“Safar qil, salomat bölasan”, deb çin aytişgan ekan. Buni ilgari faqat tan soğligi deb tuşunardim, yöq, qalb salomatligi ekan. Safar kişi özini çetdan taftiş qilişi uçun yaxşi imkoniyatdir.
Safarning olis, sirli ölkalarga qilingani yaxşi: bu kişiga tasavvur qilib bölmas darajada oldinda seni nimalar kutayotganini bilmaslik ortidan paydo böladigan turfa hayajonlar bilan birgalikda tuşuntirib bölmaydigan ajib ehtiroslarni beradi. Özining poyonsiz kengliklari bilan insonni öziga asir qiladigan mana şunday ölka – bizga tarix darsliklaridan taniş bölgan Möğulistondir.
Möğuliston Respublikasiga Urganç davlat universiteti va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati bölimi taşabbusi bilan 2023-yilning 12-19-oktyabr kunlari amalga oşirgan ilmiy safarimizda özimiz uçun köplab yangiliklarni kaşf qildik: Örxun-Enasoy bitiklaridan tortib möğul xalqining milliy xususiyatlarigaça. Albatta, kökturk bitiklari bilan tarix kitoblari orqali tanişmiz, ammo özbek tilining ajdodi bölmiş qadimiy turkiy yozuvlarni öz közimiz bilan, bobolarimizning toşga öyib yozgan bitiklarini qöllarimiz bilan tutib köriş – insonga boşqaça huzur beradi. Ötmişga qaytgandek bölasan.
Ulan-Bator şahriga boşkentdan töğridan-töğri havo qatnovi bölmaganligi uçun biz Möğulistonga Qozoğiston orqali borişga qaror qildik, bahonada yöl ustidagi tarixiy qalʼalarni köriş uçun ham. Şunday qilib, duşanba kuni “karvonboşimiz” Jaloliddin Manguberdi fondi raisi Bekzod Abdiraimov va guruhimizning qolgan aʼzolari bilan Urganç-Toşkent yönalişi böyiça otaşaravaga çiqib, Toşkentga qarab yöl oldik.
Duşanba ğoyat ajoyib kun böldi: ertalab kursdoşim, döstim Mansur qönğiroq qilib, men avvalroq iltimos qilganim “Muqaddimat al-adab”ning möğulça tarjimasi faksimilesini topganini aytib qoldi. Bu ajoyib yangilik böldi. Mansur qönğiroğida gapini kitobni aniq qayerdaligini bilib, keyin aytmaysanmi, deb hazil aralaş dakki berib boşlab, asar Alişer Navoiy nomidagi kutubxonada emas, balki şu nomdagi davlat adabiyot muzeyida saqlanişini va 13 faksimiliyasidan uç-tört varağining suratini ertasi kuni jönatişini aytdi.
Bu kun ajoyib ötganligining sabablaridan yana biri: poyezdda yaponiyalik er-xotin bilan tanişganim böldi. Yigit dasturçi, ayoli esa şifokor-doya bölib işlar, Özbekistonga esa sayohat uçun kelişgan ekan. Yaponlar juda samimiy xalq-da. “Sizlarga qoyil”, desam, rahmat degandek, taʼzim qilib yotibdi yapon yigit. Qiziği, ingliz tilini bilmasam ham, ular bilan yarim soat suhbatlaşibman. Millatlar ayri-ayri bölsa-da, tilini bilmasang ham gaplaşib ketaverar ekansan. Ajoyib emasmi?! Suhbat orasida bizda bir zamonlar “Oşin” teleserialini özbeklar sevib tomoşa qilişgan desam, buralib-buralib kuladi yaponiyalik. Haqiqatda, samimiy insonlar.
Xullas, safarimizning birinçi kuni poyezdda ötdi. Ertasi kuni Toşkentga yetib keldik. U yerda bizni faylasuf, turkolog Anvar Böronov farzandlari bilan kutib olgaç, ularning ulovida “Çernyayevka” tomon yöl oldik. Qozoq çegarasi qiziq ekan, çegaraga öxşamaydi. Yaʼni özingni bir davlatdan boşqa bir begona davlatga ötgandek his qilmaysan, göyo Özbekistonning bir şahridan ikkinçisiga borgandek. Qozoğistonning içkarisida ham şunday, özingni misoli Özbekistonda yurgandek his qilasan. Qozoq bovurlarimizning özbeklardan heç farqi yöqligiga öz közlarim bilan bir şu yerda, keyin, ayniqsa, Möğulistonda amin böldim.
