3 daqiqada öqiladi

188 marta körilgan

Kimga nima kerak?

Zikrilla Mamatov

– Meniki töğri, – dedi Jobir.

– Men haqiqatni aytyapman. Özi sizga haqiqat yoqmaydi. Biror narsani qoyillatib qöysangiz ham mayli ekan, – köz yoşini artib, eriga nafrat bilan boqardi Nazokat.

– Öçir ovozingni, senga gapni kim qöyibdi, – muşti tugilib xotiniga ödağayladi er.

Janjal kattarib ketdi. Jobirga – adolat, Nazokatga haqiqat kerak.

Oila buzildi. Ajraşdilar.

Ularning bolalariga esa na adolat, na haqiqatning qiziği bor, ularga faqat ota va ona kerak edi.

Guvoh

– Men sensiz yaşolmayman, – dedi yigit qizni bağriga tortarkan.

– Men ham sizsiz yaşolmayman, – deya  nozlanardi qiz ham otilib quçoqqa kirib.

 Majnuntol guvoh böldi. Yoşlarga baxt tiladi.

Oradan yillar ötdi.

Yigit boşqa ayol bilan qöl uşlaşib, bolalarini öynatgança ötib qoldi.

Bir neça kun avval qiz ham boşqa erkak bilan kiçkintoylarini erkalatgança ötgandi. Majnuntol biroz hayron qolgandi.

Endi hammasi ravşan böldi.

Keksa daraxt uyalganidan şoxlarini yanada egibdi.

Döst

– Salom, Baxti, qalaysan?

– Yaxşi, döstim, bormisan? Qönğiroğingga odam zor-ku.

– Körinmaysan.

– Yuribman, döstim.

– Ertaga kelasan-a? 

– Albatta, sen tuğilasan-u, men bormaymanmi.

Yana oradan vaqtlar ötib, Baxtiyorga telefon qilib öğlimning xatna töyi bölayotganini aytdim.

– Albatta, boraman, yoningda turiş burçim-ku.

Xullas, biz barça  bayramda uni  uyga  taklif qilardik. U ham ikkilanmay taşrif buyurardi.

Bir kuni boşimga savdo tuşdi.

– Alo, Baxti, yaxşimisan?

– Ey döst, bormisan?

– Hm, yuribman.

– Tinçlikmi? Körinmaysan.

– Tinçlik, oşna. Bir masalada yordaming kerak edi.

– Qanaqa yordam?

– Qarz kerak edi.

– Qança?

– … söm!

– Şunça pul-a, nima qilasan? Hozir, şoşmay tur. Bir joyda edim. Keyin özim qönğiroq qilaman, – şunday dedi-yu, telefonni öçirdi. Şu-şu qaytib ahvol söramadi. Bunga özim aybdorman. Çunki döstim işlarim yurişib ketganidan bexabar. 

“Yaqinlar”

Bektoş işlab çiqariş böyiça boşliq böldi. “Bizga bunaqa rahbar kerak emas. Biz bu bilan işlamaymiz. U hali gödak-ku, keçagina öqişni bitirgan…” Xullas, birinçi rahbarga köplab şikoyatlar bilan kirişdi. Rahbar biror oğiz gapirmay, sukut bilan vaziyatni öz tomoniga oğdirdi.

Baribir qöllaridan heç nima kelmadi. Bektoşning ildizi baquvvat ekanmi, işida qoldi.  Yana kötarilarmiş degan miş-miş tarqab qoldi. Hozirça-ku, işlab çiqariş boşliği.

Endi şikoyat qilganlar boşqalarni uzoqlaştirib, uning eng yaqin odamiga aylanib olişdi. “Sizdek inson bilan zamondoş bölganimizdan faxrlanamiz. Bir joyda işlaş biz uçun şaraf. Bir havodan nafas olayotganimizdan bağoyat xursandmiz. Sizdek insonlar borligi uçun hayot yanada gözal, yaxşiyam tuğilgan ekansiz…” Bektoş özi uçun aytilgan maqtovlardan ğururlanardi.

Şubha

U hamma narsaga şubha bilan qaraydi. Şuning uçun bölsa kerak, doim köngli notinç, xavotirda yuradi. Yaqinda uyiga internet tarmoğini örnatiş uçun şu tizimda işlaydigan talaba yigitlar kelişdi. Ular ketgaç şubhalanib qoldi. “Işqilib, agent-pagent emasmikan? Gaplarimizni eşituvçi apparat örnatib ketişmadimikin?..” 

Vaziyat

 Bazm ajoyib ötardi. Bir-birini maqtaşar, yöq sifatlar bilan olqişga zör berişardi. Davra oxirlay bordi. Vaqtga qarab birin-ketin tura boşlaşdi.

Endi esa ketganlarning ğiybati boşlandi. Davrada bölmagan  kişi – nişonda…

Zikrilla Mamatov

 1999-yili tuğilgan. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2021).

 

2023/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…