Birinçi qism
Kiriş örnida
Bugun işdan böşadi.
Hammasiga mana şu – adoği yöq, tubsiz muhabbat sabab. Özining ham aybi bor: öta taʼsirçan. Dunyoning bölar-bölmas taşvişlariga qöl siltolmaydi. Şu feʼli özgarmadi-özgarmadi. Qon bilan kirgan jon bilan çiqar ekan-da. Feʼli-höyining oldida özi ham ojiz baʼzan. Uni esa ayblolmaydi. Tuşungan odamning sadağasi ketsa arziydi. Bu yurak amri axir. U ham bunday bölişini istamagan-ku heç qaçon. Nimayam qila olardi. Qismatida şu ham bor ekan-da. Heç kim peşonasiga yozib qöyilganidan qoçib qutulolmaydi-yu, yana.
Kim özi a, tutuq molini özi yozibdi?..
Buni taqdiri azal deydilar.
Yana qaydam. Çamanni uçratib qolmaganida hayoti bugungidan boşqaça keçarmidi, balkim. Şunday deb öziga tasalli beradi doim. U bilan qaçon boğlanib qolganini öylab öyiga yetolmaydi…
* * *
…Sokin, xuddi homilador ayol singari ehtiyotkor kuzning oltin kunlari boşlangan; atrof-javonib zaʼfaron tusga kirib, daraxtlar zaminni xazonga burkagan; meva-çevalar esa ayni ğarq pişgan fusunkor paytlar edi. Gapning dangalini aytadigan bölsa, uni xuddi şu pallada ilk bor şaharning qoq markazidagi Sayilgoh köçasida uçratdi. Tibbiyot akademiyasida öqişlarni tugatib, amaliyotga çiqqandi. Yanglişmasa, yangi iş joyiga endigina könikib, atrofga tortinmay, jöjaxörozlarça xezlanib takabburrona köz taşlay boşlagan kezlari edi. Har kuni şifoxonadan çiqib, xiyobon orqali şahar çekkasida joylaşgan ijara uyiga qaytardi. Yölida bir gala gulçilar islari dunyoni tutuvçi anvoyi, bahoriy gullar bilan savdo qilişardi. Avvaliga yölakdagi gul sotuvçisiga unçalik ham ahamiyat bermay yurdi. Örta böyli, qoraçadan kelgan, közlari qisiq, soçlari esa tim qora bu qiz bir çetda ötirib olib, iymanibgina xaridor çorlardi. Keyin-keyin uning nozik harakatlari, çaqqonlik bilan guldasta yasaşlari, pastdan erinibgina köz suzişlari eʼtiborini torta boşladi.
– Gul olib ketinglar, çiroyli gullar! Yaqinlaringizga sovğa qilasiz. Bu gullar baxt keltiradi. Tong saharda terilgan. Şudringlari qurib ulgurmagan ham hali!
Har kuni – har tong, har oqşom şahar şovqinlari orasidan faqatgina şu tovuş quloğiga kiradigan bölib qoldi. Öta mayin va işonç bilan aytilayotgan bu sözlar hayot taşvişida yurgan xohlagan odamni çalğitib, öziga tortmay qöymasdi. Kun ötgan sayin bu sehrli ovoz şuuridan butun umr joy olişini qayoqdanam bilibdi. Unga ipsiz boğlanganini hatto sezmay qolgandi.
Qiz judayam tortinçoq va uyatçan edi. Haqiqatan ham, hali gulbozorga köpam moslaşib ulgurmagandek körinardi köziga. Bu
uning katta hayotga qöygan ilk qadamlari bölsa ham ajab emas. Çunki u beğubor oydek edi. Bir kuni undan, ehtiyoji bölmasa-da, kiçikroq guldasta sotib olişga qaror qildi.
– Bu sizga baxt keltiradi. Çiroyli gullarni tanladingiz. Albatta, hadya qilgan kişingiz xursand böladi, – dedi öta muloyim va soddadillik bilan.
