8 daqiqada öqiladi

201 marta körilgan

Ovçi

Ovçi

(Hikoya)

U kiyib yurgan etigini olganiga şu qiş beş yil töladi. Biroq bu safar qadrdon etigi pand berdi, şekilli: qadam bosişga qiynalar, barmoqlari va tizzasidagi oğriq soniya sayin avjlanardi. Yana biroz oqsab yurdi-da, sirpanib yiqildi…

– Tagi ançagina urinibdi, xizmatni ham ötab bölgan ekan-ku, – deb uf tortdi ovçi Möyo. (Ovuldoşlari şunaqa çaqirişadi uni). “U ovçi Möyo nomi bilan dong taratgan, ajdodlari ovçi bölib ötişgan, u ham ovçi bölib yetişdi, anʼana uning davrida ham saqlanib qoldi. Ammo undan keyingi avlod yöq, u sönggi ovçi edi”. U şu oyoqkiyim bilan naq beş kilometr yöl bosib kelgan, qor esa qalin, etikdan kirgan suv muzlay boşlagan, barmoqlari ham kökimtir tusga kirgan, ammo hali ham ovga bölgan iştiyoqi baland. U miltiğini öqlay boşladi…

Bunaqangi ob-havoda ov barokatli böladi, buni esa ovçilar yaxşi bilişardi. Qolaversa, uning ötovida yegulik qolmagan, qişki ozuqasi ham mana şu dengiz atroflaridan yovvoyi ördaklar, dengizböyi jonivorlaridan edi. Lekin bu safar uning özi öljaga aylanganligini his qilsa-da, tan olişni xohlamasdi. U miltiqni öqlab bölgaç, ötirgan joyidan turişga harakat qilar, oyoqlari esa böysunişni xohlamas va qayta-qayta yiqilar, muzlagan barmoqlari oğriqni ham sezmay qolgandi. Baxtiga u bilan nabirasi tengi Renat birga kelgan, şundan uning köngli biroz tinç.

– Ölsam ham öligim quşlarga qolmaydi, ha qolmaydi, ammo birovga öligimni ortadigan odam ham emasman, – derdi-da, labini tişlagança yana örnidan turişga harakat qilardi. Biroq çap oyoği tamomila böysunmay qöygandi. Çol böş kelmadi: miltiqni çap qöliga tirab, bazör turdi, yurişga kelganda esa hamma harakatlari çippakka çiqdi. U endi yurişni maşq qilayotgan gödakdek qorga ağanadi. U göyo ulkan bir dengiz maxluqiday qor çangallagança tölğanar, ölimini his etgan jangçidek kuraşar, sovuq va bepoyon kenglik esa uning raqibi edi. Inson hamda tabiat örtasida mislsiz kuraş ketardi. Keksa Möyo tirik öljaga aylanib ulgurdi; uning vaqti soati yetgan, u hozir holdan toyadi va nafas olişdan töxtaydi, ruhi uni tark etadi. Söng kuraş tugaydi, şu bilan ğolib aniqlanadi. Ovçining esa bu tarzda yengiliş niyati yöq, u hali kuraşni davom ettirardi: alamzadalik bilan miltiğini olib oyoğining uçiga urib körar, taʼsir qilmagaç, aççiqlanib yanada qattiqroq urardi…

U boşini kötardi-da, atrofga alangladi. Sal nariroqda çöloqlanib ketayotgan tulkiga közi tuşdi. U bu jonivorni tanidi:

– Öşa kuni yarador bölib iniga kirib ketgan tulki-ku, – dedi-da, apil-tapil miltiqni oldi, ammo tepkini bosişga şoşilmadi, uning köksida allaneçuk tuyğular kezardi:

– Ikkimizning taqdirimiz öxşaş ekan, ikkimiz ham oyoqdan qolgan, ammo sen mendan farqli ravişda hayot uçun kuraşişni eplay olyapsan. Hozir men tepkini bossam, men öz vijdonimni öldirgan bölaman, bu esa ovçilarga xos emas, vijdon azobidan köra sening yaşaganing ming marta afzal, kuraş adolatli bölsin! Ikkimiz ham tirik qolsak, yana bir kun uçraşamiz, – dedi-da, miltiqni sekin tuşirdi va boşini yerga eggança çuqur xörsinib, vazminlik bilan kuç yiğa boşladi. Tulki ham oğzidagi quşni qattiq tişlagança ini tomon zörğa ildamlardi. Kun juda sovuq bölişiga qaramay keksa Möyoning ajin bosgan peşonasidan ter sizib çiqar, hayotning şafqatsiz yuzi bilan qarama-qarşi turar, yolğizlik degan nom uni taʼqib qilar, bu esa uning butun tanasiga qörquv tarqatardi. Biroz ötmay kuçli taraqlagan ovoz eşitildi.