Şimoliy qöşnilarimiz yurtiga ötgaç, tarixiy şahar, möğullar hamlasiga beş oy çidab bergan Ötror qalʼasi va u yerdagi muzey bilan tanişdik. Söng esa Çimkentga qaytib, bu yerda şaharlik özbeklardan Salimjon oğaning xonadonida mehmon böldik. Ularning oilasi biz musofirlarni juda yaxşi kutib oldi, siyladi va eng oliy darajada mehmon qildilar. Çimkentlik akamizning mehmondöstligi bizni bir tomondan xursand qilgan bölsa, boşqa tomondan oila aʼzolarining odob-axloqi, totuvligi, bir-birlari bilan özaro past ohangda gaplaşişi – bularning bari Salimjon akaga bölgan hurmatimizni oşirib yubordi.
Kasbi öqituvçi bölgan Salimjon akaning yaxşi fazilatlari içidagi yana boşqa bir xislati menga juda xuş yoqdi. Keçki dasturxon atrofida turli noz-neʼmatlardan tanovul qilgan holda turkiy ellar haqida suhbat qurib ötirgan çoğimiz, bir vaqti Salimjon aka qölida kitob kötarib kirib keldi: Şarafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si. Sufra atrofida kitob öqilişi manzarasini sönggi bor qaçon körganimni eslolmayman, oçiği.
Çimkentda bir keça tunagaç, ertalab Taroz şahriga qarab yöl oldik. Bir paytlar qarluqlarning boşkenti bölgan mazkur şahar Talos soyi böyida joylaşgan bölib, qadimiyligi va benazir tarixi jihatidan unça-munça şaharlardan qolişmaydi. Taroz şahrida bizni bu yerdagi özbek jamiyati vakillari kutib olib, şaharning diqqatga sazovor joylarini sayr qildirdilar. Eng hayajonlisi Talos daryosini körganimiz böldi.
Oqşom tuşib, Taroz qalʼasidagi safarimiz oxirlagaç, ertasi kuni Ulan-Batorga uçib ketiş uçun Olmaotaga qarab yölga çiqdik. Möğulistondan bizni bir kun ajratib turar, vaqt ötgan sari hayajon ham ortib borar edi. Axir, kimsan, Çingizxon yeriga, bir paytlar xalqlarni larzaga, qörquvga solgan möğullar yurtiga borayotgandik-da.
Ön yetti yil Xubilayxon saroyida xizmat qilgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo möğullarga şunday taʼrif beradi: “Ular boşqa xalqlarga qaraganda bir joydan boşqasiga köp köçib yuradilar. Buning sababi şuki, tatar, kerak bölsa, bir oy davomida heç qanday yeguliksiz yuradi; biya suti hamda özi ovlaydigan quş eti bilan oziqlanadi; ot esa oldida uçragan maysadan yeb ketaveradi, özi bilan arpa ham, somon ham olib yurişi şart emas. Öz hukmdorlariga juda itoatkor, agar zarurat tuğilsa, tun böyi otda qurollanib turadilar. Ular mehnat va qiyinçilikka boşqalardan köra çidamliroq, sarf-xarajatlari kam, yer yuzini va saltanatlarni zabt etişga eng loyiq odamlardir”.
12-oktyabr, payşanba kuni Olmaotadan uçgan uçoq tört soat parvoz qildi. Uçoqning yarmi qozoqlar, yarmi möğullar bilan töla edi. Tepasida bulutlar suzib yurgan “oqsoç” Tiyonşon ustidan uçib ötarkanmiz, samodagi vaqtimizni yon-berimizda ötirgan qozoq qardoşlarimiz bilan söylaşib ötkazdik. Bu orada kimdir uyquga, kimdir esa kitob mutolaasiga çömgan edi. Yumuşlari maşina oldi-sotdisi bilan şuğullaniş bölgan ikki nafar qozoq yigiti Möğulistonga u yerdan avtomobil olib keliş uçun borayotgan ekan. Aytişlariça, möğullarda maşina juda arzon. Haqiqatda, şunday ekan. Lekin eng eʼtiborlisi boşqa yoqda – möğullar avtomobil işlab çiqarmaydi. Bu yerga yengil maşinalar Janubiy Koreya va Yaponiyadan olib kelinadi.
Tört soat parvoz qilgan uçoq keçasi Çingizxon nomidagi Möğuliston xalqaro aeroportiga kelib qöndi. Oçiği, Möğulistonga kelayotganda bu ölkaga qiziqiş, unga talpiniş qançalik kuçli bölgan bölsa, safarimiz qanday keçar ekan, degan öy-fikrlar ham bundan qolişmas edi. Yölga otlanişimizdan oldin atrofimizda “maşaqqatli yölga çiqdingiz, yöl olis, ustiga ustak, u yoqlarda xorazmliklarni yaxşi kutib olişmaydi” degiç sözlar ham yangradi. Hatto bunday gaplarni köp eşitdik. Bularning barçasi tagida “ehtiyot bölinglar” degan ğamxörlik, soyavonlik yotardi. Bularni eşitgan sari odam özini goh yajuj-majujlar yurtiga Iskandar devorini izlab yölga çiqqan Sallom Tarjumondek[1], goh xavf-xatarda qolişmaydigan Itil bulğorlari yurtiga safar qilgan Ibn Fadlondek[2] his qilardi. Möğuliston tuproqlariga qadam qöyişimizning birinçi kuniyoq (aslida tuni) yuqoridagi xavotirlar asossiz bölib çiqdi. U fikrlar mutlaqo notöğri ekanligini safarimiz davomida his qilib yurdik, aytiş mumkinki, kamina aql bovar qilmas darajada hayron-u lol edim: hozirgi möğullar şunday oçiq köngil, beğubor, kerak bölsa, tartibli va tarbiyali, madaniyatli xalq ekan. Töğrisi, bilmas edik. Möğuliston va möğullar haqidagi fikrlarimiz butunlay özgarib ketdi. Bizni Çingizxon aeroportida mahalliy qozoq millatiga mansub Serik oğa kutib oldi. U bizni Möğuliston milliy universiteti mehmonxonasiga olib boradigan böldi. Guruhimiz aʼzolari aviajoyning özida pullarini möğul tugrigiga ayirboş qilganidan söng, 60 km uzoqlikdagi şaharga qarab yöl oldik. Aytgança, Ulan-Batordagi meni hayratga solgan birinçi holat bu – valyuta almaştiriş jarayoni böldi. Möğulistonga kelayotganda yonimda faqat viza karta bölib, nima bölsa bölar deb, bu yerga tavakkaliga naqd pulsiz kelgan edim. Aviajoyda örnatilgan bankomatlarning biriga viza kartamni qöyişim bilan, soniyalarda içidagi Amriqo pulini Çingiz surati solingan möğul tugrigiga almaştirib, qölimga tutqazdi. Qoyil! Masalan, Olmaota aeroportida çet el kartasidagi pulimni naqd qila olmaganimni yaxşi eslayman.
Yuqoridagi holatda menga bir möğul qizi yordam berdi. Unga, yuz dollarni sizlarning pulingizda olişim kerak, deya farang tilida tuşuntirayotganimda bexosdan sözlar orasiga özimning lahjamdan qöşib yuboribman. Özimga sezilmadi. Ammo möğul qizning dugonasi şu zahoti “siz turkmisiz?” deb yubordi. Gid bölib işlaydigan bu qiz bilan ham biroz gaplaşdik, u turk tilida, men öğuz lahjasida. Maʼlum böldiki, bu yerda ilm-fanga aloqasi bor odamlarning köpçiligi turk tilini bilarkan. Unga özbekligimni, bu yerga örxun bitiklarini köriş uçun kelganimizni aytdim.
Uç milliondan sal oşiqroq bölgan Möğuliston aholisining deyarli yarmini öziga siğdirgan bölsa-da, Ulan-Bator şahri sokinligi bilan odamni öziga rom qilib qöyadi. Şaharda mamlakatning eng yirik va nufuzli oliygohi Möğuliston milliy universiteti ham joylaşgan bölib, safarimizning birinçi va sönggi kuni şu yerda ötdi. Dastlab, universitetning va undagi ulkan kutubxonaning qaynab turgan içki hayoti, iş jarayoni hamda kutubxona fondlaridagi har xil kitoblar bilan tanişib, Möğulistondagi ilk kunimizni bir olam taassurotlar bilan ötkazgan bölsak, oxirgi kuni safarimizning oliy maqsadi bölgan “Möğullar va Xorazm davlati örtasidagi aloqalar tarixi”ga bağişlangan ilmiy anjumanni ham şu universitetda ötkazdik. Bu bir tarixiy voqea edi.
