9 daqiqada öqiladi

165 marta körilgan

Qiltanoq

Bayram Aytmurod

Tillarang peşlavhaga qora harflar bilan rahbarning ism-şarifi yozilgan eşikdan Moyliboy oğa közlarida tabassum öynab, sekingina sirğalib çiqdi. Uni yarim soat avval kirib ketganidan buyon qabulxonada intiq bölib kutayotgan Sobir hovliqib joyidan turdi. Moyliboy oğaning qölidagi özining hujjatlari solingan kök jildni körib, “Nima böldi, oğa?”, deb söramoqçi edi, oğzini oçib ulgurmay, Moyliboy oğa imo qildi: “Xonaga yur!”

Moyliboy oğa qabulxonadan keyingi ikkinçi eşikka kirib, kursisiga bemalol yastanib, kök jildni stol ustiga qöydi-da, Sobir tarafga surib yubordi. Bu harakatida qandaydir jöşqinlik, katta qoniqiş hissi bor edi. Sobir buni sezdi, lekin sir boy bermay unga savol nazari bilan qaradi.

– “Yöli bölgan yigitning yangasi çiqar oldidan”, degani mana şunday böladi. Özing ham astoydil niyatlaganding, a?

– Nimasini aytasiz, oğa! – dedi Sobir quvonçini yaşirolmay. – Ölay agar, şu safar ham bitmasa, qölimni bir siltayman, deb öylagandim.

Moyliboy oğaga bu gap unçalik yoqmadi.

– Bitmaydigan iş yöq, qöşçim, bitirolmaydigan odamlar bor. “Ixlos bilan yiğlasang, söqir közdan yoş çiqur” deyişgan. Mana, ikkimiz (u bu sözga alohida urğu berdi) çin köngildan harakat qildik. Işing bitdi. Töğrimi?

– Töğri, oğa, töğri! – dedi Sobir tişining sariğini körsatib.

Uning hujjatlarga hali ham qöl çözma­yotganini körib, Moyliboy oğaning sabri çidamadi. Özi ötirgan joyidan çözilib, jildni oçib, qoğozlarni birma-bir köra boşladi. Boşliq imzo çekkan qoğozni olib, har bir harfni alohida qiroat bilan, sal minnat qilibroq öqidi.

– Mana, uka! – dedi keyin xatni uzatib. – Tabriklaymiz endi!

– Rahmat oğa, katta rahmat! Yaxşiligingizni bir umr unutmayman! Mendan qaytmasa, Xudodan qaytsin, oğa! – Sobirning qoğozni olmoqçi bölib çözgan qöli böş qoldi.

Moyliboy oğa hujjatlarni “şoşma” deganday sal öziga tortdi.

– Eh, inim! Özingning qölingdan keladigan işga Xudoni aralaştirib nima qilasan?

Sobir dovdirab qoldi. U ham davra körgan yigit, bir-ikki xizmat aytilişini bilib, tadorigini körib kelgan. Lekin bu gap bu taxlit aytilişini sira öylamagandi.

– Yoki qölingdan kelmaydimi? – Moyliboy oğa ğalati qaradi. “Özi savlating devnikiday bölgani bilan maydaçaynar baloga öxşaysan?!” degan xayolga bordi.

– Yöğ-e, oğa! Nima xizmat bölsa, boş ustiga!

Moyliboy oğaning xayoliga kelgan öy xuddi tumanday tarqab ketdi, yana lablariga tabassum yugurdi.

– Ha, şunday degin-da, inim! Xullas, boya boşliqqa “Bir piyola çoyi bilan ozroq atagani bor ekan” deb şipşitgandim, “maʼqul” deganday böldi.

Sobir qança ataşni bilmay, sal talmovsirab, “könglimdan çiqarib bersam böldi-da” deb öyladi.

– Xöp böladi, oğa! Qayerni tayyorlay?

– Qayerni, deb endi ja katta ovoragar­çi­likning keragi ham yöq. Bir irimini qilsang böldi-da.

