14 daqiqada öqiladi

186 marta körilgan

Demak

Neʼmat Arslon

Muştarov yöllar kesişgan joyda töxtadi. Röparasida qöşqavatli bino. Devor ortidan faqat yuqori qavatning şarq tomonga qaragan ikkita derazasi körinib turardi. Sekin ortiga ögirilib, çöntagidan “Muzayyana” degan yozuv tepasida qora fonda oq harflar bilan Benişon degan yozuvli kitobça oldi. Zamona şu kitobni qölidan qöymay öqirdi. Qizida şunday kitobning borligini dabdurustdan payqab qoldi. Balki bir yil va yo bir neça yildan beri uning yostiği ostida saqlanayotgandir “Muzayyana”. Ona mehrini körmay ösayotgan qizni juda avaylardi ota, uning maqsadi – imkoni boriça qizginaning hissiyotlariga (yaxşi maʼnoda) befarq böliş. Vaqti-vaqti bilan şahar xiyobonlarida kezib yurişni odat qilgan qizi tuşmagur. Bu odatni unçalik maʼqullamasa ham suyukli farzandining köngli uçun uning raʼyiga qarşi bormaydi. Kitobni qöliga olib qora muqovani siypalab kördi ğadriş barmoqlari bilan. Muallifning nomi… juda antiqa, Benişon… 75 bet. Yupqa muqovada. “Sarandib” naşriyoti. 2022-yil. Ilm odami uçun qiziq bunday tafsilotlar. Bundan ham qiziği, ilm odamining miyasida tasodiflar tufayli sira kutilmagan fikrning namoyon bölişi va undan sizib va balki portlab çiqadigan xulosa! Muştarovning şuurida ana şunday portlaş röy berdi. Yigirma birinçi asr poeziyasi böyiça nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganligi va umuman keyingi davr şeʼriyatidan yaxşi xabardor bölganligi sababli angladiki, Benişon ismli (balki taxallusdir) şoir mahalliy adabiyotda mavjud emas. Şu lahzadan boşlab unda şoirning tarjimayi holini örganiş iştiyoqi uyğondi. Allaqaçon doktorlik darajasi olgan va professorlik unvonini egallagan uning tengdoşlari. Agar “Muzayyana”ning muallifi topilsa, yaʼni uning kimligi, hayoti örganilsa, ajoyib doktorlik işi böladi. Zamonaning sayrdan qaytişiga hali bir neça soat bor. Iş stoliga muk tuşib kitobni öqişga kirişdi. Mana dastlabki sahifa va dastlabki şeʼr:

Tasodif – uçraşuv

 (Romans)

Şamolda ingraydi oqşom

Erganak darvozang, jonim.

Sen endi xayolsan tamom

Oçilmas tilsim.

 

Uçraşuv onlari endi,

Aldangan, röyoday mavhum.

Yurakda nimadir sindi,

Közda yöq uyqum.

 

Naqarot

Tasodif – uçraşuv,

Tasodif – uçraşuv.

Sen endi uzoqda,

Yurakda ğuluv.

 

Tasodif – uçraşuv,

Tasodif – uçraşuv.

Sen endi uzoqda,

Yurakda ğuluv.

 

Naqarot xulosasi:

Döstim, qölga gitarangni ol,

Öşa damlar yodin yodga sol.

 

Muhabbat dargohi – oçun

Xayolda jonlanar neçun?

Ne uçun qalbimda otaş?

Neçun közda yoş?

* * *

Şamsiyang ostida ikkov

Kezgandik yomğirda ivib

Qalblarda yonardi olov

Sevilib – sevib.

 

Naqarot

Tasodif – uçraşuv,

Tasodif – uçraşuv.

Sen endi uzoqda,

Yurakda ğuluv.

Döstim, qölga gitarangni ol,

Öşa damlar yodin yodga sol.

