Qişloqi sevgilim
Bulbulday sayroqi sevgilim,
Ölguday yiğloqi sevgilim.
Ertaga Toşkentga ketyapman,
Alvido, qişloqi sevgilim.
O, mening mohtobim, oftobim,
Işqimda tuzalmas betobim.
Soğinsang varaqla kitobim,
Alvido, qişloqi sevgilim.
Qölida öroği, ketmoni,
Mehnatdan, zahmatdan but noni.
Qalbimning qadrdon insoni,
Alvido, qişloqi sevgilim.
Şoirlar – özga bir olamdan,
Odam-u, pand yeydi odamdan.
Foyda yöq közyoşdan, motamdan,
Alvido, qişloqi sevgilim.
“Qişloqdan ket” deydi yuragim,
Şaharga bordir-da keragim.
Naçora ikkinçi bölagim,
Alvido, qişloqi sevgilim.
Qişloqqa qaytmasam agarda,
Yiğlama oqşomda, saharda.
Balki jon berarman şaharda,
Alvido, qişloqi sevgilim.
Bulbulday sayroqi sevgilim,
Ölguday yiğloqi sevgilim.
Peşona bu yoği, sevgilim,
Alvido, qişloqi sevgilim.
Xudo yubordi
Turibsan haydaşga zimdan şaylanib,
Qarşingda jim turgan devonavorni.
Kelib qolganim yöq boşim aylanib,
Haydama, yoningga Xudo yubordi.
Kelmadim oddiy va mayda iş uçun,
Ey gul, muhabbatdan xabaring bormi?
Seni seviş uçun, sevdiriş uçun,
Haydama, yoningga Xudo yubordi.
Hozir mavridimas közyoş, yiğini,
Samodan sen uçun sado yubordi.
Bajarmoq farz menga buyruğini,
Haydama, yoningga Xudo yubordi.
Kelgin, neki topsak köraylik baham,
“Ol, qulim” deb mendek fido yubordi.
Seni baxtli qilmoq mening vazifam,
Haydama, yoningga Xudo yubordi.
Jimgina turibsan lom-mim demasdan,
Tanimay men dalli, devonavorni.
Yoningga şunçaki kelgan emasman,
Haydama, yoningga Xudo yubordi.
Nizomiddin Madrahimov
1989-yili tuğilgan.
Danğara köp tarmoqli texnikumi talabasi.
2022/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida