– Xalqimizda ustoz – otadek uluğ, ustoz umri şogirdlarida davom etadi, degan hikmatli gaplar bor. Şu jihatdan ustoz va şogirdlar örtasidagi anʼanaviy munosabatlar, sizningça, qanday davom etmoqda? Bugungi “ustozlik” va “şogirdlik” tuşunçasi özgarganmi?
– Avvalo, şuni aytib qöyayki, mening kasbim jurnalist, ammo tabiatan – tilçiman. Har bir sözga eʼtibor bergim keladi. Şu nuqtayi nazardan, kuzatişimça, ustoz degan söz heç qaçon hozirgidek beqadr bölmagan. Çunki, aslida, ustoz bir dona, yagona böladi. Hatto biron dissertantga biriktirilgan olim ham hamişa ustoz böla olmaydi, ilmiy rahbar deyiş töğriroq. Ammo hozir maktabda, örta va oliy öquv yurtlarida işlagan odam borki, ustoz deb ataş, “ustoz!” deb çaqirişga ötib olişibdi. Biz maktabda öqituvçilarni muallim, institutdagi olimlarni domla deb atar, şunday murojaat qilar edik. Axir ustoz – pir, uning yuziga tik qarab bölmaydi, buyurgan işi, albatta, bajariladi. Kimdir öqituvçini ustoz deb atay boşlagan, boşqalar şundan ulgi olgan-da… Ammo haliyam bölsa, asliga qaytariş kerak. Çunki söz qadrsizlansa, söz qadrsizlanadi.
Ikkinçidan, xalqimizda ustoz otadek uluğ degan maqol yöq, buni ham boyagi sözbuzarlar çiqargan. Bizda ustoz otangdan uluğ, deydilar. Yana, mehmon otangdan uluğ, öqigan öğil otadan uluğ, degan uluğ maqollarimiz ham bor. Bular şaklan – aforizm, mazmunan – ğarçça hikmat. Ustozning umri şogirdlarida davom etadi, degan ifoda esa sal çuçmal, menimça.
– Isteʼdodli yoşlarni tanlaşning qaysi usulini maqbul deb bilasiz?
– Abdulla Qahhorning “Ötmişdan ertaklar” qissasida “Qori Niyoziy böladigan bolani közidan bilar emiş”, degan gap çiqqanini, çindan ham alloma sinf partalari oralab yurib, bir neça bolani tanlab olgani, uçinçi bölib Abdulla Qahhorni körsatgani tasvirlangan. Bu hozir juda ibtidoiy usul bölib körinişi mumkin, ammo bor gap, böladigan bola közidan bilinib turadi. Hozir ham, törtta savol berib, qaysi yoş isteʼdodli, qaysi biri mundayroq ekanini bilib oliş mumkin. Demak, gap öşa “törtta savol”ni tuzişda qolgan. Buning uçun esa, şogirdgina emas, ustoz ham isteʼdodli bölişi talab etiladi. Men bu sohada ham eski, ammo sinalgan usullarni maʼqul köraman. Mana, özingiz qarang, oliy öquv yurtlariga qabul imtihonlarini test sinoviga almaştirdik, şunda isteʼdodli yoşlarni aniqroq va halol tanlab olamiz, deb umid qildik, işondik. Xöş, natija nima böldi? Boşqa sohalarni bilmayman, öşa soha kişilari aytişar, ammo bizning hunar – söz bobida imtihon topşirib kirgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf darajasida biron yoş çiqdimi şu test joriy qilinganidan beri? Javob beriş mahol.
– Şogirdlaringizning, umuman, hozirgi yoşlarning qaysi xislatlarini köproq qadrlaysiz?
– Bugungi yoşlar ellik yil avvalgi yoşlardan qay bir jihatlardan farq qilişi tabiiy. Ammo samimiylik, bilimga çanqoqlik kabi bir talay xislatlar borki, ular beş yuz yil ötsa-da, özgarmaydi. Men öz şogirdlarimdan, boşqa tolibi ilmlardan, boringki, hammadan, avvalo, kamtarlikni qidiraman. Afsuski, ayrim yoş tadqiqotçilarning jindekkina isteʼdodiga bino qöyganini körib, kişi ranjiydi. Kamtar bölmasa, kişining boşqa hamma fazilati ham yöqqa çiqib ketganday tuyiladi. Men, kişi qança katta olim bölsa, şunça kamtar böladi, degan eʼtiqoddaman. Ikkinçidan, töğri fikrni topiş va uning uçun kuraşiş ham zör fazilat. Kimdir, aytaylik, akademik yo professor yangiş fikr aytsa, indamay yon berib, öşani qabul qilgan olimdan yoruğlik çiqmaydi.
– Hozirgi baʼzi yoşlar ilm uçun emas, ilmiy daraja uçun köproq qayğurmoqdami? Har yili yuzlab tadqiqotçilarning ilmiy daraja olişi şuni körsatmayaptimi?
– Bu savolingizga javob beriş, bir qaraganda, osonday. Masalan, har bir leytenantga polkovnik unvonini bersak, u şu bilan ösib qolmaydi, polkovniklik leytenantçalik qadrga ega bölib qoladi. Eplab-seplab dissertatsiya yoqlagan odamning esa keçagi talabaçalik ilmi bölmasligi ham mumkin. Ammo hozir bozor iqtisodiyoti zamoni – işni eplay olmasangiz, nafaqat fan nomzodi, hatto fan doktori degan diplomingiz bölsa ham, öz-özidan bir çetga surilib qolasiz.
Biroq bu yerda masalaning ham old, ham ort tomoni bor: aholi jon boşiga ilmiy darajali odamlar nisbati juda pastga tuşib ketmasligi ham kerak. Şuning uçun, yoqlaşga qobiliyatli odamlarga yölni oçib beraylik.
