11 daqiqada öqiladi

173 marta körilgan

Qirim qissasi

Murtazo Qarşiboy

Harbiy xizmatga majburlab olib ketilganim

Hayot özi şunday, oyoq bir toysa, iş çappa ketgani-ketgan. Toşkent davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetiga öqişga kirişim uçun ikki balgina yetmadi. Keyingi gal – 1979-yil, albatta niyatimga yetaman, degan ahdi paymon bilan yana kitobga yopişdim. Asarlarini men yod olmagan mumtoz şoir va adib qolmadi hisob. Ammo banda tadbir qiladi, Yaratgan esa – taqdir. Öqiganlarni ham köp kördik. Asl bilim va hikmatni Özi anglatmasa, quruq öqiş bilan ham iş bitmas ekan.

Öşa yil 6-fevralda 18 yoşga töldim. Bu – armiya yoşi. Boşida, mart-aprel oylarida bir-ikki bor çaqiruv qoğozi keldi. Bir safar tavakkal qilib bordim. Attestatdan köçirma, maktabdan va işlayotgan joyingdan tavsifnoma olib kel, degan topşiriq böldi. Özim xohlamagan joyga qoğoz töplab, qulluq qilib boramanmi, dedim-u qayta yölamadim.

Armiya hayotini körgan, bu yöriqda tartib-taomillarni yaxşi biladigan yoşi uluğroq hamqişloqlarim dedilarki, “Borib ötirma, sen hali qasamyod qabul qilib, yelkangga majburiyat olganing yöq, kerak bölsang, davlat özi olib ketadi”. Buni qarangki, bir kuni tuşlikdan söng dalaga çiqaman, deb tursam, uyimiz yonidagi muyulişga “ZIL” yuk avtomaşinasi kelib töxtadi. Içkarida öttiz-öttiz beş yoşlar çamasidagi ikki kişi ötirardi.

– Ey, jöra, falonçi falonçiyev qaysi uyda yaşaydi? – dedi qotmadan kelgani maşina çambaragiga kökragini tirab.

– Menman öşa, nima gapingiz bor? – dedim öng qölim bilan yelkamdagi ketmon dastasini uşlagança.

– Ha, senmi, qölga tuşdingmi, qani, darrov maşinaga çiq, povestka[1] bor, voyenkomatga boramiz!

Kutilmagan gapdan hang-u mang bölib qoldim. Çunki may oxirlab, çaqiruv mavsumi tugab borayotgan, butun fikr-u xayolim öqişga kiriş taşvişi bilan band edi. Birozdan söng özimga kelib, dedim:

– Povestka bölsa, bering, ertaga aytgan vaqtingizga yetib boraman.

– Ey bola, aql örgatişni qöy, endi unaqasi ketmaydi. Uç oydan buyon köryapmiz qanday borayotganingni, çiq darrov maşinaga!

– Böpti, faqat manovini taşlab çiqay, – dedim-u hovliga qaytdim.

“Voyenkomat” sözini eşitib, rahmatli onam özini qöyarga joy topolmay qoldi:

– Voy ölmasam, nega endi majburlab olib ketar ekan, tinçlik zamoni bölsa?! – dedi-da, maşina tomon çopdi.

Kelganlarning yoşi kattaroği, harbiy libosdagisi rus kişi ekan. U vaziyatni tuşuntirişga, onamni yupatişga harakat qildi:

– Taşviş çekmang, öğlingizni bor-yöği bir neça soatga olib ketamiz, çaqiruv qoğozini oladi-yu orqaga qaytadi.

– Pillaqurtim ayni katta dahaga kiruvdi-ya, sen ketib qolsang, nima qilaman, bolam, holimiz ne keçadi? – deb zorlandi jannati onam.

Rözğorda mendan bölak tirgak yöq.

– Qöying, kuyunmang, ukalarim bor, qolaversa, bir kunda olib ketmas, ketgunimça qurtlaringiz ham çitirga[2] kirib qolar, – dedim.