Uning gaplari juda samimiy edi. Ovozi bölsa beğubor va jarangdor, xuddi odamni huşidan ayirardi göyo. Oçiği qizga qanday iltifot körsatişni ham bilmasdi öşa çoq. Nihoyat:
– Rahmat, – deya oldi zörğa.
– Kelib turing, – dedi u ham oddiygina qilib, barça mijozlarga aytadigan sotuvçilarga xos takalluf va şirinsuxanlik bilan.
* * *
Oralarida bölgan bor gap şu. Aytarli heç vaqo yuz bermagandi. Kimlarningdir tuşunçasi kabi osmon ham uzilib yerga tuşmagan. Aslida, ana şundan keyin boşlangandi bari. Uning jilmayişlari, uyalinqirab qaraşlari, nozik harakatlari bilan mijoz çorlaşlari bora-bora xayolini, töğriroği hayotini ham buza boşladi. Har keç uyga ketar mahal horğin oyoqlari öziga böysunmay qöyardi: istasa-istamasa kunora butun vujudiga qöşib, zil-zambildek keladigan borliğini beixtiyor uning yoniga sudrardi. Bölğusi kasbi bois bolaligidan odam anatomiyasini juda yaxşi öqigandi. Ammo bu oyoqlar qanday inson aʼzosi böldiki, aqliga emas, qalbiga quloq solsa?! Şunaqa paytlari özidan ham xijolat tortib qolardi baʼzan. Odamlar kimningdir mehrini, muhabbatini qozoniş uçun gullar sotib olişsa, u esa, aksinça, mana şu gulçini öziga rom qiliş niyatida bu işni qilardi. Haş-paş degunça xonasi kitoblar bilan birga dunyoning nafis, xuşböy hidlariga çulğandi. Oçiği, tabiatning bu kabi möjizakorligi-yu, gullarning şunçalar turi köpligidan özi ham hayratga tuşardi. Beixtiyor şu zaylda ularning ranglari bilan nomlariga qiziqa boşladi: qizil, sariq, oq, puşti, zaʼfaron… safsar, siyohrang; atirgul, gultojixöroz, anorgul, çinnigul… xrizantema, binafşa, lolagul… Sanasa adoği yöq. Yana allambalolarmi-yey. Asti söramang. Ularning turi köp. Ammo-lekin barisi gözal va fusunkor edi. Ayniqsa, köhna kuz inʼomlari kişi könglini yayratmay qöymasdi. Bu ermak öziga ham yoqib qolgandi. Şu taxlit bir oy ötdi. Yo uning diltortar ovozidanmi, yoki gullarning yoqimli tarovatidanmi doim uyga masrur holda kelardi. Undan tez-tez, heç bölmaganda bittagina atirgul yoki çinnigul sotib olişni odat qilib ham ulgurgandi. Sekin-sekin bu gullar hayotining mazmuniga aylana bordi. Qöni-qöşnilar tabiiy hayratda edi. “Beçora talaba”, deyişardi tanigan-bilganlari. Tuşunmaganlari “Talabamas, telba bu!” deb oşkora kulişardi. Baʼzilari “Jinni bölibdimi tentak bola”, deya masxaralaşardiyam. Töğri-da, telba oşiq yoki majnundan boşqa he yöq, be yöq köça-köyda kim ham gul kötarib yurardi hozirgi zamonda. Ustiga ustak har kuni bir xil – şu ahvol takrorlanaversa. Bora-bora bunga könikib qolişdi çamasi, keyin-keyin ahamiyat ham bermay qöyişdi. U esa gullar bilan yurişni kanda qilmasdi.
Endi oqşomlari uyga ketmasdan gulçilar qarşisidagi çoyxonada – bir piyola çoy içiş bahonasida, öşa gul sotuvçisini kuzatardi. Xayolan u bilan sözlaşar, unga dardini – yoqtirib qolganligini aytardi göyo. Voajab, qiz ham uning eʼtiborini tortayotganini sezibmi, ora-sira unga öğrinça köz qirini taşlab, zimdan tabassum qilib qöyardi. Yana kim biladi. Unga şunaqa tuyulardi-da. Buning ustiga qoş-közlari, lablariga böyoq surib – kundan-kun özgarib, oçilib borayotganga öxşardi. Bir kuni uning yoniga kelib:
– Bugun judayam çiroylisiz, – dedi jurʼat bilan.