Afsuski, nomzodlik yo doktorlik dissertatsiyasi yozib bölganingizdan keyin uni yoqlab, ilmiy daraja oliş sohasida tösiq köp. Allaqaysi çet el jurnaliga bir hamyon pul tölab(?) öşa tilda maqola çop ettirişingiz şart, özimizda çiqqanlari ham OAK röyxatida bölmasa, inobatga ötmaydi. Xullas, turgan-bitgani hujjatbozlik. Oqibat, çinakam, teran ilm suvga urib, öşa dargohning “setka”siga tuşadigan publikatsiyalar köpayadi. Dissertatsiya yozişdan köra uni yoqlaş muşkul. Undan köra yana bitta dissertatsiya yoziş oson.
Axir, ilm “falon bet, falon formatda” bölgani uçun ilm sanalib qolmaydi. Gazeta yo jurnaldagi bir maqola butun boşli dissertatsiyadan köra köproq xizmat qilar, ammo hozir “toğoraga siğsa ham bir tanga tölaysan, siğmasa ham…” degan mataldagi voqeaga öxşab qolyapti…
– Ustozlik va homiylik haqida ham töxtalsangiz. Öz sohasini yanada taraqqiy ettira oladigan nodir isteʼdod egalari – yoşlardan kimlarni ayta olasiz? Işonçingizni oqlay olmagan şogirdlaringiz ham bölganmi?
– Hafsalamni pir qilgani, hozir olim bölaman degan yoşlarni amal kursisiga ötqazib qöysangiz, öntadan töqqiztasi işini yiğiştirib, tokçaga qöyadi-da, “karyera” qiladi. Ilmga bir fanat darajasida yondaşadiganlari kamroq. Ehtimol, bu fikr menga hozir – pensiyaga çiqib, biron ilmiy dargohda işlamay, çinakam isteʼdodli, tirişqoq yoşlar davrasidan çetroqda yurganim uçun kelgandir, bilmadim. Axir, Muqimiy “Şersiz emasdur beşalar, qilmang yomon andeşalar”, deb aytgan-ku.
Endi, şogirdlarim haqida hasrat qilgim yöq. Hazillaşib aytadigan bölsak, kuydirmagan şogird şogirdmi?
Qaysiyam yili bir yigit keldi, domla, siz menga opponent bölgansiz, otamday bölib qolgansiz, endi doktorlik işimga navbat keldi, özingiz rahbar bölasiz, deb qoldi. Aytdimki, men fan nomzodiman, xolos, doktorlik işiga rahbar bölişimga OAK ruxsat bermaydi-ku? Yigit buni eşitib, xöşlaşdi, badar ketdi, biron ön yil böldiki, şu “öğlim” qorasini ham körsatmaydi.
Ammo gap ilmiy rahbarga, yoki siz aytgandek, ustozga emas, ilm-fanga sadoqat bilan xizmat qilişda. Ilmga xiyonat qilib, tört pullik manfaat uçun ilm yölidan çetga çiqmaslikda. Ilmni unutmasalar, şuning özi bizga bayram.
– Yoşlarning öz imkoniyatlarini kengroq namoyon qilişi va xalqqa, davlatga köproq naf keltirişi bilan boğliq bölgan qanday muammolar bor? Ularning yeçimlariga ham töxtalsangiz.
– Bu savol faqat yoşlarga emas, özingiz aytganday, xalqqa, davlatga köproq naf keltiriş niyatidagi barça odamlarga tegişli, nazarimda. Yoşni yoşsan, qarini qarisan, deb çetga qoqmaslik kerak. Hazrat Ali, kişining öziga emas, söziga boq, deb aytgan. Yaʼni, gap egasining savlatiga, mavqeyiga emas, nima deganiga qaraş muhim. Hozir juda köp olimlarning, şu jumladan yoş tadqiqotçilarning ajoyib işlanmalari, iqtisodiy va ijtimoiy hayotimizni ravnaq toptirişga keskin taʼsir qiladigan takliflari köp.
Ammo yodingizda bölsa, Şarof Boşbekov “Temir xotin” dramasida simyoğoçga osilgan har bir karnay ostida bittadan mikrofon ham bölişi kerak, degan gapni Qöçqorvoy tilidan aytgan.
Bizda aytuvçi, aql örgatuvçi, buyruq beruvçi karnay köp, qabul qilib oluvçi mikrofon – eşitadigan quloq kam. Agar şularni tinglaydigan, saragini sarakka, puçagini puçakka çiqaradigan qandaydir kengaşmi, boşqami bölsa-da, eng yaxşi ilmiy natijalarni yuqoriga yetkazsa, tavsiya qilsa, mamlakatimizning taraqqiy etişi tezlaşarmidi, deyman.
Ammo eskiça işlab, şuning orqasida manfaat topayotgan tödalar bor, ular har qanday tejamkor texnologiyaga, har qanday ijtimoiy yangilikka qarşi. Bas, buning uçun, avvalo, korrupsiya tor-mor qilinişi kerak ekan. Ammo yangi taklif-taşabbuslar qança köp qabul qilinib, joriy etilsa, gurkirab turgan korrupsiya çirmovuği tobora quriy boşlaydi. Bu işda yoşlarning, jumladan ilm-fan bilan maşğul yoşlarning örni katta böladi.
Zuhriddin Isomiddinov,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi,
filologiya fanlari doktori.
1953-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Köplab ilmiy, adabiy-badiiy, publitsistik maqolalar muallifi. Şuningdek, Aulikki Oksanen, Vladimir Dal, Maksim Gorkiy kabi adiblarining asarlarini özbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
2023-yil 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