Harbiy komissariatda yana ikki nafar yigit qistovga oldi.

– Nima, senga armiya öyinçoqmi, şu paytgaça qayerda eding, nega vaqtida kelmading? Maktabda quloğingga quyişmaganmi, davlat bilan öynaşasan? – dedi oliftaroği dağdağa bilan qölini paxsa qilib.

– Bekorga şataloq otib yurganim yöq, qişloqda paxtaga, pillaga qaradim, buyam davlatning işi, nima, şu haqda spravka olib kelaymi? – dedim böş kelmasdan.

– Yana siyosat qiladi-ya bu, anoyiga öxşamaydi, – dedi ikkinçisi oldidagi jurnalga nimalarnidir yozar ekan.

Boyagi rus kapitani kelib gapni kalta qildi:

– Böldi, yetar, bolani qöyib yuboringlar, onasi boyaqiş taşviş çekib yotgandir. Bor, jöna, ertaga barvaqt yetib kel!

Sahar turib hovlidagi katta balxi tutning qolgan-qutgan şoxlarini butab berdim. Ukalarim kesilgan novdalarni yiğib, bir tekis qilib taxlaşdi. Qişloqdagi barça tutlar butab bölingan, hamma barg izlaş bilan ovora. Onaginam şu bir tup tutginani asrab kelardi.

Işni bitkazib, onajonim, ukalarim bilan xayrlaşib, yölga çiqdim. Harbiy komissariatda öşa kuniyoq oyoğimizni yerga tekkizmasdan, avtobusga joylab Samarqand şahriga olib ketişdi. Barçani viloyat harbiy komissariatidagi barakka öxşaş katta bir xonaga tiqişdi. Ikki qavatli örinlarda – eskirib, uvadasi çiqib yotgan töşaklarda zörğa tong ottirdik.

Ertalab tibbiy körikdan ötkazişdi.

Harbiy komissariatning keng hovlisida dengizçilar kiyimidagi zobitlar közga taşlanar edi. Men kabi turli “kavak”lardan yiğib-terib kelingan yigitlar örtasida: “Qirimga olib ketişar ekan. Öşa yerdagi harbiy obyektlarni tezlatib qurişga qöşimça askar kerak bölib qolibdi. Şuning uçun bir keçada hammani bosib olib ketyapti”, degan gap-sözlar tarqaldi.

Demak, armiyaga emas, mardikorlikka, degan fikr ötdi xayolimdan.

Tuşlikdan keyin uyga ketişga ruxsat berişdi. “Ertaga soat önga vokzalga yetib kelasizlar. Ön birda poyezd jönaydi. Kim keçiksa, özidan körsin!” – degan topşiriq böldi. Uyga borsam, qurtimiz yoppasiga pilla öraşga kiribdi. Xursand böldim. Har qalay, endi könglim töq ketaman, onajonim barg izlab ovora bölmaydi.

Aytilganidek, ertasiga – 1979-yil 26-may kuni soat ön birda poyezdimiz Samarqand vokzalidan ohista qözğaldi.

Vagon derazasidan körganlarim

Karvonimiz Toşkentda bir zum tin olib töxtagaç, közimdan yoş quyilib ketdi. Nazarimda, barça orzularim sarobga aylangan edi. Bu ne taqdir böldi? Qişloq hatlab çetga çiqmagan bir bolakay mutlaqo notaniş odamlar orasida begona bir yurtga uloqib ketsa! Toşkentdek azim şaharga yana keliş nasib etarmikan!

Xayr, poytaxt, xayr, orzular! Salom, men bilmagan, men kutmagan şafqatsiz hayot! Menga desa, toş yoğdirmaysanmi, çidamagan ham nomard!

Ertalab köz oçib, vagon derazasidan qara­sam, “Qizil Örda” deb yozilgan bekatda turibmiz. Keyin bilsam, qadimgi Oqmasjid şu ekan.

Ikki kundan ziyod qozoq sahrosi böylab yeldik. Göyo bu çöllar heç qaçon tugamaydigandek, butun dunyo jazirama daşt-u kengliklardan iborat bölib tuyilar edi.

Armiya degani kim uçundir – bayram, kim uçundir – turgan-bitgani ğurbat, ğam-ğussa ekan. Kim uçundir – hayotning boşi, yana kim uçundir – sönggi manzil…

Tinib-tinçimas, yoş, serğayrat yigitlar vagonma-vagon yugurgani-yugurgan. Guruh-guruh bölib aroq içgan, tamaki çekkan, baqir-çaqir qilganlarni körib, bularda orzu-armon yöqmikan, kelgusi hayotim nima böladi, degan xavotir könglini örtamasmikan, deb öylayman. “Yoşlik – beboşlik” deganlari şumikan, heç kim qayerga boramiz, yangi joy – yangi şaroitda hayotni nimadan boşlaymiz, deb boş qotirmaydi. Aqalli har zamonda vagon oralab ötib qoladigan zobitlardan şu haqda bir oğiz sörasalar-çi? Bizga hozirdan kerakli tavsiya va maslahatni bering, ustozlik qiling, keyin qiynalib yurmaylik, degan mardum topilsa-çi?

Hammada – bir gap bölar degan kayfiyat, beparvolik. Derazadan yoşroq juvon yoki qizni körib qolişsa, barçasi odam körmagandek vagonni boşiga kötarib baqiradi. Kitob öqiş, rubob çalib qöşiq yoki şeʼr aytiş, olisda qolgan qişloği, ota-onasini bir zum esga oliş heç kimning xayoliga kelmaydi. Atoqli şoirimiz Abdulla Oripovning “Neçun tomoşaga bunçalar öçsan?” degan satri hali yozilmagan zamonlar edi. Lekin rahmatli ustozning muborak ruhidan uzr sörab, öşa misrani kino tasmasidek orqaga yugurtirib, 5-6 yil oldin tarixga aylangan öşa vaziyatga olib borib yopiştirsak, heç şubhasiz, uzukka köz qöygandek yaraşib tuşardi…

Goh pul yoki yana allanimalarni talaşib yoqalaşganlar ham bor. Eng tepa qavatga çiqib, faqat uyquni urayotganlar ham topiladi.

Kamina qulingiz odatdagidek heç kimga aralaşmaydi. Özining dardi dunyosiga ğarq. Butun inon-ixtiyorimni Olloh hukmiga topşirib qöyganman. Çöntagimdagi gazeta-jurnal qiyqimlarini olib öqiyman: şu yerda ham şeʼr, hikoya, maqolalar jonimga ora kiradi. Öşa qoğoz parçalari haligaça şaxsiy albomimda saqlanib qolgan. Oğir vaziyatda kunimga yaragan narsalardan qanday voz keçay?

Qozoğiston çöllari tugab, Rossiyaning janubiy sarhadlariga kirib boramiz. Endi butunlay boşqaça manzara – yam-yaşil örmonlar, çeksiz dalalar közni quvontiradi. Ayniqsa, Saratov viloyatidagi son-sanoqsiz zumrad tepaliklar, qir-adirlar, olis-olislarda çumolidek ğimirlab yurgan odamlarni körib, ertaklar olamiga tuşib qolgandek bölasiz.

Ukraina hududiga ötganimizdan söng yaşillik yanada ortib, havo tağin ham mayinlaşdi. Bepoyon va qudratli Dnepr daryosi köngilda ham hayrat, ham vahima uyğotadi.

Qirim yarim oroli

Şunday qilib közlangan manzil – Qirim yarim oroliga ham yetib keldik.

Qirim – Qora dengizning şimoliy qismidagi yarim orol bölib, uning sohillarini şimoli-şarq tarafdan Azov dengizi yuvib turadi. Umuman, bu hudud deyarli töliq dengiz bilan öralgan bölib, faqat bizning poyezdimiz kirib borgan tarafdan tor Pereskop böyni orqali quruqlik bilan tutaşgan joyi bor.

Aholisi qariyb ikki millionni taşkil etardi.

Öşa olis 1979-yilda Qirim butunittifoq soğlomlaştiriş markazi, sovet harbiy-dengiz flotining tayanç maskanlaridan biri sifatida köpçilikka yaxşi maʼlum edi.

Tarixiy manbalarda keltirilişiça, orolning nomi ukrainça “Кры́мский полуо́стров”, qirim tatarlari tilida esa “Qırım yarımadası”, “Къырым ярымадасы” deb atalgan. Qadimda esa yunonça “Ταυρίδα” sözi asosida Tavrи́da deb yuritilgan ekan. Aytişlariça, bu yarim orolning janubiy sarhadlarini egallagan tavrlar qabilasi nomi bilan boğliq.

Ilm-fanda “qirim” degan atama möğullar XIII asrda Qora dengizning şimoliy sohillarini zabt etganidan söng Oltin Örda xoni noibi özi uçun qarorgoh sifatida tanlagan Qirim şahri nomidan tarqalgan, degan taxminlar mavjud. Baʼzi tadqiqotçilar, uşbu nom turkiy tildagi öra, jarlik maʼnosidagi “qurum” sözidan olingan bölişi mumkin, degan farazni ilgari surişadi.

Yarim orol Qora dengizga tomon ança kirib boradi va uning tölqinlari janub va ğarb tarafdan Qirim qirğoqlarini yuvib turadi. Azov dengizi orolni Qora dengizdan ajratib turadi.

Maydoni – qariyb 26 ming 60 kilometrning kvadratini taşkil etadi. Hududining 72 foizi – past tekisliklar, 20 foizi – toğlar, 8 foizi esa – köl va boşqa suv havzalaridir.

Uyining ostonasiga qadar çözilib kelgan paxta paykallaridan boşqa manzarani körmagan yigit uçun bularning barçasi, albatta, tamoman boşqa bir olam bölib tuyilar edi. Lekin baribir ona yurt soğinçi yurakni örtar, körganlarim qançalik gözal va maftunkor bölmasin, ularning heç birini qadrdon qişloğim manzaralariga almaştira olmas edim.

Sevastopolga kelganim

Poyezdimiz tinimsiz yöl yurib, yöl yursa ham möl yurib beşinçi kun deganda harbiy qalʼa – Sevastopolga yetib keldi. Uşbu şahar Qirim yarim orolining janubi-ğarbiy qismida joylaşgan.

Tarixiy maʼlumotlarga köra, şahar 1783-yilda Aqjar körfazidagi harbiy dengiz bandargohi va şahar sifatida barpo etilgan. Aq – oq, jar – dengiz yoqasidagi tik jarlik degan maʼnoni bildiradi. Öşa olis zamonlarda, anʼanaga köra, Rossiya imperiyasida paydo böladigan yangi şaharlarga yunonça nom berilar ekan. Şu bois 1784-yilda Aqjar Sevastopol – “muqaddas şahar” degan nomga ega bölibdi.

Pavel Birinçi 1797-yilda şahar nomini yana Aqjar deb özgartiradi. Oradan ança vaqt ötib, 1826-yilda Senat farmoyişi bilan uşbu qadimiy kentga Sevastopol nomi qaytarib beriladi.

Şaharning hududi 1079,6 kilometr kvadratga teng. Qadimdan qiş faslida ham muzlamaydigan savdo va baliqçilik bandargohi, ilmiy-texnik, madaniy-tarixiy markaz sifatida şuhrat qozongan. Tarixda, ayniqsa, Birinçi Jahon uruşi paytida Antanta davlatlari qöşinining qaqşatqiç zarbalariga doş beradi, şahar kuyib kulga aylansa-da, taslim bölmaydi. Ikkinçi Jahon uruşi yillarida ham bu zaminda şafqatsiz janglar bölib ötgan. Bu metin qalʼa “qahramon şahar” degan şarafli nomga sazovor bölgan.