Mehmonxona oldida bizni (soat keçki önlarda) ilmiy anjumanimiz taşkilotçisi, Turkologiya instituti direktori, möğul tarixçisi doktor Anhabayar Danuu qarşi oldi. Biz uçun ajratilgan 14-qavatdagi xonaga kötarilib, narsalarimizni joylaştirib bölgaç, bir finjon qahva ustida suhbatga tutindik. Doktor Anhabayar ilmli, dunyoqaraşi juda keng odam ekanligi körinib turardi. U biz bilan turk tilida sözlaşdi. Guruhimizning yarmi turk tilida qönuşsa, yarmi ozarbayjonça donişa bilardi. Buni sezgaç, mezbon ozarbayjonça sözlaşga ötdi. Suhbatimiz öz-özidan ötmişdan, moziydan böldi. Gap orasida kimdir bir tarixiy manbaning arabça nomini tilga oldimi yoki qaysidir tarixiy atamani arabça lafzini aytdimi, u bizni arab tilida gaplaşa oladi, deb öyladi, şekilli, vodariğ, möğul tarixçisining tili endi arabçaga dönib ketdi. Biroz arab tilida gapirdi. Kuvaytda ikki yil öqigan ekan. Ha, mayli, deb bu holatga ham biz moslaşib bölgaç, keyingisi hammasidan oşib tuşdi: forsça sözlaşga ötdi. Tamom, boşqa taʼrif kerak emas. Şunça tilda bemalol gaplaşadigan bu insonda biz zarraça kibr körmadik.
13-oktyabr, juma kuni muhtaşam mehmonxonaning 14-qavatidan turib köçmançilar şahridagi birinçi kunni qarşi oldik. Gir-atrofi toğ bilan qurşalgan Qizil-Botir şahrining tongi sekinlik bilan toğlar ortidan kötarilayotgan quyoşning şaharga nur soçişi fonida nihoyatda gözal körinadi.
Oktyabr oyi bölişiga qaramasdan, Özbekistondagi qiş havosini eslatuvçi taşqaridagi sovuq bizga “sizlar Möğulistondasizlar” deyayotgandek edi göyo.
Bu kun biz universitet kutubxonasi bilan tanişadigan böldik. Bizni doktor Anhabayar birga olib yurdi. Kutubxona yetti qavatli katta bir bino bölib, u Stenford universiteti kutubxonasi andazalari asosida taşkil etilgan. Bağriga çamasi 500 mingta kitob fondi, noyob qölyozmalar fondi va turli ilmiy markaz-u muzeylarni ham siğdirgan. Kutubxonani,
uning içidagi kitob fondlarini rus tilini biladigan kutubxonaning bir ayol xodimi körsatadigan va tuşuntiradigan böldi. Anhabayar Danuu bizni möğul xonim bilan taniştirayotganda, ayol Özbekistondan kelgan biz mehmonlarni körişi bilan “Sizlar turmuş örtoğim va öğlimning özginasi ekansizlar, mening erim sartullardan, ular bir paytlar sizlar tarafdan kelib qolgan”, desa böladimi! Sartul nomini eşitib, Möğulistonda öz qarindoşlarimizni topgandek nihoyatda quvonib ketdik.
Aslida, yölboşçimiz Bekzod aka Möğulistonga aynan şu sartullarni izlab kelgandi. Möğullar Xorazmşohlar davlatini “Sartuul ulusi”, Turkistondan har xil yöllar bilan (yoki asir, yoki tujjor bölib) Möğulistonga kelib örnaşib qolgan özbeklarni esa “sartul” deb ataydilar. Ularning avlodlari bu yerlarda hozirgaça alohida etnos sifatida yaşab kelmoqda. Tili va dini möğullaşib ketgan bölsa-da, sartullar baʼzi urf-odatlari va öz antropologik qiyofasini saqlab qolgan.
Masalan, sartullarning bugungi kundagi anʼanaviy töy marosimlari taʼrifi özbek öquvçisida qiziqiş uyğotişi tabiiy. Sartul töy udumlari quyidagi bosqiçlardan iborat: 1) kelin tanlaş; 2) sovçi qöyiş; 3) qalin miqdorini belgilaş; 4) töyga tayyorgarlik: a) kuyov tomon yoş oila uçun yangi ötov tayyorlaydi;
b) kelin tomon – ötovning içkarisini jihozlaydi; 5) töy, kuyovning kelin ovuliga öz ötovi bilan köçib kelişi; 6) yoş oilaning kelinning otasi ovulidan alohida çiqişi; 7) yoş oila kelinning ota-onasi uyiga mehmonga kelişi.
Möğuliston sartullari udumlaridagi bizlarnikiga öxşaş odatlarni öqib, zavqlanasan kişi: odatda, kelinni yigitning ota-onasi tanlaydi. Kelin tanlay turib, yigitning otasi öz uruğidan birovni maʼlum bir kun sovçilar kelişi töğrisida kelinning ota-onasini ogohlantiriş uçun yuboradi. Kelin tomon şu zahoti rozilik bermaydi, qarindoşlar bilan maslahatlaşamiz, deb aytadi. Belgilangan kuni sovçilar keladi. Ularning orasida eng boşi amakisi yoki toğasi böladi, yaʼni erkak kişilar. Eng qiziği, sovçilar öz taşrifining asosiy maqsadini uşbu sözlar bilan izohlaydilar: “Öğlimiz sizning ostonangizdan hatlab ötmoqçi”.
Xullas, kutubxonaçi ayol bizga turmuş örtoği va öğlining suratini körsata turib, “qaranglar yuz tuzilişi (ayniqsa, burni va yonoqlari) sizlarga mengzaydi”, deganda, odam boşqaça bölib ketdi. Quvonç va his-hayajon aralaş içkarida nimadir röy berayotgan edi. Buni söz bilan ifodalaş qiyin.
Kutubxonani sayr qilişni boşladik. Içkarida yurganimizda qaysi xonaga kirmaylik, barça xodimlar eşik oçilganidan bizlarni körib örnidan turar, oddiy işçidan to boşliqlarigaça tik oyoqda qarşi olar edi. Möğullarning bizlarga körsatayotgan hurmatini körib, bir quvonar, bir hayron qolar edik. Içkari sokin ekan. Şovqinsiz kutubxonani şu yerga kelib kördim. Kutubxona munça jim-jit desak, Ulan-Batorning katta köçalarida ham şu kabi ahvol, umuman şovqin-suron yöq. Hayratlanarli!
Kutubxonadagi muhit bizni hammasidan ham köproq hayron qoldirdi. Kitob öqişga kelgan talabalar özini öta darajada erkin tutarkan. Bir tarafga qarasang, odatdagidek kitob öqib ötirgan talabalarni körsang, boşqa yoqda uzala tuşgan holda uxlab yotganlarini ham körasan. Yaʼni kitob öqib bölgaç, mizğib oliş uçun ham şaroitlar yaratilgan. Yevropaning biror-bir oliygohiga kelib qoldimmi, deb öylaysan. Ha, bularning barçasi siz-u bizga notaniş bölgan Möğulistondagi holat, eng qiziği, bu hali hammasi emas. Bizning yana diqqatimizni tortgan jihati – kutubxonaning özida köhna kitoblarni restavratsiya qiladigan xona ham bor ekan. U yerga kirib kördik. Laboratoriyaga öxşaydi. Xona eski kitoblarni yangiça holatga olib keliş, umuman, qayta tiklaş uçun eng zamonaviy texnikalargaça jihozlangan.
Kördikki, hozirgi möğul talabalari, asosan, ingliz tilidagi kitoblarni köp öqişadi, rusça kitoblarni esa yöq. Şu sababdan sovet davrida çop etilgan rus tilidagi kitoblar, hatto eng maşhur rus asarlari ham kutubxona yertölasida joylaşgan arxivda saqlanadi. U yerga ham tuşib kördik. Xonaning namligini saqlaş, köhna kitoblarni öz holida asrab qoliş uçun barça çora-tadbirlar körilgan. Arxivda hatto XX asrning eng oldi, maşhur kitoblari saqlanayotganini körib, nahotki, şunday kitoblarni talabalar öqişi uçun qöyişmasa, deb biroz taajjublanasan ham. Lekin u kitoblar keraksizga ham çiqarib yuborilmagan.
Yarim kunimiz şu yerda ötdi. Tuşlik vaqti bölgaç, şahar markazida joylaşgan özbek oşxonasiga qarab yurdik. Özbek palovidan beş kunlik ayriliq bizni şu yerga boşlab keldi. Baribir özimizning yemaklar boşqaça-da. Yemakxona nomi “Navat” bölib, u qirğizistonlik özbekka tegişli ekan. Kirdik. Içkari Özbekistonning özginasi. Men darrov özbegimni izlaşga tuşdim. Xizmatçilari qozoq, oşpazlari özbek ekan. Ularni köray, özbekça sözlaşay, deb qozonxona tomon yönaldim. Oşpazlar çiqib keldi, qöllarni uriştirib quyuq körişdik. Andijonliklar ekan. Bu yerlarga yaqinda kelişibdi. Şu yerda ham özbeklarimiz borligini körib, qoyil qoldik.