– Unda men borib, hozirligimni köraveray!

– Töxtab tur, – Moyliboy oğa qöl telefonidan qönğiroq qildi. – Allo, buyoqqa qarab yubor.

Zum ötmay örta böyli, ozğingina, közlari ayyorona jilmayib turgan xodim kirib keldi.

– Assalomu alaykum, – yigit yarim egilib, ikki qölini çözib salomlaşdi.

– Bu kişi Sobir degan oğang böladi, – dedi Moyliboy oğa. – Oğang bugun haq bermoqçi. Şunga özing bir yöl-yöriğini körsatib yuborarsan.

– Tuşundim, oğa. Yest! – dedi yigit tirjaygança va Moyliboy oğaning “boraveringlar” degan işorasidan keyin xonadan çiqib ketdi. Sobir unga ergaşdi.

* * *

May oyining issiq quyoşi botib, atrof yoqimli, salqin oqşom qöyniga kirgan mahal. Şahar çekkasidagi baliq taomlari pişiriladigan muhtaşam restoranda odam gavjum. Har stolda uç-tört kişi – kimdir oilasi, kimdir döstlari, kimdir yana allakimlar bilan kelgan – yeb-içib, suhbatlaşib, şivirlaşib, baqirişib, kulişib ötirişibdi.

Yuqori qavatdagi maxsus, tört-beş kişiga möljallangan xonalarning birida Sobir bilan xodim yigit mehmonlarning yöliga qarab ötiribdi. Ofitsiant yigit-qizlar biri kirib, biri çiqib, dasturxonni bezatiş bilan band. Xodim yigit idişlarning tozaligini tekşirgan bölib, köngli tölmay ularga topşiriq beryapti. Sobir bir pastga tuşib, bir tepaga çiqib yuribdi.

– Dasturxon qalay? – dedi xodim gerdayibroq: men bölmasam holing xarob-ku, oğayni!

– Ajoyib! – dedi Sobir kulimsirab: özing bir dasturxonçi, nimangga burningni kötarasan, he tirmizak! – Özing ham köpni körgan yigit ekansan. Endi doim mehmon kutsam, seni çaqiraman.

– Bajonidil, oğa!

Xodim yigitning qöl telefoni jiringladi.

– Labbay, oğa! Böldi, mana tuşyapmiz! – boşi bilan Sobirga imo qildi, ikkalasi zippillab pastga tuşişdi.

Moyliboy oğa ötirişga tayyorlanib, işxonada kiyadigan kostyum-şim örniga past böyiga, semiz qorniga yaraşmasa ham yengil futbolka, jinsi şim kiyib olgandi.

– Sobir inim, seni ovora qilib qöymadikmi? – dedi Moyliboy oğa kabinaga kirib, tördagi joyga ötirgaç. – Boşliğimizning yiğilişi çiqib, kelolmaydigan böldi. “Rahmatimni yetkaz, boşqa safar, albatta, ötiramiz” dedi. Şuning uçun boşliqsiz ötiradigan böldik.

Sobirning kayfiyati buzildi.

– Mayli oğa, zarari yöq. Qayta bemalolroq ötiramiz. Töğrimi?

– Baraka top! Sendan şu gapni kutgandim, – dedi Moyliboy oğa köngli tölib.

* * *

Ötiriş qizidi. Baliq şörva ham içildi, qarma (qorima) ham yeyildi. Taomlar orasida uç-törtta şişa ham böşadi. Har bir qadahda Moyliboy oğaning şaʼniga maqtovlar yoğildi. Har maqtovga Moyliboy oğa moyday erib, uyalgan bölib, “men emas, hammasi özinglar, hammasini özinglar qildinglar” deb ötirdi.

Orada bir şamollab keliş bahonasida Moyliboy oğa Sobirni taşqariga çaqirib, “boşliqqa atagani”ni söradi.

