19 daqiqada öqiladi

148 marta körilgan

Tariximizni teran bilaylik

Muhammad Ali

“Yangi Özbekiston” sözlari sodda, ammo özida olam-­olam maʼno mujassam etganini köraman, könglimda iftixor hissini tuyaman, faxrlanaman, göyoki yangidan kaşf etganday bölaman. “Mustaqillik”, “özbek”, “xalq”, “tarix”, “zafarlar”… Ne­çoğli köngilga ruh berguvçi, qanotlantirguvçi purmaʼno sözlar! Ularning har biri haqida bir kitob yoziş mumkin, desak mubolağa emas. Bunday kitoblar yozilayotir ham.

Jafokaş yurtimiz  köp bos­qin­çilarni kördi, har biri kelib, yurt egasi bölgan xalqdan söramay-netmay, öziça unga yangi nomlar qöydi, çunonçi, Tran­soksaniya, Movarounnahr, Çiğa­toy ulusi, degandek… Milliy qadriyatlar, mada­­­ni­­yat-u maʼnaviyat poymol etil­di, tarix top­tal­di, tarixiy haqiqatlar xas­pöşlandi…

Allohga hamd-u sanolar bölsin, ma­na öttiz uç yildirki, qa­dim Turon, Öz­be­kiston yurtida mustaqillik şa­ba­dasi esmoqda, Yangi Özbekiston muh­­taram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida qaddini ba­land kö­ta­rib, jahonga çiqib bormoqda, dunyo ham­­jami­yatidagi öz örnini mustahkam egallamoq­da. Boşqaça aytganda, bu­gun özbek özbek bölib jahonga böy kör­­sat­­moqda, olamga keng nazar taş­la­moq­da.

Mustaqilligimiz bizga özligimizni qay­tarib berdi, tarixiy haqiqat qaror topdi,  milliy qadriyatlar tiklandi. Bu qutluğ jarayon davom etmoqda.

“Öz tarixini bilmaydigan, keçagi kuni­ni unutgan millatning kelajagi yöq” – bu haqiqat. Inçunin, tariximizni çuqur öqib-­örganmoğimiz, keçagi kun­ni es­dan çiqarmasligimiz, hur hayot­ning qadri­ga yetişimiz, uni asrab-avay­laşi­miz lozim.

Tarixni örganganda, ötmişda millat, Vatan, Vatan farzandlari şaʼniga bölgan har xil noxolis munosabatlarni, pisandsizliklarni körib, tabiiyki,  köngil ozor tortadi. Tarixda köp xatolar ötgan, agar tuzatiş mumkin bölsa, uni xato emas, adaşiş, deb qaramoq kerak. Bir misol. Amir Temur Töxtamişxon bilan jangga borayotib, Ulutovda katta xarsangtoşga safar mazmunini öyib yozdiradi. Şunda bobomiz özini “Turon sultoni” deb ataydi. Töğri, yurtimiz Turon, Amir Temur bu davlatning buyuk hukmdori. Ammo rasmiy tarixda “Turon davlati” emas, “Temur davlati” örganib kelinmoqda. Natijada, buyuk davlatimiz haqida  boşi yöq-davomi yöq, yolğiz bir kişining davlati deganday taassurot paydo böladi. Bu­ning sababi, tariximizni ovrupoliklar yozganida, ular ğaraz bilan yurtimizni parokanda körsa­tiş niyatida Turon mamlakatida hukm surgan davlatlarni  alohida-alohida, göyo ularning bir-biriga aloqasi yöqdek, böltak-böltak  holda talqin etişadi. Holbuki, özbek davlatçilik tarixi uç ming yillarga boradi. Nega Turon yurtida Turk xoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar, Ğaznaviy­lar, Xorazmşohlar, Temuriylar, Şayboniy­lar, Aştarxoniylar va hokazo davlatlarimiz tarix fanida bir-biriga boğlab örganilmaydi? Maqsad, Turon yurtini olaquroq qilib körsatiş, oqibatda  tarixni, millatni kamsitişdan iborat. Turon, Turkiston ekanini bilib tu­rişsa-da, ayrim ovrupolik tarixçilar  yuqoridan qaraşib, boşqa nomlar qöyişadi, bizlarni yagona millat  deb hisoblaşmaydi ham, önlab qavmlar nomlarini keltirib, manzarani xiralaştiriş payida bölişadi. Şunday munosabatni tilimizga nisbatan  ham qöllaganlar.

