12 daqiqada öqiladi

490 marta körilgan

Meni sevib…

Javlon Jovliyev

(Hikoya)

Keç bölmasidan hammasini bilişing kerak…

Barini eşitgaç, tasavvuringdagi odamga sira öxşamayman. Bu senga oğir botişi tayin, yiğlaşing, hatto bir neça kun özingni yöqotib azoblanişing ham mumkin, ammo yagona umidim şuki, tezda unutasan va eski, mensiz hayotingga oson qaytasan!

Tunov kuni binafşa yuzli şişa koşinlar bilan burkangan metroning “Kosmonavtlar” bekatida sen bilan xayrlaşayotib, közla­ringda yaqin orada paydo bölgan, hiloldek nozik va muqaddas, nafis, ammo jajji, kuçsiz bir zarçöğni kördim, men şu paytgaça senda anglamagan – ilk muhabbat uçquni edi bu. Tan ol, sevib qolişga yaqin turibsan!

Qalbingga bu tuyğu ruxsatsiz kirib kelganini, hali omonat ekanligini ham bilaman! U qörqqança, ming xijolat tortib közlaringdan joy olgan, eski şaharning nuragan qadim devorlari orasidan yöl qidirib turgan xorijlik mehmon kabi begona edi senga. Hayotingga suqilib kirib olgan yangi va işonçsiz tuyğudan titroqda eding! Özing tuşunmayotgan, seni uyaltirayotgan, hatto xayolingga surbetlarça kirişga urinayotgan, lekin rangini ham, böyini ham aniq çizib berolmaydigan ixtiyorsiz narsa edi. U senga yoqimsiz va bir paytda yangiligi, sehri, şirasi, adoqsiz savollari bilan xuş yoqayotgandi ham.

Şu onda angladimki, agar şoşilmasam, keç bölişi muqarrar! Meni sevib qolişingdan oldin asli kimligimni, oilamni – asl başaramni tanişing kerak!

Oxirgi uçraşuvimizda şunday qaradingki, temir vagonlar seni har kunlik manziling tomon emas, yangi va sirli, umuman notaniş boşqa bir olamga taşlab ketganday edi. Tan oliş yoki olmaslik – ixtiyoring, baʼzan qizlar kimnidir sevganini hatto özidan ham beixtiyor yaşiradi, kimdir payqaganini sezib qolsa, rostdan hayratlanadi ham.

Ikkimiz ham “Kosmonavtlar” bekatini boşqaça yaxşi köramiz! Şu yerda tanişganimiz uçungina emas, har beş daqiqada ikki tomondan şovqin solib, öqday uçib keladigan poyezdlarni kutmay, heç qayoqqa şoşilmay, xayol surib ötirişni suyganimiz uçun! Beş daqiqa tinç, nima­nidir öylaş, erkinlikni his qiliş mumkinligi uçundir balki.

Şoşib ketayotgan odamlar orasida bizga göyoki, poyezdlar şovqini töxtagan vaqtda inʼom qilingan beş daqiqani heç nimaga almaşmaymiz!

Sen metrodan çiqib, uyinggaça bor-yöği olti yuz metr yurasan, qalin ösgan çinorlar orasidan uying körinib ham turadi. Eşik qönğiroğini çalişga ham madoring qolmaydi, yölingga ilhaq ötirgan qari tatar buvingni ham unutib, maktab öquvçilari turli tartibsiz şakllar çizib taşlagan eski örindiqqa ötirasan, ortga qaraysan va men haqimda öylaysan… Hislaringni tuşunmoq istaysan (qani, tuşunolsang), soğinasan… bekatga yana çipta olib, tuşging keladi va vagonlar orasidan öşa beş daqiqalik gözal soniyalarni xayolan terasan, qumsaysan, entikasan!

Men har doim sen bilan xayrlaşgandan söng ortga, yana metro bekatiga qaytişingni kutaman, baʼzida soatlab ötiraman, bizni tezroq taşqariga uloqtiriş uçun hovliqqança kelayotgan temir vagonlar yolğoniga uçmayman, ularning miyaga igna sançgandek azob beradigan şovqin-suroni ortidan betakror beş daqiqam borligini bilaman, poyezdlar ming vahima qilgani bilan majburlab, öz yönalişiga sololmaydi, platformadan oşib ketolmaydi, eng muhimi, aziz beş daqiqamni heç kim öğirlab ololmaydi!

Fazogirlar bekatining siyohrang şişala­rida sahar nurda çuçmomalar badanida yaltiraydigan şabnamni – çiqni köraman, hayotbaxş havoni, inson zotida azaldan yaşaydigan va mangu qoladigan xotira – tuproq ifori ekanligini bilaman. “Kosmonavtlar” bekati – qora soçlaring şişalarga solinib, osib qöyilganday – yoruğ va muhtaşam muzeyga öxşaydi.

Esingdami, sen bilan ruhning fazoga kötarilişi haqida gaplaşa turib, “Yer ostida – metro bekatida turib ham, uçiş haqida öylaş aslo vahimali emas, qaytanga qulayroq, tepangda minglab tonnali tuproq, beton, toşlar emas, keng, oçiq samo borligini his qili­şing muhim”, degandim. Men uçun çang va zarralar, yana şunça oğirlikdagi xiyonatlar, har kun yangidan aytiladigan va har tarafga axlat kabi soçilib, qölansa hidi butun qonimizga singib ketgan yolğonlar, vaʼdalarga töla yer ustidagi hayotdan köra beş daqiqa bölsa-da sokinlikda qoladigan, yolğon aytilmagan yer ostidagi bekat afzalroq va şu yer hujrasida butun koinotning kengligini his qiliş mumkin! Va yana asli şuki, hammaning ruhida uçiş qismati va fazogirlik xotirasi bor!

Senda hali imkon bor, töla sevgiga asir emassan, qalbingdagi muhabbat uçqunlari hali alangaga aylanmay turib, uni öçiri­şing, hatto könglingda ortiq qolmasligi uçun tepkilaşing mumkin, balki mendan özingni qutqarib qolarsan!

Esingda bölsa, ikki kun oldin, juma oqşomida rus yozuvçisi Kuprinning bir fikrini instagramdan senga jönatgandim. “Şamol va olov, muhabbat va ayriliq kabidir, – degan edi Kuprin. – Kuçsizlarni öçiradi, kuçlilarni esa alanga oldiradi”. Sevging hali zaif, miltillab turibdi, ayriliq osongina uni qalbingdan manguga yöq qilişi mumkin.

Şuning uçun men senga özim haqimda bor haqiqatlarni aytaman!

Meni sevib qolişingdan oldin pulim köp emasligini, oçiqroq aytadigan bölsam, deyarli qaşşoq ekanimni va bu yetişmovçilikdan hali-beri qutulolmasligimni bilişing kerak!

Gardanimda otam va akam tölamagan olamjahon qarzlar bor. Oylik maoşim plastik kartamga tuşişi bilan, ixtiyorimda çorak qismigina qoladi, xolos. Bu ğariblik dengizidan omon ötişim amrimahol, bir kun suzib ötgan taqdirimda ham, qirğoqqa qadam qöygan men emas – kreditlar xarob qilib taşlagan, umidsiz, baxtsiz, içi armonlarga liq töla, bukçaygan bir özbek çoli böladi. Lekin hozir şu narsa haqiqatga yaqinki, men boylik tomon emas, qaşşoqlik tomon oqyapman. Meni sevib qo­lişingdan oldin bu şafqatsiz yöqçilikning oğir bosimini, bankirlarning döq-pöpisalari-yu yuzimizga har oy otiladigan sud qarorlarini, qarz berganlarning oxiri yöq şikoyat-u qar­ğişlarini eşitişga nozik yuraging bardoş beradimi, şu haqida öyla, şu muhitda qanday farzand tuğişingni, uni qanday tarbiya qilişingni his qilib kör, iltimos, ötinaman sendan, şoşilmay öyla!

Ortiqça hissiyotga berilib, özingni aldaşga şoşilma, “hammasiga erişamiz va birgalikda qiyinçilikni yengamiz”, degan ommabop havoyi gaplarga uçişingdan oldin bankirlarga qalbing emas, pullarning qaytişi muhimligini bil! Çunki banklar odamlarni baxtli qiliş uçun emas, pullarni köpaytiriş uçun oçilgan, xolos! Ularda heç qaçon şafqat tuyğusi bölmaydi.

