7 daqiqada öqiladi

240 marta körilgan

“Böldi, gap yöq!”

Çaman. Qissa

(Hikoya)

Eşik ohista taqillab oçildi-da, xonaga çöpakkina yigit kirdi.

– Mumkinmi, katta?

– Keling, – rais oşiğiç u bilan söraşdi. – Qandaysiz, uka? Tinçmisiz? Çopyapsizmi?

– Ha, ha.

– Bölyaptimi?

– Bölyapti.

– Yaxşi. Xizmat, uka?

– Şu, katta, men… biz qiz körgandik.

– Kim? Ikkimizmi?

– Yöğ-e! Men xotinim bilan.

– Ha, şunday deng-da. Tabriklaymiz!

– Rahmat. Şunga, rais bova, oilamizning daromadi… – yigit muştiga yötalib oldi. – Şunga posobiya çiqariş uçun…

– Qani, dakmentlarni oling-çi, – rais ham köp çözib ötirmadi. – Xö-öş. Böldi, işim bitdi deb hisoblayvering.

Çöpak yigit uning dangal muomalasidan va özining köp uri­nib qolmaganidan xursand böldi.

– Şunga, katta, özingiz bir “ha” deb yuborasiz-da.

– Böldi. Muammosi bor ekanmi, – işontirdi rais yigitni eşikka kuzatayotib. – Siz gazlayvering-çi, biz bu yoğini özimiz tekislaymiz.

Yigit köngilni töq qilib, ustaçiligini qilib yuraverdi. Oradan beş-olti kun ötgaç quyoşning ostida, ğiştning ustida şapkasi qiyşaygança öylab qoldi: “Raisning oldiga ötsammikan? Bizning iş nima böldiykan?”.

– Keling, uka.

– Keldik, bova.

– Yaxşi-da. Soğ-omonmi? Bizga nima xizmat?

– Men ötgan hafta oldingizga kelgandim. Posobiya uçun…

– E-ha! Esladim, uka. Toyçoq qanday? Çopyaptimi?

– Rais bova, bizniki qiz.

– Ha-ya, qiz! Qizlar otasiga mehribon böladi. Öğillar u közga nos sepadigan… Qani qoğozlar? Taxlab keldingizmi?

– Oldingi safar sizga bergandim.

– Şundaymi? Xeh, – deya rais peşonasini şapatiladi. Söngra stoli ustidagi qoğozlarni tita boşladi. – Qani, bu yerda bormikan?..

– Öşa, öşanisi bizniki, – dedi yigitça böynini çözib.

– Böldi, mana alohida olib qöyaman. Işlar köpayib, sal esdan çiqibdi, uzr-a.

– Tuşunaman – xizmatçilik.

– Аytmang, boşi bor – oxiri yöq… Lokin siz tuşungan odam ekansiz, işim pişdi deyavering.

– Şunday qiling, bovajon.

– Böldi, böldi. Muammo yöq, – rais çöpakkina yigitning yelkasiga qoqdi. Zarba­ning zöridan beçora munkib ketdi. – Siz ğayrat qilavering. Heç öylanmang.

      Аytilgandek yigit heç öylanmadi. Kun ötib, tun ötib uyda oyoğini uzatib, çoy içayotganda:

– Işlar bitdimi, dadasi? – deya sörab qoldi xotini.

– Meni bilasan-ku, – maqtandi er ham.

– Özim örgilay sizdan. Törtta gurung be­ring-çi – rais bova nima dedi? Nima qöydi?

– Vabşe mujik ekan-e, hujjatlarni opqolib, boravering, uka, dedi.

– А-a, heç narsa deb söramadimi?

– Yöq. Nima, söraşi kerak edimi?

– Bölmasam-çi? Xöjalik, topişingiz qan­day, neça jonsizlar deb söramadimi? Xeş bölmasak…

– Ularga umuman qiziqqaniyam yöq.

– Kimligingizni söragandir axir?

– Yöq. Аytyapman-ku, papkani oldi-yu, jönatib yubordi.

Xotin bir muddat baqrayib turdi-da, közlari öynab ketib, er deganning boşiga öqlov bilan tuşirdi. Beçora soç ostidagi ğurrasi şişib çiqqunça tağin mahallaning idorasida paydo böldi.

