Rey Bredberi (1920–2012) mumtoz adabiyot vakili emas. Lekin öz yönalişi – fantastikada mumtoz sanaladi. Fentezi, hikoyat va ertak janrlarida ham barakali ijod qilgan. Adib bir qança romanlar, yuzlab hikoyalar, önlab pyesalar, maqolalar, şeʼrlar – jami sakkiz yuzdan ortiq adabiy asar muallifi. Uning yozganlari asosida bir qança filmlar, sahna va musiqa asarlari yaratilgan. Rey Bredberi ilmiy fantastika va fentezi janrini ommalaştirdi.
***
“Roman yozişdan boşlamang. U juda köp vaqt oladi. Yozuvçilikka qisqa hikoyalar orqali yöl toping. Har hafta bir neça hikoya yozing. Qança köp bölsa, şunça yaxşi”.
Bredberining özi ilk romani – “Farengeyt böyiça 451 daraja”ni yozguniga qadar öttiz yil şu taxlit işlagan.
***
“Buyuk yozuvçilarga mehr qöying, ammo ularday böla olmaysiz. Ularga atay yoki beixtiyor taqlid qilişingiz aniq. Öşa paytlarda şu gaplarimni esga oling”.
Yoş Bredberi Herbert Uells, Jyul Vern, Artur Konan Doyl, Laymen Frenk Baum singari adiblarning asarlarini sevib öqigan.
***
“Yaxşi hikoyalarning eʼtiborli jihatlarini tadqiq qiling”.
Rey Bredberi Roald Dal, Gi de Mopassan, Nayjel Nil, Jon Kolliyer singari adiblarning asarlarini örgangan.
***
“Kallani bilim bilan töldiring”.
Bredberi uxlaşdan oldin birorta saviyali hikoya yoki poema; arxeologiya, biologiya, zoologiya, falsafa, siyosatşunoslik yoki adabiy tanqidga oid ilmiy tadqiqot öqişga odatlangan edi.
***
“Isteʼdodingizga işonmaydigan döstlardan qutuling”.
Bunday kişilar qobiliyatingiz yuzaga çiqişiga faqat xalal beradi. Ular bilan aloqani uzişni bir daqiqaga ham keçiktirmang.
***
“Umringiz kutubxonada ötsin, kompyuter qarşisida emas!”
Oliy maʼlumot oliş Rey Bredberiga nasib etmadi. U öz iborasi bilan aytganda oliy öquv yurtini emas, “kutubxonani tugatgan”di. Ana şunday öqiş-örganişlar natijasida yozuvçi 28 yoşida har tomonlama keng bilimga ega bölgan.
***
“Kinofilmlarni seving – qança eski bölsa, şunça yaxşi.
Har qanday filmni köraveriş umrni sovurişdan boşqa narsa emas. Vaqt sinovidan ötgan, kişiga bilim va fikr beradigan, tasavvurini boyitadigan filmlarnigina köriş zarur”.
***
Yozganda könglingiz şodlik hissini tuysin. Adabiyot – yengil yumuş. Agar asaringiz oğir mehnat singari azob-uqubat beryotgan bölsa, şu joydayoq uni axlat çelakka uloqtiring va dilingiz yayraydigan yangi bir narsani qoğozga tuşirişni boşlang.
***
“Pul dardida yurmang”.
Bredberining ayoli “qaşşoqlikdan zorlanmaslikka qasam içgan” edi. Er-xotin ön yil birga yaşaganidan keyingina avtomobil sotib olişgan.
***
“Özingiz sevadigan va yomon köradigan 20 ta narsa röyxatini tuzing. Dastlabki öntalik haqida asar yozing. Keyin qolgan öntasi ham ijodiy işingiz mavzusiga aylansin. Qörquvlaringizni ham şunday yengib öting”.
***
“Har qanday eski xotira qoğozga tuşirişga arziydi. Ijodiy çorasizlikni tinimsiz urinişlar bilan yengiş mumkin”.
***
“Doim yodingizda tursin: siz körişib qolgan payt: “Yozgan asarlaringiz menga juda yoqadi”, deydigan muxlis uçun yozyapsiz. Agar bu işning uddasidan çiqolmayotgan bölsangiz, barça urinişlaringiz “Haligi bemaza narsalarning muallifi siz ekansiz-da!” degan bahoga loyiq böladi, xolos”.
Orif Tolib
tayyorladi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