Qoş qoraygaç, u-bu oziq-ovqatlardan sotib oliş uçun qönoq uyimizdan köçaga yöl oldik. Oldida taxtda ötirgan Çingizxon haykali örnatilgan parlament binosi joylaşgan markaziy maydondan ötarkanmiz, “qimiz bayrami” ustidan çiqdik. Şaharning qoq örtasidagi maydonga tikilgan kigiz uylar uzoqdan közga yoqimli körinardi: zamonaviy şaharning qoq örtasida oppoq çodirlar. Har bir ötovda köçmançilarga xos bölgan narsalar namoyiş qilinardi, asosan, tuya suti va qimiz. Möğul ayollari maxsus yoğoç idişlar töla qimizlarni köz-köz qilişar, istaganlar undan bir qultum içib yoki xarid qilib ketar edi.
Möğul ayollari öta xuşçaqçaq böladi, tağin hazilkaş ham. Bizni özga yurtdan ekanligimizni bilib, bir inglizça, bir möğulça aralaş gapirib, bir-birlariga qarab özlarining tilida allanimalar deb, özaro xandon otib kulişardi. Inglizçada bir sözni xato aytib qöysa, boşqasi kelib töğrilar, bir-biriga sen çet tilini bilmas ekansan, deb örtada samimiy, tabiiy kulgini kötarişar edi.
Möğul ayollarini bunday xuşçaqçaq va erkinligini kuzatarkanman, köz oldimga örta asrlar tarixi gavdalanib keldi. Itil (Volga daryosi) bulğorlariga boriş uçun Buxoro va Xorazmni keçib ötgan arab elçisi va sayyohi Ibn Fadlon bir paytlar möğullarga qöşni bölgan va taqdir taqozosi bilan Orol dengizi şimoliga kelib yerlaşib qolgan köçmançi öğuz turklari ayollarini ham şunga yaqin taʼriflaydi. Yevropaliklardan birinçi bölib Möğulistonga sayohat qilgan italiyalik sayyoh Plano Karpini (1246) esa özining “Möğullar tarixi” kitobida şunday yozadi: “Ularning ayollari iffatli, ammo baʼzilari hazillaşib uyatsiz sözlarni ham aytadilar”.
Şunday qilib, Ulan-Batorga kelganimizdan keyingi birinçi kunimiz, asosan, Möğuliston milliy universiteti kutubxonasini köriş, kuzatiş va kitoblarni örganiş va h.k. bilan ötdi. Ertaga bizni Tönyuquq bitiktoşi kutyapti.
14-oktyabr, şanba kuni azon bilan şahardan 66 km janubi-şarq tomonda joylaşgan Tönyuquq bitiktoşi sari yölga tuşdik. Biz u yerga qadrdonimiz Serik oğaning kölikida bordik. Serik oğadan köp köhna turkiy sözlarni bilib oldik. Qozoqlar “transport”ni “kölik” deyişini şu yerda bildim. Keyin bilsam, Özbekistondagi ayrim hudud şevalarida (bilganim, Surxondaryo va Xorazmning köp joylarida) ham bu söz saqlanib qolgan ekan. Unutilib borilayotgan asl özbekça sözlar haqida Anvar Böronov jon kuydirib gapirar, biz ulardan bu borada köp maʼlumotlarni bilib olardik.
Möğulistonning mahalliy qozoqlariga kelsak, ularning bu yerdagi nufusi yuz mingdan oşiqroq. Tili asl qozoqça. Bunday deyişimga sabab tiliga na rus, na arab-fors sözlari aralaşgan. Agar Qozoğistonning zamonaviy qozoği bilan Möğuliston qozoği gaplaşib qolsa, aytiş mumkinki, bir-birini qiyin tuşunadi. Birinçisining tilida örusça sözlar köp bölsa, ikkinçisi örus tilini bilmaydi. Yerlik qozoqlarning dini – islom. Bu yerda möğullar musulmon desa qozoqni, qozoq desa musulmonni tuşunişadi.
“Serik – yigitning zöri ekan”, deb kulib eslaydi Anvar aka. Haqiqatda, qayerga borişni istasak, olib borar, boşidan oxirigaça biz bilan birga yurar edi. Şunday qilib, Tönyuquq yodgorligiga ham keldik. Bitiktoş yer olgan asl joyida Turkiya Jumhuriyati homiyligida muzey qurilayotgan, yodgorlik esa boşqa yopiq joyga vaqtinça köçirilgan ekan. U joyga kirib, sakkizinçi yuz yillar bitiktoşini öz közimiz bilan kördik. Şu yerda ekspeditsiyamiz aʼzolari video yoyinlar qilişdi. Möğuliston sayohati töğrisida hujjatli film qiliş uçun.
Şu yerda biz bitiktoşni körişga kelgan bir amerikalikni uçratdik. Ismi Tom Eager bölgan va 70 yoşlarni qarşilagan bu qöşma ştatlik inson bizni körişi bilan salomlaşa turib, şu zahoti qölimizga öz vizitkasini tutqazdi. Taşqi körinişi Amerika filmlaridagi çinakam kovboylarni eslatadigan yoşi uluğ bu inson entomolog olim ekan. Olimlarning bir-biri bilan öz vizitkalarini almaşişi olimlik odoblaridan ekanligini şu yerda bildim. Möğul tarixçilari orasida ham şu odat keng tarqalgan. Haşarotlarni örganuvçi entomologlar qişloq xöjaligi va atrof-muhit muhofazasi kabi sohalarda işlaydilar. Tabiat uçun foydali bölgan haşarotlarning ekotizimga taʼsirini örganiş, qolaversa, örmonlarni saqlab qoliş va ularni köpaytiriş orqali Möğulistonda turizmni rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan katta bir loyiha doirasida işlaydigan doktor Tom Eager faoliyati AQŞ, janubi-şarqiy Osiyo mamlakatlari va bir neçta Afrika davlatlarini qamrab oluvçi katta “ICCF group” birlaşmasining xodimi ekan.
2010-yilda bu yerlarga yozning çillasida kelgan özbek professori Qosimjon Sodiqov Bilga Tönyuquq bitiktoşiga olib boradigan yöl yoqalarini ajoyib va mohirlik bilan tasvirlaydi. “Möğuliston yerlari öziga yaraşa. Bizdagi singari qişloq va kentlar bir-biriga ulanib ketgan emas, ora-çora çöpon va yilqiboqarlarning ötovlari körinib qoladi. Yaylovlarida har qadamda yilqi uyuri, qöy va eçki suruvi, uyur-qoramol podasi, örkaçli tuyalar. Yilqi va sigirlarining tanasi yaltiraydi (havosining tozaligi va öt-ölanning mölligidan bölsa kerak). Qörğonlarida daraxt yöq hisobi,
eşik va köylarga daraxt ekiş odat emas. Lekin soy yoqalari, quzğay yerlarda ösgan yovvoyi yiğoçlarga közingiz tuşadi. Ekinligi oz. Qişloqisining tirikçiligi, asosan, çorvadan. Kişisi sodda va samimiy. Ötovidan çiqib yumuş bilan kuymalanayotgan onasining yonida yap-yalanğoç öynayotgan jöjuqqa közingiz tuşib qoladi orada. Dala-tuzda hatto qölga örgatilgan loçin yo qirğiyni tutib turgan quşçisini ham körasiz. Yaylovdagi oddiy möğulning bundayin hayot tarzini tomoşa qilişning öz gaşti bor”.
Qadimdan turkiylarning makoni bölgan Ötukan vodiysida joylaşgan Tönyuquq yodgorligi ikkinçi Turk xoqonligiga (VIII yuzyilning birinçi yarmi) asos solgan Eltariş xoqonning maslahatçisi va sarkarda Tönyuquqqa bağişlanib 712-716-yillarda toşga öyib yozilgan. Ikkinçi Turk xoqonligi barpo etilişiga özining munosib uluşini qöşgan uluğ donişmand Tönyuquq turkiy yozma adabiyotning eng birinçi namoyandasi bölib, uning bitiklari vatansevarlik ruhi bilan yöğrilgan. Unda, masalan, mana bunday satrlar bor: “(turk xalqi) xonini qöyib, yana Tabğaçga qöşildi. Tangri şunday degan, şekilli: Xon berdim. Xoningni qöyib taslim bölding. Taslim bölgani uçun tangri “öl” degan şekilli. Turk xalqi öldi, tugadi, yöq böldi”.