* * *

Qöşiq qilib aytişga möljallangan şeʼr. Tasvirlar tiniq. Hissiyotga yöğrilgan har bir misra. Erganak darvozaning şamolda ingraşi… Oşiq qalbining sadolariga hamohang. Muştarov öyga toldi, uning köz öngidan qişloqdagi hovlisi ötdi. Bundan yetti yil avval yoğoç dastakçalarni tut daraxti pöstloği bilan tutaştirib boğlab, kiçkinagina darvozaça yasagan edi. Nomzodlik işiga rahbarlik qilgan domla Beşimovning maslahati bilan hovlini sotib şaharga köçib keldi. Buning boşqa bir sababi ham bor. Kasalmand xotinining sönggi kunlarini esladi. Boğ adoğidagi erganak darvoza oldida oftobga toblanib ötirardi zaʼfaron rangli ayol. Röparasida – daryoning narigi betida – baland qir, betartib joylaşgan tuproq tepaçalar… Öşa yil kuzda ana şu “sokin şahar” bağridagi tepalardan birining ostida makon topdi ayol. Hovlining har bir burçagidan va uy derazalaridan, peşayvondan ham körinib turardi Paysana mangu uyquga ketgan makon va qizining ham vaqti-vaqti bilan öşa tomondan köz uzmay xayolga tolişi otani köngliga şubha soldi. Xullas mana, tört yildirki, şaharda. Qöş qavatli uyda. Mana, tadqiqotçi öz xonasida, ğamgin kayfiyat oğuşida… Romans uyğotgan mahzunlik yomğirli kunga hamohang. Benişonning şeʼri xuddi yomğirli kunday xayolçan, rutubatli, höl. Muştarov soatiga qaradi. Qizining qadam tovuşlari… Kitobni yopdi, qora muqovani va oq harflar bilan yozilgan Benişon degan sözni silab ötdi yana beqaror barmoqlar va uning oyoqlari Zamonaning xonasiga tomon yugurgiladi. Yana avvalgidek binafşa gulli yostiq ostiga jo böldi “Muzayyana”. Otasi yotgan xona eşigidan qiyolab qaradi qiz. Yomğir suvi tomçilab turardi uzun makentoşining etagidan. Qölida bir dasta zaʼfaron va alvon rangli yaproq. Binafşarang guldor şamsiyasi qöltiğida.

Adabiyotda yangi şoir haqida monografiya paydo bölib qolsa!.. Juda katta iş bu. Sen bunga erişasan, Muştarov! “Muzayyana” senga sirini oçadi va topib beradi Benişonni. Qizi kelganda ana şunday orzular oğuşida edi olim. Otasi yotgan xona eşigidan bir qaradi-yu ortiga burildi. “Zamonaa-a!” degan çorlov eşitilganda hali öz xonasiga yetib bormagandi qiz. “Birorta şeʼriy kitob topib bersang, qizim”. Indamay ortiga qaytdi Zamona va lahza ötmay Xosiyat Rustamovaning “Avgust” deb nomlangan kitobçasini olib keldi.

– Bu kitob özimda bor, yaqinda “Muzayyana” degan bir töplamni öqiyotgan eding… qora jildli, şuni…

Ajablanib qaradi otasiga va yana ortiga qaytib aytilgan kitobni olib keldi qiz.

– Şu kitobing menda tursin, darvoqe, qayerdan olgansan buni? Dökonlarda bormi?

– Bilmadim, dada. Menga bir kişi sovğa qilgan.

– Kim edi öşa odam?

Lablarini qattiq qimtidi Zamona, yuragining zarbiga monand titrab ketdi isirğasi. Çimrilgan qoşlari tutaşgan joyda ikkita nozik çiziqça. Şitirlab yerga tökildi qölidagi zarrin yaproqlardan bir neçtasi.

– Qizim, şu kitobdan menga ham topib kel.

Ajablaniş aks etdi qizning yuzida. Köksiga tuşib turgan olovrang soçlarini xayolçan öynab turib qoldi bir muddat. Şuuridan ötgan fikrlar taʼsiridami yoki yurak urişining keskin özgarişi tufaylimi hamon titrab turardi quloğidagi boyçeçak nusxa isirğa. Indamay boş tebratdi va öz xonasiga qaytarkan, deraza oldida uzoq turib qoldi. Oqşom çökkan, quyoş botgan va govgum palla boşlangan, yölning narigi betida qorayib, yuksalib, salobat tökib xayolçan turardi keksa eman.

Derazang qarşisida bir keksa eman

Oh tortsam şovullab barglarin tökar…

 

Yarim ovozda şivirladi qizning lablari: “Beçoragina!”. Taşqari qoronği, deraza şişalari qora, xona burçaklari undan-da qora. Bularning hammasi mening yuragim. Sen esa… Köz öngida gavdalandi rangpar bir siymo: boşining peşonadan yuqori qismi yalanğoç, yapaloq peşonasida tört qator ajin. Boşining orqa tomonida qalin, kulrangga moyil tölqinsimon tözğoq soç.

…Boşqa kun, özga holat, özga manzara: egnidagi kulrang kurtkasini yeçib yerga töşadi va ustiga kafti bilan urib-urib imo qildi: “Ötir”. Qiz töşama ustiga tiz çökarkan, qirt etib sindi çöntakdagi ruçka. Şunda ilk bor eşitildi yigitning kulgisi. Past, bosiq, xirqiroq… Sindi şoirning qalami, mana endi yoziş ham nihoyasiga yetdi. Ammo sen borsan. Va sen – şeʼrsan. Eng mayin musiqasan sen. Uning muzdek peşonasiga bosdi qiz barmoqlarini. Hali yorişib turardi osmon. Yayralib, suyuqlaşib, tumanlikka dönib titrab körinardi qizning qoraçöğida halqalangan yoş pardasi ortida qolgan keksa daraxt. Zamona deraza yonidagi kursiga çökdi va şu holatda uzoq ötirdi. Nega taʼqibga uçradi Birlikçilar? Toza edi-ku ularning niyati. Xalqning unutilgan qadriyatlarini tiklaş… buning nimasi yomon? Afsuski, otam ham qarşi kuraşdi. Xalqqa ilm-u maʼrifat tarqatişga bel boğlagan yigitlar parokanda böldilar, qamoqlar, taʼqiblar, tazyiqlar…

* * *

Qizining bunday xayollaridan bexabar edi, albatta, Muştarov. Ortda qoldi kunlar va oylar. Muştarovni közga körinmas iplar bilan örab, çirmab mahkam tutib turardi “Muzayyana”. Boşlanib ketgandi kuçli bir tadqiqot va amaliyot. Yaʼni har kun şahar köçalarini kezib yurar, darvozalar oldida töxtar, yon daftariga nimalarnidir bitar va derazalarga umid bilan köz tikardi tadqiqotçi. Afsuski, muallifning hayoti töğrisida heç qanday belgi yöq. Yetmiş beş betli şu kitobça şoirdan qolgan yagona yodgorlik. Izlagan topadi! Ana şunday qatʼiyat bilan işga kirişgan edi Muştarov. “Muzayyana”ni varaqlar, har bir misrani sinçiklab örganar, sözlarning tagiga çizardi. Sahifa çetlarida faqat özigagina maʼlum bölgan belgilar. Kitob dökonlari-yu kutubxonalarni, arxiv manbalarini titkilaş, ön yil avvalgi gazeta jurnallarni varaqlaşdan natija yöq. Şunga qaramay Benişonning monografiyasini yaratiş va adabiyot olamida şov-şuv soliş iştiyoqi Muştarovning vujudini şu darajada qamrab olgandiki, miyasining har bir hujayrasi öziça ovoz taratib şoirning hayotini örganiş va xalqqa maʼlum qilişni talab etardi. Keşkaş degan şahar tilga olingandi bir şeʼrda:

Onajonim Keşkaşim, aytgil qizingga

Çiqmasa ham bir qarasin derazasidan.

Şoir hayotiga doir maʼlumotlarni şu şahardan izlaş kerak. Dunyo xaritalarini qança sinçiklab örganmasin Keşkaş degan şahar topilmadi. Mamlakat xaritasida ham bunday şahar yöq. Ammo Keş bor. Şahrisabzning qadimiy nomi. Özi yaşab turgan Kitob şahri bilan Keşning orasi yetti çaqirim. Şoir sevgan qizni ana şu mintaqadan izlaş kerak. Qiz topilsa hammasi oydinlaşadi. Oşiq ataylab, balki sevgilisining şaʼnini himoya qilib şahar nomini özgartirib aytgan bölişi mumkin. Şunday xulosalar bilan yölga tuşdi tadqiqotçi, qölida yengilgina jigarrang jomadon. “Tong şafaği derazang artar…” Şu misra bugungi tadqiqot uçun asosiy kompas. Muştarov şunday fikrda. Demak, şoir sevgan xilqatning uyi, aniqroği, uning derazasi şarq tomonga qaragan. Bunday uylar köp edi şaharda. Yigirma ikki ming aholisi bor şahar. Uylar soni ham kamida yetti-sakkiz ming bor. Şundan beş yuzta uy ikki qavatli. Keyingi beş olti yil davomida qurilgan töqqiz-ön qavatli binolar hisobdan taşqarida. Çunki, şoir vafotidan keyin bino bölgan bu uylar. Aslida “vafotidan” degan söz xayoliga qanday va qayerdan ilaşib qolganini bilmasdi tadqiqotçi. Balki tirikdir… “Muzayyana”ni sinçkovlik bilan varaqlarkan, şoirning ölimi yoki hayotligi, yo bölmasa bedarak yöqolganligi töğrisida ham javob izlardi. “Qöşqavatli uying yuragim mening” degan şoir boşqa sakkizlikda. Xullas, kalavaning uçini topganday böldi Muştarov.

* * *

Mana, röparasida qöşqavatli uy. Balandgina devor bilan qurşalgan. Quyoş nurlari şarqiy derazalarni yoritib turibdi. Darvoza tepasida “Gulband –25” degan yozuv… Toki şu uyni topgunga qadar Qatron, Şamakon, Böston hamda Yoyilma köçalaridagi uylarni qoğozga tuşirgan, ammo ularning barçasi Janubga qaragan, yoki oldi peşayvonli. Şimoliy mintaqada yana bir qator buzilgan va qayta qurilgan uylar ham bor. Muştarov oqşom pallasi, quyoş ufqqa tomon oğgan mahalda qöşqavatli bir bino oldida turardi. Mana şu, şivirladi uning dördoq lablari. Fetr şlyapasini yeçib boşini artdi va daströmolçasini tört buklab şimining orqa çöntagiga joylagan köyi yaqinlaşib bordi darvozaga. Qadimiy aşyo, tagiga qizil baxmal parça qöyib qoqilgan bir neça qator gulmix. Quyoş yalluğida matoh çetlari oqarib unniqib qolgan. Oğir mis zulfin. Yoşi saksonlar çamasidagi bir kampir oçdi darvozani. Muştarov ilm kişilariga xos tavozeʼ bilan özini taniştirdi va kirişga ijozat söradi. Gapni boşlaş oğir. Kampir esa jim. Tepakal, yapasqi burun va keng yuzida qon gupirib turgan odamga köz uzmay tikilgan holatda. Muştarov çöntagidan kitobçani oldi va Benişon degan şoir ötganligini aytib “eşitganmisiz” deb söradi. “Nega eşitarkanman? – dedi kampir iddaha bilan. – Benişon mening öğlim.

Hapriqib ketdi tadqiqotçining yuragi.

– Öğlingiz? Yanglişmayapsizmi, hozir qayerda öğlingiz?

– Mening yuragimda.

– Ha, aha! Albatta, – degança yötalib oldi tadqiqotçi va momoni savolga tutdi yana:

– Boşqa kitoblari bormi öğlingizning?

– Uning özi kitob.

“Edi” demadi kampir, göyo öğli tirikdek. Şu bois yana asosiy savolni takrorladi Muştarov:

– Hozir qayerda öğlingiz?

– Daragi yöq. Ön yil böldi, kutaman.

– Ismi Benişon emasmidi?

– Beşim.

– Men sizga aytsam, uning sevgan qizi şu şaharda…

– Qaysi birini aytasan, öğlim, şaharning hamma qizi sevardi uni.

– Şunday, şunday, axir şoir edi u. Xat-pat yozmaganmi sizga?

Adabiyotga ham, xalqqa ham nomaʼlum şoir hayotiga kirib borayotganini his qildi va javob kutib kampirning oğziga tikildi tadqiqotçi.

– Yozgan.

– Momojon, menga körsatsangiz, şu yerda öqiyman-u, qaytarib beraman.