– Ih-him, boyagi yoningdami? – dedi yarim ovozda atrofga alanglab, heç kim yöqligiga işonç hosil qilib.

Sobir ham u yoq, bu yoqqa bir qur nazar taşlab, çöntagidan konvert çiqarib uzatdi.

Moyliboy oğa konvertni darrov çöntagiga soliş asnosida uning yupqaligini sezib ulgurdi. Sobir ham xuddi şuni bilganday önğaysizlandi.

– Özingiz bir gap aytmaganga, köngildan çiqarib, beştasini (beş yuz dollar) solgandim. Oz bölsa ham köpday körib…

Moyliboy ğijinib turdi-yu, baribir konvert özida qolişini öylab, rozi böldi. Boya boşliqqa kirganda Sobirni özining yaqin odami ekanini aytganini özi bilan boşliğidan boşqa heç kim bilmasdi.

…Bir-birovga hurmat-izzat körsatiş, öziga juda yaqin olib, faqatgina yaxşi fazilatlarini aytib maqtaş kuçaygandan kuçaydi. Gap orasida Moyliboy oğa Sobirga “Katta işning boşida turibsan, omadingni bersin, inim. Bizday oğalaring borligini ham esdan çiqarmassan?” deyişni ham unutmadi. Sobir kamtarlik bilan qölini köksiga qöydi: “Albatta, oğa! Yaxşiligingizni heç qaçon unutmayman!” Lekin Moyliboy oğa içida “Unutmassan-a! Ertaga salomimizga zörğa alik olarsan!” degan öy ötgan bölsa, Sobirning xayoliga “Özi qutulolmay turganda biryöla eşak qilib minmoqçisan, şekilli?” degan fikr keldi.

Dasturxonga qovurilgan baliq tortildi. Hozirgina moydan çiqqan kesma (bölak)-lar laganning içida ham “piçirlab” turardi. Taomilga köra, taomdan oldin yana tilak aytiş navbati Moyliboy oğaga berildi.

– Xöş, inim, – deya gap boşladi Moyliboy oğa. – Işing öngidan kelsin. Meni yoşulli deb hurmat qilib, dasturxon yozibsan, Alloyi taolo seni siylasin! Beraridan qismasin!

 Moyliboy oğa gapni çözib ötirmadi, piyolasini sipqorib yuborib, baliqning eng yoğli, göştli bölagini bir tişladi. Sobir bilan xodim yigit ham şuni kutib ötirgan ekan, ular ham piyolalarini bir kötarişda böşatdi. Lekin taomga qöl çözib ulgurmadi. Moyliboy oğaning tomoğiga qiltanoq ketib, rangi özgarib, “xix-xix”lab bir-ikki tomoq qirdi, söng yutinib kördi, bölmadi, yana xirillab, köksini muştladi, baribir ketmadi. Aksinça, battar közlari katta-katta oçilib, yonidagilarga ayançli qaradi. Sobir bilan xodim yigit dovdirab qoldi: bittasi non bilan suv berdi, birisi kuragidan urdi, nima qilişini bilmay hovliqib boşladi.

Moyliboy oğa gapirişga ham holi kelmay, yutinsa ham, hatto nafas olsa ham qiltanoq tomoğiga qadalib, battar azob bera boşladi. Sobir xodim yigitga “Taksi çaqir!” dedi-yu, özi hisob-kitob qilişga yugurib ketdi.

* * *

Taksi qança tez yurmasin, içidagilarga, ayniqsa, Moyliboy oğaga u toşbaqa yuriş qilib borayotganday, manzil esa uzoqday, yöl tugamaydiganday edi.

