7 daqiqada öqiladi

301 marta körilgan

Öğrivoy

Şahnoza Rayimova

Bir kuni bizga kiçkina olmaxon sovğa qilişdi. U tezgina qölga örgandi, hamma xonalarda yugurib yuradi, javonga, tokçalarga şunday çaqqonlik bilan sakraydiki, heç qaçon heç nimani tuşirmaydi, sindirmaydi.

Otamning xonasidagi divan tepasida buğuning ulkan şoxlari turardi. Olmaxon dam-badam unga çiqib olardi-da, daraxt şoxidagi kabi ötirardi.

Biz bolalarni juda yaxşi bilardi. Xonaga kirişimiz bilan olmaxon javonning qayeridandir yelkamizga sakrardi. Bu – uning şirinlik yoki qand sörayotgani. Şirinlik uning jonu dili edi.

Biznikida qand va şakar oşxonadagi javonda turardi. Ularni heç qaçon yaşirib qöyişmasdi, çunki biz söramasdan heç nima olmasdik.

Lekin bir kun onam hammamizni oşxonaga çaqirdi-da, böş vazaçani körsatib dedi:

– Bu yerdagi qandlarni kim oldi?

Bir-birimizga qarab jim qoldik, kim bunday qilganini heç qaysimiz bilmasdik. Onam boşini sarak-sarak qildi, ammo heç nima demadi. Ertasi kuni esa javondagi oq qandlar yöqolib qoldi va olganiga yana heç kim iqror bölmadi. Otamning bundan jahli çiqib, hamma qandlarni yaşirib qöyişini va bir hafta şirinlik bermasligini aytdi.

Biz bilan birga olmaxon ham şirinliksiz qoldi. Yelkaga sakraydi, yuzini tiriştiradi, quloğini tişlab tortişga urinadi – şirinlik söraydi. Ammo ilojimiz yöq, axir qayerdan olamiz?

Bir gal tuşlikdan söng oşxonadagi divanda jimgina kitob öqib ötirgandim. Birdan körib qoldim: olmaxon stolga irğib çiqib, tişi bilan non bölagini oldi va polga, undan esa javonga sakradi. Bir daqiqadan söng qarasam, tağin stolga kelyapti, yana bir non bölagini olib javonga çiqib oldi.

“Töxta-çi, – deb öyladim, – nonlarni u qayerga olib ketyapti?” Stulni qöyib, javonga razm soldim. Onamning eski şlyapasi yotgan ekan, qölimga oldim. Ana xolos! Uning tagida, mana, nimalar bor ekan: oqqand, konfet, non bölakçalari va har xil suyakçalar…

Bu topildiqni darhol otamga körsatdim:

– Mana bizning öğri!

Otam esa kulib dedi:

– Kallamga kelmaganini qara-ya! Axir olmaxonimiz qiş uçun ozuqa ğamlayapti-ku. Hozir kuz, hamma olmaxonlar qiş tadorigida, biznikiyam öz ğamini yeyapti.

Şu voqeadan söng şirinliklarni yaşirib qöyişni bas qilişdi, faqat “öğrivoy” u yerga kirmasin deb, javon eşigiga ilgak örnatişdi. Olmaxonimiz esa qişga zaxira ğamlaşda davom etaverdi. Non bölagi, yonğoq yoki suyakmi – nima topsa, şu zahoti olib qoçadi va qayergadir yaşirib qöyadi.

Bir gal örmonga qöziqorin tergani borgandik. Qoronğida çarçab qaytdik, ovqatlanib ertaroq uxladik. Savatçani esa qöziqorini bilan deraza tokçasida qoldirdik: u yer salqin, qöziqorinlar zararlanmaydi.

Ertalab tursak, savatça böm-böş. Qöziqorinlar qayoqqa yöqoldi ekan? Otam bizni vajohat bilan çaqirib qoldi. Oldiga yugurdik, qarasak, divan tepasidagi buğu şoxlari qöziqorin bilan töla. Ilgakda ham, surat va közgu osilgan mixda ham – hamma yerda qöziqorin. Olmaxon tong sahardan harakat qilgan körinadi: quritib oliş uçun qöziqorinlarni har yerga ilib taşlabdi. Örmondagi olmaxonlar qöziqorinlarini oftobga yoyib quritadi, mana, bizniki ham şoşilibdi. Qişni sezgan körinadi.

