* * *
Oq qoğozni kelding ğijimlab,
Oppoq edi hamal tonglari.
Oq qoğozga yozilgan edi
Ğijimlangan köngling ohlari.
Öqidim-u, qovoqlarimdan
Tugunçalar ketdi yeçilib.
Sevging öjar kulgiçlarimga
Tabassumlar ketmoqda ilib.
Izhoringni yopib andişa,
Gulbarglarda etibsan bayon.
Anor rangi saçrab yuzimga,
Kipriklarim qildi töpolon.
Judayam tez urgan könglimga
Işq savdosi solar jarima.
Mingta tilda sözlagan tilim
Hislarimni qilmas tarjima.
Çorlov
Dil, sano aytmoqqa kel,
Tavallo aytmoqqa kel.
Qoqib işq darvozasin,
Sallamno aytmoqqa kel.
Köngilga berib daşnom,
Qoldirmading nom-nişon,
Çökib qoldi közga şom,
Tong, daʼvo aytmoqqa kel.
Mehrim tuşib nomardga,
Işqim qorişib gardga,
Xasta qilgan bu dardga,
Hamd, davo aytmoqqa kel.
Hislar soçimdek çigal,
Bir himmat körsat bu gal,
Çekinsin hatto ajal,
Kuy, navo aytmoqqa kel.
Dil, sano aytmoqqa kel,
Tavallo aytmoqqa kel.
Qoqib işq darvozasin,
Sallamno aytmoqqa kel.
* * *
Soğinçlarni sotding beayov,
Oq könglimni aylabon bozor.
Keça baxt deb sotgan qayğungga
Bugun yana özim xaridor.
Boşing urma, aylama jabr,
Oğriqlardan bezgan yurak bu.
Dard ufurgan suronlaringdan,
Qöy, uyquga ketmasin mangu.
Joningni ham solma bozorga,
Kokillarim bölmasin beor.
Gul qizlarning qarğişi tekkan
Yuragingga menman xaridor!
Guliruxsor Ummatova
1993-yili tuğilgan.
Ijod namunalari respublika matbuotida çop etilgan.
2022/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida