6 daqiqada öqiladi

16 914 marta körilgan

Otamga xat

Otamga xat

Men ulğayganim sari otam çökdi taşvişlardan,

Lek köngli ösdi, ösganimdan…

Men ösdim, ammo könglim çökdi

otamning keksayib, çökib borayotganidan.

Ota! Özim ota bölgandan söng. Sizning ögitlaringiz, pand-nasihatlaringiz mazmunini teran anglay boşladim. 

Har safar yoningizga borişdan oldin şu gal albatta bafurja suhbatlaşaman deyman. Biroq sizni körişim hamon qandaydir tuyğu vujudimni çulğab, suhbat “rasmiy” tus oladi.

Ota, sizga aytar gaplarim köp. Şu bois bugun maktub yozişga qaror qildim.

***

Bolaligimda bahor bizning hovliga birinçi kirib keladi, deb öylardim. Ha, şubhasiz, şunday edi. Ota, yodingizdami, har yili erta bahorda hovliga rayhon, har xil kökatlar ekar edingiz. Hovlimiz yaşnab ketardi, barçaning havasi kelardi…

Esimda, mart oyining boşlarida, hali qiş nafasi ketmagan paytda qaldirğoçlar uyasini tozalab qöyardingiz. Kiçkinagina, ammo barakali yerimizdan olingan turli kökatlardan, yerning yangi inʼomidan biz birinçilardan bölib bahramand bölardik. Keyin siz qöşnilarga ham “yangi hosil”dan bir boğlam qilib berardingiz va men ulaşib çiqardim, evaziga esa qöşnilardan “Otangga rahmat”, “Iloyim, dard körmasin” degan duolarni eşitardim. Oçiği, öşa paytda bu duolar xuddi mening özimga aytilgandek bölib quşday uçib kelardim uyga.

Endi öylasam, siz bu orqali qöşnilarga erta köklamdan mehr ulaşar ekansiz. Har bahorda şunday. Baʼzan ob-havo injiqligi tufayli kökatlar keçga qolsa, qöşnilar işora bilan sörab qolişardi, “Kökatlar yetilib qoldimi?”, “Otang uydami?”. Odamlar köklamga, mehrga taşna, intizordek edi göyo…

Ota, sizni soğindim.

Yodingizdami, taxminan 10-12 yoşlarda edim. Siz bilan televizorda “Hayvonot dunyosi”ni tomoşa qilayotgandik. Ekranda şer yovvoyi tönğizlar tödasini taʼqib etar, goh u, goh bu tönğizni quvar, öljalarini nimagadir tez-tez almaştirardi. Va nihoyat, şer ulardan birini tanladi va taʼqib qila boşladi, bir neça urinişlardan söng öz maqsadiga erişdi va “mağlub” tönğizni öz bolalari tomon sudrab ketdi. “Tomoşa”ning davomini köra olmadim, öz xonamga ketdim, tönğizga rahmim keldi…

Ertasiga nonuşta payti siz mendagi maʼyuslikni sezib, “Bolam, tönğizga rahming kelyapti, şer bolalariga-çi”, dedingiz. Men indamadim, bu tarafini öylab körmagan ekanman. “Kuç birlikda, agarda tönğizlar tödasi birgalikda şerga qarşi turganida bunday bölmasdi. Keyin, mağlub tönğiz boşqalariga qaraganda tez yugura olmayotgandi, nisbatan zaifroq edi, balki kasaldir. Öğlim, ikkita narsa har doim esingda bölsin: kuç – birlikda, atrofingda döstlar köp bölişi kerak; heç qaçon ojiz, zaif bölmagin, heç qaçon taslim bölmagin”.

Uşbu sözlar keyinçalik hayotim mazmuniga aylandi, quloqlarim ostida hamon jaranglaydi…

Ota, siz aytasiz: “Öğlim, endi sen ham otasan, farzandlaring bor, ularning ertasini öyla”. Otajon, men ham otaman, lekin avvalo sizning farzandingizman.

Farzandlik – burç, otalik – masʼuliyat, deyişadi. Qiziq, qaysi biri ustunroq va, umuman, bunday savol qöyiş, unga javob izlaş töğrimikan? Balki köpgina savollarning javobi bu yerda mujassamdir, balki men ularni töqnaştirayotgandirman. Bularning orasida qanday boğliqlik, izçillik mavjud?

***

Baʼzan farzandlarimga qarab turib xayolga tolaman, mening bolaligim bölmagan, degan fikr keladi. Sababi, siz har doim men bilan kattalardek muomala qilar edingiz. Köpgina gaplaringizni endi tuşunyapman. Hayotda erişgan ozmi-köpmi yutuqlarimga balki öşa paytlardagi ögitlaringiz orqali tamal toşi qöyilgandir.

Ota, taxminan 8-9 sinfdaligimda menga “Qobusnoma”ni sovğa qildingiz. Har safar uni qölimga olganimda sizning salobat bilan “Öğlim, bu kitobni ehtiyot qilgin” deganingiz quloqlarim ostida jaranglaydi. Qiziği şundaki, siz uni öqigin, yod olgin, demagansiz. Hamişa xulosani özimga qöyib berardingiz. Bu fikr va tanlov erkinligining kiçkinagina ifodasi edi, göyoki. Vaqt ötib amin böldimki, siz menga “Hayot kitobi”ni bergan ekansiz. Şu orqali, avvalo, hayotni örganişga, jamiyatda munosib örin egallaşim kerakligiga işora qilgan ekansiz.

Hayotda munosib inson böliş kerak, der edingiz. Ota bugun ulğaydim, lekin bu “şart” hamon meni qiynaydi. Avvalo, men Sizga munosib farzand böla oldimmi? Munosib döst böla oldimmi, munosib ota-çi? Siz aytardingiz, hayot turli savollardan iborat, har kimning öz javobi, böladi. Bularni siz matematik misollarga öxşatardingiz va faqat amallarni ketma-ket töğri bajargandagina javobi çiqadi, der edingiz. Hayot manzillarida duç keladigan har bir savolga faqat özing, heç kimning yordamisiz javob topişing kerak, hayotga yengil qaramagin, havoyilanmagin, turli ötkinçi, soxta narsalarga işonmagin, oşiqmagin, degansiz.

Hayotda xato qilsang ham, adaşsang ham, töxtamagin, yana va yana boşingni kötarib oldinga harakat qil, özingni ayama, dadil böl, der edingiz. Endi tuşunib yetmoqdaman, ota, Siz meni mustaqil va qatʼiyatli bölişga undagan ekansiz.

Köpçilik hayotni imtihonga öxşatadi, faqat uning “şpargalka”lari yöq. Har bir inson “hayot masalasi”ni özi hal qilişi, javobini özidan qidirişi kerak ekan. Tuşundimki, matematik misollardan farqli tarzda hayot maşqlari ança murakkab, yöllari çigal, har bir insonning öz hayot “amal”i bor ekan.

Ota, bir savolga hamon javob qidiraman: nimaga bir oilada, bir xil muhitda, teng şaroitlarda turli xil xulqli farzandlar voyaga yetişadi? Masalan, qaysidir farzand olim, ziyoli, qaysi biri yaxşi bir hunar egasi, öziga yaraşa obröli, yana boşqasi esa badxulq, bekorçi, bezori, ota-ona umriga zavol. Buning sababi nimada, nahotki yana oila, ota-ona aybdor? Axir, bir xil tarbiya, ögit berilgandi-ku! Qayerda, qanday xatolik yuz berdi? Nega? Nima uçun? Savollarning çeki yöq, otalarning boşi egik.

Baʼzan odamlardan xafa bölib ketaman: tomoşaga öç, kamçiligingni oşirib, aybingni iloji bölsa har qadamda yuzingga solişadi, na yutuğingga rozi ular va na kamçiligingga…

Dunyoning işlari teskari, ğalati… odamlardan “odamiylik” kutamiz, odamlardan topmagan vafoni boşqa jonzotlardan kutamiz, odamlardan mehrni ayab ularga beramiz.

Siz esa heç qaçon odamlardan begonalaşma, yotsirama, ulardan uzoqlaşma, odam odamdan begonasirasa, avvalo, özidan begonalaşadi, deysiz. Ammo ayrim kimsalarning sözlari… öta soxta. Mayda manfaat, iğvo, fisqu fasodga öç ular. Göyoki “tirikçiligi” şundan. Yaxşilik qiliş ular uçun şunçalik qiyin, şunçalik murakkabki, öylab qolasan: nahot “Odam – odamga böri?” deb bilsa ular.

Baʼzan ulardan yuz ögirgim, begonalaşgim keladi. 

Bunday paytlarda tabiat qöyniga sayrga oşiqaman, xayolan toğu toşlarga çiqaman. Tabiat – möjiza, siru sinoatga boy. Köp narsalarga guvoh, lekin jim, faqat ahyon-ahyonda “kasallik”ni ötkazib yuborgan odamday yötalib qöyadi. Tabiatda hamma narsa jonli, ölçovli, göyoki hammasi oldindan hisob-kitob qilingandek.

Masalan, yoz çillasida quyoş qançalik qizdirmasin, baribir kun kelib öz örnini kuzning salqin oqşomlariga böşatadi. Yoki qiş çillasi qançalik ayozli bölmasin, bahor kelişi aniq.

Şularni öylab doimo tabiatdan nisbat olişga harakat qilaman, qança qiynalsam ham ortidan yaxşi kunlar kelişiga işonaman. Aytişlariça, Xudo odamdan oldin olamni yaratgan ekan, balki şuning uçun ham köp savollarga javob atrofimizdagi olamdadir.

***

Bolaligimda qöşni bolalar öz otalari bilan maqtanişardi: “Mening dadamning kuçi köp”, “Mening dadam bizni har kuni maşinasiga mindiradi”, “Mening dadam militsioner”, “Mening dadam katta kranda işlaydi, hammadan balandda”, men esa sekingina “Mening dadam har kuni kitob öqiydilar, şogirdlari judayam köp”, derdim. Qiziq, mening farzandlarim örtoqlariga men haqimda nima deyişarkan… Buni bilmadim-u, lekin men farzandlarimga, otamga öxşanglar, deyman hamişa.

Ota, siz hamma otalar bir xil böladi, der edingiz, men esa erkalanib, yöq, siz boşqaçasiz, baʼzan akalarimdan qizğanib, faqat mening otamsiz, der edim.

Ota, kuçli böl degansiz, men bugun kuçliman, çunki Siz borsiz, men Siz bilan kuçliman.

Siz menga heç qaçon seni yaxşi köraman demagansiz, erkalatmagansiz. Biroq men sizning har bir harakatingizdan meni hammadan ham yaxşi körişingizni tuşunardim.

Ota, sizni yaxşi köraman. Sizni soğindim… Men Sizga muhtojman, ota.

Abror YUSUPOV

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)