* * *
Tun ojiz.
Olovman özimga,
Nigohim ötparast, notavon
dilimga intiqib böğzimga
çiqma, jon.
Qalbimda ökira boşlagan
soğinçning nafsidan töydim-ov,
nazarxör közlarim yoşlanmay
qöydi-yov…
Işqparast tumanlar qarşimda
yolğonçi xotirday qolodir,
Holsörar saslarim arşimga
borodir…
Şu köyda yuragim telbavor
Otaşman, alanga qönsin-ey,
Olovqalb ruhlarga Xudo yor
bölsin-ey.
Xudo yor bölsin-ey!
* * *
Kuz – sarğiş qiyoqlar gullagan çaman,
şudringlar tuğilgan maysazor bağri.
Kuz – ijod oğuşi aylagan vatan,
Oltin barg qoplagan tabiat tarxi.
Kuz – möjaz könglimning ğarib kulbasi,
Köngil orom olar, jannatmakon uy.
Kuz – keksa mezonning bezabon sasi,
lek biyron qalbimga u hamohang kuy.
Köhna qahratondan saxovat istab,
nigohlar rangiga çang solgan yaproq.
Kuz bu – boqiylikdan yaralgan qismat,
dil ruhin mahv etgan tandagi titroq.
Hamonki hamrohim, ham sirdoşim Kuz,
soxta kulgulardan çiqqan çin dardim.
Kuz bu – yolğonlarga kelib yuzma-yuz,
ming yilki haqlikdan tökilgan qadrim.
Sitora NAIMJONOVA
2005-yili tuğilgan. ÖzJOKU talabasi.
Respublika yoş ijodkorlarining “Zomin” seminari iştirokçisi. (2023).
2023/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida