4 daqiqada öqiladi

117 marta körilgan

TEATR TIRIK NAFAS BILAN BARHAYOT!

Asqar Xolmöminov

Insoniy tuyğular yöqolib borayotgan, atrofimiz “robot xarakter”laşayotgan  davrda yaşayapmiz. Şunday paytda insonga ruhiyat olami vakili ekanligini eslatadigan, yuragining tubidagi hissiyotlarini tözğitib yuboradigan Adabiyotdek, Sanʼatdek, Teatrdek qudratliroq  kuç yöq. Özi Sanʼat nima? Teatr nima? Rejissyor kim? Uning jamiyatga taʼsiri qay darajada? Şu kabi savollarga javob topiş maqsadida Özbek Milliy Akademik drama teatri boş rejissyori Asqar Xolmöminov bilan suhbatlaşdik.

  

– Zamonning tizginsiz şiddatida, texnika asrining, xususan, sunʼiy intellektning nafasi ufurib, temir bilan insonni soliştiriş jarayoniga yetib keldik. Bunda tiriklikni, inson ruhiy olamini jonlantirib turgan maskan bu – teatr. Sizningça, teatrning barhayotligini nima saqlab qoladi?

– Tirik nafas. Sahnaga çiqib kelgan aktyorning tirik nafasi, rejissyor, kompozitor, rassomning yurak qöri bilan bunyod etgan ijodi, tomoşabinning hayrati teatrni davrimizgaça olib keldi va abadiylikka daxldor qiladi. Agar aktyor, umuman, sanʼatkorning ham tanasidagi yurak temirdan, boş qismiga sunʼiy intellekt örnatilgan bölganda edi, teatrning tirik nafasini tomoşabin özida his etmasdi. Tasavvur qiling, közyoş ham, kulgi ham, hijron-u ayriliq, mardonalik, hamma-hammasi tartibli, sunʼiy. Tabiiy, oğriqli tuyğularni sof nigoh bilan körsatib berolmaydigan teatr uzoqqa bormaydi. Teatr tirik nafas bilan barhayot!

– Sahna – olam va uning sahnida keçayotgan jamiki hodisalarning makoni. Unda odamlar yaraldi, taqdirlar, umum-insoniy va milliy muammolar kuylanadi. Sizni bir ijodkor sifatida bugun jamiyatda, butun bir millat miqyosidagi qaysi muammolar köproq öyga toldiradi?

– Bir millat haqida gapirişning özi oğir, uning muammolari, bugungi keçmişi haqida gapiriş esa dahşat. Har bir millatning şakllaniş jarayoni böladi. Turli jamiyatlarni yaşab ötadi. Har bir millatning intilişi esa, albatta, farovon jamiyatdir. Afsus, bunday jamiyat töla-tökis şakllanmaydi. Har birimizda bir nuqson bölgani kabi har bir jamiyat ham nuqsonli böladi. Men johillikdan qörqaman. Johil jamiyatda odamlarning közi kör, ongi qafasda böladi. Mana şu ahvolga tuşib qolmaslik millatimizning asosiy muammosi, öyi bölişi kerak. Johillikni sanʼat yengadi. Sanʼat bölganda ham Tangri tomonidan inʼom etiladigan sanʼat. Men millatimizni, jamiyatimizni jaholat balosi qamrab olişidan qörqaman, xolos. Şu sababli, jaholatga qarşi kuraş uçun ham sanʼat yölini tanlagandirman.

– Spektakllaringizda ortiqça detallar nihoyatda kam. Borlari ham alohida missiyaga ega. Asosiysi, sahna asarlaringiz muxlislar tomonidan yaxşi kutib olindi. Endi ayting-çi, spektakllaringiz muvaffaqiyatli çiqişining siri nimada?

– Maşhur gap bor: “Isteʼdodning 99 foizi mehnat, 1 foizigina talant”. Siyqasi çiqqan gap bölsa ham, aniq taşxis bilan aytilgan, deb öylayman. Men asar ustida köproq, tinimsiz mehnat qilişni yoqtiraman. Heç qaçon biror spektaklga kör-körona yondaşmaganman. Çunki asar ustida tinimsiz işlaş maroqli. Şu maroqni ijod deb tuşunaman. Men öşa lahzalardagina sanʼat olamida yaşayman, his qilaman. Ozmi-köpmi muvaffaqiyatimga şu sabab bölayotgandir balki.

– Bugun teatrga, kinoga qalbi orzularga töla bir qança yoşlar kirib kelmoqda. Siz kabi rejissyor bölişni, maşhur aktyor bölişni istagan yoşlar talaygina. Ularga qanday tavsiyalar bergan bölardingiz?

– Sanʼatning noni qattiq deyişadi. Bekorga aytilmagan. Bu non qattiq bölsa ham, juda lazzatli. Lekin Xudo bergan iqtidor bölmasa, barçasi bir pul. Sanʼat isteʼdodsiz odamni qabul qilmaydi. Töğri, juda aççiq gap bu, biroq haqiqat! Ana şunday iqtidorga ega yoşlarga, aniqroği, ijodini endi boşlayotgan bölajak sanʼatkorlarga faqat şuni ayta olaman: heç qaçon yuragingizni boy berib qöymang. Isteʼdodning bir kiçik zarrasi inʼom etilgan bölsa ham, u yurakni asraş kerak. Har xil hujumlar böladi, atrofdagi olomon yutib yuborişga harakat qiladi. Mana şu talotumlardan isteʼdod inʼom etilgan yurakni toza olib çiqa bilganlargina haqiqiy sanʼatga daxldor böladi.

 

– Asqar aka, suhbatlaringizdan birida xususiy teatr oçiş haqida gapirgan ekansiz. Adaşmasam, hozir bizda xususiy teatrlar juda kam. Sizningça, bunga ehtiyoj bormi?

– Xususiy teatrlar bor. Afsuski, aytganingizdek, juda kam. Xususiy teatr har bir mamlakatda bölişi şart deb bilaman. Bu sanʼat uçun yutuq. Çunki har bir ijodkorning, jumladan, har bir rejissyorning öz aytar sözi böladi. Bu sözni tomoşabinga aytiş uçun davlat teatrining özi kamlik qiladimi deyişingiz mumkin. Şu örinda öylab köriş kerak, rejissyorni maʼlum bir teatr muhiti bilan çegaralab qöyib bölmaydi. Öz istaklari, olamini oçiş uçun öz xususiy teatri bölsa, nur ustiga nur. Şunda sanʼatda xilma-xillik, uslubiy yangiliklar, ohangdorlik köpayadi. Ha, men xususiy teatr oçiş töğrisida gapirganman. Bu oson keçadigan jarayon emas. Maʼlum bir ijodkorlar guruhini jamlab olganimdan keyingina ijodga şönğiş mumkin. Hozir şuning harakatidaman.

 

– Har bir rejissyor orzu qilgan, sahnalaştirmoqçi bölgan asar va qahramonlar böladi. Sizda ham bormi?

– Bor, albatta. Xotiralarim. Bularning özi bir katta asar böladi, qahramonlari ham özgaçalik kasb etadi. Bu xotiralar, şu bilan birga, oilamiz tarixi bilan boğliq eşitganlarimni asarga aylantirişdek orzum bor.

Suhbatdoş: Bobomurod Saʼdullayev

 

2024/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…