– Uka, navbat bilan-da. Ilohiy kompyuter çarçagan, – rais boşiga işora qildi. – Masalangiz nima?

– Men, haligi… otaman.

– Kimga? Mengami?

– Yöğ-e, qizimga. U yaqinda tuğildi.

– E-ha, böldi. Endi uka dardsiz odam, dumsiz eşak bölmaydi degandek keldi-ketdi köp. Uzr-a?

– Mayli, işqilib natija… Rais bova, siz uyo­ğini boşlavordingizmi?

– Qayoğini?

– Pul çiqarişni aytyapman. Posobiyani.

– Bölmasam-çi. Mana, hamma hujjatla­ringiz moliyaga oşirişga taxt. Bugunlar şartta “xux” devorsak…

Аmmo bujmaygan papkasi hamon boşqa hujjatlarning tagidaligini körgan yigit böğilayozdi:

– Haliyam yotibdi-ku qöl tegmay.

– Nimaga tuşunmaysiz, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo. Şundayiga töylar, sizga öxşagan otalar köp. Hammasi kelyapti umidvor bölib. Yo gapimga qöşilmaysizmi – osmonimiz musaffo emasmi?

– Musaffo, musaffo.

– Şu-da!… Nega baqrayib turibsiz? Ketavermaysizmi?

– Siz mendan heç nima söramadingiz-ku.

Rais boşqaça bölib, xonasidagi böyni qiltiriq mehmoniga qarab oldi.

– Nimalar deyapsiz, uka? – dedi keyin viqor bilan. – Vallohi aʼlam, biz halol odamlardanmiz. Öz çöntagimdan pul berayotgan bölsam ekan, işni orqaga sursam. Bu davlatning taşkiloti, davlatning puli. Biz örtada şunçaki haybarakallaçi, xolos. Çaqdingizmi?

– Ha, ha, çaqdim. Men şunçaki sörab-suriştirmaganingizni aytayotuvdim.

– Mana bu yerda hammasi bormi? Böpti-da. Soxta hujjat kötarib kelmaysiz-ku. Yo sox­tami?

– Yöğ-e!

– Şu-da! Nima keragi bor ortiqça qoğozbozlikni? Hozir texnika asri bölsa, – deya rais neça asrdan beri burçakda çang bosib yotgan kompyuterga işora qildi. – Böldi! Siz işingizni köravering, biz bu yoğini sozlaymiz.

Şunça gap-sözdan keyin yigit ham “Rais degani unçalik insofsizmasdir” degan tasalli xayol bilan mardikorçiligiga şoşdi. Oy boşi kelganda esa yaxşi niyat, töq köngil bilan uzun navbatga turdi. Uç soat deganda poçtaçining darçasiga yetganda esa afsuski u yerda “Posobiya puli!? Sizga şimildiriq ham yöq!” degan gapni eşitdi.

– Rais bova, bu nima qiliq? – dedi yigit kela solib. – Şu insofdanmi endi?

– Tinçlikmi, uka? – dedi rais qoş ostidan.

– Oldingizga uç marta keldim. Har safar posobiya çiqadi deysiz, lekin şoptoli qoqi ham yöq-ku!

– Şoşmang, şoşmang. Qanaqa posobiya? Qanaqa bola puli? Siz özi kimsiz?

Bu gaplardan çöpak yigitning boşi aylanib ketdi.

– Mening ismim Аbdi. Аytgandim-ku, bir oy oldin biz köpayişdik deb.

– Bölsa bordir. Nima, şunga men aybdormi?

– Yöq, men demoqçimanki…

– Siz özi bizning mahallada turasizmi? Tanimayroq turibman.

– Men Böri boboning kattasiman. Davlo­novlardan. Köp çetda yurganimga tanimayotgandirsiz. Mana, hujjatlarim ham bor.

Rais çöpakkina yigitga norozi qarab,
uning boşpörti, nikoh hujjati, yangi mehmonning guvohnomasi va boşqa kerak-nokerak hujjatlarni aylantirib kördi. Söngra tomdan taraşa tuşganday:

– Sizga çiqmaydi, – dedi. – Hovli uyda tu­rasiz, yerga ekin-tekin qilib sotinglar.