– Miltiq otildi! Ha, aniq miltiq otildi, – dedi Möyo özi sezmagan bir holatda. Uning xayollari miltiqning soçma öqidek tarqab ketdi. Boşini kötarib atrofga alangladi. Çöloq tulki qonga belangança çözilib yotar, sal nariroqda esa zör işni qoyillatgandek, miltiğini yerga tiragan ovuldoşi, yoş ovçi Renat tirjayib turardi.

– Nasib qilmabdi, – dedi keksa möyo afsusli ohangda, söng közlarini yarim yumib labini qattiq tişladi.

Şu onlarda ölimga yaqin kelganini iç-içidan his qilar, bu jonivordan keyin navbat unga kelganini, sönggi onlarini yaşayotganini heç kim aytmasa-da, payqab ulgurgan, ammo uning yaşagisi kelar, azaliy bölgan hayot qonuniga böysunmaslikni istardi. U nimaga bunçalar qörqoq bölib qoldi. Axir yaxşi bilar edi-ku, qadimdan kuçlilargina yaşaydi, kuçsizlanib holdan toydingmi, seni ajal taʼqib qilişni boşlaydi va qaysidir bir nuqtada jon taslim qildiradi. Ammo bu safar ovçining butun vujudi qörquvga taslim böldi, qarşi kuraşişni uddalolmasdi…

Qonga belangan öljani sudragança kelgan Renat çolga tikilib turdi-da:

– Bobo, holdan toydingizmi, kelganingizdan buyon miltiğingiz ovozlanmadi yoki ölja durust bölmadimi? – hayratlanib gapirdi bola.

Ovçi Möyo esa miltiqni silagança:

– Bu safar hayot qonuni özgardi, ovçi öljaga aylandi, – dedi-yu, oyoğini qimirlatişga harakat qila boşladi. Ammo bola ovçining gaplariga tuşunmaganidanmi yoki kutilmagan javobdanmi tikilib turardi.

– Bolam, oyoğim sönggi manzilga kelganga öxşaydi, senga yuk böladigandayman, – dedi-da, yengil xörsinib oldi, söng miltiğini yoş ovçiga uzatar ekan, şu bepayon adir, dengiz böylarida yana simirib nafas ololmasligini iç-içidan his qilardi.

– A-a! – Bolaning qisiq közlari yiriklaşib ketdi. – Bu nima deganingiz, yoşulli, ovçi pirlari qöllasin, – dedi-da, yoniga çökkalab, qölidan tutib turğizişga tirişdi, ammo sovuqdan junjikkan oyoqlar turişga sira hafsalasi yöq. Ovçining mungli boqişida göyo Renatga miltiğini asrab-avaylaş vasiyati namoyon bölardi.

Uzoq urinişdan söng holi qolmadi: atrofga alanglab, biron-bir ilinj izladi, koşki kimdir bölsa, kun ham peşindan ötgan. Bu tomonlarga endi biron kim adaşib kelişi amrimahol. Bola umidsiz boşini quyi solib çolning yonida ötirar ekan, ustidagi möynani yeçdi-da, ikki qatlab ovçining oyoğiga yopib qöydi…

Sal naridan bir gala tözğigan ğazalaylar kökka kötarilib ovozlanarkan, bu şovqindan ovçi Möyo sergaklandi. Xayolida Azroil öşa tomondan kelayotgandek. Jon holatda, arang burilib qaradi-da, butun tanasining oğriğini his qildi va azobli piçirladi:

– Jonimni ham tezroq olmadi, yurganda izğirin bilinmas ekan, harakatsiz tanani öz domiga tortadi-ya, jin ursin barini…

Quşlar uçgan tomondan odam körindi. Ha, u aniq odam edi. Uni ovçi aniq kördi-da, miltiq bilan Renatni turtkiladi. Sovuq esa borgan sari öz kuçini körsatardi. Ovçining tili aylanmas, arang duduqlanardi:

– Hoo-y, Re, Ra-a…

Bola boşini kötarib, çol işora qilgan tomonga qaradi, u ham kördi, söng siltanib örnidan turdi-da, qorni ğirçillatib yugurgança ketdi.

– Xudoning karami keng, Azroil kutgan edim, şukur bir umid yubordi. Tangri taolo buyuk! – öyladi ovçi. Ammo uni ötovda ham deyarli heç kim kutayotgani yöq, ayniqsa, bu holida, oldin yöqlab turadiganlari ham endi kelişmasa kerak. U yolğiz keldi, yolğiz yaşadi, birgina hamrohi yonidagi miltiği edi. U esa har doimgidek birga. Har ikki kunning birida ölsam şu miltiq bilan birga köminglar deb vasiyat qiladi, sal odamovi, ğalati çol edi. Sal bölmasa şu yerda miltiği bilan jon taslim etardi. Baliqçi Aydus joniga ora kirdi.

Ikkovlaşib ovçini qöltiqlab, oyoğini sudragança ikki çaqirim naridagi qayiq sari odimlaşdi…

1975-yil. Qişning ön birinçi kuni. Keksa Möyoning qayiq kabinasiga yotqizilganiga bugun ikkinçi kun. Ammo Renatdan ham, olib kelinişi kerak bölgan çanadan ham darak yöq. Ozuqa deyarli qolmagan, isiniş uçun esa tört-beş ğöla va bir dasta saksovul qolgan, xolos. Baliqçi Aydusning ham toqati toq bölgan. U yoq-bu yoqdan gaplaşib vaqt ötkazay desa, ovçi tildan qolgan, bergan savollariga yelkasini qisib qöyiş bilan kifoyalanardi. Beçora çol ovqat yeyiş bilan ovora, oç qoldim degunça dönğillab ovoz çiqara boşlaydi. Bu esa baliqçining jiğiga tegar, toraygan asablarini battar toraytirardi. baliqçi çidolmadi, zaxarhandalik bilan gapirdi:

– Ovçi Möyo, bir ovuldan, bir kasb egalarimiz, qolaversa, naslimiz böri uruğiga mansub. Yoşulli, oğizbirçilik bor-da bizning ovulda, bölmasam, allaqaçonlar taşlab ketardim, yana vijdon ham qiynaladi, özimizning ham keksayişimiz bor, ammo rosa dimiqdim, siz ham bundoq gapirsangiz-da endi…

Çol ğudingladi, söng allanimalar deb boş çayqadi, horğin boqdi.

Tuşga yaqin çana ham yetib keldi, ammo uni Renat emas, akasi Batir olib kelgandi. Sababi, u öşa kuni qattiq şamollagan, şundan buyon tuz totmagan, isitmasi baland, keçalari alahsirab çiqayotgani haqida gapirib berardi. Suhbatni eşitib turgan ovçi Möyo doimgidek labini qattiq tişladi-da, xörsiniq ovozda:

– Beçoraga jabr bölibdi, olib kelmasam bölarkan, – deya piçirladi.

Taşqarida toqatsizlangan itlarning ovozi eşitila boşladi. Uzoq vaqt qolib ketganidanmi yoki atrofda kezib yurgan yovvoyi hayvonlar ovozidanmi ular bir-birlarining dumini tişlab uvullaşardi…

Bu çanaga qöşilgan zotdor itlarni Qozoğiston tomondan olib kelgandi. Ularni ovçi Möyoning özi katta qilgan, ammo pul zarur bölib sotib yuborgan edi.

– Fema, Kusko…

egasining ovozidan itlar tinçlanişdi.

Ovçini qulay qilib yotqizişdi-da, ustiga bir neçta pöstin yopişgaç, itlar harakatlanişga buyruq oldi. Ammo ovçi unçalik xursand bölmadi. Yolğizlik degan soya oyoqdan qolganidan buyon taʼqib qilib kelar, hayot unga umidsiz boqar, undan yuz ögirgandi. U endi yaşaşni örgandi, nima uçun yaşaş kerakligini angladi, har bir narsa nima uçun jufti bilan yaratilganini keç bölsa-da his qila boşladi. Ammo juda keç edi. Çunki vaqt uzaygan sayin, manzil qisqarib borardi, manzilga esa yaqin qolgan. Ovçining közlari yoşlandi:

– Hatto yirik hayvonlardan tortib mitti haşarotlargaça özidan nasl qoldiradi, telba Möyo-çi, şuni ham eplolmadi, böm-böş ötmiş, öylab qarasam, hatto etigim ham juft ekan, – u alamzada irjaydi. baxtga qarşi biron-yarim megajin ham köngilga ötirmadi. Suf bariga! – dedi-da, tişlarini ğiçirlatdi. Ovçi özidan nafratlanar, özini özi haqoratlar, uning ruhi toliqqandi…

Çolning közlariga elas-elas uyqu ilaşardi. Qorning ğiçirlagan tovuşi unga alladek yoqimli eşitildi, olis xayollarga yetakladi. U, balki, endi közlarini oçmas, sönggi bor dengiz havosidan nafas olayotgandir, dengiz quşlari ortiq kökda parvoz qilmas, ertangi tong uning uçun, balki, yöqdir.

Eşpölat ABDURAHMONOV

 

1995-yili tuğilgan. 

Qarşi davlat universitetining Filologiya fakultetini tamomlagan.

2022/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…