Yaşaş osonmasligini, hozir xayolingdan ötayotgan turli yupanç sözlar bor-yöği bir marta oç qolişing bilan, batamom tuga­şini bilaman. Çunki sen şu yoşgaça, atigi bir oqşom yeyişga heç vaqo topolmay oç uxlamagansan, buning qanday yoqimsizligini, ğururni majaqlaşini bilmaysan! Agar bunda bardoşli bölolsang qoyil qolaman, lekin aniq bilamanki, kökragingdagi “ovqat” oçlik va xastalikdan söng sendan tonganda – suting qoçganda, gödagingga bötqa olişga ham imkon topolmasak, sendagi bardoşning bari tamom böladi. Öşa kuni meni sevgan ku­ningga laʼnat öqiysan!

Kelajakdagi möjizalarga va yaltiroq ust-boşlarimga işonma. Qarz tölaşdan ortgan pulimga esa yaxşi kiyinişni odat qilganman – xuddiki ölikni yuvib-tarab kömgandek gap bu. Qimmat restoranlarda tuşilgan suratlar esa haddan taşqari quruq va odatiy hayotimning tasvirlari emas, umuman ijtimoiy tarmoqlardagi boş sahifa suratlariga işonma, ular qanday ahvoldaligimizni emas, köpinça orzumizdagi hayotni ifodalaydi. Oç qoliş borasida ham mendan qayğurma, bu borada yetti yillik malakam bor.

Diplomimga ham aldanma. “Huquqşunos diplomi bor, ertaga prokuror böladi, hammasi özgaradi, boy yaşaydi” deb öylagani uçun bugun köp tanişlarim özlarini keçirolmay yuribdi. Qanaqa prokuror, yöq unday emas, men prokuror böliş u yoqda tursin, nomini aytişni ham istamayman! Şuning uçun havoyi xayollarga berilma!

Otam katta mansabdor bölgan! Unça-munçani mensimasdi, menimça, otamning köziga kamdan-kam odamlar odamdek körinardi, qolganlarga hayvonga qaraganday beeʼtibor qarar va bundan faxrlanardi. Men bu bepisand boqişlarga har kuni duç kelaverib, özini allaqaçon uy hayvoni ekanligiga işonib qolgan onam timsolida körardim. Men senga hozir ona beçoraning körgan kunlarini aytib ado qilolmayman, buni istamayman ham, bolalik azoblarini qayta tortişni, öşa kunlarni eslaşdan qoçganim uçun emas, sen ularni baribir tuşunmasligingni bilaman. Hozir men nima yozmay, bari mansabdorlar­ning şohona hayoti haqidagi tasavvuringdan balandga çiqolmaydi. Buni töla anglaş uçun faqat biz bilan birga, haromdan topilgan dollarlar hididan böğilib, baxtsiz va oç yaşaganlar biladi.

Lekin hozir otam butunlay teskari hayotda yaşaydi, uni hamma, umr böyi xizmat qilgan tuzilma tugul, hatto opam-u akam ham ölganning kunidangina eslaydi va ular har kuni bolalarini boğçadan olib qaytişar ekan yöl-yölakay qari va xasta otalariga telefon qilib qöyişadi. Ularning oğzidan “Ota, haliyam ölmadingizmi?” degan söz çiqmaydi, xolos!

U şu kunlarda qimmat kresloga emas, eski töşakka mixlangan. Hojatga ham özi çiqolmaydi, keçirasan, lekin sen bilişing kerak! Qançalik injiq bölib qolgani, yotgan joyida ham hammaga buyruq berişi, kasal bölganida bizni ayblaşi, bergan pullarini minnat qilişini eşitiş juda oğir, eng dahşatlisi sökinişlari emas – yiğlaşi. Bunga köpinça çiday olmayman! Çunki u juda salobatli va mağrur odam edi!

U töşakni gohida mansab kreslosiga almaştirib qöyadi, hammani boşqarişni istaydi, kimnidir uydan haydaydi, kimgadir özini töğrilaş uçun vaqt beradi, eng dahşatlisi esa tagini almaştiriş uçun egilgan onamning boşiga tuvak bilan urib, tag­ligini qizğanadi. Ha, otam şu yotgan joyida ham qon-qoniga singib ketgan kimgadir jazo beriş haqida öylaydi, kimdandir pora talab qiladi, yana hammasi tuşunarsiz tilda yuz beradi, insultdan keyin bu dunyoda gapini tuşunadigan yagona odam onamligini bila turib, uni har kuni soqovlangança tahqirlaydi, buvamning savodsiz bölgani, oğzi qiyşiqligigaça eslaydi, ha, senga yana şuni aytayki, gohida ortiq baqirmasligi uçun çöntagiga mayda-çuyda söm – pora taşlab qöyaman! Meni sevib qolişingdan oldin sen bularni bilişing kerak! Doim kissangda mayda pullar turişi kerak.