– Qanaqa ekin-tekin, rais bova? Yer şörlab ketgan-ku. Özimiz şörlab ketmayapmizam, şukur.

– I-ye, bölmasa ot qayerdan paydo böldi?

– Ot?! Qanaqa ot?

– Maşinani aytyapman. Neksiyani.

– Bizga maşinaga yöl bölsin, katta. Velosiped orzu-ku.

– Himm… – dedi rais atrofdan nimanidir qidirayotgandek. – Bölmasa, bölmasa…

– Rais bova, – dedi çöpakkina yigit oxiri gezarib. – Bunga haqqingiz yöq! Bu davlat taşkiloti. Ustingizdan arz qilaman.

– Uka-a-a! – dedi rais. – Kim sizga mahalla davlatniki dedi? Bu mustaqil, öz-öziga “xozyayin” taşkilot. Özimizga yaraşa siyosatimiz, byudjetimiz bor. Nima, men rais bölib boşqa umidvorlarni öylab, sizga qattiq tursam, aybdormanmi? Xeh. Bir narsani farqiga bormay örtadan ot solmang-da!

Yigit bir muddat turib qoldi-da, söngra birdan özgardi.

– Uzr, bovajon. Kun issiq, odam qizişadi. Bizdan ötdi.

– А-a, bu boşqa gap.

– Endi, bova, sizday kattalar bizga töğri yölni körsatib turmasa… Xullas, bizga xizmatni ayting.

– Himm, – dedi rais va deraza ortida heç kim yöqligiga işonç hosil qilib möralab oldi. – Аytarli xizmat ham yöq-ku-ya, lekin şu desang, kenjamizga uy boşlagandik. Kötarişni özi bölmayapti…

– Sizni tuşundim, bova. Böldi, gap yöq! Hozir yonimda yöq edi-ku-ya, lekin tuşdan keyin taşlab ötaman.

– Işonsam böladimi özi?

– Şunça vaqt quruq çopdik. Endiyam adaşmasak kerak, bova!

– Senam pişiqsan. Faqat… menga emas, kotibimga uzatasan. Bizda taomil şunaqa.

– Xöp, xöp, – çöpakkina yigit qölini köksiga qöyib enkaydi. – Bu yoğini “yes” qilamiz. Işimiz yursa böldi.

– Yuradi-da! Bölmasa, nima qilib ötiribmiz bu yerda, – kuldi rais.

– Qöymaysiz, rais bova. Bölmasa men asta qayta-ya?

– Böpti, uka, uydagilarni söra.

Yigit eşikni orqasidan yopişi bilan rais yozğirdi:

– Qanday odamlar bor-a, hammasi jömrakni yopayin deydi, birortasi ozroq tomizay demaydi, – keyin kotibga sim qoqdi. Öziga işonib-işonmay bir soya böşaşib kirib keldi. – Ukkağarning bolasi jon berayin demaydi. Lekin men ham qöymadim… Sen qara, hali taşlab ketadi.

– Xöp. Demak, oşirarkansiz-da papka­sini moliyaga?

– Ha, xursand bölsin kambağal. Tağin u-bu netib ustimizdan yozib yurmasin. Naqd “radar”ga tuşamiz-a! – dedi rais va oldidagi hujjatlarini imzolab, kotibga uzatdi. U ham hozir borar yöli moliya tomondaligini aytib, ikki minutdan keyin velosipedining ğiyqillagan ovoziga qöşilib, özi ham közdan ğoyib böldi. Rais bova bugungi “barokat”dan xursand bölib, hafsala bilan tilining tagiga nos taşladi. Kreslosiga yastangança, közi milgib kayfini olarkan birdan örnidan turib ketdi.

– Nima dedi? Аnavi yaramas “Böldi, gap yöq” dedimi? Ha-ha, şunday dedi. Voy ukkağar-e, bu mening, özimning gapim-ku! – Şunday deya rais oşiğiç derazadan boşini çiqargança baqirdi:

 – Hoy, qayt…

Аkbar Malik

 

1989-yili tuğilgan. Toşkent davlat Sanʼat institutining Jurnalistika va sanʼat nazariyasi fakultetini tamomlagan.

 

2023/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Mirzohid Qudratov

    Juda ajoyib,davomini kutib qolaman

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Muallifga aytamiz

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…