Çindan ham, tezda sovuq tuşdi. Olmaxon burçaklarga, iliqroq joylarga berkinişga urina boşladi, bir kuni esa butunlay yöqolib qoldi. Qidirdik-qidirdik – heç qayerda yöq. Balki boqqami, örmon tomongami qoçib ketgandir. Beçora olmaxon.

Bir kuni tuynuklarni berkitdik-da, peçkaga öt yoqdik. Peçka içida nimadir şunaqangi potirladiki! Eşigini oçganimiz zahoti olmaxon öqdek otilib çiqdi va töğri javonga sakradi. Tutun möridan çiqmay butun xonani tutib ketdi. Akam yöğon simdan ilgak yasab, möri içiga tiqdi. Qarab turibmiz – möridan bö­­yinboğ, onamning qölqopi çiqdi, hatto buvimga sovğa qilingan römol ham öşa yerdan topildi.

Olmaxonimiz uya deb öylab, hamma narsani möriga taşigan ekan. Ah, mittivoy! Uyda yaşasa ham örmondagi odatlarini tark etmabdi-da. Ha… Qazisan, qartasan, asl zotingga tortasan, deb bekorga aytişmaydi.

Uzunquloq

Ov qilişni juda erta boşlaganman. Ön töqqiz yoşga tölganimda otam menga miltiq sovğa qilgandi. Özi bilan örmon, töqayzorlarga olib ketardi.

Bir yili kuzda ovga otlandik. Aravada yonma-yon ötirgança örmon oralab borardik. Yöl boşdan-oxirigaça sariq barglar bilan qoplangandi: xazonlar qalin va qavat-qavat bölib yotar, oyoq ostida şitirlardi. Röparamdagi barglar tölqinini quvlab borarkanman, birdan xazonlar orasida nimadir qorayib turganini körib qoldim. Engaşib qarasam, quyonça, şunaqayam jajjiki! Hayratim ortdi: axir, şu yergaça kelgan arava qanday qilib uni bosib ketmadi ekan?

– Qani, beri kel-çi, – dedim unga, – körinib turibdi, omadli ekansan!

Qölimga olgandim, kaftimga örnaşib ötirib oldi, titraganidan qoçişga ham çoğlanmasdi. Uyga olib ketaman, bölmasa nobud böladi, deb öyladim. Juda keç tuğilgan ekan-da. Axir, yaqinda qiş kelsa, beçora muzlab qoladi yoki tulkilarga nonuşta böladi.

Ov xaltamni barglar bilan töldirib, quyonçani soldim va uyga olib keldim. Onam qaynatilgan sut quyib siyladi. Lekin u içmadi – kiçkina-da, eplolmadi. Şunda sutni şişa idişçaga quyib, ustiga sörğiç kiygizib, quyonçaga tutdik. Sörğiçni ham sörmadi. Onam sut tomizib, quyonçaning burniga tekkizgandi, hidni bilib oğzini oçdi. Keyin sörğiçni oğziga tiqdik. Quyonça gupillatib sörib, idişçadagi sutning hammasini içib qöydi. Şunday qilib, yangi mehmon biznikida yaşay boşladi. Xonalarda sakraydi, heç kimdan qörqmaydi.

Oylar ötdi… Quyonimiz katta bölib qolgandi. Unga Uzunquloq deb ot qöydik. Peçkaning tagida yotişga odatlangani uçun, nimadandir qörqsa, töğri öşa yerga kirib ketardi. Biz bilan Uzunquloqdan taşqari yana qari muşuk Ivaniç va ovçi it Jek yaşardi.

Ular juda yaqin döst edi. Bir idişdan ovqatlanişar, hatto birga uxlaşardi. Qişda, uy sovuq bölganida Ivaniç Jekning töşakçasiga kelib örnaşardi-da, koptokka öxşab yumaloqlanib olardi. Mana, Jek hozir u bilan: burnini Ivaniçning qorniga tirab tumşuğini isityapti, uning issiq-issiq nafas çiqarişidan Ivaniç ham mamnun.

Uyda quyon paydo bölgaç, Ivaniç unga eʼtibor qilmadi, Jek esa boşida biroz bezovtalandi, lekin tez orada könikib qoldi: keyin bölsa hammalari inoqlaşib ketdi.