Moyliboy oğa tomoğining ozori biroz çekingan mahal sal öziga kelib, köz oldida butun hayoti, körgan-keçirgan kunlari birma-bir ötar, öziga-özi: “Yo Xudo! Özing keçir, bilib-bilmay qilgan gunohlarimni özing afv et! Astağfirullo! Astağfirullo! Tavba qildim, ming marta tavba qildim! Şundan omon qolsam, umrimni ibodat bilan, tavba-tazarru bilan ötkazaman… Eh, yolğonçi dunyo! Endi yaşayman, huzur-halovatda umr keçiraman, deganimda, ajalimning yetganimi? Paq etib ölib qolsam-a? Odamlar “tomoğiga qiltiq tiqilib öldi”, deydimi şunda? Şarmanda!” Qiltanoq yana tiralib, azob bera boşladi, Moyliboy oğa ovoz çiqarişga holi kelmay, xirillab yotaverdi.

 – Mana, yetdik, oğa! – xodim yigit boşliğining boşini silab, unga dalda bergan böldi. Içida: “Şundan oyoğini uzatib ketvorsa, joyi böşarmidi? Juda ezib yuborgandi, Xudo körsatdi… Qöy-e, birovga ölim tilagunça, özingga umr tila! Lavoziminiyam, boşqasiniyam keragi yöq!” degan öy lip etib ötdi. Sobir esa orqaga köz qirini taşlab, “Ozroq çidang, oğa!” dedi. U ham öz xayoliga özi qovurilib: “Padaringga laʼnat! Bunça oğzingga tiqmasang! Oçdan ölibmiding? Şu ovqatning hammasi seniki! Oçközligingdan topding, yaramas! Işqilib, eson-omon yetib olsak böldi. Yana ölib-netib qolib, boşim baloga qolmasa görga edi. Bundaylarning tirigi ham, öligi ham peşonangning şöri!”

* * *

Moyliboy oğa ertalab ğönğir-ğönğir ovozdan uyğondi. Bu payt Sobir bilan xodim yigit Moyliboy oğaning xotiniga bölgan vaziyatni aytib, şifokorlar esa “Hammasi yaxşi!” deb, tasalli berayotgandi. Moyliboy oğaning köz oçganini körib, hammasi yopirilib uning tepasiga keldi.

Moyliboy oğa qayerda yotganini bilmay atrofga biroz alanglab yotdi.

– Dadasi, – xotini közi yoşlanib, mölirab qarab turibdi.

– Ha, kampir, çolimdan ajralib qoldim, deb öyladingmi? – Moyliboy oğaning ovozi qirilib, çiyillab çiqdi. Yiğilganlar uning köngliga hazil siğganini körib, quvonişdi.

– Voy-yey, yuragimni yordingiz-ku! Yaxşimisiz endi? – dedi xotini sevinç köz yoşlarini yaşirmay.

Sobir ham yelkasidan toğ ağdarilganday yengil tortdi:

– Yomon qörqitib yubordingiz, oğa!

– Baliğiyam qurib ketsin, jonim közimga körindi. Endi baliq yemayman! – dedi Moyliboy oğa yarim ovozda. Har sözida tomoği açişib, bölib-bölib gapirdi.

– Qaydam, dadasi. Baliq desa özingizni tomdan taşlaydigan odam, – dedi, xotini kulimsirab.

– Yöq! Illo-billo, qaytib yemaydigan böldim, – dedi Moyliboy oğa.

U keçagi konvert esiga tuşib, birdan timirskilana boşladi.

– Nima böldi, dadasi? – dedi xotini çöçib.

Moyliboy oğa Sobir bilan xodimga savol nazari bilan qaradi. Uni xodim darrov tuşundi va Moyliboy oğaning yostiğining tagidan konvertni olib, “Mana, oğa!” deb qöliga tutqazdi. Moyliboy oğa konvertni olib, katta bir qoniqiş bilan çuqur uh tortdi va konvertni xotiniga berdi.

 – Ma, buni olib qöy. U bu kam-köstga, dori-poriga işlatarsan.

“Bu boşliqqa atalgan konvertmasmidi?” deb söraş heç kimning xayoliga kelmadi…

Bayram Aytmuratov

 

1986-yili tuğilgan.

Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Qönoq” nomli kitobi çop etilgan.

 

2022/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…