Endi bunday yaşay olmasligimga közim yetib turibdi. Hammasiga buyuk rus adibi Fyodor Dostoyevskiy – “aybdor”!
Men uning “Qimorboz”, “Oydin tunlar”, “Maʼsuma” kabi asarlarini öqib çiqdim. Taassurotlarim olamjahon. Hayajonimning, qalb keçinmalarimning çeki yöq. Qiziq, Dostoyevskiy öz bitiklari personajlarini real odamlardan olganmikan, yoki töqima obraz yaratganmikan? Ammo öşa asardagi obrazlar – men (ha-ha, aynan özim)! Men bir vaqtning özida ham “Qimorboz”, ham “Tip”man. Har ne bölgan taqdirda ham uning nozik ruhşunosligi, hayotni eng mayda ikir-çikirlarigaça teran anglay olişligi, ulkan isteʼdod sohibi ekanligi yakqol körinib turibdi. Asardagi qimorboz yigitning xulq-atvori, öy-keçinmalari men bilan bir xil (qimor öynamasam ham). Yigitlik davridagi içki ğalayonlar, öşa his-tuyğular, öşa kabi fikrlar aynan meniki kabi. Faqat asarni öqib bilganim, agar men öz iymonimga zid ravişda iş körsam, nafsimga biroz erk bersam meni ayançli taqdir kutadi.
Hayotning özi katta qimorxona, degan ekan maşhurlardan biri. Bu gapda jon bor. Tevarakka boqib xuddi öşanday öyin atrofimizda davom etayotganini anglaymiz, tuşunamiz. Hatto men öyin stoli ustida, öyinçilar qatoridaman. Birğikki marta kiçik, juda ham kiçik uluşimni tikib, yutqazib ham bölganman. Ana endi men qizilmi-qorami, raqammi-zeromi, deb hisoblaşga çoğlanganman. Bu öyin davrasidan nari ketişning iloji yöq. Aynan hayot tufayli bizğbarça-barçamiz öşa, sassiq, jirkanç, qoronğu va dim qimorxonaga qulflanib olganmiz. Ammo bu öyinni biz boşlagan emasmiz, yöq! Bizni bunga aqlimiz yetmasdi. Biz bu öyinga tomoşabin sifatida kirib kelib, qiziqiş tufayli (heç bölmasa bir marta) “PUL” tikkanmiz va yutgan – yutqazganimizdan qatʼiy nazar, şunda qolib ketganmiz. Menimça bu qimorni öz yaqiniga nafs tufayli qöl kötargan birinçi odam boşlab bergan. Bu qimorxonadan öğrilarni xuddi adib tasvirlagandek uloqtirişadi, ammo heç narsa özgarmaydi, öşa holat, ustasifarang kazzoblar bamaylixotir, öz işlari bilan band bölişadi.
Töğrisi, bugun tongda uyğonganimda öyladim. Meni bir neça yillardan buyon qiynab keladigan içimdagi xunob, ters – dağal, dangasa “men”im bir keçada “tip”ga aylanibdi. Men içimda öz-özimni uçinçi şaxsda gapirardim, xuddi roman öqiyotgandek edim. Boşimda esa mislsiz orom lazzati, sokinlik, tiniqlik! Men butunlay özgargan edim. Ğayri ixtiyoriy oçiqlik – soflik bor edi menda.
Informatsion oqim, axborotlar kengligi, uzluksizligi, bir zumda yangilanişi – bularning barçasi öşa sokinlikni yöqotadigan unsurlardir. Insonni jazavaga tuşirib qöyadi ular. Eng yomoni, ular yordamida insonni istalgan köyga soliş mumkin. Masalan, Nastinkani olaylik, u özini aldangandek his qildi, birdaniga dilidan qançadan-qança hislar joy olib uni abgor qildi. U yengildi, u taqdirga böysundi va oqibat “tip”ning taklifiga rozi böldi.
Hozirgi zamonamizda deyarli har bir daqiqada bir qiz “Nastinka” böladi. Fikrimning davomi ölaroq, Nastinka, çin sevgi (agar şunday deyiş mumkin bölsa) haqida tasavvurga ega emas. U faqatgina baloğat yoşidagi kasallikka çalingan, xolos. Aminmanki, agar öşa zamonada Nastinka oqibat baxtiyor bölgan bölsa, hozir unday emas.