Ayniqsa, keçqurun peçka yoqilganda inoq bölib ketişardi. Hozir hammasi olov qarşisida – isinişyapti. Xona içi qoronği, devorlarda peçkadan taralayotgan qizğiş şuʼlalar yuguradi, ularning ketidan qora soyalar chopadi. Xonadagi hamma narsa qimirlayotgandek tuyuladi: stol ham, stullar ham jonlangandek. Peçkada ötin çarsillab yonadi, tillarang uçqunlar uçib çiqadi. Peçkaning turli tomonida turgan döstlar çöçib tuşadi va bir-biriga ajablanib qaraydi: “Nima böldi?” Keyin tinçlanib yana olovga tikilişadi.

Öynaşadi. Doim şunaqa: mana, ular uçalasi ham birga yotibdi. Tösatdan Ivaniç qöli bilan Uzunquloqni ohista uradi! Tegmadimi, yana… Quyon yota-yota, birdan irğib turib qoça boşlaydi. Ivaniç uning ortidan quvadi, Jek esa Ivaniçning orqasidan chopadi. Şunday qilib xonada quvdi-quvdi boşlanadi. Bezor bölgaç, quyon peçkaning tagiga kirib ketadi, şunday qilib öyin ham tugaydi.

Uxlaşga kelganda esa Uzunquloq izlarini adaştiradi. Quyonlarning odati bu: har tomonga, baʼzan öngga, baʼzan töğriga qoçadi. Agar quyonning qordagi izlariga qarasangiz, qayoqqa ketganini topolmaysiz. Bunday izlar “quyon halqalari” deyiladi. Ovçi it u yoqdan-bu yoqqa yurib izlarni iskab aniqlagunça, quyon buni allaqaçon payqab qoçib qolgan böladi.

Mana, bizning Uzunquloq ham har kuni hammadan ilgari peçka ustiga çiqib izlarini çalkaştirişga urinadi. Xona içida oldinga, orqaga sakrab izlarini ajratadi, gilamda yotgan ovçi it Jek esa iskaydi-da, unga bir közi bilan qarab göyo ahmoq quyonning ustidan kuladi.

Şu tariqa Uzunquloq qiş böyi biznikida yaşadi. Bahor ham keldi – qadrdon, iliqqina. Yaşil maysalarning çiqqanini payqamay ham qolibmiz. Biz Uzunquloqni örmonga, erkinlikka qöyib yuborişga qaror qildik. Uni savatçaga solib örmonga ketdim, döstini kuzatib borar deya Jekni ham özim bilan olvoldim. Ivaniçni ham savatçaga joylamoqçi böldim-u, qarasam kötarib ketişga oğirlik qilarkan: uni uyda qoldirdim.

Örmonga yetib borgaç, Uzunquloqni savatçadan olib, maysalar ustiga qöydim. U bölsa nima qilişini bilmay, qoçmay, quloqlarini qimirlatardi. Jek quvlaşmaçoq iştiyoqida. Uzunquloq esa heç qayoqqa qoçmay, buta atrofida aylanar, Jek ham özini uydagidek tutardi.

Axir, butaning atrofida quvlaşmaçoq öynaş uydagidan köra yaxşiroq-ku, deb öyladim men.

Qalpoğimni silkib baqirdim:

– Örmonga yugur, ğilay! Nega bu yerda öralaşyapsan!

Uzunquloq qörqib örmonga qoçdi, Jek esa uning ortidan ketdi.

Men kutib turardim. Jek qaytmayotgandi. Birdan örmondan quyonning nolasi eşitildi. Nolişlar töxtamagaç, öşa tomonga yugurdim. Qarasam, Jek Uzunquloqni tişlab turibdi.

Yordamga oşiqdim.

– Taşla! Nima qilyapsan? Axir, bu özimizning Uzunquloq-ku!

Jek bölsa “Senga ölja tutib kelsam-u, menga baqirasan!” degandek dumini likillatardi. Uzunquloqni tanimay, yovvoyi quyon deb tutib kelgani körinib turardi.

Quyonni maysaga qöyib yubordim, söng Jekning böynidan uşlab turdim.

Nazarimda, quyon bu yerda it bilan öynab bölmasligini tuşundi. Quloqlarini dikkaytirib butalar orasiga kirib ketdi.

Georgiy Skrebitskiy

(1903–1964)

Ilk kitobi – “Laqmalar va ayyorlar” (1944). “Qöriqxona orollarda”, “Ovçining hikoyalari”, “Ovçilarning söqmoqlari”, “Örmonda va daryoda”, “Polaponlarning qanotlari ösyapti” singari hikoyalar töplamlari çop etilgan. Ssenariylari asosida film va multfilmlar suratga olingan.

Şahnoza Rayimova

tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)