12 daqiqada öqiladi

190 marta körilgan

Valya. Hikoya

Valya. Hikoya

Bu yil yozni qişloqda – ota-onamnikida ötkazdim. Dastlabki kunlarning birida tomorqada işlayotib devor ortidan bolakayning amirona ovozini eşitdim:

– Valya!.. Va-lya!

– Hö-öv, – deya birozdan söng zaifona keksa ovoz javob qaytardi.

– Ayam qaçon keladi?

– A?

– Ayam qaçon keladi, deyapman!

– Keladi, bolajonim, sabr qil.

– Qayerga ketgan özi?

– A?

– Qayerga ketgan?

– Işlab pul topişga ketgan.

Birozdan söng bolakay yana qiçqirdi:

– Valya-a!

– A?

– Valya, qaçon ovqatlanamiz?

– Hozir, toyçoğim, işimni tugatib olay…

– Qornim oçib ketdi!

– Mayli, yuraqol bölmasa…

Men işdan töxtab, fikrimni jamlaşga urindim. Aynan şunday suhbatlarni yigirma yil avval, oilamiz bilan bu qişloqqa köçib kelgan paytlarimizda ham eşitganman. Ha, yigirma yil oldin, töqson uçinçi yilning yozida.

Qiziq, qaçonlardir yaşagan joyingga kun kelib qaytsang, odamlar ilgari qanday bölgan bölsa, hozir ham şunday qolişi kerakdek tuyiladi. Sen tanigan öşa paytdagi yoş bolalarni uçratganingda esa, endi ular kap-katta yigit, erkakça bölib qolganini körib hayratlanasan. Darvozang oldidan sumkaçasini yelkasiga osib, çopqillab ötgan qizaloqlar maktabdan qaytayotganda bir yumalab farzandlari bitiruvçi sinflarda öqiyotgan xolalarga aylanib qolganday. Bizning qisqagina Zaozernoy köçamizda ilgari yaşaganlarning köpi endi hayotda yöq, qöşnilar­ning aksariyati yangi köçib kelganlar…

Ha, vaqt yugurik, uni töxtatolmaysan. Şuning uçun ham qöşni bolaning “Valya, Valya”sidan şoşib qoldim. Xuddiki, oradan yigirma yil ötmagandek, göyo qöşni kampir Valentina Semyonovna va uning nabirasi Olyojek avvalgiça qolgandek.

Tuş payti hovlidagi şmurt soyasida ota-onam bilan dam olib ötirganimizda dadam menga qöşni tomonni iyagi bilan imlab dedi:

– Nevaraçasi buvisini qanday çaqirganini eşitdingmi? Oralaridagi farq sakson yoş-u, yana “Valya” emiş…

– Ha, eşitdim.

– Nevara emas, – otamning gapini tuzatgan böldi onam, – nevarasi Oleg qamoqda ötiribdi, bu çevarasi – yaqindagina tili çiqqan edi.

– Ha, ha, – deya boş irğadi otam, – çevarasi bu, çevarasi.

Onam öyga tolgança:

– Eh, Roma, bu yerda şunday voqealar böldi! – Ammo devor tomonga bir qarab, tilini tişladi. – Keyin, uyda aytib beraman, – dedi.

Keçki ovqat ustida suhbat yana öşa mavzuga köçdi:

– Valentina Semyonovnaning nevarasi kiçik Tanya poçtaga işga kirib uç oyça işladi. Poçta qaçon qarama qulfloğliq turardi. Xatlar esa şaharga qatnovçi kirakaşlar maşinalarida taşilardi. Obunaning pullarini hisob-kitob qilişsaki, kamomad çiqib turibdi – Tanya qurğur pullarni özi uçun xarjlab yuborgan-da!

– Qanaqasiga? – kuldim men. – Buning uçun qamaşlari mumkin-ku? Darrov misi çiqadi.

– Şuni bilsa-da, u qörqmadi. Yoki “qis­tiriş”ga ulguraman, deb öylagan. Ammo şoşqaloqlik qildi. Endi bölsa, qayerlardadir sandiroqlab yuribdi. U birinçi marta bunday nomaʼqulçilikni qilayotgani yöq. Ikki yil avval ijtimoiy kömakka muhtoj yolğiz, nogiron kişilar xöjaligiga yordam beruvçi taşkilotga işga joylaşdi. Borgan joyida “pulsizman”, “gödagim bor”, “yolğiz onaman”, “ukam qamoq­da”, “onam kasal”, deb diydiyo qilardi. Keksalar pul yiğib, unga qarz berişdi. U esa “Olarda berar jonim, berarda çiqar jonim” bölib yuraverdi. Oxiri uning ustidan şikoyat tuşib, işdan haydaldi. Bir yarim yillar işsiz ovora böldi. Umuman, oila taqdiri havas qilarli emas, – deya uh tortdi otam.

– Hamma ayb Valentina Semyonovnada, – qöşimça qildi onam. – U bolalarni şunday erkalatdiki, ular bosar-tusarini bilişmadi. Xuddiki oydan tuşgandek ösişdi. Ulğayganlarida esa hayotga umuman tayyor emasliklari körindi-qoldi. Oilaning barça körgiliklari şundan boşlandi…

Men yigirma yillar oldingi turmuşimizni esladim.

Uyning yarmida Valentina Semyonovna, qizi Tatyana va sakkiz-töqqiz yoşlardagi nevaralari: Tanya va Oleg (öşa vaqtlar uni hamma Olyojek deb çaqirardi) yaşaşardi.

Tatyana tölaçadan kelgan, navqiron, doimo şaharça kiyinib yurar edi.

U tez-tez şaharga borib-kelib yurdi. Tatyananing quduqdan suv tortayotganiga yoki devorga çirmaşgan qiçitqini yulayotganiga közimiz tuşmagan, u bunday işlarga vaqtini sarflab ötirmasdi. Unga mehnatda yengillik yaratuvçi imtiyoz (öşanda bu söz qöllanilmasdi, ammo şunday tuşunça bor edi) böluvçi qandaydir xastaligi bor edi. Adaşmasam, qanaqadir nafaqa ham olardi-yov, yana ham bilmadim. Uning yuriş-turişidan “men bir kasalmand ayolman, meni urintirib qöymang, ğamxör böling…” degan maʼnoni uqiş mumkin edi.

Uning qizi Tanyani malikalardek yasan­tirib, şu yösinda tarbiyalaşdi. Men uni heç polizda körmaganman, dökonga ham çiqmasdi.

Köpinça ğaroyib narsani kutayotgandek darvoza oldidagi örindiqda yon-veriga qarab ötirardi.

Opasidan ikki yoş kiçik Olyojek esa
uning aksi, egni-boşi qöqigan, baqiroq, urişqoq edi. Atrofdagilar bilan doimo sökişaverganidan bolalar u bilan xohlamay öynaşardi. Harqalay tez-tez uning “Valya, Valya”sini eşitiş mumkin edi.

Tatyana turmuşga çiqqan, ammo eri qotillikda ayblanib qamoqda ötirardi. Qöşnilar aytişganidek, u heç kimni öldirmagan, qotillikni böyniga olişga majburlaşgan. Unga yetti yil berişgan. Göyoki haqiqiy qotil yoki qotillar u ozodlikka çiqqandan söng katta pul berişni vaʼda qilişgan emiş. U yaqin joydagi qaysi bir qamoqda edi. Rostmi, yolğonmi, Tatyananing aytişiça, eri u yoqda zoğorabaliq taşir ekan.

Eri yetti yildan kamroq, taxminan beş yillar ötirdi. Ozod bölişi bilanoq Krasnoyarskdan uzoq bölmagan bir joydan, Nazarovodan bölsa kerak, xonadon sotib oldi. Tatyana laş-luşlari­ni yiğib bolalari bilan yangi uyga yöl oldi. Valentina Semyonovna ularni qanday kuzatgani keçagidek esimda. Bolalarni olib, tez-tez kelib turişini söradi. Tatyana bölsa, “ha, albatta, lekin uzoq joy, bilasiz-ku”, deya oğrinib vaʼda berdi. Valentina Semyonovnaning katta qizi ham bor edi. Ammo u heç qaçon qişloqda bölmagan (aniqroq aytganda, kelganini eşitmaganman). Qizlarning otasi – sobiq eri haqida esa eslaşmasdi. Albatta, u ham Valentina va qizlari haqida öylagani dargumon.

Xullas, Tatyana bolalari bilan uçib-qönib çaroğon hayot sari yöl olişdi. Ammo ikki kun ötib qaytib kelişdi. Baxtga qarşi, xonadonni allaqaçon boşqa beka band qilgan, eri esa Tatyana bilan ajraşişga ariza bergan ekan…

 Bu töqsoninçi yillarning oxirida bölgan edi.

Kun köriş qiyin, turmuş yuki oğir payt­lar… Agar odamlar ön yillikning boşida hali hammasi öz örniga tuşişiga, hattoki undan ham yaxşi bölişiga umid qilişgan bölsa, töqson beşinçi yillardan boşlab orzu ham qilmay qöyişdi. Sovxoz tugatilib aksionerlik jamiyati deya qayta nomlandi. Iş yöq. Baʼzilar öz xöjaligini asrab qolişga urinsa, baʼzilar qaşşoqlikka yuz tutdi.

Tatyana deyarli har kuni şaharga qatnardi, yaxşiyamki, unga yölkira imtiyozli böldi. Şaharga goho kasalxonaga, goho kimnidir ilintiriş payida borardi. Iş bahona köproq er dardida… Qizi Tanya maktabni tugatib, xuddi ilgarigidek yorqin libosda örindiqda ötirgança vaqtini ötkazardi. Olyojek esa öqişni taşladi. Qişloqda laqillab yurib, öziça nimalarnidir rejalaştirardi. Baʼzan unda mehnatga iştiyoq tuğilib qolardi-da, tomorqaning tösinlarini tuzatardi, tob taşlagan darvozani töğrilaş­ga unnab qolardi-yu, darrov sovurdi. Uning çala qoldirgan yumuşlarini Valentina Sem­yonovnaning özi tugatar yoki birorta erkakni pulmi, “yarimta” evazigami yollar edi. Olyojek vaqti-vaqti bilan baliq oviga borardi. Tomorqamizning yuqorisidagi söqmoqdan kölga qatnar, qirğoqqa qarmoqlarni örnatib, ğoz patidan yasalgan pökaklarning siltanişini kun böyi kutib ötirardi. Ov baroridan kelmasdi. Tovonbaliq, Olabuğa allaqaçon tör bilan tutib ketilgan. Heç bölmasa baliq şörva uçun arzigulik öljadan umid qilardi.

– Valya! – qiçqirdi u. – Valya-a!

– Hov, öğlim? – tomorqa tomondan ovoz eşitildi.

– Içişga suv olib kel, men baliq tutyapman.

Boşqa safar esa:

– Non olib kel…

Valentina Semyonovna esa darrov hozir-u nozir edi.

Keyinçalik nabirasiga yaşirinça sigareta ham olib kela boşladi.

Olyojek ön beş yoşida öğrilikni odat qildi. Asosan, töqson tört, töqson yettinçi yillarda qişloqda köp narsalar öğirlandi. Ammo Olyojek ahmoqlarça oçiqdan oçiq hamma narsani uyiga taşib ketardi. Uni uşlab, baʼzan kaltaklaşardi, baʼzida militsiya çaqirişardi. Hali bu ğör bola, olgani arzimas narsa, degan bahonalar bilan unga jinoiy iş oçilmadi.

Olyojek ulğaygan sari qaşşoqlik va qöllovçisi yöqligidan razillaşib borardi. U endi qölbola qurol va sovuq qurollar bilan bosqinçilik yöliga ötdi.

Qurol bilan tahdid qilganligi uçun unga birinçi bor jazo muddati belgilanganda, maxsus guruh kelib tintuv ötkazdi. Uyni, bostirma-yu hammomgaça tintişdi.

Valentina Semyonovna dod-faryod qilib Olyojekni himoya qilişga kirişdi:

– Axir uyat emasmi, hali bu gödak-ku! Bu uning qölidan kelmaydi…

Nabirani olib ketişdi, tezgina söroq qilib, unga ikki yil şartli qamoq jazosi belgilaşdi. Xatolarini töğrilab qayta tarbiyalanişi uçun heç qanday imkoniyatni taklif etolmay yana darbadarlik hukm surgan qişloğiga qaytarib yuborişdi.

Olyojek bir muddat darvoza hatlamay buvisining kuyiga raqs tuşdi göyo. Onasidan darak bölmadi, opasi allaqayerga öqişga ketdi. Olyojek ortiq doş berolmadi. Endi u qadrdon qişloğida emas, qöşni qişloq­larda öğrilik qilardi. Uni yana tutib panjara ortiga tiqişdi, ikki oyça uşlab, qöyib yubo­rişdi.

Odamlar hayron qolişardi:

– Kimlardir bir kaft buğdoy uçun uç-tört yil ötirib çiqadi, buni esa ğozni hovuzga otgandek qöyib yuborişibdi…

Olyojekning tezda ozod bölişiga uning taşqi körinişi sabab edi. Ozğindan kelgan, yigirmadan ötgan bölsa-da, ösmirlardek böy-basti, bolalarça ingiçka ovozi bir qaraşda beozor gödakni eslatar edi…

Tört yil oldin Olyojek Çernogorskdagi zavodga işga kirgan edi, qayliği bilan taʼtilga keldi. Otam bilan suhbatlaşib, bir vaqtlar bölgan köngilsizliklar uçun keçirim söradi. Ikki oylar ötib, zavoddan haydalib qaytib keldi. Qayliği bilan ham orani oçiq qilibdi. Valentina Semyonovna nabirasining yana yonida ekanligidan quvondi.

Köp ötmay Tanya Krasnoyarskdagi öqişini taşlab (yoki haydalib) keldi. Tatyana ham tez-tez uyda körina boşladi. Va yana hayot beş-olti yil ilgarigi holga keldi. Buvi nabiralarini boqar, Tatyana tongda şaharga ketib, keç qaytardi.

Nogoh ularga ham omad kulib boqqanday böldi: Tatyanaga nogironligini inobatga olib şahardan xonadon ajratişdi. Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uçun yigirmançi asr örtalarida işlab çiqilgan dastur asosidagi bu uylarga nogironlar, yolğiz keksalar joylanar edi. Lekin bu xonadonlarni sotiş, ijaraga beriş, meros qoldiriş mumkin emasdi. Kelding, barça şaroitlarga ega xonadonda yaşading, ölding, böldi, boşqalarni joylaştirişadi.

Mana şunday uylar uçun ham rosa urtöpolon böladi. Tatyana, qizi Tanya va öğli Olyojeklar u yerga joylaşişni xohlab qolişdi. Ha, nima böpti, harqalay şaharda boşpana – şaxsiy hayotni boşlaş uçun imkoniyat… Oxir-oqibat xonadonga Tanya joylaşdi-da, erga çiqmasdan homilador bölib oldi. Öğli tuğilgaç yana qişloqqa – buvisinikiga badarğa böldi.

Yana opa-uka endi ança ulğayişgan, albatta, ammo işsiz va pulsiz buvining qa­ramoğida qolişgandi. Ular nimaning hisobiga kun körişganini aqlimga siğdirolmayman. Buvi va onaning pensiyasi, gödak uçun davlat kömagi yeyiş-içişga ham yetmasligi tayin. Balki, Tanya bilan Olyojekning otasi yordam berib turgandir? U emas-bu emas, ular naq qaşşoqlik botqoğiga botişdi. Valentina Sem­yonovna non taşiydigan moşinadan non xarid qilar yoki qarzga olardi. Baʼzan onamga hasrat qilib qolardi: “Hammaga bittadan tuxum qaynatdim, peçkaga nimanidir joylayotgan edim. Ular mendan “tuxum yeysizmi” deb söraşdi. “Ha, yeyman” dedim. Kelib qatorga ötirsam tu­xum yöq. Ular jim, möltirab ötirişibdi…”

Olegni yana qamaşdi. Unga beş yil berişdi. Beş yil nima degani. U qöşni qişloqlardan sigirlarni öğirlagan. Göştga topşirmoqçi bölgan… Tanya esa tuğruq taʼtilidan söng ijtimoiy himoya xodimi bölib işladi-yu uzoqqa bormadi, qarz olib yeb yubordi, keyin poçta mojarosi… Mana yana qorasini körsatmay qöydi: “işlab pul topgani ketgan…”

Oradan bir-ikki kun ötib maktabdan öqituvçi ayol keldi, garçi uyda it boqilmasa-da, darvozadan kirmay eşik qoqdi:

– Hoy kim bor? Valentina Semyonovna!

– …

Yana balandroq qiçqirdi:

– Tanya qayerda?

– Qizim? Şaharda.

– Qizingizmas, nabirangiz qani?

– A?

– Nabirangiz uydami?

– Yöq, ketdi, – şikoyatomuz javob berdi Valentina Semyonovna, – mana Pavlekni ham taşlab ketdi…

– Qayoqqa ketdi? U menga qarzini qaytarişi kerak edi, keça kuni böyi kutdim, mana endi özim kelyapman.

– Saxalinga, baliq tozalaşga ketdi. Işlab pul olib kelaman, degandi.

– Qanaqa Saxalin,– deya böğilib qiçqirdi öqituvçi, vaʼdasidan bir hafta ötdi. Nima, mening beş ming ortiqça pulim bor ekanmi? Uni sudga beraman, tilxati ham turibdi.

Valentina Semyonovna zorlandi:

– Haligi… Men bir yölini… Qaçon bular tugaydi-ya, Xudoyim…

Boşqa bir kuni şahardan qaytayotgan onamni kutib olişga çiqqanimda Valentina Semyonovnani bekatda uçratdim. U qizini kutib ötirardi. Qizi göyoki yölni özi topa olmaydigandek yoki olib kelgan yukini bir özi eplolmaydigandek har safar u qizini kutib olişga çiqadi.

– Salomatmisiz, Valentina Semyonovna, – dedim yoniga borib.

– A? – dedi u xayoli qoçib, keyin salomlaşayotganimni angladi çoği öziga keldi. – Salom, salom.

Bekat qişloqning bir çetida; avvallari şu ham yöq edi, köçamizdan bir kilometrlar uzoqlikdagi qişloq markaziga borişga töğri kelardi. Keyinçalik avtobus bu yergaça keladigan böldi. Bekat boşida Zabolotnoy deb nomlandi, keyin esa Zaozernoy nomiga özgartirildi.

Tamaki çekib, munğaygan köhna qişloqqa qaradim. Çirigan tomlar, sarğaygan devorlar, issiqxonalarning xira tortgan sellofan plyonkalari kelajakka işonçsizlikni namoyon qilayotgandek nursiz körinadi. Ikki yuz yillik tarixga ega qişloqning ibodatxonasi Xruşçov davrida buzib taşlangan. Inqilobgaça qişloq volost markazi hisoblangan, hozir esa Znamenskiy aholi punktiga qöşib yuborilgan. Znamenskiy bu yerdan ön yetti çaqirim narida.

Bu yerdagi maktabda ham, bolalar boğçasida ham, uçta xususiy dökonçada ham işlar ilgarigidek emas. Mol fermasi esa bir qarasang kengayadi, bir qarasang yopiladi. Dalalarni nafaqat öt-ölanlar bosgan, hatto qarağaylar qoplab olyapti.

Qolaversa, qişloq ham kiçik joy emas. Bir yarim ming aholisi bor. Dunyodan ötgan yoki köçib ketganlar örniga şaharliklar kelişadi. Moddiy yordam puliga ega bölib, biror kulbani sotib olişadi. Lekin ularning aksariyati elga qöşilib ketolmaydi. Çunki ularning köpçiligi şaharda özini eplolmaganlar. Qişloq deganlari öziga xos bir dunyo, bu yerni vatan tutiş hazil gap emas, öz kuçingga işoni­şing, yaşaş uçun kuraşmoğing kerak.

– Soğliğingiz qalay, Valentina Semyonovna? – dedim uning quloği oğirligini sezgaç baland ovozda.

Savolim ahmoqona, örinsiz bölsa-da, u bilan suhbatlaşgim kelayotgan edi.

– Hammasi joyida, sekin-asta yaşab yuribmiz, – deya ruhsiz minğirladi u.

Jim böldim. Tuşundimki, Valentina Semyonovna men xohlayotgandek baxtiqaro taqdiri bitilgan hasrat daftarini oçmoqçi emas. Lekin harqalay saksonni qoralagan kampir özi uçun juda muhim deb hisoblaydigan bir-ikki mulohazalarini aytdi:

– Kasal bölişga haqqim yöq, Pavluşkaga qaraşim, Olyojek bilan Tanyaning qaytib ke­lişini kutişim kerak…

Uning quruq va kökimtir yuziga qara­dim-da, indamay burildim. Kelib töxtagan avtobusdan tuşayotgan onamning qölidan rözğor xaltani oldim. Uyga yöl olar ekanmiz ortdan Valentina Semyonovnaning ozorli tovuşi keldi:

– Menikilar körinmaydi-ku… bu nimasi böldi… kelamiz deyişgandi…

– Ularni körmadim, – dedi onam.

– Ha-a…

Ön-ön beş qadamlar yurib, ortga qara­dim. Valentina Semyonovna qölida ingiçka tayoqdan yasalgan qölbola hassaga tayanganiça şoşib kelar, lekin qadami unmasdi. Oyoq ostidagi öydim-çuqur yölga qaraş örniga hovli tomonga alanglar, u yerda esa çevarasi Pavluşka betoqat bölib arillardi:

– Valya! Valya-a!

Roman SENÇIN

Zamonaviy rus yozuvçisi va adabiy tanqidçi

1971-yil 2-dekabrda Tuva Respublikasining Qizil şahrida tuğilgan.

2009-yilda yozgan “Yeltişevlar” romani bilan maşhur bölib, qator nufuzli adabiy mukofotlarga nomzod bölgan.

 

Rus tilidan

Sayfiddin OKANOV tarjimasi.

2022/11-12

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)