Kampir sandiqçasini oçib, oq surpga örab qöyilgan bir dasta qoğozni oldi. Tadqiqotçi birma-bir hammasini közdan keçirdi. Ammo hafsalasini pir qildi sarğayib ketgan qoğozlar. Afğon uruşiga ketgan yigitning onasiga yozgan xatlari… Kampirning xayoli joyida emasligini angladi va boş silkib xayrlaşgan böldi-da, xonadonni tark etdi. Yana törtta uy eşigini qoqdi şu kuni. Kutilgan natija yöq. Hamyoni quruqroq kişilarga möljallangan oddiygina mehmonxonadan bir xonali joy olgandi tadqiqotçimiz. Xonada eskigina divan, yozuv stoli, sariq parda tutilgan deraza va qönğir rangli plastik eşik. Olim divanga çözilgança uzoq öyladi va nogoh xayoliga kelgan fikrdan dadillaşib örnidan turdi. Şoirning kitobçasini rökaç qilişdan samara yöq. Axir men Benişonning sevgilisini qidiryapman-ku. Sariq soçli, uzun böyli, quloğida boyçeçaknusxa isirğasi bor qiz… Ana şu xilqat topilsa, hammasi ayon böladi. Astalik bilan suriştirib, balki, uning albomini qarab… ha. Suvratini topsam uluğ iş bölardi! Demak, qaysi xonadonga kirsam ham… gapni şu joyda töxtatib reja tuzişga kirişdi. Şahrisabzda turklar tomonidan oçilgan “Bursel” fabrikasi bor edi, balki hozir ham faoliyat yuritayotgandir. Ana şu korxonaga işçilar kerak, qizlar, ayollar. Köp oilalarda ayollar işsiz. Mening taklifimga jon-jon deb rozi böladilar, “delo” uçun suvratini sörab albomini varaqlayman. Qizning özi bilan alohida suhbat ötkazişim zarurligini aytib… Xursandligidan içiga siğmay katta tadqiqot oldidan uyiga boriş va katta korxonaning boş injeneri sifatida paydo bölişni xayol qilib yölga otlanganda oqşom çöka boşlagandi. Xiyobon böylab töşalib yotgan alvonrang barglarni bosib ötib çoğroqqina maydonçada töxtadi va şu yerdan sariq rangli taksiga ötirib uyiga jönadi. Kitob rang-barang çiroqlar yoqqança kutib oldi uni. Özining xonasi, sevimli kreslosi, bir finjon qahva, stol ustida pirpirab nur soçib turgan qalpoqçali elektr çiroq. Tarsona xola barkaşda ikkita non bilan bir kosa şörva keltirdi. “Qalampir! Murriç!” ğuldiradi xöranda. Boş silkigança çiqib ketdi va zum ötmay aytilganlarni hozir qildi ayol. “Kremlin Xo” degan yozuvli bejama-jimjimador şişali konyak oldi javondan va ikki finjon içdi ust-ustiga. Kampir bilan bölgan muloqotini öylarkan, boşqa bir fikr aylanib kelaverdi xayoliga. Beşim ismli yigit balki men izlab yurgan şoirdir, nega eʼtiborsiz qoldirdim şunday muhim narsani? Beşim – Benişon… ançagina yaqinlik bor. Biri şimsiz, ikkinçisi nişonsiz… Şunga qaramay kampirning oldiga yana qaytib bormadi. Ertasi kuni qizi bir haftalik amaliyotni ötab qaytib keldi. Öttiz yoşda edi qiz. Turmuşidan ajraşgan. Maktab, uy – uy, maktab… Şu tarzda ötmoqda umr.

– Jiyanim keldi, Zamona keldi, endi men ketaveray,– dedi Tarsona xola Muştarovning xonasiga kirib.

– Mayli.

“Muzayyana”ni varaqlaşda davom etdi va tegrasi bor böyiça ikki qavat qizil siyoh bilan örab olingan şeʼrda töxtadi uning nigohi:

Derazang qarşisida bir keksa eman

Oh tortsam şovullab barglarin tökar,

Eman tilga kelib söraydi mendan

Kutganing kim, bolam, sen bunça muztar?

Yaşirmayman sirlarim undan,

Deyman: har yaproğing undan xabardor,

Közlari qoradir qopqora tundan,

Zarrin soçlarida quyoş rangi bor.

Muhabbat quşlariga uya nigohi

Halqasi quloğida boyçeçak nusxa.

Ana darvozasi…

Oh ana özi!..

