Tirikçilik qursin, olti oyga deb, baʼzan bir yil, baʼzan ikki yil qolib ketaman. Butunlay qolib, Rossiya fuqarosi bölib ketgan qişloqdoşlarim ham oz emas.
Bir safar qişloqqa borganimda otam yanada qarib qolganini köraman. Bir borganimda ayolimning soçiga oq oralaganini köraman. Bir borganimda oldingi safar körgan odamlarimni körmayman…
Eng yomoni, bolalarimiz bizni körmay, diydorimizga töymay katta bölişyapti. Kiçkinalari borganimizda tanimay qolişlari boşqalarga kulgili tuyiladi, mening esa dilimni kemiradi…
Mana, yana bir yil Moskvada qolib ketdim. Ötgan safar ikki yil işlab, keyin qişloqqa qaytgandim. Ketayotganimda olti oylik çaqaloq bölgan kiçkina qizçam salkam uç yoşga yetgan, burro-burro gapiradigan, tili şirin qizaloq bölibdi. Haligaça uning meni tanimay qolganini goh kulib, goh özimdan ranjib eslayman.
Yarim keçasi uyga kirib bordim. Kelişimni kutib-kutib uxlab qolgan öğlim bilan katta qizlarim eşikdan kirişim bilan uyqudan tura solib, böynimga osilişdi. Közlarda yoş bilan diydorlaşdik. axir, ikki yildan ortiq körişmagandik-da.
Dadam qaçon keladi, deya kutib-kutib, uxlab qolgan kiçkina qizimni ham uyğotdik.
– Dada keldi, tur! – deya opasi turtkilab uyğotgaç, joyidan irğib turgan qizçam “dada-dada”lab çor tarafga alanglaydi-yu, yonginasida turganimni körmaydi.
Axir, qizçam dadasi men ekanligimni qaydan bilsin, faqat rasmimni körgan, telefonda ovozimni eşitgan bölsa!
– Ke, qizim, menman dadang, – dedim-u, uni bağrimga bosdim.
Avval begonasirab qarab turdi, keyin baqirib yiğlab yubordi. Tipirçilab qölimdan çiqib, ayasiga osildi. Qöli bilan meni körsatib:
– Ketsin bu odam, – deya baqirib yiğlay boşladi.
Xullas, berilgan sovğalar, öyinçoqlar, şirinliklar bilan ham “dada” deya tan olinmadim. Közi menga tuşsa, tamom, yiğlaydi, ket, deydi. Opalari bilan akasi damba-dam meni quçib, “Özimning dadam”, deya erkalansa, “Bu begona odamga bunça osilişmasa”, deganday, ularga hayron-hayron qaraydi.
Oradan uç-tört kun ötdi. Hali-hamon mening dada ekanimni tan olmadi, mening şu hovlida yurişimga örganmadi. Nuqul begonasirab qaraydi. Dada deb tassavvur qilib yurgan odami soçlariga oq tuşgan kap-katta odam bölib çiqişiga köna olmayapti. Erkalay, öynatay deyman, yaxşi gapiraman, ammo yoniga yaqin borsam, dod solib yiğlaydi.
Bir hafta ötgaç, qizim endi-endi, asta-sekin mening heç qayerga ketmasligimga, men şu uyning egasi, ularning dadasi ekanimga könika boşladi, ammo hali ham meni dada demas, biror nima söramoqçi bölsa, ey, deya meni “sen”lab gapirardi.
Hovlimizdagi bodom soyasida ötiribmiz. Akasi bilan opasi yonimda. Akasi yerga tuşgan bodom donaçalaridan olib, bir qöliga yaşiradi. Keyin menga qöllarini tutib:
– Dada, toping-çi, qaysi qölimda? – deydi.
Bilsam-da, atay topolmayman.
– Topolmadingiz, bu qölimda edi, – deya xursand bölib sakraydi öğlim.
Keyin opasi şunday qiladi. Uning ham yaşirganini topolmayman. U ham şodon qiyqiradi. Akasi va opasining bu zavqlanişlarini kiçik qizim sal narida havas bilan kuzatib turibdi, ammo yaqin kelmaydi. Hurpayib turaveradi. Öyin rosa qiziganini körib, sekin-asta bizlarga yaqin keldi.
Öğlim yana qöliga bodom yaşirib:
– Dada-dada, endi toping-çi, qaysi qölimda? – dedi.
– Mana bu, öng qölingda, – deya topib olaman.
Nihoyat, kiçkina qizim ham bitta bodom donaçasini qöliga oldi. Har bir harakatini közimning osti bilan kuzatib turibman. Bodomni qöliga yaşirdi-da, sekin menga yaqinlaşdi. Ataylab boşqa tarafga qarab turdim.
– Ey, ey, qaysi qölimda, top-çi?
Biram tili şirin, erkalab bağrimga bosgim kelyapti-yu, ammo eşitmagan kişi bölib, teskari qarab turaverdim.
– Ey, qaysi qölimda deyapman senga, – deya jajji qölçalarini yuzimga yaqin olib keldi.
Yana qaramayman. Sakkiz yoşli opasi qölini tutib:
– Dada-dada, qaysi qölimda, toping-çi? – deydi.
– Mana bu qölingda, – deya unga darrov javob beraman va soçini silab, peşonasidan öpib, uni erkalayman: – Asal qizim, özimning qizim.
Öğlimni ham erkalayman, “özimning öğlim”, deya maqtayman. Kiçkina qizimga atay qaramayman. Qani, nima qilarkan?
– Ey, qaysi qölimda, qara, ey?
Akasi bilan opasiga javob beryapman-u, unga qaramayapman. Yonimga yaqinroq kelib, muştçalarini, sal qolsa, közimga tegadigan qilib tutib, balandroq gapiradi:
– Ey! Ey, dada, qaysi qölimda? Ey, dada?!
Şartta burilib, ikki qölini baravar uşladim.
– Mana şu qölingda!
U mening, nihoyat, unga ham eʼtibor qilganimdan xursand bölib, qiyqirib kula boşladi. Mahkam quçib:
– Mening kiçkina malikam, dadajon de! Dadajon deb ayt! – yalindim.
Jajji qölçalari bilan böynimdan quçib:
– Dadajon! – dedi.
– Dadajon, sizni yaxşi köraman, deb ayt!
– Dadajon, seni yaxşi köraman!
– E, öxşamadi-ku, qizim? – dedim yolğon araz bilan. – Sizni yaxşi köraman, deb ayt!
– Dadajon, sizni yaxşi köraman.
– Meni soğindingmi?
– Ha, soğindim.
– Qaysi közlaring bilan?
Barmoqçalari bilan avval öng, keyin çap közlarini körsatdi:
– Mana şunisi bilan, keyin bunisi bilan.
Avval unisidan, keyin bunisidan öpaman. Keyin yuzlaridan, keyin soçlaridan…
Ana şunday qilib, kiçkina malikam bilan kelişib oldik. Oradan uç-tört kun ötib, menga şunaqa örgandiki, mendan bir qadam ham ayrilmaydigan, meni akasi va opalaridan qizğanadigan ham böldi. Men ham uning bu “sadoqati”ni erkalaşlarim bilan taqdirlayman:
– Özimning kiçkina malikam…
Opalari “Biz kiçkina malikamiz”, deyişsa, ular bilan urişib ketişiga oz qoladi:
– Yöq, menman malika! Dadajonim meni malikam deyapti!
Biror joyga ketib, keç qolsam, uxlamasdan kutib ötiradigan böldi. Tuşlikda yoki keçki ovqat vaqtida uyda bölmasam, ayasi yoki katta opasi bilan tortişib, dadamga deya alohida bir kosada ovqat oldirib qöyadigan böldi. Menga şunçalik kuçli mehr qöydiki, na akasi, na opalari menga bunçalar erkalik qilişmagandi.
– Hozir mening kiçkina malikam raqsga tuşib beradi!
Şunday deyman-u, telefonimning tasvirga oliş tugmasini bosaman. Akasi televizorni musiqiy kanalga qöyadi, qöşiq yangrayotgan böladi. Ammo mening jajji malikamga televizordagi eng zör xit qöşiqlar ham yoqmaydi. Har qanday maşhur hofizning ovozidan ham unga dadajonisining dörillagan ovozi yaxşi. Televizorni öçiradi:
– Özingiz aytsangiz, öynayman!
Heç qanday musiqasiz, qarsak çalib, özim bilgan yagona aşulamni boşlayman:
– Lalay-lalayçi keldi, köçaga moyçi keldi,
Köçaga moyni taşlab, sanamga sovçi keldi…
Ana şunda köring, haqiqiy raqs qanaqa bölişini! Bizning kiçkina malika berilib raqsga tuşadi, dadamga yoqsin, deb bor hunarini işga soladi.
Mening esa könglimdan boşqa gaplar ötadi. Qani endi iloji bölsa-yu, doim farzandlarim yonida bölsam. Tumanda topilmasa, viloyat markazida bölsa ham, yaxşiroq, muqim işlaydigan iş bölsa-yu, keçqurunlari malikamni raqsga tuşirib, farzandlarim bilan har kuni birga bölsam. Afsuski, imkoniyatlarimiz xohişimizga mos emas.
– Ostonaga yetar böying, sanamjon,
Bir kun bölar sening töying, sanamjon…
Kiçkina malikam çarx urib, raqsga tuşadi. Men esa ertaga ketişim kerakligini, kiçkina malikamni qanday qilib taşlab ketişimni öylayman. Kuni böyi ortimdan ergaşadigan, hatto keçalari böynimdan mahkam quçoqlab yotadigan qizçam mensiz nima qilişini öylayman.
Naçora, rözğor, tirikçilik. Şeriklar Toşkentdan iş topişibdi. Kiçkina malikam bilan xayrlaşiş oson bölmasligini bilganim uçun u uyğonmasidan jönab ketdim.
Kutganimdek böldi. Meni yöqotib qöygan qizim ayasini ham, akasi va opalarini ham qiynab yuboribdi. Nuqul meni sörab yiğlar emiş. Ovqat mahallari bir kosa ovqatni oldirib qöyib, özi ham yemay, “Dadajonim kelsa, birga yeymiz”, deb ötirarmiş.
Yaxşiyam endigi telefonlarning imkoniyati katta. Uydagilar bilan körişib gaplaşadigan böldim.
– Malikamni çaqiringlar! – dedim telefonda ayasi körinişi bilan. – Qani mening kiçkina malikam?
Telefonda meni körgan qizim yiğlab yubordi.
– Dadajon, qayerdasiz? Qaçon kelasiz?
– Nima böldi, kiçkina malikam, meni soğindingmi?
– Judayam-judayam soğindim, – hiqilladi qizim.
– Qaysi közing bilan?
– Bunisi bilan ham, bunisi bilan ham, – dedi yoşli közlarini körsatib.
Çidolmadim. Tong saharda turib, Samarqandga jönadim.
Kiçkina malikamning xursandçiligini körsangiz edi. Özi nimani yaxşi körsa, menga ilinadi. Hatto latta-puttadan özi yasab olgan qöğirçoğini ham menga beradi:
– Opalarimga berib qöymang yana, xöpmi? Bu ikkimizniki.
Toşkentda işlagan vaqtimda har hafta uyga borib turdim. Yangi yil bayramini ham birga ötkazdik. Ammo tört kun ötib, yana musofirçilik törvasini yelkamga ildim, Moskvaga uçdim…
Uydagilar bilan har kuni keçqurun “imo”laşib turamiz. Har holda, körişganday bölamiz-da. Kiçkina malikam meni telefonda körganidan bir kunlik voqealarning hisobini bera boşlaydi:
– Gulilarning pişagi tuğdi. Törtta. Uçtasi ola, bittasi qora. Qorasini senga beraman, dedi. Opam ikkimizning qöğirçoğimizni yaşirib qöydi. Dada-dada deb yiğlaşni bas qilsang, beraman, deydi. Ayting, bersin, mana, yiğlamayapman-ku.
– Qani, opangga ber-çi, – deyman boşqalar bilan ham gaplaşişga bahona topilganidan xursand bölib.
Baribir telefonni opalaridan tortib oladi:
– Dada, sizga öynab beraman, – deydi raqsga şaylanib. – Qöşiq ayting!
– Obbo, – deyman-u, baribir qöşiğimni boşlayman:
– Lalay-lalayçi keldi, köçaga moyçi keldi,
Köçaga moyni taşlab, sanamga sovçi keldi…
Navröz arafasida qöşnilar sumalak qilişibdi. Mening jajji malikam “Dadam kelsa, yeydi”, deb oldirib qöygan bir kosa sumalak, tura-tura açib ketgaç, undan yaşirib, zörğa taşlab yuborişibdi. “Dadamning sumalagi qani?” deb bir hafta janjal qilibdi.
Haligaça uyda biror tansiq taom tayyorlaşsa, menga deb olib qöyar ekan.
Hovlimizdagi çilgi uzum pişibdi.
– Dada, uzumimiz pişdi! – deyişdi akasi va opalari suyunçilab.
– Zör-ku! Qani, kiçkina malikamga beringlar-çi, – dedim.
Uni çaqirişadi. U bölsa bitta çinniga solingan ikki boş çilgini kötarib kelib, menga körsatadi:
– Dada, dadajon! Sizga uzum olib qöydim, – deydi entikib. – Men hali yemadim. Kelsangiz, birga yeymiz. Mana bunisi menga, bunisi sizga.
Tomoğimga bir nima tiqiladi. Közlarim yoşlanadi. Bir nima deyolmayman. Qizim hayron böladi:
– Dadajon, sizga nima böldi? Nega yiğlayapsiz? Sizni kim urişdi?
Men könglimdan ötganlarini aytaman:
– Qizim, jonim, özimning kiçkina malikam! Meni yana kim sençalik yaxşi körar ekan? Azizam, yana kim meni sençalik soğinib kutar ekan bu dunyoda? Qayerdan olding bunça mehrni? – Muştdek jussangga qanday siğadi bunça sinoat?
Kiçkina malikam – Muslimam bu sözlarimning bittasiga ham tuşunmay, közlarini pirpiratib turaveradi. Özi bilganini aytadi:
– Dadajon! Men sizni soğinib ketdim. Mana bu közim bilan ham soğindim, bunisi bilan ham. Qaçon kelasiz?
Baxtiyor TURSUN
1978-yili Samarqand viloyati Payariq tumanida tuğilgan. “Quruvçining kundaligidan” rukni ostida yozilgan hikoyalari Respublika naşrlarida eʼlon qilingan.
2024/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


