Fozil Farhodga
Salom, qadrli Foziljon! Ardoqli jurnalimiz bergan imkoniyatdan foydalanib, baʼzi taklif va mulohazalarimni ifoda etişga taraddudlanar ekanman, dastavval epistolyar janrga bölgan hurmat-ehtiromingizni xotirga keltirdim. Haqqast rost, tengdoşlar orasida maktub haqida badiiy hamda publitsistik oqimda köp va xöp qalam tebratayotgan yozarlar kamnamo. Xususan, sizda buning ğirt aksi – çöntak telefoni orqali ham, elektron manzilda ham, ijtimoiy tarmoqda ham, jurnalda ham bu qadim va köhna janr haqida iliq-issiq, jöyali gaplarni aytib kelasiz. Bular mayli, baʼzan yarim tunda qöqqisdan telefon ovoz bersa, sezamanki, öşa – siz, qayerdandir bir sohir söz topgansiz, hayajon ruhi hokim bölib, köngil mavjlanib turibdi. Örganib qoldim…
Keyin, bahslaşişga moyilligingiz, öjarligingiz allaqaçon ovoza bölgan – har gal bu munozaralarda siz ustun çiqasizki, oxir-oqibat tortişişdan bezib, ikkala qölni baland kötargan köyi tarki maşvarat qilişga töğri keladi. Tanigan-bilganlar aytsin – janoblari bilan tortişişdan köra gapni qisqa qilib, mavzuni özgartgan afzal. Ammo… boşqa tomoni ham bor – pozitsiyangizda qatʼiy turişingiz, agarçi taklif maqbul bölsa ham, yöq deya oyoq tirab, qaraşlaringizni afzal körişingiz baʼzan fazilat, aksaran illatdek tuyulsa-da, e, bor-e, deya arazlab ketsam-da, uç-tört kunni oralatib, yana hayajon bilan allanimalarni tortişgisi, begidir öjarlik bilan yuzlaşgisi keladi odamning. Xaraktersiz, sip-silliq, muloyimsupurgilar qabatida mana şunday qabariq tiplarning bölgani yaxşi, meningça.
Iştiboh şuki, uşbuni öqiyotib, yozgan-aytganimizni zör fazilatga evirib, yanada ruhlanib, prinsipni nokerak öjarlik bilan çalkaştirib yubormasangiz…
Sirasini aytganda, mehnat zoye ketgani yöq. Nihoyat, birovning unça-munça yozganiga tan bermaydigan sinçkov döstimiz lutf qildiki, “Agar safimizda kimdir böyidan balandroq sakrayotgan bölsa, u – Fozil Farhoddir”. Bu gap kesatiq va yoki mujmal eʼtirof emas, oçiq körinib turgan haqiqat.
Kezi kelganda batafsil maqola yozarman, ammo hozir umumiy gaplarni muxtasar qilib, könglimdagi baʼzi mulohazalarni bayon qilsam. Mulohazalarga material – keyingi yozganlaringiz, gazeta va jurnalda çop etilgan ijodiy namunalar, “Birinçi kitobim” loyihasida dunyo yuzini körgan hikoyalar ekanini aytib ötmoqçiman.
Aksariyat hikoyalar çop etilgan kunlarni yaxşi eslayman. Öşanda siz – muallif bir olam quvonç va hayajon oğuşida köpirgan, gap bunday böpti deganday soddadillik bilan yayragan edingiz. Ularni birma-bir takroran öqib çiqar ekanman, öşa lahzalar xayolimdan ötdi. Jöramiz bejiz sevinmagan ekan, sevinişga arziydigan bitiklar bölgan ekan, deyişga jazm qilaman. Eʼtibor berib qarasam, muxbirman deb kökrakka urib, har nima yozavergandan köra kamroq esa-da, böladigan gaplarni aytgan durust ekan…
Men adabiy tahlilning boşqa yöllarini, usullarini inkor etmagan holda, ontologik tahlilga moyilroqman. Bu tarz tahlilda mohiyat, bayon falsafaning köhna masalalari bilan baqamti tekşirilgani uçunmi, muallif “men”ini, “implitsit”ni (adibning tasavvuridagi öquvçini) köriş, davru davronni kengroq oliş mumkin böladi, deb hisoblayman. Şu maʼnoda, dunyoni anglaşga intiliş ğoyasi negizida yozganlaringizga nazar taşlaylik.
“Kutilmagan maktub” degan hikoyangizda bir olam orzular bilan yaşayotgan murğak qalbning keçinmalari tasvirlangan. Şiringina bitik bölgan, faqat u hali hikoya holiga yetmagan. Tasvirlanmiş manzarada, yaʼni aysbergning bizga köringan qismida hikoya uçun material böladigan detallardan foydalanilmagan. Quruq bayondan iborat publitsistik fikr oqimi bor, xolos.
Iştiboh şuki, bu asarni qaçondir yana qölga olib, sayqal bergan holda, hikoya şakliga keltirasiz.
“Beçoraning çorasi”, “Şişa”, “Jeton” hikoyalarida, umumlaştirib aytganda, vijdon obraz darajasiga kötariladi. Bu hikoyalarda vijdonli bölib yaşaşga tirişayotgan zamondoşlarimiz, qalb amriga könayotgan kişilar qiyofasi bor. Qalb amri, deymiz, öşa qalbning özida nelar qoim, vijdonga tatiydigan xosiyat bormi, özi? Savol şunday, masala şunday. Biroq adabiyot butunlay özga olam, unda savollarga javob berilmaydi, aksinça, öquvçilar oldiga juda katta savol qöyiladi. Savol öquvçidan emas, asarning özidan, muallifdan böladi. Keyin öquvçi öşa fusunkor olam xayoli bilan yaşab, ijodkorga inkor yoki izhor aytadi.
“Jeton”da sözparastlik bilan umrini ötkarayotgan ikki dilkaş yigitning asli nimalarga qodirligi kuzatuvga olingan. Qalbi uluğvor rejalar bilan tölib-toşayotgan hikoya qahramonlarining hayotda qahramonlik qilişga qodir emasligi, ularning baxtimi, fojeasimi – bilmaysiz. Andişalar bilan qovrilayotgan raso odamga yaşaş naqadar oğirligi absurd xayollarga eltadi. Ana şu xayollar, xuddi şu kayfiyat qaçondir, qayerdadir aynan şu şaklda yoyinki boşqaçaroq tarzda boşimizdan ötgan. Kimdir bu kuraşda yenggan va yoki yengilgandir, lekin bunda öşa kuraşning özi, jarayon qiziq. Yozuvçi aynan mana şu pallani tasvirlaydi. Boşqa tafsilot yöq. Agar boşqa tafsilot ham bölganida hikoya qahramoni sizu biz – öquvçining özi bölmas edi, unda özimizni körmas, tanimas edik…
Iştiboh şuki, adabiyot vositasida inson qalbini taftiş qilayotganda baribir ayovli bir tarzda yondaşgan, sözlarni imkon qadar nafis bir şaklda qöllagan avlo ekanini öylab körsangiz.
“Amalkursi” nomli hikoyangiz esa öz vaqtida “Yoşlik” jurnalida çop etilgan, davralarda hiyla tilga tuşgan edi. Men bu hikoya va uning atrofida bölgan gaplarni qaytarib ötirmay, majoziy bir suratda mulohazamni bildirmoqçi edim.
Bilasiz, gulxan gurillab yonganidan keyin çöğ qoladi, bir muddatdan keyin kulga aylanişi tayin, bu çöğning ayni holati gözal. Ayniqsa, laxçaçöğning bozillab, şafaq rangiga kirişi, ranglarning qorişib ketişi, kaftingizni tutsangiz taft berişi zavqli. Buni qişloqda ösganlargina emas, gulxan atrofida bir marta bölsin suhbat qurganlar yaxşi biladi. Odamzotning qalbida tuşuniksiz bir sababga köra ana öşa çöqqa mahliyolik, talpiniş bor. “Yuragida çöği bor” yoki “Çöği qança özi”, “Özingni ötga-çöqqa uraverma” degan iboralar tilimizda köp işlatiladi. Umuman, çöğ degan istilohni qay niyatda qöllasangiz, şunday tovlanadi, maʼno almaşaveradi. Şu maʼnoda, fikrimça, “Amalkursi” ana öşa – bozillab, dam qizil, dam sariq, dam zangor tuslanib turgan çöğday taassurot qoldiradi. Fikrimça, bu asar aniq bir sababga köra yozilgan; şunçaki ermak uçun, kel, menam bir körinib qöyay degan maqsadda qoğoz qoralangan emas. Şuning uçun ham hikoya eʼlon qilinişi bilan sözlar çöğday bozillab, kimningdir qayerinidir kuydiradi va yana kimgadir taft beradi, huzur beradi. Ozroq ötganidan keyin bu gap-sözlar tinib, koyişu royişlar tarqagaç, asarni yana bir öqisangiz takror huzurlanasiz. Endi hikoyalarda biz tanigan-bilgan, yon-verimizda yurgan odamlar emas, aniq bir tiplar, zamondoşlarimiz körina boşlaydi. Modomiki, şunday bölib çiqmas ekan, yozuvçining oddiy bayonçidan, voqeanavis-publitsistdan farqi qolmaydi. Öqiganim bor, maşhur Dantening “Ilohiy komediya”si ham öz davridagi ayrim xeşlariga qarata yozilgan ekan. Biroq oradan asrlar ötdi, voqealar unut böldi, asar esa hamon yaşayapti. Nega? Çunki unda avvalo badiiy körim bor, niyat toza, asarning qat-qatlarida ölmas falsafa yaşirin. Men Dante bilan sizni tenglaştirmoqçi emasman, faqat şunday tajriba dunyo adabiyotida ham, özimizda ham mavjudligini aytmoqçiman, xolos. Bexavotirroq bölsin uçun misolni jahon adiblaridan oldim. Alalxusus, şu maʼnoda, körganimiz-kuzatganimiz “Amalkursi”, şu yönalişdagi ayrim hikoyalaringiz va uning xöp ajab qahramonlari bugun ham, ertaga ham oramizda yaşaydigan, bizga, aynan özimizga öxşaş odamlar. Muhtaram öquvçilarga aytamizki, arazga, ginaxonlikka hojat yöq – sizu bizning öylarimiz, feʼlimiz, aytgan-netganimiz yoş nosirga turtki bölgan, xolos… Demoqçimanki, asarning muayyan voqealarga yoxud bir davrgagina boğlanib qolmagani isteʼdodli odamlarga nasib qiladigan baxtdir.
Iştiboh şuki, mana şu baxtning qadriga yetib, navbatdagi asarlarda badiiy niyatning beğubor bölişini taʼmin etsangiz…
“Yumşatiş belgisi”, “Miqnotis”, “Köklam kuyi” singari hikoyalarda ham davr bilan yuzlaşib, sözlaşib yaşayotgan zamondoşlarimizni sahnaga olib çiqqansiz. Eʼtiborlisi, bu odamlar Marsdan tuşgandek taassurot qoldirmaydi, taniş, judayam taniş siymolar, çehralar, qalblar… umuman, bugun, şu damda qayerdadir iş bilan band aqrabolar taqdiri qalamga olingan. Xususan, “Yumşatiş belgisi”da miskin xayollar bilan yaşayotgan ruhsiz va qiyofasiz kimsani tasvirlar ekansiz, qissadan-hissa, alaloqibat aytilajak fikr, badiiy niyat-maqsad sezilmaydi.
Aytib qöyay, bu uç asar ikki tomçi suvdek bir-biriga öxşaşi, hikoya yöli, uslubi, bayon tarzi yaqinligi bilan eʼtiborni… nima desam ekan.., tortmaydi, aksinça, ğaşga tegadi. Gap asar tili, badiiy uslubning mavjud-mavjud emasligi ustida borayotganini tuşunib turibsiz, albatta. Xöş, oçiğini aytganda, nazarda tutilayotgan jihatlar yozganlaringizda bormi?
Deylik, “Jeton”da jumlalarni yoyib, boş harflar bilan yozib, tiniş belgilaridan emin foydalaniş hisobiga şakliy rang-baranglikka bir qadar erişgansiz. Ammo keyingi bitiklarda bu uslub davom ettirilmadi, bir qaraşda ravon va silliq tuyuladigan, aslida, kattaroq, asilroq tarozida ölçanganda, badiiy jozibadan yiroq gazetaçilik, muxbirlik ravişi ustun keldi. Nega bunday böldi? Uslubsizlik girbodiga tuşib, öquvçini voqea ortidangina ergaştirişga intilişni qanday oqlaysiz? Bu yölning navbatdagi bekatlarida sizni nimalar kutib turganini bilasiz-ku, döstim!
Bir paytlar siz bilan tongotar suhbatlar qurib, adabiy jarayonni kaltabinlarça tanqid, tahlil qilganlarimiz yodingizda bölsa kerak. Öşanda tilimizda, dilimizda bir gap bot-bot aylanar edi. Yaʼniki, katta adiblar, millatni uyğotgan şaxslar avvalo mohiyat haqida yozişgan. Bayonçilik qilgan taqdirda ham, hikoyanavislik tarzida ham oxir-oqibat mohiyatga imo bor, işora bor.
Iştiboh şuki, galdagi asarlaringizni qölga olganimizda, bori bayoni maişiy va şaxsiy muammolar ekan, degan fikr emas, umuminsoniy oğriq, başariy hislar haqida, sarin tuyğular, nurli çehralarga doir zap asar bitibdi, degan öylar tuğilsa…
Şu yölda Sizga sabr-bardoş,
muvafaqqiyat tilab, Behzod Qobul
1984-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida aspiranturani ötagan. "Adabiyot falsafasining nazariy asoslari" mavzusida ilmiy izlaniş olib bormoqda.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