Boşqa bir şeʼrda qiz yaşaydigan uy darvozasi qizil deb tasvirlangan. Odatda odamlar yaşil rangga böyaşardi eşik derazalari va darvozalarini, qönğir rang ham urfga kirdi keyingi yillarda. Qizillari ham bölsa bordir… Xullas, qizil darvoza, qönğir rangli xarsang, deraza qarşisida keksa eman. Ana şu belgilar ham şoirning sevgilisini topişga vosita. Qiz topilsa, ayon böladi hammasi. Va men ajoyib sevgi afsonasini yarataman. Seni baribir topaman, Benişon! Kitobçangni olib varaqlab körganimdayoq qilgan ahdim xayolimda barqaror, özim esa beqaror. Tirajini ham qaraganman. Bor-yöği ellik nusxa. Qizimga uni qandaydir bir kişi sovğa qilgan. Balki bozorda eski tuski kiyimlar sotib ötiradigan birorta ayoldan olgan. Aniğini aytmaydi. Tanimayman u odamni deydi. Va közi yoşlanadi. Dastlab payqamaganman. Yostiğining tagiga qöyib yotar, damba-dam xuddi nimadir dafʼatan esiga tuşganday şoşib olar va varaqlaşga tuşardi. Sörab oldim bir kun kitobini. Keyin internetdan qidirdim, kutubxonalar-u arxivlardan izladim, yöq, heç qayerda sening noming qayd etilmagan. Yozuvçilar uyuşmasidan suriştirdim. Biror tayinli gap aytişolmadi. Lekin sen borsan! Mana kitobing qölimda. Va sen menga şuhrat keltirasan, ha, garçi özing benom-u benişon bölsang-da, meni yuksaklarga kötarasan! “Nomaʼlum şoir qismati” deb atamoqçiman kitob nomini. Ana şunday şirin xayollar oğuşida kitobni varaqlarkan, yana öşa şeʼrga duç keldi:

Olovday lovullar darvozang alvon,

Göyo yuragimdan oqqan qizil qon.

Yana bir oy ötdi oradan. Eman daraxti bor köchani topsa, qizil darvoza topilmaydi, baʼzan buning teskarisi böladi. Darftariga qaradi tadqiqotçi. Asosiy belgilar:

  1. Derazasi şarq tomonga qaragan uy. (7-bet)
  2. Qizil darvoza. (43-bet)
  3. Darvoza oldida qönğir rangli xarsang toş. (37-betda)
  4. Hovli röparasida keksa eman. (9, 13, 19, 57-betlar)
  5. Boyçeçak nusxa sirğa taqib yuradigan qiz… (3-bet va 6-bet)
  6. Soçi sariq, közi qora… (8-bet)

Daftarni yopdi. Umidsizlik bor edi uning nigohida va har bir harakatida. Nihoyasiga yetdi öz hisobidan olgan qöşimça bir oylik taʼtil va özga şahar xiyobonlarini tark etib öz şahriga qaytdi Muştarov. Juda soğingan edi öz uyini, orqa suyançiği baland kreslosini va yakka-yu yagona qizini. Darvozasi tagigaça olib keldi sariq rangli taksi. Yengilgina çarm jomadonçasini kötargança maşinadan tuşarkan, men qayerga kelib qoldim özi deganday yöl örtasida turib qoldi. Bir neça qadam orqaga çekingança qaqqayib turib qoldi uning ğölabir gavdasi. Röparasida qizil darvoza! Ortiga ögrildi, ne köz bilan körsinki, yölning narigi betida, salgina nariroqda – darvozaxonani kengaytiriş maqsadida – bir neça oy avval buldozer bilan surib taşlangan qönğir rangli xarsang! Xayoliga yaşinday urilgan fikr taʼsirida yon tomonga ötdi. Deraza! Şarq tomonga qaragan bir juft deraza! “Tong şafaği har tong artadigan” öz uyining derazasi! Va deraza qarşisida bir tup keksa eman!..

Zamonaning özi oçdi darvozani. Şoşilib çiqqani sababli boşida römoli yöq, zarrin soçlari tözğigan. Quloqlarida nurlanib va tebranib turardi boyçeçak nusxali isirğa!

Böşaşgança ostonada ötirib qoldi Muştarov.

Demak!..

 

Neʼmat Arslon

1941-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

“Ayol suvratiga çizgilar”, “Oldinda yana tun bor”,   “Yozuvçi uçun atir” hikoyalar töplamlari hamda “Adam vodiysi”, “Mavhumot”, “Savti sarvinoz”  kabi romanlari çop etilgan.

2023/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…