U özini eşitmaganga solib, yerga qaradi. Oçiği, uning qalbida bunaqa takabbur sözlarga joy yöqdek edi. Qiz uyaldi çoği, timirskilanib közini olib qoçdi. Şu topda tepasida savlat tökib turgan tayyor xaridordan ham ayrilgisi kelmayotganday edi.
– Qanaqa gullardan beray, – söradi biroz hayajonini bosib olib, özini beparvo tutişga urinib.
Endi uning özi dovdirab qolgandi şunda.
– Özingiz yoqtirganidan… – dedi mardonavor, xuddi özini qahramon jangçilardek tutib.
Qiz biroz qizarinqiradi. Kipriklari pirpiradi. Harakatlari tezlaşgandan tezlaşdi. Hayajonlanganidanmi yo tabiiymi, qöllari bilan uşlagan çinnigullarning nozik novdalari birma-bir sirğalib tuşib ketardi. Bu holat bir neça bor takrorlandi. U esa:
– Har galgidan çiroyli, kiçkinaroq guldasta bölsin! – dedi qizning özini yöqotib qöyganini körib, vaziyatni yumşatmoqçidek. Aslida esa, uning qaltiroq qölçalarini tomoşa qilib, zavqlanardi. Yana bu gapi bilan özining doimiy mijoz ekanligini ham bildirib qöymoqçi edi.
Qiz qatʼiy işga kirişdi. Tez-tez, har xil gullardan tanlab, guldasta yasaşga tutindi. Şu orada uni kuzatib, biroz xayollarini jamlab olişga vaqt paydo bölgandi.
– Isming nima? – deb söradi dabdurustdan telbalarça sensirab, öktam ovozda. U hayajonlanganidan butkul aqlini yöqotib qöygandi.
Qiz hayron boqdi. Yana unga şunday öqrayib qaradiki, yigit yiqilib tuşişiga sal qoldi. Javob bergisi kelmadi, şekilli, indamadi. Jahldanmi yo tabiiy tarzdami bitib qolgan guldastasining novdalaridan barglarini bitta-bitta mötay boşladi. Söng çiroyli qoğoz öramlarga örab: oq, puşti aralaş çöğdek qip-qizil gullarni unga uzatarkan:
– Çaman! – dedi kulimsirab.
Bu jilmayişlar zamirida yaşirin maʼnolar hukmron edi. Uni uqib oliş esa, endigina muhabbat boğiga qadam qöygan özi kabi oşiqlar uçun oson emasdi. Guldastaning nomimi yo özining ismi “Çaman”mi, bilolmadi. Tafakkur qilişga bölsa, özida kuç topolmasdi. Nazarida öq aniq nişonga tekkan edi. Pul uzatgandi olmadi.
– Bunisi sovğa, – dedi u xuddi ustidan kulgandek qilib. Bu gaplardan söng u battar tentirab, nima qilarini bilmay qoldi. Çamanning jasorati oldida ojiz edi. Undan ötib qahramonlik körsatiş befoyda ekanligini juda yaxşi tuşunib turardi. Agar joiz bölsa, bu jangda qiz mutlaq ğolib ham edi.
– Meniki Loçin, – deya oldi zörğa.
Şu tariqa Çamanga yon berişga majbur böldi.
* * *
Bu holat uzoq davom etmadi.
