4 daqiqada öqiladi

190 marta körilgan

Uy. Hikoya

Jumanazar Yöldoş

Uy juda çiroyli edi: darvozasi, poçta qutisi-yu tomidagi mörisigaça havas qilarli. Ayniqsa, sarğiş-qizğiş böyoği, quyoşda yaltirab turgan derazalarni aytmaysizmi! Ötkinçilar suq bilan qarardi. Xullas, bu uy şaharga özgaça zeb berib turardi göyo. Iliq kunlarda kabutar-u qumrilar, qaldirğoç-u zağizğonlar bu uyni özlariga makon tutardi. Parranda-yu odam bolasi uçun bu uy göyo bir mehrgohga mengzar, muhabbat qönalğasi edi. Bir nomaʼlum kuç tufayli ular uy tomon talpinişar, öz olamlaridagi ğam-u qayğularga malhamni ana şu uy timsolida körar edilar.

Uy odamlar uçun muzey eksponati singari tomoşabop joylaşgani sababli köp vaqt odamlar işga ketiş va işdan qaytiş mahali yiğilib qolişar, bir zumda atrof ziç izdihom bölib ketardi. Uy egasi bölsa tarqatib yuboriş örniga ularni mehr bilan kuzatardi.

Ularning turfa hislarga qorişib ketgan nigohlarini boloxonada turib kuzatayotgan uy sohibi huzurlanardi. Odamlar tarqalgaç, çuqur xörsinar va xonalarni kezib çiqardi. Bu eng suyumli maşğuloti bölib, uning hayoti mazmuniga aylanib ulgurgan edi.

Oşxona va yotoqxonada eşik yöq edi. Uy sohibi bu ikki xonani hisobga olmaganda, tağin uçta xonani özining sevimli va köp foydalanadigan xonalari deb bilardi. Birinçi xonada ixçam televizor bor edi, ikkinçisida turli yillarda çiqqan, varaqlari sarğayib ketgan kitoblar yotar, uçinçisida bölsa yozuv va hisob-kitob işlarini bajariş maqsadida stol örnatilgandi. Uy egasi uç xonadan ham faol foydalanar, mehmon kelgudek bölsa havasini uyğotiş uçun mana şu uçala xonani körsatmasdan kuzatmasdi. Uçala xonaga ham qalin-qora darparda osilgani bois qoronğilik hukmron edi. Kirgan odam uy egasi öylaganday xonalarga suqlanib qaramas, aksinça, bu yerni tezda tark etmoq maqsadida bahona öylab qolardi. Uy sohibi bölsa gohida bu holga tişini ğiçirlatib yoxud xunobi oşganidan mehmonni quvib solib javob qaytarardi. Quvilgan mehmonlar esa uyga qaytib qadam bosişmasdi.

Şunday qilib, odamlar uy jamoliga maftun bölib, egasiga havaslanib yurişar edi.

Kunlardan bir kun uy joylaşgan köçadan heç kim bilmaydigan, notaniş-notayin kimsa ötib qoldi. U odamlar orasida xuddi qora şarpa kabi paydo böldi. Uyga uzoq termilib qoldi. Uy işqibozlari bu şubhali kimsaga sönggi hukmni öqib eşittirmoqçiday tikilib qolişgandi. U nihoyatda qatʼiy va baland ovozda: “Men uy timsolida gözallikni körmayapman!” – dedi va indamasdan yölida davom etdi. Odamlar orasida ğala-ğovur boşlandi. Kimlardir ana şu şarpasifat odam ketidan ketdi, kimdir undan nega bunday degani sababini suriştirib qoldi. Bir guruh odam allaqanday vahima va hadik bilan çuqur öyga toldilar-da, bir zum sassiz, sadosiz uyning jamoliga tikilib qolişdi. Biroz vaqt ötgaç, ular birin-ketin tarqala boşlaşdi.

– U haqiqatni aytdi! – dedi orada kimdir. – Biz tentakmiz!

Har yoqdan “Töğri! Juda töğri!” degan hayqiriqlar eşitildi. Har kim har yoqqa keta boşlaşdi. Odam tovsildi. Eng oxirda esa yolğiz bir odam qoldi. U uy röparasida maftun nigohini uzmay tikilib qolgan edi. “Essiz”, dedi u öksik va siniq ohangda. Keyin u ham özgalar ortidan maʼyus ergaşdi.

Uy sohibi odamlar ortidan umid bilan tikilib qoldi. Lekin ular iziga qaraşmasdi ham. Sohib pastga tuşib, uyiga old tomondan nazar soldi. U uçun bu uy emas, bir dur-u javohir edi. Lekin odamlar bundan nega yuz burib ketişdi? Bunga sohibning aqli yetmasdi.

Ertaga ham, undan söng ham uy oldiga biron zot qadam bosmadi. Kimdir ötib qolsa, parvosiz, ötkinçi nigoh bilan qarab ötardi. Heç kim unga ortiqça eʼtibor bermasdi. Şu bilan uy ham huvullab qoldi, hatto, çirqillaşib çarx urib yuruvçi quşlar ham endi bu makonni tark etdi. Uy sohibi boloxonada ötkinçilarga boqar, uning umid qanoti singan edi. U kuçini odamlarni kuzatişga sarflayotganidan oğrinar, “uyim men uçun javohir, boşqalar uçun ham şunday bölişi şartmas-ku”, der, özini ovutar, lekin öz xulosasiga özi ham işonmas edi.

Sohib xonalarni aylandi. Ajab. Endi unga uy allaqanday qölansa hid anqib yotgan xarobaga öxşab körindi. U ilgarigi sehr-u jozibasini butkul yöqotganday tuyildi. Uy sohibi majolsiz yotoqxonaga kirdi-da, krovatiga çözildi. Uyğonganida butun xona ayançli ahvolga kelib qolganini kördi: qandil uzilib tuşib, çil-çil singan, devorlarining suvoği köçgan, krovatning bir oyoği sinib, qiyşayib yotar edi. Sohib vahima içida özga xonalarni kezib çiqdi, hamma xonalarda yotoqxonadagi kabi ahvol. Bular qandaydir nomaʼlum sabablar hosilasi edi. Titroq aralaş vahima vujud-vujudini çulğab oldi. Ne qiliş, qay tomon boş urişga hozir uning karaxtlangan idroki ojiz edi. Oxiri u xuddi zilzila röy berayotgandek taşqariga otildi.

Köçaga çiqişi bilan uyiga tikildi. Darvozasi qulagan, poçta qutisi paçoqlangan, tomdagi mörisining ğiştlari, sarğiş-qizğiş rangga böyalgan devor suvoqlari köçgan, deraza romlari singan uy dahşatli maxluq kabi qarşisida turardi. Uy dafʼatan tirilganday qörqinç ovoz çiqardi: “Men sening duşmaningman!” Bu tovuş rost eşitildimi, yo quloğiga çalindimi, sohib buni aqliga keltirmadi, u qörquv va dahşatning zöridan qoçib ketiş payiga tuşgan edi.

Uy sohibi yugurdi, yugurdi, yuguraverdi. U öz uyidan olis-olislarga ketib borardi. Endi uyni öz uyi deb bilmasdi. Uning uçun hammasi tamom bölgan edi. U uzoq yugurgaç, horib-toldi, asfalt yölning aylanmasidagi tösiqqa suyanib nafasini rostlamoqçi böldi. Yöl naryoğidagi qişloq uylarining xira çiroqlari yonib-öçib turardi. Dahşatdan uzoqlaşgan, vahimasi xiyla bosilgan sohib olisdagi xilvatgohga kelib qolgan edi. U çökkalab olib, yer muştlab-muştlab yiğladi. Köz yoşlari köl böldi. Şu şör kölmakda öz aksini köriş uçun unga tikildi. Lekin kölmak betida öşa afsonaviy uyi körindi.

Jumanazar YÖLDOŞ

 

1996-yili tuğilgan. Urganç davlat universiteti özbek filolgiyasi fakultetini tamomlagan. “Özbekiston bahori” ijod festivali ğolibi.

 

2023/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…