108 marta körilgan

Yoqimli yoqasan, gulxanim…

Ğulom Mirzo

* * *

Bu dunyoning

ğamlarida

köp kuyundim –

jigar ketdi.

Otdan tuşgan

damlarimda

egar mindim –

egar ketdi.

Döstdan – vafo,

yordan – safo,

ğanimlardan

kördim jafo.

“Yor tark etdi,

döst ham yitdi”,

deb ökinsam –

digar ketdi.

Köksim yalang,

sipar ketdi;

hal böldi jang –

zafar ketdi.

Bu sar ketdi –

sarsar etdi;

agar qolib,

magar ketdi.

Egar ketdi…

* * *

Dilingni ğamlardan uzoq qil,

qabul et işq böyli gulimni.

Lablaring tilimga tuzoq qil,

sayd ayla şu erka dilimni.

Dudoqdan – tirnoqqa qadarlik

ey, qiyğos gullagan gultanim.

Sen – sevgi misoli xatarlik,

yoqimli yoqasan, gulxanim.

Körinmas sayroqi quşdaysan,

firoqlar içida uşlaysan.

Men Sendan oğuşlar sörasam,

tilimning uçidan tişlaysan.

Umrim ham oqmoqda soylarday,

Oy kabi nihonsan qaylarda?

Vaslingdan tuyajak huzurim

tobakay izlayman maylardan?..

Ey, qiyğos gullagan gultanim…

* * *

Burçni

joni fidoga qoldir.

Kuçni asra –

vidoga qoldir.

Öçni

doim Xudoga qoldir.

* * *

Közlarini közlarimga urib oldi,

şu bahona kimligimni körib oldi.

Men-ku toşdek qotgan edim körgandayoq;

u böş kelmay, ança yölni yurib oldi.

Pöşt demadi, xöş demadi, tuş demadi;

peşonamda taqdirdayin turib oldi.

Mening könglim koşonasin vayron etib,

öz könglida xuşbaxt saroy qurib oldi.

Ön sakkiz ming olam mendan ögirdi yuz,

bor olamni öz yöliga burib oldi.

Visol yetgaç, lablaridan novvot totsam,

yor tilimdan bollarimni sörib oldi.

Körganimdan buyon közim boğliq mening,

jonon esa körib, yaxşi körib oldi.

Közlarini közlarimga urib oldi…

* * *

Qöllaringni şartta yuvib,

qöltiqqa urding…

Yuragingni sovutdimi

qöldan ötgan nam?..

Bilolmadim, mendan qanday

yomonlik körding…

Men özimni qay yöl bilan

sovutay, erkam…

* * *

Senga hamma narsa mumkin.

Xususan:

befarq qaytarişing

dastxatli kitoblarimni.

Yuragingda saqlab asossiz bir kin,

sezmasliging şunça azoblarimni

va menga beparvo boqişing –

Senga hamma narsa mumkin.

Mağrur boşingdagi gözal xotirang –

futbol maydonidek allaqaçon böş.

Oşiq dilim tepib, aylagaysan jang;

kimni va nimani yutayapsan, xöş?

Maydondan uloqib ketgan töp – menman,

öyinga tuşajak töplaring töp-töp.

Oşiqlaring aro aybi köp – menman,

ammo sadoqatim va sevgim ham köp.

Senga hamma narsa mumkin (taslim men);

fariştalik rasmi şundaydir asli.

Seni sevib ötmoq menga mumkinmi?

Maylimi, soğinib yaşasam vasling?..

* * *

Şamol parda tortdi oftob yuziga,

tordagi gilamdek qalqir teraklar.

Supada bor narsa obdon tözigay,

xotirjam bingillar faqat bingaklar.

Kökda uzuq-yuluq bulutlar misol

qöşiq sadolari goh baland, goh past.

Töydan qaytayotgan devonami tol –

ariqning böyida çayqalar sarmast.

Sapida kötargan maşşotadek yel

çopar – hovuçida çang-u tuproğlar.

Quçoğida – olma, poylarida – gul,

çimildiqqa kirar upali boğlar…

Otamning boği

Demoqçimi xayr, daraxtlar,

qöllarin siltayur daraxtlar.

Yo osmonning moviy qaʼriga

barmoqlarin çayur daraxtlar.

Laylaklardek bitta oyoqda

goh tin olgay tayr – daraxtlar.

Tuşlariga, uxlagan çoğda,

kirgay faqat sayr, daraxtlar.

Ötsang, olma otib qoladi –

ham ğilmon, ham ğayir daraxtlar.

Baʼzan öyga botib qoladi –

faylasufmi, şoir daraxtlar?

Sen ketsang ham, şu yerda ösar –

oqibatli, çayir daraxtlar.

Lek, baribir, yölingni tösar –

demoqçimi xayr, daraxtlar…

* * *

Doka römolginang

qurisin

qaydan –

muttasil

közyoşga

çayganing-çaygan…

* * *

Bir soatlik uyqu imkonim –

sarflanmagan puldek

ardoqda.

Аfsus, teşik mening hamyonim.

Tuşib qolar şu ham qayoqda –

bir soatlik uyqu imkonim…

* * *

Seni körganimga bir yilça böldi –

bir oymi,

bir hafta,

bir kun,

bir soat.

Soğinçim qartayib,

bir çolça böldi.

Bilmam,

topayapman qaylardan toqat.

Seni körganimga böldi bir yilça.

Hijronni

bunçalik

yuborma çözib.

Аxir, ayolsan-ku.

Visol – nonkulça,

şundoq

tandiringdan

bersang-çi uzib.

Bir yilça böldi-yov Seni körganim.

Tun kirdi

uç yuz-u oltmiş beş bora.

Tunda ham kelmading,

Oymomom manim.

Kelsang,

bir

kun körib

qolsaydim, zora…

* * *

Esim – esli,

huşlarim – huşyor,

sezgilarim – yovvoyi kaptar.

Qöşinlarim qöşdamas, safda –

qamaldagi qalʼadek bedor

yaşayapman neça oy, hafta…

Ğulom MIRZO

1964-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Yaxşiyam siz borsiz”, “Unutilgan hur” kabi şeʼriy töplamlari

naşr etilgan.

 

2023/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.