Bir neça yillar ilgari poytaxtimizdagi taniqli şaxslar dafn etiladigan qabriston rasman “Çiğatoy qabristoni” deb atalar edi. Keyingi vaqtlarda uning nomi Forobiy qab­ristoni deb özgartirildi. Biroq odamlar orasida bu maskan haligaça avvalgi nomi bilan tilga olinadi. Qab­ristondan taşqari hozir ham “Çiğatoy” nomi bilan boğliq “Çiğatoy Art”, “Çiğatoy korzinka”, “Çiğatoy somsa” singari supermarket, kafe va somsaxonalarni uçratiş mumkin.

Kamina öz-özimga savol berdim: xöş, nimaga bu joyning nomi Çiğatoy deb ataladi?

Odatda, joy nomlari, tarixiy nomlar, atamalar çuqur mazmunga ega böladi, ular behuda qöyilmaydi. Bu joy  nomi qandoq qilib möğul xoni Çiğatoyga boğlanib qolgan ekan? Yoki bu yer öz vaqtida uning farmoni bilan qabristonga aylantirilganmi?..

Kimdir, bu nom bu yerda mavjud bölgan Çiğatoy darvoza bilan boğliq bölsa kerak, deya fikr bildirdi. Bunda jon borday edi. Köp bilgiç odamlar bilan uçraşdim, sörab-suriştirdim. “Çiğatoy” degan toponimning  qayerdan paydo bölganini bilib olarman, degan niyatda turli kitoblarni körib çiqdim, “Toşkent” ensik­lopediyasini  varaqladim.

Tarixçi Muhammad Solihxöjaning “Tarixi jadidayi Toşkand” asarida yozişiça, XIV asr oxirida şahar­ning 12 darvozasi bölgan (Qiyot, Turk, Özbek, Taxtapul, Qorasaroy, Çiğatoy, Suʼboniyon (Sağbon), Kökça, Kamondoron, Qanğli, Beşoğoç, Qatağon).

Rus tarixçisi va diplomati K.Miller 1740-yilda Toşkentda 8 ta darvoza bor edi, deydi. Darvozalar nomlari özgargan, ular içida Çiğatoy nomi eslatilmaydi. Darvozalardan biri Tarsoxon deb atalib, keyin­çalik “Çiğatoy”ga özgartirilgan. Çor Rossiyasi bosib olgan 1865-yilda esa 12 darvoza bölgan  (Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sağbon, Çiğatoy, Kökça, Samarqand, Kamolon, Beşoğoç, Qöymas, Qöqon, Qaşqar).

Olmazor tumanidagi “Yangi turmuş” mahallasi (Forobiy köçasi, 230)ga 1991-yilda “Çiğatoy dar­vo­za” nomi berilgan. 1992-yilda A.Ibragimov bilan X.Toş­muhamedov mahallalari qöşilişi natijasida “Çiğa­toy-Oqtepa” mahallasi (Forobiy köçasi, 416) taş­kil topgan. Nomi – Çiğatoy Oqtepasi arxeologik yodgor­ligidan olingan. Çiğatoy Oqtepasi ar­xeologik yod­gor­ligini esa olimlar – V-VI asrlar, X-XII asrlarda barpo etilgan deb hisoblaşadi, ammo qaçon Çiğatoy nomi bilan atalgani maʼlum emas. Bu nom arxeologlar tomonidan qöyilgan körinadi (Fayoztepa, Mingörik va h.k. kabi). Uşbu manzilgoh Toşkent şahri­ning şimoli-ğarbida, Kaykovus kanali böyida joylaşgan. Bu yerda 1927-yilda tarixçi va etnograf olim N.G.Mallis­kiy va 1940-yilda M.E.Voroneslar izlanişlar qilişgan, 1968-yilda Toşkent arxeologiya ekspedit­siya­si tek­şirişlar olib borgan. Hozir Çiğatoy Oqtepasi  tekislanib ketgan, örniga zamonaviy uylar qurilgan. “Çiğatoy Oqtepa” mahallasi şu yerda…

“Çiğatoy darvozasi” nomidan olingan Çiğatoy köçasi (“Çiğatoy qabristoni” ham xuddi şundoq atalgan, şekilli) 1970-yilda özgartirilib, Forobiy nomiga qöyilgan (“Toşkent” ensiklopediyasi. T., 2009. 597-bet). Keyin “Çiğatoy qabristoni” – Forobiy köçasidagi qab­riston “Forobiy qabristoni” deb yuritila boşlangan. Uning asl nomi esa “Qöşçi ota” qabristoni bölgan. Maʼlumki, Toşkentda şundoq ota nisbasi bilan atalgan bir neça qab­riston borligi  buning anʼana şaklini olganini körsatadi. Çunonçi, Zangi ota, Oqil ota, Çimir ota, Ğoyib ota, Qöyliq ota, Yalanğoç ota…

Endi uzoq tarixga yuz burib, Çiğatoy kim edi, degan savolga javob topişga urinib köraylik.

Çiğatoyxon – (tuğilgan yili nomaʼlum – 1242), 1224-yil­dan ön sakkiz yil davomida Çiğatoy ulusi xoni hisoblangan. Çingizxonning ikkinçi öğli. Saltanat qonun-qoidalari, udumlar, xususan, Çingizxon yaso­sini mutlaq ado etiş nazorati unga topşirilgan edi. Möğullarning bosqinçilik yurişlarida u bir neça jangda Çingizxonga hamsafar bölgan. Xitoyga yuriş­da, Movarounnahrni istilo etişda juda qattiqqöllik körsatgan. Aka-ukalari Jöji va Öqtoylar bilan birgalikda Öt­ror­ni olişda, Urgançni qamal qilişda qatnaşgan. 1221-yilning 25-noyabrida Jaloliddin Manguberdi bilan Sind daryosi böyida yuz bergan ayovsiz jangni öz közi bilan körgan, otasining yonida turgan. Sind daryosidan ot solib ötib ketgan xorazmşoh Jaloliddinni taʼqib etiş, tutib kelişga yuborilgan Çiğatoy 1221/22-yil qişi­ni Hindistonda ötkazgan.

1224-yilda Çingizxon öğillariga mulk ulaşadi. Çiğa­toyga ham katta hudud inʼom etiladi. Bu haqda muarrix Abulğoziy şunday maʼlumot beradi: “…Movarounnahrni va Xorazmning baʼzisini, bilodi uyğur va Koşğar, Badaxşon, Balx, Ğaznin to Sind suvigaça anga berib erdi. Bu aytilgan viloyatning heç qay­sisiga özi borgani yöq. (Taʼkid bizniki – M.A.) Ammo doruğalar qöyib erdi. Özi Ögadoyning qatinda erdi.” (Abulğoziy. “Şajarayi turk”. T., 1992. 93-bet). Şundan söng Movarounnahrni Çiğatoy ulusi deb atay boşladilar.

Çiğatoyning ikki qişki va yozgi  ördasi bölib, har ikkisi ham Ili vodiysida (hozirgi Xitoyning Ğulja şahriga yaqin, Ili
viloyati)da edi. Mirzo Uluğbek  şunday yozadi: “Aytadilarki, Çiğatoyxon ayş-u işrat va ovni juda sevgan. Köpinça vaqtini öşa işlarga sarf etgan…” (Mirzo Uluğbek. “Tört ulus tarixi”. T., 1994. 298-bet.)

Çingizxon vafotidan (1227) söng Çiğatoy biron mar­ta ham  janglarda qatnaşmagan, Movarounnahrga ham qadam bosmagan, ulusni idora qilişni  avval Mahmud Yalovoçga, keyin esa uning öğli Masʼudbekka (1238-1289) topşiriş bilan kifoyalangan.

Odatda, har bir şaxs özining millat, Vatan, tarix oldidagi buyuk xizmatlari uçun yuksak maqomlarda eʼti­borga sazovor böladi, nomi tarix sahifasiga zarhal harf­lar bilan bitiladi, şaraflanadi. Çunonçi, Imom Buxoriy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxşariy, Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Uluğbek, Zahiriddin Muhammad Bobur…

Şu örinda haqli savol tuğiladi: nima uçun Çiğa­toyxon vafotidan buyon salkam sakkiz yuz yil vaqt ötsa ham uning nomi hali-hanuz Özbekiston toponimikasida mavjud? Joylar uning nomi bilan atalgan, uning nomidagi mahallalarda yaşaymiz?..

Öylab köraylik: Çiğatoy, Çingizxonning öğliga, tariximizdagi qaysi xizmatlari uçun şundoq eʼzoz-u hurmat körsatilişi kerak? Çingizxonning öğli ekani uçunmi? Hurmatga sazovor böliş uçun insonda maʼnaviy huquq bölişi lozim. 

Bu ayançli va kulgili bir holdir. Biz bir narsani anglaşimiz kerakki, mustamlaka davrida Çiğatoy nomi Amir Temurni, Temuriylar davridagi madaniy yuksalişni xaspöşlaş uçun ataylab şunday baland mavqega kötarilgan edi.

Bundan, afsuski, millatimiz, adabiyotimiz, tilimizga tajovuz qiladigan, doğ tuşiradigan noxuş salbiy jihatlar ham kelib çiqdi. Bu juda ham açinarli hol.

Gap şundaki, jahonda nafaqat yurtimizdagi joylar, balki yurtning özi, tili, adabiyotini ham Çiğatoy nomi bilan ataşadigan bölib qoldilar! Turon aholisini ham, turk, özbek emas, bemalol çiğatoy, çiğatoylar de­yiş urf tusini oldi.

“Movarounnahr aholisi sözlaşadigan til esa çiğa­toy tili deb nom olgan” – deb yoziladi “Özbe­kis­ton Milliy ensiklopediyasi”da. (T., 2005. 9-tom. ­635-bet). Qan­day qilib, Turkistonning rasmiy tili turkiy degan nomi böla turib, “çiğatoy”ga aylanib  qoladi?  Bu  mantiq doirasidan taş­qaridadir.

Albatta, juğrofiy hududni bildiradigan “Çiğatoy ulu­si” atamasi borligi haqiqat. Ammo Çiğatoy tili, Çiğatoy eli, Çiğatoy adabiyoti deyiş mutlaqo notöğridir. Aslida, deyiş zarurati bölsa, Çiğatoy ulusi tili, Çiğatoy ulusi eli, Çiğatoy ulusi adabiyoti bölişi kerak. Axir, Çingiz­xonning birinçi öğli Jöji ulusidagi til nega “Jöji tili”, Oltin Örda adabiyoti esa “Jöji adabiyoti” deyilmaydi?.. Biz özimiz istamagan holda, möğul bosqinçisi öğli­ni, Vatanimizni ğorat qilgan hukmdor­ning nomini abadiy­laştiriş bilan şuğullanayotirmiz. Bu narsa kişida çuqur taassuf hissini uyğotadi.

Şuni aytiş kerakki, ona tilimizning tarixi va qonuniyatlari, nomlanişi, adabiyotimizni davrlaştirilişi bilan asosan V.V.Radlov, V.V.Bartold, N.Poppe, A.N.Samoyloviç, F.Köprulizoda, A.Krimskiy singari va boşqa ğarblik olimlar şuğullanişgan. “Çiğatoy tili”, “Çiğatoy eli”, “Çiğatoy adabiyoti” degan terminlarning  paydo bölişi va tomir yoyişida, bunday qaraşlarning jahon fanida tarqalişida zikr etilgan, “çetdan kelib bizning tilimizga turli nomlar berişni yaxşi köradigan turkologlar” (P.Qodirov sözi)ning “xizmatlari” katta… Masalan, V.V.Bartold şun­day yozadi: “Под влиянием блестящего расцвета тюркской литера­туры в чагатайском государстве (?) при Тимуридах этот восточнотюркский литературный язык (?) как на Востоке, так и в европейской науке получил название “чагатайского” (?!) (В.В.Бартольд. Soçineniya. V tom. M., 1968. str.606.) Yaʼni: “Temuriylar davridagi çiğatoy davlatida (?) barq urib yaşnagan turk adabiyoti taʼsirida bu şarqiy-turk adabiy tili (?) Şarqda ham, Yevropa fanida ham “çiğatoy” nomini oldi…” (Öquvçi yaxşiroq tasavvur etsin uçun olimning sözlarini asliyatda keltirdik. – M.A.)

Yana: bu yerda qaysi davlat haqida söz ketmoqda – bunisi maʼlum emas. Agar Çiğatoy ulusi közda tutilayot­gan bölsa, u XIII asr oxiriga kelib mutlaqo mavqeyini qöldan boy bergan edi. Nega çiğatoy davlati deb atalişi kerak ekan, degan savol ham tuğiladi. U qaysi davlat edi? Bu davrda yurtimizda heç qanaqa çiğatoy davlati emas, balki Amir Temur asos solgan Turon saltanati hukm surar edi-ku. Ti­limizning öz nomi bor, uni şarqiy-turk adabiy tili deb ataşga aslo hojat yöq.

V.V.Radlov taxminiga köra ham (“Temur Qutluğ va Töxtamiş yorliqlari” maqolasiga qarang) çiğatoy ada­biy tili aslan Şarqdan kelib çiqqan emiş. Lekin “Şarq” tuşunçasi maʼnosi özidan ham bepoyonroq bölganidan, olimning taxmini noaniq bölib qoladi. Millatparvar alloma buyuk jadid Abdurauf Fitrat turk tilining köp şöbalarini örganayotgan Yevropa olimlari izla­niş­lariga qarab, ranji­gannamo deydi: “Turkiyot bilan maşğul bölğan Ovrupa olimlari turk tilining bu qadar köb şöbalarğa ayrilğanin körgaç, bularni bir-birlari­ga yaqinliklari eʼtibori bilan köma­larğa ajratğali (tasnif qilğali) tirişadurlar…” (Abdurauf Fitrat. Tanlangan asar­lar. T., 2006. 117-bet).