Ha, onam. Sen onam haqida köproq bi­lişni xohlarsan. Mayli, aytişim kerak. U umr böyi juda qiynalgan va beçora ayol bölgani senga qandaydir umid berar, u mötabar ona, çindan şunday, xuddi Ona Vatan kabi, u mening hayotim, lekin haqiqatlar boşqa narsani başorat qiladi, u hammaga şunday muşfiq körinişi tabiiy, lekin adaşasan, heç qaçon baxtni körmagan ayol baxtiyor yuzlarni qanday hazm qilişi mumkinligini öyla? Onamni öylaganda qança mehr his qilsam, şunça ğazabni ham tuyaman. U bizga hamma narsaga köniş, sabr qiliş va tobe bölişni örgatgan ayol, bilsang, kimgadir faqat böysunişni örgatiş jinoyat-ku!

Onamni şunçalik yaxşi köramanki, gohida uni bu qullikdan heç qaçon ozod qilolmasligimni öylab kuyinib ketaman. Uni “boqimanda” deyişga tilim bormaydi, lekin otamning puli bölmaganda u allaqaçon ketgan bölarmidi, deb öylayman. Uning heç qaçon öz fikri bölmagan. U otamning puli va unga har oyda taşlanadigan tirnoqday oltinga qullik qilib yaşagan doim, agar otam böş-bayov, pulsiz bölganida onam umuman boşqa ayol, balki eriga kun bermaydigan xotin bölarmidi, bilmayman. U şu bilan birga gohida ğiybat ham qiladi, birovlarning qizi va xotini haqida gapirib qoladi, lekin öz ahvolidan xabari yöq.

Bu gaplarni men senga yozişim qançalik oğir, lekin haqiqat, unga tik boqiş kerak, axir sen onamga duç kelganingda, u bilan bitta tom ostida (agar şu tom butun bölsa) özing anglaysan-ku! Muqarrar foş böladigan yolğonlarni işlatişdan nima naf? Oyni etak bilan yaşirayotgan hiylagar siyosatçilardek nodon emasman-ku axir!

Otam arzandasi akam va opamning biz­neslari qulagan, ikkovi ham ajraşib, qayta oila qurib ham böldi, çunki asl ahvolimizni bölajak turmuş örtoqlaridan yaşirgandi, hozir ğirt bekorçi va baxtsiz, mendan tez-tez qarz­ga, deb pul olib turişadi, lekin heç qaçon qaytarmagan.

Garçi şu vajlarning özi hali tuğilmagan sevgingni böğizlab bölgandir, lekin bu hammasi emas!

Toliqmadingmi? Yana birozdan söng bu yozganlarim tugaydi, adaşmasam, sevging ham!

Iso payğambar odamlarni jonlantira olgan, xolos, tuyğularni emas!

Meni sevib qolişingdan oldin siyosat borasida ham nönoqligimni aytmoqçiman, men omma bilan birga suzaman. Stalin ölganda bobom, Raşidov ölganda otam, Elboşi dafn etilganda men höngrab yiğladim, katta ehtimol bilan bolam ham bu işni davom ettirsa kerak! Kimni sevayotganingni tanib ol!

Men beqarorman, tiş şifokoriga bo­rişdan ölguday qörqaman, şuning uçun tişlarim holati ham yaxşi emas, telefonimni öçirib yuriş odatga aylangan, kimgadir kommentlar yozişni yomon köraman! Quşlarni va daraxtlarni sevaman, ularni kuzatiş uçun gohida dam oliş kunlarimni şahar çetida piyoda yurib ötkazaman!

Bizning sohada raqobat kuçli, kimdir tuhmat bilan boşimga balo yoğdirsa, sen şunda barça eri yo öğli qamalgan özbek ayollari kabi soçingni yulib yiğlaşing – meni himoya qilişing kerak böladi. Soçlaring ösişdan töxtaşi, erta oqarişi ham mumkin! Oh, hozir soçlaring qanday çiroyli!

