tasalli berdim.

Momomiz köp xastalanib yotib qolardi. Bemorlik çoğlarida unga  köz-quloq bölib turar, şu vajdan baʼzida oylab maktabga qatnamay qöyardim. Uni yaxşi körardim, römollarini, jelaklarini örab kelinçak monand taʼzim qilardim.

Bir kuni quyoş qiblaga yonboşlayotgan mahalda momomiz bazör taşqariga aylangani çiqdi. Menga xonani supurişni tayinladi. Işga kirişdim.  Körpaçalarni yiğayotganimda uning qatidan ikkita olma çiqib qoldi va men nima qilişni bilmasdan uni uy töridagi katta oynavand şkafning ustiga qöymoqçi böldim. Unga oyoq ilganimni bilaman şkaf tösatdan ağanab ketdi. Özimni zörğa çetga olişga ulgurdim. Xudo körsatmasin, mayib bölişim tayin edi. Içkaridagi şovqinni eşitib enam jon holatda xonaga otilib kirdi:

– Şomda uyni tozalamaslik kerak edi! Burungilar bir falokat yuz beradi deb bekorga aytişmagan.

Keyin meni jerkişga tuşdi.  Dağdağalari badimga urdi. Közim yoşlandi.  Enamning oldida yiğlaşni xohlamay uydan çiqdim. Momom derazadan tönkarilib yotgan şkafni körib, ortimdan  qarğab qoldi.

– Dinkang qurib ölgir, sotqayi sori senga şkaf! Feʼling aynib öl.

Qarğişlar ortimdan ergaşardi. Ulardan yaşiriniş uçun tandirga kirib oldim. Birov körmaydi. Qarğişlar ham taʼqib qilolmaydi. Söng köylagimga közyoşlarimni artib yiğladim. Axir bir bahya qolgandi bahaybat qutining ostida qolişimga. Lekin bu bilan heç kimning işi yöq edi. Oradan yillar ötdi, öşandan buyon şkaf çandiqli bölib qoldi: oynasi sinib tuşgandi. Endi siniq közgu qarşisida turib xayollar bila andarmon bölaman. Ehtimol, qilmişimdan qolgan nişona sifatida  darz ketgan şkafni eşitib, odamlar menga Nişon laqabini qöyişgandir. Bugun uning qolgan qismini ham sindirib taşlamoqçiman.  Endi bundan biror naf bormikan?

Yoriq közguga termulib ötirarkanman, boşimdagi römolni yeçib soçlarimga nazar soldim. Dafʼatan soçimdagi oq tolaga közim tuşdi. Ular avval yöq edi-ku? Sinçiklab razm solsam, u bitta emas, naq uçta ekan. Eşitganim bor edi – öğil bolalarda xol köp bölsa, ismi qolib Xolboy yoki Xolbek deb çaqirişadi. Qiz bolaning soçidan oq tola ösib çiqsa, alomati bor degan gumonda Nişon deyişadi. Lekin oq soçim borligini nega şu paytga dovur payqamagan ekanman? Nega bu haqda na enam, na momom oşkor qilmagan. Demak, ular laqabim borligini  bilişgan, faqat menga aytişmagan. Oilamga qöşilib butun qişloq ahli bu sirdan xabardor bölgan. Yolğiz özim ğaflatda qolganman.

Aka, bir haqiqatni aniq bilardim, laqabni öz aybim bilan yoki fahmsiz qiliqlarim ortidan topgan emasdim. Öşanda soçimdagi oqlarni yulib taşladim, laqabdan xalos böliş umidida. Lekin undan birdaniga qutulib bölmasligini keç anglab yetdim. Öçakişganday oq tolalar yana ösib çiqib ğaşimga tegaverdi.  

Laqabim tarixini biliş befoyda ekanini tuşunib yetgaç, taqdirga tan berdim. Oradan oylar ötdi. Töyim ham böldi. Laqabim kuyovingizni xavotirga solmadi, qaynonam bundan hatto ajablanmadi ham. Ular uni hadeb öylab qayğu çekmasligimni, aksinça, butkul unutişimni uqtirişdi, keça-yu kunduz yordam berişdi.

Bolalikdagi oğriqlarni yoddan çiqariş oğir ekan. Zero, laqab ham tandir içida közimdan oqqan iztiroblarimning egizagi edi. Laqabimni ham öşa azoblar va tuyğularimning barvaqt sinişi voyaga yetkazgandi. Men tez orada uni batamom esdan çiqardim.

Biroq qişloqqa – uyimga borsam laqabim yana tegramda aylana boşlaydi, tandirdan, bostirmadan, makkayi poyalaridan, siniq közgudan “Oydin nişon!” degan tovuş baralla taraladi, gödak paytim içimga yutilgan dardlar birdan qalqib çiqadi.  Ularni köngildan haydab solişning iloji bölmay qoladi. Şu vajdan qişloqda köp qololmayman. Darrov izimga qaytaman. Bu yerda vaqtinça bölsa-da, laqabim borligini his qilmay yaşayman, aka.

Keyin bilsam, momom va enamning ham laqabi bor ekan. Faqat bizlar bilmagan ekanmiz…

Şukurullo AHMEDOV

 

2000-yili tuğilgan.

Qarşi davlat universitetining Özbek filologiyasi fakulteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.

 

2022/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…