Sovet Ittifoqining Qora dengiz floti boş harbiy bazasi Sevastopolda joylaşgan edi. Dastlabki nigohdayoq eʼtiborni tortadigan narsa – böğoz qirğoğida qator tizilgan harbiy kemalar. Şom qoronğisida şaharga kirib borganimizda kemalarning çiroqlari milt-milt yonib turardi.

Yana bir eʼtiborli jihati – avtobus va trolleybuslarni asosan ayollar boşqaradi. Erkaklar harbiy xizmatda band bölgani uçun bunaqa işlar gözal xonimlarga qolgan bölsa kerak-da!

Biz – bölğusi quruvçilarni töppa-töğri Qora dengiz floti qarorgohi huzuridagi harbiy qismga boşlab borişdi. U kattagina hududni egallagan edi. Barçamizni keng-möl qilib qurilgan binodagi yuviniş xonalariga qarab haydaşdi. Beş kunlik maşaqqatli yöldan söng suv ostida bir muddat turiş – jonning rohati!

Keyin keng va yoruğ oşxonaga olib kirib ovqatlantirişdi. Atrofimizda dengizçilarga xos zangori qalpoq, oppoq köylak va qop-qora şim kiygan matroslar, havorang libosdagi miçman va zobitlar u yoqdan bu yoqqa yelib-yugurar edi.

Keçani şu harbiy qismda ötkazdik.

Ertalab Qirim yarim orolidagi harbiy qismlarga taqsimlaş boşlandi.

Biz orolning janubi-şarqiy tarafidagi şahar – Feodosiyaga ketadigan böldik.

Feodosiyada “çilla” ötkazganim

Maşhur rus rassomi Ivan Konstantinoviç Ayvazovskiy rangtasvir asarlarida aks ettirgan, ana şu ijodkor nomidagi muzey bilan maşhur bölgan uşbu şaharga qadam qöyişingiz bilan dengizning damini his etasiz. Şahar şundoq ummon labida joylaşgan.

Tarixiy manbalarda aytilişiça, “feodosiya” sözi qadimiy yunon tilida “Xudo yorlaqagan şahar” degan maʼnoni anglatadi. Miletlik yunonlar miloddan oldingi VI asrda bu yurtni zabt etganidan söng unga ana şu nomni berib, şu yerda şahar barpo etişadi. XIII asrda Feodosiya örnida “Kafa” (turkça Kefe) degan nom bilan genuyaliklar yangi şaharça bunyod etişadi. u 1475-yilda Usmonlilar saltanati tomonidan bosib olinadi. 1783-yili, Qirim xonligi hududi Rossiya imperiyasi tarkibiga qöşib olingaç, Kafa Feodosiya deb qayta nomlanadi. Uşbu qadimiy kent 1787-yildan boşlab şahar maqomiga ega böladi.

Asrlar davomida bu şahar neça bor qöldan qölga ötadi. Uşbu qadimiy kentda turklar, tatarlar va ruslardan taşqari xunnlar, Rim imperiyasi, xazarlar, möğullar hukmronlik qilişadi. Ayniqsa, Usmonlilar sulolasi davrida şahar Kiçik Istanbul degan nom bilan şuhrat qozonadi.

Murtazo Qarşiboy,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

1961-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Öttiz yillik andişa” (şeʼrlar), “Inson möjiza izlab yaşaydi” (adabiy-tanqidiy, maʼrifiy-publitsistik maqolalar, badiiy tarjimalar) kabi kitoblari naşr etilgan. Dino Butsatining “Taqiq” hikoyasi va Ion Dru­sening “Asl makonga qaytiş” qissasini tarjima qilgan.

2023/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…