Muhabbat desa kör-körona ergaşib ketaveradigan, qaysinisi haqiqiy ekanligini anglagunça umri ötib qolayotganlar juda-juda köp. Aytiş kerakki, zamon va makon özgarsa-da inson, uning öy-fikrlari, qaraşlari özgarmay qolişi mumkin ekan (Buni özimda sinab turibman). Odam özini, insoniyligini yöqotmasa bas. “Suvni loyqalatayotganlar kim, suv qaçon tiniqlaşadi?” Nahot, suv ostidagi jonzotlar (to suv tiniqlaşmagunça) balçiqda yaşaşga majbur? Endi özingiz öylab köring, suv tiniqlaşmasa, evolyutsion nazariyaga muvofiq (fan isbotlagan) suv ostidagi jonzotlar loyqa suvda yaşaşga örganadilar. Hatto unda hayot keçirib, (bib-binoyidek) yaşayverişadi. Ammo, suv tiniqlaşarmikan?! Suv tiniqlaşsa, şunça harakat (özgariş)ning oqibati balçiqsiz turolmaslik, suvni atay loyqalatiş bölib qolişi tabiiy (yaşaş instinkti)! Ana endi özingiz öylab köring, millionlab jonzotlar hayot keçiriş maqsadida tiniq hovuzni loyqalatsalar nima böladi? Aytişim mumkinki, yaşaş uçun kuraş insoniyatni töğri yöldan ozdirdi, hozir ham suvni loyqalatişga urinayotganlar bor. Endi insoniyatni na evolyutsiya qutqara oladi va na yangilaniş.
Alam qiladigani şuki, uluğ adib Dostoyevskiy öz asarlarida inson şaxsiyatini avval pok suvdan oldi, hozir esa öşa suv bir neça marta xiralaşib, bir neça marta tiniqlaşgan. Inson öz işiga, öz dunyoqaraşiga, hayot tarziga javob bera oladi, ammo insoniyat javob bera olmaydi. Öşa hovuzda ham toza suvni istovçi, ham balçiqni istovçilar bor. Balçiqni istovçilar şunçalar tuban ketib boradilar va şunçalar suvni loyqatadilarki, toza suvda yaşovçilarning suv yuzasidan boşqa boradigan joylari qolmaydi.
Özimni oladigan bölsam, men hozir kundalik yumuşlardan boşqa narsani öylolmayman. Dostoyevskiy davrida inson his-tuyğulari qançalar eʼzozlangan bölsa, hozirda ayni teskarisi. Faqat özini anglagan kişilardangina iborat jamiyat dunyoni tutib turibdi. Mabodo öşa jamiyat kişilari orasida nizo tarqalsa, nafs zörligidan dunyo ostun-ustun böldi deyavering. Öşanda biz qadrlagan, eʼzozlagan sof tuyğular ham butunlay, ha, butunlay, abadiyga yöq bölib ketadi. Barçasi kul böladi, barçasi botqoqqa botadi. Şularni öylar ekanman, dafʼatan “bunday yaşay olmayman!” – deyman özimga-özim. Dunyoni özgartirgim keladi. Yöq, men özimdan xavotir olmayman, bu portlaş, bu çökiş balki yuz ellik yil, balki yuz million yildan keyin bölar, balki umuman bölmas. Men özimdan çöçimayman, mening birgina, arzimagan jonim butun hayotim davomida nimani ham talab qilardi? Faqat kundalik yumuşlar-u, kundalik rözğor taşvişi. Işim özimga yoqmaydi. Ayniqsa oxirgi vaqtlar bilib qoldim.
Men işimni özgartirsam, hayot tarzim ham özgarişiga işonaman. Men bilganim, insonni mehnat va muhabbat qutqaradi. Men “tip”ga öxşab oltmiş yildan keyin ham mana şu xonada yolğiz ötirişim mumkin. Ammo oltmiş yil umr körişim uçun özim yaxşi körgan mehnat bilan şuğullanişim kerak emasmi? Yoqimli xona, yoqimli kişilar, yoqimli qöşnilar, yoqimli iş va muhabbat bölmasa, unda maqsad qolmaydi.
Dostonbek Şaripov – 1991-yilda Toşkent viloyatining Parkent tumanida tuğilgan. Tadbirkorlik va xizmat körsatiş kasb-hunar kollejida tahsil olgan. Hozirda “Parkenttumangaz” idorasi xodimi. Erkin ijodkor. Maşqlari respublika naşrlarida çop etib boriladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