Böldi, yetar-a? Dardim bozor böldi! Ha, aytgança, men bozorlarni yomon köraman, töylardagi dabdaba va şovqindan böğilaman, havo yetmaydi, şuning uçun bozor-u töylarga men bilan borişni öylamaganing maʼqul. Qizğançiqman, gohida öta ziqnaligim tutadi, injiqman, lekin kam pul topsam ham, oyligimning özimga qoladigan çorak qismidan ham ehson qilaman. Çekka qişloqlarda yaşaydigan qaşşoq oila farzandlariga daftar olib tarqataman! Daftarga zor bolalar borligiga işonasanmi?

Otam rahbar payti biznikidan odam arimasdi, har yili tuğilgan kunida kelgan guldasta va sovğalar yuk maşinasiga zörğa siğardi, uç kundan söng söligan gullarni qöşnilar­ning oxuridan topiş mumkin edi! Huzurini sigirlar va buzoqçalar körgan. Endi hamma narsa özgargan: keça tuğilgan kuni edi, hatto opamning esidan çiqibdi. Uni ham otam naq qirq ming dollar berib “yurfak”da öqitgan, özi libos eskizlarini çizişga qiziqardi, lekin bila­san-ku, bizda barçasi kör-körona, bolaning orzularidan, isteʼdodidan gap-gaştaklarda aytiladigan “qizim yuridiskiyda öqiyapti” degan bir oğiz luqma afzal. Şuning uçun köçada birovning huquqi tugul, öz huquqi haqida öylab körmagan diplomli maşşoq­lar, olib sotarlar, taksiçilar va hatto arzongarov fohişalarni körasan! Biz kabi rangni yaxşi ajratolmaydigan oqlovçi va qoralovçilar esa son mingta!

Gözalim (senga nisbatan haliyam “im” egalik qöşimçasini işlatayotganim uçun meni keçir), dunyoda oq va qora ranglarni körişdan ham köra oson iş bormi, gap boşqa ranglarni farqlaşda va yaratişda! Men hayotning yangi ranglarini kaşf etgan odamlarga doim havas bilan qarayman va ularga qarsaklar çalişdan töxtamayman!

Meni sevib qolişingdan oldin yana bir narsani bilib qöyişing kerak, nima bölganda ham xorijga “suriş” niyatim yöq, agar rejangda ketiş bölsa (hozirgi yoşlardagi asosiy kasallik haqida gapirayotganimni bilasan), tösatdan “Green Card” yutib qolsang, mendan tabrik kutma, senga hamroh bölolmasligimni bilişing kerak, nima bölganda ham va qanday baçkanaliklar içra kökarsak ham şu yerda oxirigaça qoliş va kuraşişni istayman.

Lekin kimnidir yolğonlarga kömib yaşaşdan or qilaman, axir foş bölmagan tarix qoldimi, bugun bölmasa, ertaga hammasini bilarding va muhabbat qalbingga kirgan kunni eng yomon kun sifatida eslarding, aslida, ayb sevgida emas, ayb yolğonçiligimizda, aldaşga va vaʼdaga öçligimizda, muhabbat bilan havasni farqlay olmasligimizdadir!

Meni sevib qolişdan oldin, deyapman-u, lekin qörqamanki, sen sevib bölgansan… Agar şunday bölsa, Xudo haqqi, şunça vaqtingni olib, bekorga ovora böldim, senga kamçiliklarim şirin romantika bölib tuyiladi, xatolarim yutuqqa ötadi, yaqinlarim şirin sinovga.

Men seni tuşunaman va açinaman!

Mana, hozirdan azobli daqiqalar boşlanyapti!.. Hademay yakşanba tugaydi. Sendan javob kutiş fasli yo yili boşlanadi! Balki umuman heç nima demassan va mangu jim ketarsan! Raqamimni taqiqlanganlar röyxatiga kiritarsan yoki butunlay öçirib yuborarsan, lekin şiddatli hayot vagonlari orasida sokin va ozod beş daqiqa borligini unutma, şu beş daqiqa bölsa ham, gözal muhabbatga daxldor bölmoqlikdan-da kattaroq baxt bormi asli?!


Javlon JOVLIYEV

 1991-yili tuğilgan. Özbekiston davlat Sanʼat va madaniyat institutining sanʼatşunoslik jurnalistikasi yönalişini tamomlagan. “Ikki qalb uçraşuvi”, “Qörqma”, “Usmon Nosir”, “Onam va koinot” nomli kitoblari çop etilgan.

 

2023/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Bobur u

    Bu huddi men uçun yozilgandek

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Albatta, siz uçun yozilganda…

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…