10 daqiqada öqiladi

142 marta körilgan

Nazar Şukur ijodiga bir nazar

Uluğbek Hamdam

“Nazar Şukur degan yaxşi bir şoirimiz, afsuski, avtohalokatda nobud bölgan”, degan armonli gap-sözlarni talabalik yillarimdayoq eşit­gandim. Ammo uzoq vaqt mobaynida şoirning şeʼrlar töplami negadir qölimga tuşmadi. 2010-yillardan faol qöllana boşlangan internet olami menga marhum şoirni yaqindan tanitdi, desam, adaşmayman. Yaʼni ilgari uning “yaxşi şoir” ekani haqida faqat eşitgan bölsam, şeʼrlari bilan tanişgaç, Nazar Şukurning çindan ham yaxşi şoir ekaniga amin böldim, agar umri vafo qilganida, şeʼriyatimizning 70-yillar avlodi yana bir baquvvat şoir hisobiga boyişi mumkinligi töğrisida öyladim.

Şoir hayotlik davrida “Kökdagi umr” (1984), “Qişloq yöllarida” (1985) degan kitoblari çop etilgan. Vafotidan keyin esa “Vaqt xiyobonida” (1992), “Meni keçir, muhabbat” (2004), “Vido” (2005), “Sen qaytmasang…” (Saylanma, 2006) deb nomlangan töplamlari naşr etilgan.

Şoir ijodiy potensialining katta bir qismi içkarida – namo­yon bölmay, uning özi bilan birga ketgan. Çunki “bola boşidan maʼlum” deganlaridek, ilk şeʼrlaridanoq şoirning kuçini, imkonlarini çamalaş mumkin. Mana, uning 1975-yilda yozgan “Şarşara” deb nomlangan şeʼri:

Balandlikdan özini taşlar,

Suron solib şaddod şarşara.

Mavjlaridan entikadi jar,

Sukunatlar tortadi naʼra.

 

Pastliklarga yetmoq istar tez,

Bor kuçini yiğib taniga.

Otiladi, zamindan şu kez

Bir zumgina ayrilganiga![1]

Balandlikdan özini pastga otgan şarşara yana yerga tez qaytişni istab qoladi. Nega? Çunki uning umri, hayoti şu zamin bilan çambarças boğliq. Buni biladi u, bilgani bois ham yer qöyniga oşiqadi: “Pastliklarga yetmoq istar tez”. Zamindan ayriliş “otiliş”ga olib keladi: “Otiladi, zamindan şu kez Bir zumgina ayrilganiga!”

Şoir şeʼrlarini bir-bir öqib muşohada qilib borarkanman, unda tabiat tasvirlari orqali gap aytiş iştiyoqi kuçli bölib, aksar holda muddaosiga yetga­niga guvoh böldim. Yuqoridagi şeʼrda şarşara bir zumgina yerdan ayrilib, söng yana suron solib yerga talpinadi, deyilmoqda. Bu bilan u insonga xitob qilib aytmoqdaki, yerdan oyoğing uzilmasin, hatto quturib oqquvçi şarşara ham yerga, zaminga, öz ildiziga intiladi. Yerdan ayrilganda esa havoda “otiladi”. Yaʼni şeʼrda tabiatning bir parçasi – şarşara tasviri va inson umri örtasida maʼno parellelizmi ötkazilgan. Bu usul Nazar Şukurning butun ijodidan qizil çiziq – leytmotiv yangliğ ötgan, deyiş mumkin. Uning önlab şeʼrlari şu usulda yaratilgan. “Şarşara” yozilganda şoir 21 yoşda edi. Umuman, şoirning yigirma yoşlarida yozilgan şeʼrlarini kuzatar ekansiz, ularda hayotni falsafiy idrok qilişga iştiyoq kuçli ekaniga guvoh bölasiz. Holbuki, bu yoşni biz, asosan, “sevib-seviladigan yoş” deb bilamiz. Demoq­çimanki, Nazar Şukur şoir sifatida juda erta şakllana boşlagan. Albatta, uning sevgi, hijron, ayriliq borasida ham talay yaxşi bitiklari bor.

Şoirning tarjimayi holida “Nazar Şukur 1954-yilda Çiroqçi tumanidagi Navröz qişloğida tuğilgan. ToşDUning geografiya fakultetini tamomlagan (1979)” deb yozilgan. Mutaxassisligi geograf böla turib, şunday mağzi töq şeʼrlar yoziş uçun inson şoir qalb bilan dunyoga kelgan bölişi kerak. Bunday qalb bilan tuğilgan kişining tahsili ham filologiya bilan boğlanganda edi, natijani yanada kattaroq kutaveriş mumkin böladi. Şunga qaramay, Nazar Şukur degan şoir özidan şunday iz – şeʼrlar qoldirdiki, ularni öqib, köngilni töq qilib: “Ha, u, şubhasiz, şoir!” deysiz.

Oy kuladi beun, bejarang,

Yulduzlarda pok tortinçoqlik.

Tun qöynida uxlar çiroy, rang,

Tun qöynida uxlar uzoqlik.

 

Ğarq tilsimlar qaʼriga jahon,

Eşitilmas şovqinlar sasi.

Taşlanadi menga nogahon

Sukunatning vahşiy şarpasi![2]

Şoirni hayratga solgan koinot, uning mohirona çizilgan tasviri öquvçiga ham yuqadi. Biroq “Taşlanadi menga nogahon, Sukunatning vahşiy şarpasi!” degan misraga kelganda, “Sukunatning vahşiy şarpasi qanday qilib insonga taşlanişi mumkin?” degan savol tuğiladi. Çunki u – sukunat inson tasavvuriga siğmaydi: u tasavvurdan keng, undan katta, bas, sukunatni qamrab olişga idrok va tasavvur kuçi yetmagan şoir özini ojiz his qila boşlaydi. Mana şu hisda savolning javobi yaşirin: u özini hamla qilinayotgan öljadek çorasiz sezadi. Bu juda nozik sezim va uni har qanday kişi ham ilğay olmasligi mumkin.

Şoirning “Kuz varaqlari” degan şeʼrini öqiymiz. Şeʼrda şoir yaşagan davr kayfiyati ufurib turadi. Özi şunday bölişi kerak, deb öylayman men: haqiqiy ijodkor öz davrining urib turgan yurak tomiriga taşxis barmoğini qöyib turgan tabibdir. Şunday tabib bölişi kerak! Bas, ijodkorni u yaşagan davrdan uzib olib tahlil-u tadqiq qilib bölmaydi. Bölsa ham, juda alohida mezonlarda qöl uriş mumkin bunday tadqiqotga. Ijodkorni tölaqonli tu­şuniş va his qiliş uçun uni davr konteksti içida olib örganiş yaxşi samaralar berişi – şubhasiz.

Umr ötayapti. Xazonlar uçar,

Har qalay izim bor – şeʼrlar yozaman.

Fursatlar – berahm, fursatlar – öjar,

Bayt bitmagan kunlar, netay, ozaman[3].

Umrning ötkinçiligi haqidagi yaxşi şeʼr. Biroq, bir qaraşda, “ozaman” degan sönggi söz joyiga tuşmagandek taassurot qoldiradi. Bu – bir qaraşda. Aslida, sinçkovlik bilan nazar taşlanganda, “Bayt bitmagan kunlar, netay, ozaman” degan misradagi “ozaman” sözi ikki maʼnoni anglatadi. Biri – öz ona ti­limizdagi ozmoq, oriqlamoq, kiçraymoq maʼnolarida bölsa, ikkinçisi qardoş turkiy tillarda (öğuz guruhiga oid tillarda!) yöldan çiqmoq, adaşmoq maʼnolarida keladi. Keyingi maʼnoni ham bilgan öquvçi uçun söz öz örniga töğri tuşgandek böladi. Bas, şu bilan köngil ham joyiga tuşadi – sözga eʼtiroz tuğilmaydi.

Har davrning öz kayfiyati, şu kayfiyatdan kelib çiqadigan mavzu-mundarijasi böladi. Ötgan asrning 60-, 70– va hatto 80-yillar­i örtalarigaça bölgan davrda (u keyinroq “turğunlik yillari” deb ataldi) umrning oqar suvdek oqib ötişi, undan yetarliça foydalana olmaslikdan keladigan oğriq, afsus, armon kayfiyatini şeʼrga soliş öşa vaqtda faol ijod qilgan ijodkorlarning deyarli hammasiga xos. Eslang, Nazar Şukurdan bitta katta avlod vakillari ijodida ham ayni şu ruh baralla aks etgan. Masalan, Erkin Vohidovning 1964-yilda yozilgan “Boş tebratar soat kafgiri” nomli şeʼrida şunday misralar bor:

Boş tebratar soat kafgiri,

Şoşil, odam, ötmoqdadir on.

Har narsaning bölar oxiri,

Boş tebratib qolma söng, inson![4]

Abdulla Oripovning 1967-yilda bitilgan şeʼrida esa Vohidov şeʼriga hamohang misralarni öqiymiz:

Umr ötib borar misoli ertak,

Ertaning ketidan kelib qolar şom.

Faqat ğaflat içra yotmagin, yurak,

Qaytib kelmas sira bu yoşlik ayyom.

Bu kayfiyat nasr va dramaturgiyada ham aks etgan. Ölmas Umarbekovning “Şoşma, quyoş” dramasini oling va h.k…

Ularning aksarida umrning şoşağonligi-yu inson şu ötkinçi umr davomida ezgu işlarga ulgurib qolişi lozimligi ğoyasi barq urib ufurib turadi. Nazar Şukur ham ustozlar ruhida yozadi:

Umrimning yam-yaşil dov-daraxtidan

Şeʼrlarim xazonday uçsa – fojia!

 

Yozilgan şeʼrlar xazonga aylansa, yaʼni ulardan naf bölmasa, bu şoirning fojiasidir, demoqda şoir. Demak, yaxşi şeʼrlar yoziş kerak hamda ular odamlarga xizmat qilişi şart. “Men özim uçun ijod qilaman” degan adabiy oliftalik ötmaydi bu yerda. Şeʼr odamlarga xizmat qilişi, uning könglini kötarişi, hayotiy haqiqatlarni teranroq ang­lab yetişiga kömaklaşişi darkor. Öşa vaqtlarda şeʼr­ning, adabiyotning xizmati şunday belgilangan. Ammo şoirning vazifasi bu bilan ham tugamaydi, uning çinakam baxtli bölmoği uçun özgalar baxtidan şodlanmoği şart:

Agar şod bölmasam birov baxtidan,

Baxtlilar oldida bu ham nojöya[5].

Baxt haqida Şavkat Rahmon ham yozgandi. U “Şeʼrlaringda baxt sözi kam uçrar degan döstimga” deb nomlangan bitigida:

Baxtiyorman degan birgina sözni

aytiş uçun kerak qança kuç, çidam,

garçi baxt sözlarning eng yoqimligi,

garçi tursa hamki tilning uçida.

Oğir botmasmikin

bu söz kimgadir,

tegib ketmasmikin oh-vohlariga,

qandoq bardoş berib

yaşayman keyin

baxtsiz kimsalarning nigohlariga.

Avvalo, bu sözni özgalar aytsin,

aytsinlar közlari quvonçga tölib.

Elning baxti uçun umrini tikkan

Şoirlar aytmasin birinçi bölib.

Bu sözni bir umr aytmay yaşadim,[6]

deb yozadiki, natijada, “baxtiyorman” degan sözni aytiş uçun hali şoirning köngli tölmaganini anglaymiz. Nazar Şukur özganing baxtidan quvonmaslik “nojöya” işligini aytsa, Şavkat Rahmon hammadan keyin baxtli böliş jöyali işligini bayon qil­yapti. Har ikkisida ham özgalarning baxtidan quvoniş bor. Psixologiya fani tili bilan aytganda, bu avlod şoirlari al­t­ruistlardir, egoistlar emas. Bugun, ne ajabki, “men”çi (egoist) ijodkorlar köpaydi. Buning ijtimoiy-psilogik, siyosiy-tarixiy sabablari bor, albatta. Şuning uçun ham ijodda individua­lizm kayfiyati kuçaygandan-kuçaydi. Ma­salan, ayrim zamondoş şoirlar uçun öz dunyosidan özga dunyolarning qiziği yöq, hisobi. Xalq tili bilan aytganda, dunyoni suv bossa, töpiğiga çiqmaydi. Bundaylar uçun öz hayoti, könglining turli-tuman injiqliklari, subyektiv dunyosi muhim. Mana, Nazar Şukurlar yaşagan davr bilan bugun yaşab ijod qilayotgan davr şoirla­rining bitta farqi. Albatta, hamma bir xil emas. Bu yerda gap umumiy kayfiyat, tendensiya haqida bormoqda. Yaʼni Nazar Şukurlar öz baxtini, şuningdek, şoir baxtini özgalar bilan birgalikda tasavvur qilişgan, ayro holda emas. Şoir­ning butun ijodidan ötgan çiziq – motivlardan yana biri mana şu kayfiyatdir.

Qarang, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Şavkat Rahmon va Nazar Şukurlar ijodida umr va uni qanday yaşab ötiş lozimligi töğrisida bir-birini töldirgan şeʼrlar bor ekan. Ular bir-ikkita emas, butun boşli galere­yani taşkil etadi. Hamda bu mavzuda boşqa şoirlar ham qoyillatib yozgan. Davrdoşlik, ruhdoşlik deganimiz şu böladi. Fikrlar, kayfiyatlar havoda uçib yurib, öşa davrda yaşagan odamlarga yuqadi. Xuddi virus kabi. Hozir bunday taʼsirni “kvant mexanikasi” qo­nuniyatlari yanada yaxşiroq oçib bermoqda. Unga köra, yerda, havoda, kosmosda har qan­day mayda zarraçalar ham özaro boğliqlik asosida yaşaydilar. Ularning bir-biridan uzoq yoki yaqin masofada bölişlarining mutlaqo ahamiyati yöq – aloqadorlik riştalari uzilmaydi. Xuddi şunday, mazkur şeʼrda ham tabiat va inson hayotining aloqadorligi öziga xos parellelizmni hosil qilgan.

Darvoqe, davrdoşlik, ruhdoşlik haqida söz yurityapmiz. Bu bejiz emas. Nazar Şukurda 1977-yilda yozilgan şunday bir şeʼr borki, u şoir Şavkat Rahmonga bağişlangan:

Xayolda yaşamoq zavqli naqadar,

Naqadar quçoği körkam, ğavğosiz.

Qay manzil visolin kom etsang agar,

Bir zumda borasan poyezd, avtosiz.

Zamin-u osmoni közguday tiniq,

Bu joyda heç kimning köz yoşi tommas.

Kezaver, bunda yöq Mağrib-u Maşriq,

Şart emas, yoningda bölmoği kompas[7].

Şeʼrda xayolning gözalligi, uçqurligi va erkinligi haqida söz bormoqda. Xayolda istagan joyingga kompassiz, poyezd-u avtolarsiz yetişmoğing mumkin. Hamda borgan joylaringda Şarq-u Ğarb deya ajratişlar yöq. Közyoşlar yöq… Bu asl şoirlarning orzusi emasmi?! Şoir şeʼrda şoir orzusini tasvirlab bergandek.
Uning özbekning katta bir şoiri – Şavkat Rahmonga bağişlanganligi zimnida ham maʼno bor. Zero, asl şoirlar dunyoni ikkiga – Şarq-u Ğarbga ajratib sevmaydi, bilʼaks, uni bir butun deb qabul qiladi. Heç qursa, öz xa­yollarida şunday deb biladi. Şoirning Vatani ham dunyo – yer yuzi, koinot, borliq!

Nazar Şukurning faol ijodi bor-yöği ön yilça davom etgan. Ana, “Saylanma”ga kirgan şeʼrlar ham şundan darak beradi. Bor-yöği – 10 yil! Bu bir ijodkorning şakllanişi va tik turmoği uçun juda ham qisqa fursat. Lekin Nazar Şukur şu qisqa fursat içida şoir sifatida qaddini rostlamoqqa ulgurdi – özidan yaxşi şeʼriy iz qoldirdi.

Sözimning oxirida yana bitta şeʼrni birgalikda öqişni tavsiya etaman. Ammo şarh-u tahlillarsiz. Goho şunday böladi – yaxşi şeʼr özini özi şarhlab beradi. Nazar Şukurning “Ayla” şeʼri öşandayin şeʼr bölib körinadi menga:

Kel, oftobni samoga mixlab tillo xol ayla,

Barça yerlik oşiqni, jonim, şu çoq lol ayla.

Yöllar yotar uzala, sen barin yerdan olib

Etmoq uçun kamalak, simday egib – dol ayla.

Sen yuz yuvgan daryoning içayin zilolidan,

Sohilidan ketmayin, mayli, majnuntol ayla.

Töyib-töyib çömilsin yulduzlar soyda oqşom,

Suzib ketay, hilolni menga qayiq-sol ayla.

Ufqlarga singiyin, qolgin römoling silkib,

Men botgan şafaq rangin quyoş botmay ol ayla.

Gar sevmasang,

Nazaring endi qaytmas heç qaçon,

Topmagaysan daragin, keyin qança fol ayla![8]

 

Uluğbek HAMDAM,

filologiya fanlari doktori, professor.

1968-yili tuğilgan.Toşkent davlat universiteti (hozirgi

ÖzMU)­ning Özbek filologiy­asi fakultetini tamomlagan.

“Tangriga eltuvçi isyon”, “Atirgul”, “Seni kutdim” kabi şeʼriy, “Yolğizlik”, “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar”, “Uzoqdagi Dilnura”, “Ota” nomli nasriy asarlari, şuningdek, “Badiiy tafakkur tadriji”, “Yangilaniş ehtiyoji”, “Jahon adabiyoti: Modernizm va postmodernizm” kabi ilmiy asarlari naşr etilgan.

 

2024/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)