Yana bir kuni Çaman hammani öziga qaratib, judayam çiroyli kiyimlar kiyib keldi. Oppoq, harir köylaklari salgina şabada essa hilpirab, közni öynatardi. Boşidagi şaftoli gulli römoli ham Çamanga juda-juda yaraşgandi. Ustiga ustak baland poşnalar uni haddan ortiq körkam, ofatijon qilib yuboripti. Öşa kuni Çamandan közlarini butkul uzolmadi. Ha-ha. Xuddi şunday. Hatto uni yugurib borib quçoqlab olgisi kelardi. Ammo özini tiydi. Xohişlarini zörğa jilovladi. Şu topda qöli işga bormay qöydi. Bari yumuşini yiğiştirib, röparasidagi çoyxonada unga uzoq termilib, öy surib ötirdi. Göyo orzular oğuşida osmonlarda suzardi… Biroq birozdan keyin xayollari çippakka çiqdi. Bu yasan-tusanlarning bari özi uçun, deb öylagandi. Unday emas ekan. Tuşga yaqin bir barzangi, körinişidan judayam takabbur, ança-munça odamni mensimaydigan oliftanamo yigit Çamanning yoniga keldi. Uzoqdan yuzini körolmadi. Harçand harakat qilmasin, uni taniyolmadi ham. Öşa nusxani bu atroflarda avvallari körmagandi. Ammo nigohlari bilan taʼqib qilişni töxtatmadi. Ular xiyobon böylab yurib, odamlar orasiga kirib ketişdi. Şundan sönggina közdan qoçirdi. Ortlaridan borişga ğururi yöl qöymadi. Çunki Çaman unga qarşilik qilmayotgandi. Demak, ikkovi ham bir-birini tanişadi, qoleversa, juda yaxşi tuşunadiganga ham öxşaşardi. Ularga xalal berişni öziga ep bilmadi. Ammo har xil xayollar baribir tinçini buzgandi. Tuni böyi mijja qoqmay iç-etini yeb çiqdi. “U menga heç kim emas, heç kimmas!” – derdi öziga-özi, iç-içidan vulqondek otilib kelayotgan savollarga javoban. Qoronğida yuragi yana ham siqila boşladi. Qani endi, tezroq tong otsa-yu, hammasi butunlay tugasa. Borgan sayin unga bölgan his-tuyğularidan zarraça nişon qolmayotgandi. Ularni öylasa, faqat ğazabi qaynardi. Ötgan kunlar haqidagi şirin xotiralarni esa tongga yaqin butkul kallasidan quvib çiqardi.
Şunday bölsa-da, ertasiga baribir yana uni kutdi. Kutgandayam uzoq kutdi. Ammo Çaman kelmadi. Örnida tölaçadan kelgan, harakatlari ham besönaqay, Çamanning butunlay teskarisi bölgan, öziga umuman notaniş bölgan bir ayol gul sotardi. Bir tomondan qaraganda qiyofa-tuzilişi unga ham öxşab ketardi. Qarindoşlaridan bölsa kerak, hoynahoy. Ha-ha. Şunaqaga öxşaydi. Borib söraşga yuragi betlamadi. Xöş, bilganda unga nima? Biron narsa özgarib qolarmidi? Kuta-kuta hafsalasi pir böldi. Ertasiga eʼtibor bermaslikka harakat qilib kördi. Bölmadi. Baribir har xil xayolga bordi. Oxiri öylay-öylay zerikdi. Qölini yuvib qöltiqqa urdi. Özining kundalik işlariga şönğidi.
Uç-tört kun ötib esa, kutilmaganda Çamanning özi paydo böldi. Bu safar oldiga borişni istamadi. Erkaklik hamiyati yöl qöymadi. Öşa kungi işlarga ana şunday qilib munosabatini bildirib qöymoqçi böldi unga. U uçun endi hammasi bir pul edi. Dunyoga öt ketmaydimi… Hammayoq yonib kulga aylansa ham mayli. Özini butunlay befarq tutişga harakat qilib kördi. Ammo içini nimadir timdalardi. Uning azobidan heç qutulib bölmasdi. Kun böyi Çamanni zimdan kuzatib, vaqtni ötkazdi. Nihoyat, bir fikrga kelib, özini yiğiştirib oldi. Çamanning yoniga borişga qaror qildi.
– Uni yaxşi körasanmi?.. – söradi tösatdan uning oldiga borib.
Qiz tuşunmay garangsidi. Atrofga olazarak qarab, qip-qizarib ketdi. Yuzlari çöğdek lovullardi göyo. Yonidagilardan najot izladi. Heç kimdan sado bölmagaç:
– Kimni?.. – dedi arang.
– Tunov kungi oliftani?