Şarqşunos olim A.N.Samoyloviçning “Çiğatoy tili” tarixini olti asrga qanday joyla­ganini közdan keçiraylik:

  1. Çiğatoy adabiy tilining oltin davri (XV-XVI asrlar).
  2. Çiğatoy adabiy tilining inqirozi (XVII-XVIII asrlar).
  3. Çiğatoy adabiy tilining qayta jonla­nişi (XIX asr va XX asrning boşi). Bu özbek filologiya fakultetlari uçun 1984-yilda çiqarilgan darslikka kiritilgan. Olim­ning fikriga köra, agar XVII-XVIII asrlar çiğatoy tili­ning inqirozi davri bölsa, u holda, XVII asrda yaşagan buyuk şoir Boborahim Maşrabning gözal şeʼriyati qanday yaratildi ekan? U inqiroz emas, yuksak par­voz­ni körsatib turibdi.

Turkolog olimlar tilimizning köp asrlik rivojlaniş pallalari haqida söz oçib, uni turli taʼsirlardan özga­rişlarga uçragani haqida fikr yuritadilar. Turli asrlarda yaratilgan asarlardan olingan qiyos uçun keltirilgan quyidagi misollarga eʼtibor bering. Ular tilimizning ikki yuz yillik (1200-1400-y.y.) davrini aks ettiradi:

Biliklik keraklik sözin sözlayur,

Keraksiz sözini kömib kizlayur.

Biliksiz ne aysa ayur uqmatin,

Aning öz tili öz boşini yeyur…

Ahmad Yugnakiyning XIII asr boşida yaratilgan “Hibat ul-haqoyiq”  dostonidan.

* * *

“Bu kitobni yozgan, toat yölinda tizgan, maʼsiyat  yobonin kezgan, oz ozuqluq, köp yozuqluq, Raboti Öğizning qozisi Burhon öğli Nosiruddin”…

* * *

“Uluğ otliğ, qutluğ zotliğ, ezgu xulqliğ, islom yoruğliğ, möğul saniliğ, musulmon dinliğ, odamiy­lar inonçi, möminlar quvonçi, himmati adiz, aqli tegiz  begimiz Nosiruddin Töqbuğadin… iltimos yangliğ işorat böldi”.

Nosiriddin Rabğuziyning 1310-yilda yozilgan  “Qisas ul-anbiyo” asaridan.

* * *

Aningkim, ol enginda meng yaratdi,

Böyi birlan soçini teng yaratdi.

 

Böyung sarv-u sanubartek, beling qil,

Vafo qilğon kişilarğa vafo qil.

 

Muhabbat nori jondin ketmadi heç,

Qölum siym olmangizğa yetmadi heç.

 

Soçing ming torina  ming hur yetmas,

Yuzungnung nurina ming nur yetmas…

 

Xorazmiyning 1353-yilda yozilgan “Muhabbatnoma” dostonidan.

* * *

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,

Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

 

Hijron keçasi çarxi falakka yetar, ey moh,

Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma…

Lutfiyning XIV asr oxirlarida yozgan ğazalidan.

* * *

Gul tilasa xotiring töla tabaq,

Bu “Guliston”dan öqi bir varaq.

Gul jamoli bir neça kunda keçar,

Bu “Guliston” doimo köngil oçar.

Ul ajoyibki ğaroyib munda bor,

Xusrav-u Şirin içinda qanda bor?

 Bu latofat boğ-u böstoni durur.

Bulbul muğanniyi “Guliston”i durur.

Sayfi Saroyining 1391-yilda  yetmiş yoşida yozib tugatgan “Turkiy Guliston” dostonidan.

Bu parçalar bugungi öquvçiga ham tiniq tuşu­narlidir.

“Vo vtoroy polovine IX/XV v. çagatayskaya literatura v litse Mir Ali-Şira (rod. V 844/1440-41 g.,  um. v voskresenye 11 djumada II  906/3 yanvarya 1504 (xato, aslida 1501-yil)  dostigla svoyego apogeya.” (В.В.Бартольд. Soçineniya. V tom. M., 1968. str.608.) Yaʼni, “IX/XV asrda Mir Ali-Şir (844/1440-41-yillarda tuğilgan; 1504 (xato, aslida 1501-yil) yakşanba 11 jumada II  906/3-yanvarda vafot etgan) siymosida çiğatoy adabiyoti  özining avj nuqtasiga çiqdi”. Ana xolos!

V.V.Bartolddan keltirilgan yuqoridagi ikki iqtibos ­uning “Islom ensiklopediyasi” degan maşhur naşr uçun yozil­gan “Çiğatoy ada­biyoti” maqolasidan olindi.

Biroz tarix: “Islom ensiklopediyasi”ning (The Encyclo­pedia of Islam) ilk  nashrini  tayyorlash ishlari 1900-yilda Gollandiya­ning  Leyden universitetida  boshlangan. Unda nemis, golland, fransuz, ingliz olimlari ishtirok etish­gan. Natijada 1939-yilda 5 jilddan iborat ensiklope­diya uch tilda – nemis, ing­liz, fransuz tillarida bir vaqtning özida bosib çiqarilib, butun Yevropaga tarqatilgan. (Zikr etilgan maqola ham  şu taxlit maşhur bölib ketgan). 

1954-yilda  ensiklopediyaning 2-naşriga kirişilgan  va 2002-yilda oxirgi 11-jild  çop etilgan.

1940–1987-yillarda “The Encyclopedia of Islam” Turkiya xalq maorif vazirligi taşabbusi bilan 15 jild hajmda turk tiliga tarjima etilib naşr qilingan. Biroq ularda Şarq­qa (xususan, turk tarixiga) ğarbça nuqtayi na­zar­dan  qaraş yaq­qol körinib turgani, turk madaniyati haqida notöğri maʼlumotlar kirib qolgani jamoatçilikda qattiq eʼtiroz tuğdirdi. Şundan söng 1983-yilda Tur­kiya diniy işlari boş­qar­masi taşab­busi bilan 40 jilddan ortiq hajm­da mut­laqo yangi ensik­lopediya tayyorlaşga kirişildi va bosib çiqa­­rildi.

Endi Alişer Navoiyning öziga murojaat etaylik, qani, uluğ şoir çiğatoy tili, çiğatoy adabiyoti iboralariga  qanday munosabatda bölgan ekan?

Şoir “Lison ut-tayr” dostonining “Bu kitobda taxallus tağyirining uzri” bobida:

“Şeʼr sanʼatin ki qildum ibtido,

Turk alfozi bila qildum ado”, deydi va çiğatoy tili bilan yozdim, demaydi.

“Farhod va Şirin” dostonidan:

Agar bir qavm, gar yuz, yöqsa mingdur,

Muayyan turk ulusi xud meningdur!

Eʼtibor bering: şoir “Çiğatoy ulusi” emas, Turk ulu­si demoqda!

“Sabʼayi sayyor” dostonidan:

Öngda turkinavoz urub doston,

Qözğolib har navosida Turkiston…

“Saddi Iskandariy” dostonidan:

Muğanniy, kel-u çert turkona soz,

Maqomi “Navo”, yöqsa “Turkiy Hijoz”.

Navoiyning aşʼoridin neça bayt,

Mening hasbi holim topib turkiy ayt!

Hazratga qulluqlar bölsin!

Şunisi eʼtiborga sazovorki, uluğ vatanparvar şoir  Alişer Navoiy öz asarlarida  “Çiğatoy eli”, “Çiğatoy tili”, “Çiğatoy adabiyoti” degan  iboralarni mutlaqo qöllamaydi. Ona tilimiz muammolariga ba­ğiş­langan  “Muhokamat ul-luğatayn”  asarida  ona tilimizga nisbatan “Turk eli tili” atamasini işlatadi, “Çiğatoy tili” iborasini eslamaydi.  Faqat bir joyda – “Mezon ul-avzon” risolasi muqaddimasida: “Turk tili bilan qalam surdum” sözlaridan keyin… “çiğatoy lafzi bila raqam urdum” deydi, xolos.  “Navodir ­un-nihoya” devonida “Çiğatoy” sözi şaxs nomi, “Favo­yid ul-kibar” devonida esa qavm nomi sifatida tilga oli­nadi. Boşqa heç qaysi asarda bu söz uçramaydi, uçrasa ham etnik atama vazifasini bajaradi, xolos. 

Ayni paytda ona tilini ifodalaydigan “turk” söziga şoirning mehri butunlay bölakça. Yana misollarga nazar taşlaylik.

Çunonçi, “Navodir un-nihoya” devonida öqiymiz:

Ey, Navoiy, bir parivaş turkning majnunimen…

“Favoyid ul-kibar” devonida:

Turklarning qulidurmenki, nigorimning erur

Qoşi turkona, qaboği keng-u közi qiymoç.

“Farhod va Şirin” dostonida:

Köngil bermiş sözumğa turk jon ham,

Ne yolğuz turk, balkim turkmon ham.

“Sabʼayi sayyor” dostonida:

Dahr aro şoh çu turk voqeʼdur,

El aro turk lafzi  şoyeʼdur.

“Lison ut-tayr” dostonida:

Çun toptim ul kalom içra kamol,

Turk alfozi bila surdum maqol.

