***
Umidga sabrni qöşib aralaştiring va bir umr içing.
Hayotning dorisi şu!
***
Kunlar şunday ötaveradi.
Sen şunday ötma!
Nimanidir yelkalab öt:
yo dardni, yo sevgini…
***
Baʼzilar hayot beradi;
Baʼzilar xayol…
***
Hayot tuyğular bermaydi.
Aksinça, tuyğular hayot beradi.
***
Çiroyli keladiganlar köp.
Çiroyli ketadiganlar kam…
***
Işq – yöq böliş va bundan huzur topişdir!
***
Qölimizga boqişdi, lekin ularga ataganimiz köksimizda edi.
***
Umr bu – şovqin-suronli yillar emas, şivir-şivir qiladigan lahzalardir.
***
Dunyoni çiroyli qilgan odamlar emas, çiroyli qalblardir!
***
Baʼzi odamlardan köra ular
haqidagi xotiralar yoqimli böladi.
***
Tuyğularni asrang, ular qayta tiklanmaydi.
***
Soğinişdan qörqmang, soğinmay qolişdan qörqing.
***
Yaxşilik mardning belboğiga öxşaydi. Uni taqiş hammaga ham nasib etavermaydi.
***
Bahslaşişga odam köp.
Özingiz bilan bir finjon qahva iça oladiganni qidiring.
***
Yolğizlikdan qörqmang.
Yolğizlik buyuk öylarning va buyuk asarlarning onasidir!
***
Qalbingizda kimdir bor, öşani yöqotib qöymang.
Yöqsa, qalbingiz ham, hayotingiz ham huvillab qoladi…
***
Oşiqlar – tölqinlar sohilga çiqarib taşlagan çiğanoqlardir.
Ularning qalbida dunyodagi eng noyob marvaridlar bor.
***
Umr yöling bamisoli issiq çoy – ikki marta puflaysan, darrov soviydi.
Sovuq çoyni esa qayta isitmaydilar…
***
Siz dardlaringiz miqdoriçasiz.
***
Sevgi dardlar olib kelmaydi.
Dardlar sevgi olib keladi…
***
Baxt beradigan dardlar bor.
Dard beradigan baxtlar bor…
***
Quçmoq:
– kimgadir havas;
– kimgadir nafas!
***
Kunduz – odamlarniki;
keça – oşiqlarniki;
keça va kunduz – oriflarniki.
Şuhrat Orif
2023/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