Çaman yana dovdiradi. Biroz öylandi. Esiga tuşdi çoği, söng baralla kuldi.
– U mening akam, – dedi söngra.
– Işonmayman.
– Işonmasangiz, ana… – u alang-ajalang yana atrofga qaradi. Kimnidir qidirib, topolmadi, şekilli: – …özidan sörang! – dedi.
– Aldamayapsanmi? Rostdan akang-a?.. – söradi göllarça undan, xuddi şu javobni kutib turgandek xursand bölib.
– Akam dedim-ku!
– Nahotki?..
– Ha-aa!.. Ha, ha, ha!
Bundayin keskin javobdan keyin boşqa gapga hojat yöq edi. Yana sinçiklab söraşdan özi ham qörqardi. Agar boşqaça bölganda yuragi tars yorilib ketadigandek edi.
– Yolğon gapirsang Xudo jazolaydi! – dedi bolalarça quvlik bilan. Bu gapni eşitib, Çaman şiringina jilmaydi.
Unga juda-juda işongisi kelardi-yu, ammo qalbining tub-tubida barisini inkor etuvçi kuç ğimirlardi. Ularning bir-biriga suykalib yurişlari aka-singil örtasidagi munosabatlarga öxşamasdi asli. Tasavvurida öşa kungi voqealar tasvirini çizişga harakat qilib kördi. Ammo hadeganda ularning qiyofalari gavdalana qolmadi. Nima bölsa bölsin endi. Hammasidan Çamanning gapi muhim-ku unga. Qoronği köngli ohista yorişa boşladi. Biroz ötib, bu ifoda yuz-köziga köçdi şekilli, Çaman ham miyiğida jilmaydi. U bölsa xursandçiligini yaşirolmadi. Endi ikkovlaşib qah-qah otib kulib yuborişdi. Saylgoh gavjumlaşib borardi. Nazarida hamma ularga qaraşayotgandek edi. Qoronği tuşsa ham odamlar tarqay deyişmasdi. Öçakişganday xaridorlaram köpaygandan köpayardi. Çaman bilan birgalaşib allamahalgaça guldastalar yasab sotişdi. Ora-sira u yoq-bu yoqdan gaplaşişgayam vaqt topişdi.
– Qayerda turasan özi? – söradi undan gap orasida.
– Gulzorda.
– Gulzorda-a? – uning sözlarini qaytardi u, “Gulzor” taxminan şaharning qaysi tomonida joylaşganini çamalab. – Arça köçadagimi?..
– Ha-a. Xuddi özi. Öşa tomondagi. Biz taraflarni bilasizmi?.. – soddalarça söradi Çaman.
– Albatta, – gerdaydi Loçin.
– Qattan bilasiz?
– Har kuni öqişga qatnayman-ku mahallangdan ötib.
– Hmm…
– Mani körmaganmisiz?
Loçin kuldi. Uning soddadilligi öziga juda-juda yaraşardi. Surati qanday bölsa, siyrati ham öşanday edi. Endi Çaman köziga boşqaçaroq bölib körina boşladi. Jozibaliroqmi-yey… Bilolmadi. U yanayam oçilib ketgandi nazarida. Ovozlari ham muloyim, qönğiroqdek edi. Qaragan sari qaragisi kelardi. Termilaverib közlari qamaşib ham ketdi. Yoki uzoq kun körmaganiga şunaqa tuyuldimi, harqalay, judayam yoqimli va maftunkor edi u. Heçqursa, yuragi aldamasa kerak. Çunki tez-tez urganidan gupillab bezovtalanardi.
Oçiği, gul sotiş unga maʼqul kelib qoldi. Çunki bu işda yomonlikni körmadi. Odamlar yaxşi niyatda guldastalar olişardi: biri yaqiniga, biri sevgilisiga… Xullas, Çamanning gullari faqat yaxşilikka sotilardi hisob.
– Gul olib ketinglar, çiroyli gullar! Yaqinlaringizga sovğa qilasiz. Bu gullar baxt keltiradi.
(Davomini jurnalimizning 2022-yil 9-10-sonida öqiysiz)
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