 

* * *

Turk nazmida çu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

 

Menki, turk alfoziga aylab şuruʼ,

Nazm topti taʼb-u kilkimdan vuqu…

Navoiy öz ona tili bilan ana şunday faxrlanadi, asarlarida bu mavzuga qayta-qayta murojaat etadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon şahrini taʼrif­lar ekan: “Eli turkdur. Şahri va bozorisida  turkiy bilmas kişi yöqtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Mir Ali­şer Navoiyning musannafoti, bovujudkim Hirida nashʼu namo topibtur, bu til biladur”, deb guvohlik beradi (Zahiriddin Muhammad Bobur. “Boburnoma”, T., 2002. ­34-bet) va bu bilan Turon yurtida turk tili adabiy til ekanini (taʼkid bizniki – M.A.) isbotlaydi, “çiğatoy tili” iborasi haqida  esa, tabiiyki, lom-mim demaydi. Yana Alişer Navoiy haqida “Boburnoma”da aytilgan sözlarga ham diqqatni qarataylik: “Alişerbek naziri yöq kişi edi. Turkiy til bila to şeʼr aytibdurlar, heç kim onça köp va xöb aytqon emas…” (öşa kitob. 132-bet.)

Bunda ham çiğatoy tili haqida imo-işora ham yöq… Şundoq ekan, Alişer Navoiy qandoq qilib “çi­ğa­toy” şoiri (чагатайский поет) bölsin?

Özbekiston xalq yozuvçisi Pirimqul Qo­dirov “Adabiy tilimizning oltin köprigi” maqolasida xuddi şu mavzu – çiğatoy tili, çiğatoy adabiyoti haqida juda örinli fikrlarni örtaga taşlaydi. Jumladan adib yozadi: “Amir Temur 1370-yili Markaziy Osiyoda davlat tepa­siga kelgandan keyin Çiğatoy avlodlari bu hududdan quvilgan, Movarounnahr yana qadimiy nomi bilan Turon va Turkiston deb atala boşlagan edi. Çiğatoy ismi endi faqat turkiylaşgan bir möğul uruğining oti yoki “Çiğatoytepa”, “Çiğatoy qabristoni” kabi joy nomlari sifatida saqlanib qolgan edi. Şunga qaramay, sunʼiy yasalgan “çiğatoy tili” tuşunçasini Ali­şer Navoiy va Bobur Mirzo tiliga nisba­tan ham tatbiq etiş, yana bu soxta atama tarixini XX asrga­ça çözib keliş ilm-fanga emas, faqat qaram qilingan xalqlarning yuksak madaniyatini kamsitişga xizmat qiladigan ğayriilmiy bir siyosat edi. Afsuski, ayrim özbek olimlari til tarixiga oid kitoblarida “çiğatoy tili” iborasi­ning mohiyatiga eʼtibor bermay keladilar.

Universitetlarning filologiya fakultetlari uçun öquv qöllanma sifatida 1994-yilda naşr etilgan kitobda şunday satrlar bor: “Turkşunoslikda baʼzan çiğatoy adabi­yoti va çiğatoy tili, çiğatoy turkiysi atamalari uçraydi. Bu örindagi çiğatoy adabiyoti atamasini özbek mumtoz adabiyoti deb tuşunmoq kerak. Çiğatoy tili atamasi esa eski özbek adabiy tilini ang­­latadi”.

Bu maʼlumotni talabalar ongiga öquv qöllanma orqali yetkazib berayotgan tilşunos olimlarimiz bir lahza öylab körmaydilarki, Çiğatoy özi kim bölganki, butun bir adabiy tilni, hatto Alişer Navoiy davridagi mumtoz adabiyotni “Çiğatoy tili”, “Çiğatoy adabiyoti” deb ataş kerak?”

Şu yerda bir jihatni aytib ötiş kerak. Adabiyotşunos, tilşunos olimlarimiz orasida, göyoki “Çiğatoy tili”, “Çiğatoy adabiyoti” singari atamalar XIII asrdan boşlab mavjud bölgan, degan qaraşlarni olğa sur­guv­çilar ham uçrab turadi. Bu asossiz daʼvolardan özga narsa emas. Tarixga nazar solinsa, möğullar bosqini tufayli yurtimiz “Çiğatoy ulusi” deb atala boşlangandan keyin mustamlaka ölkada adabiyot sönib ketganini köramiz, zero, XIII asrda adabiyotimizda biron-bir közga körinarli asar yaratilgani yöq. Rabğuziyning “Qisas ul-anbiyo” asari 1310-yilda, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” dostoni 1353-yilda – bular endi XIV asr böladi – yaratildi. Amir Temur yurt boşiga kelganidan sönggina adabiyotning, ilm-fanning rivojlanişi uçun imkoniyatlar paydo böldi, bu jumlayi jahonga maʼlum.

Afsuslanarli joyi şundaki, jahonda özbek adabiyotini Çiğatoy adabiyoti deb tuşuniş hali-hanuz davom etmoqda. Masalan, Bokuda ozarbayjonlik adabiyotşunos Almaz Ulvining ozarbayjon-özbek adabiy aloqalariga bağişlangan “Ozarbayjon-özbek (çiğatoy) adabiy aloqalari” monografiyasi bosilib çiqdi (“Kitob dunyosi” gazetasida 2014-yil 10-sentyabr sonida şu kitobga yozilgan taqriz hamda “Şarq yulduzi” jurnali­ning 2014-yilgi 4-sonidagi Xolid Saidga bağiş­langan maqolaga qaralsin). Monog­rafiyada olima ikki adabiyot örtasidagi ijodiy aloqalarga batafsil töxtaladi. Bu borada tasavvur töliqroq bölişi uçun kitobdagi boblar, fasllar nomlarini keltirib ötaylik: “Ozarbayjon-çiğatoy (özbek) adabiy aloqalarining şakllaniş davri”, “XVI-XIX asrlar çiğatoy (özbek) poeziyasi va adabiy muştarak mayllar”, “XX  asr çiğatoy (özbek) adabiyoti va “Mulla Nasriddin” jurnali (Şarq satira maktabi va jadid çiğatoy (özbek) şeʼriyati”, “Özbek (çiğatoy) şeʼriyati ozarbayjon tili­da”, “Çiğatoy (özbek) nasri­ning ilk davri”… “Özbek” sözi tuşuntiriş, izoh uçungina qavs­da berilmoqda, adabi­yotimiz esa “Çiğatoy adabiyoti” sifatida talqin qilinmoq­da. Aftidan, gazetaga ham, jurnal tahririyatiga ham, maqola muallifiga ham bunday talqin maqbul köri­nadi şekilli, çunki ular tomonidan heç qanday muno­sabat bildirilmaydi. Bu kitobni öqigan ozar­bayjonlik öquv­çilarda özbek (çiğatoy emas!) ada­biyoti haqida notöğri tasavvur paydo bölişi mumkin.

Şubhasiz, ozarbayjonlik zahmatkaş olima Almaz Ulvi xonimning özbek adabiyotini uşbu mamlakatda va dunyoda tarğib qiliş hamda ikki qardoş mamlakat ilmiy doiralari örtasida hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi xizmatlarini behad qadrlaymiz. Faqatgina u kişi kelgusida yuqorida tilga olingan masalalarga eʼtibor qaratsa, ayni muddao bölardi. 

Afsuski, tariximizga, umuman turk tarixiga noxolis, nopisand, goho oçiqdan-oçiq ğaraz bilan yonda­şiş tendensiyasini har qadamda sezib turamiz. Bir misol. Sohibqiron Amir Temur nomining turliça beri­li­şi­ga diq­qatni qarataylik. Allohning bandasiga bitta ism beri­ladi. Ammo buyuk bobomizning nomi Temurbek bölgani holda uni jahon rasmiy naşrlarida (ensiklopediyalar, luğatlar va h.k.) turliça, çunonçi, Taymur, Timur-lenk, Timur, Tamburleyn, Tamerlan qabilida yozilişiga nima deyiş kerak? Boşqa maşhur siymolarning birontasi taqdirida bunday munosabatni uçratmaymiz.

Mustaqilligimiz tufayli, ahvol mutlaqo özgarib bora­yot­gani kunday ravşan. Buyuk bobomiz haqidagi asl haqiqat yuzaga çiqdi, buni jumla jahon tan olmoqda. Moskvada naşr etiladigan “Наука и жизнь” jurnali, “Аргументы и факты” gazetasi hozir Özbekis­tonda Sohibqiron nomini “Amir Temur” deb yoziş qabul qilinganini eʼtirof etdi.

Tarix saboqlarini unutmaylik. Adabiy jamoatçiligimiz, adabiyotşunos, tilşunos, tarixşunos  olimlarimizning çiğatoy tili, çiğatoy adabiyoti degan öylab çiqarilgan, sunʼiy atamalarni qayta körib çiqişlari, isloh qi­lişlari zamon talabi bölib qolmoqda. Bunda çiğatoy tili emas, eski özbek tili, çiğatoy adabiyoti emas, özbek mumtoz adabiyoti (bu termin keyingi paytlarda iz­çil qöllanayotgani quvonç­li) terminlarini mustahkam muomalaga kiritiş lozim. Barçasi uçun özimiz ku­yib-yonişimiz, özimiz ado etişimiz kerak. Bunday qadam xalqimizga, ayniqsa, yoş avlodga tariximiz haqida töğri maʼlumot berişda, tariximizni çuqur anglaşda qöl kelişi şubhasizdir. Öz tariximizni teran bilaylik, tariximiz bilan faxrlanaylik.

Muhammad ALI,

Özbekiston xalq yozuvçisi

 

2024/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)