Tönyuquq Tabğaçda (Xitoy) tuğilib tarbiya topgan. Bolaligi töğrisida muallif öz asarida şunday yozadi: “Bilga Tönyuquq – ben. Özum Tabğaç elinga qilintim. Turk bödun Tabğaçqa körur erti” (Men Bilga Tönyuquqman. Özim Tabğaç yurtida tuğildim. Turk xalqi Tabğaçga qaram edi). Tabğaçning iş taʼlimotlariga köra, turk öğlonlari bu yerda tarbiyalanib, öz yurtiga rahbarlik işlariga jönatilar edi. Yoş Tönyuquqqa ham şunday yöl tutildi. Lekin u otalar yurtiga kelib, Tabğaçga xizmat qiliş örniga, milliy ozodlik harakatlariga qöşilib ketdi.
Tönyuquq bitigi yonma-yon tiklangan ikkita toşga kökturk yozuvida yozilgan. Yodnoma 62 satrli bölib, uning 35 satri birinçi toşga, keyingi 27 satri esa ikkinçi toşga tepadan quyiga qarab bitilgan. Bitiktoşni Yelizaveta Klemens 1897-yilda Şimoliy Möğuliston ekspeditsiyasiga turmuş örtoği Dmitriy Klemens bilan birga borganda topgan. Dastlab, bitiktoşning nemisça tarjimasi yuqoridagi voqeadan bir neça yillar ötib V.V. Radlov tomonidan naşr etilgan. Keyinçalik bu bitik ingliz, turk, rus kabi boşqa tillarga ham tarjima qilinadi.
Tönyuquq bitigi yerlaşgan tevarak-atrof misli möjizali edi. Balki ertak desam, içimizdan keçgan tuyğularni töğri ifodalagan bölarmidim. Bu yerda faqat köm-kök osmon bor, uning ostida esa tuproq. Örtada heç narsa yöq. Kök samoning uluğvorligi şundoq sezilib turadi. Balki şuning uçunmikan, turklar Xudoni kök tangri deyişgan?! Vodiyning esa poyoni yöq. Kimsasiz vodiyda yoş bolalardek yugurging, osmon-u falakka bor ovozing bilan hayqirging keladi.
Bu vodiylarning kengligi insonlar feʼliga ham köçgan. Möğullar feʼli keng xalq. Bir hafta bu yerda yurib, asabiylaşgan va hatto yuqori ovozda gapirgan bironta kimsani uçratmadik. Farzandi xarxaşa qilib, töpolon qilsa ham, urişiş u yoqda tursin, rangi-atvori ham özgarmas ekan möğullarning. Universitetda bölgan paytimiz u yerda tahsil oladigan Altinbek otli qozoq yigit möğullarga taʼrif berar ekan, “möğullar juda keng böladi, bu ularning genida bor; özbeklar va qozoqlar esa asabiyroq” desa böladimi. Buni qayerdan bilasan desam, “tik-tok”dagi videolardan deydi.
Möğullar özligini saqlab qolgan va kelajakda ham saqlab qolişi uçun barça saʼy-harakatlarni qilayotgan xalq. Garçi Sovet Ittifoqi davridan beri bu yerda kirill alifbosiga asoslangan möğul yozuvi amalda bölsa ham, oxirgi paytlarda tarixiy möğul yozuviga qaytiş harakatlari kuçli. Bu oddiy köça-köyda ham yaqqol közga taşlanadi: siyosiy taşkilotlar binolari (masalan, parlament) nomlari kirilça bilan parallel ravişda tepadan quyiga qarab yönaladigan möğul yozuvida yoziladi. Qisqasi, qay yonga qarasangiz ham, közingiz birda bölmasa, birda eski möğul yozuvida bitilgan yozuvlarga tuşadi. Bundan taşqari, davlat işida işlaydiganlar uçun klassik möğul yozuvini biliş talabi bor, hatto bu yozuvni maktablarda ham kiçik sinflardan boşlab öqitiş yölga qöyilgan. Bizga universitetning Sanʼat va fanlar fakulteti dekani Zayabaatar Dalai taqdim qilgan olimlik vizitkasining orqa tarafi ham töliq köhna möğul yozuvida edi.
Xullas, Tönyuquq safarini yakunlab bölgaç, kunçiqarga qarab 15 çaqirim yöl yurdik. Çingizxonning öşa maşhur otda turgan haykalini köriş uçun. Haykalni köriş niyatida dunyoning tört tarafidan sayyohlar oqib kelar ekan. Bu yerda barça qitʼa vakillarini uçratsa böladi. Ot haykalining eng yuqorisiga, yaʼni boşiga çiqqanda (liftda çiqiladi) polyaklarni uçratdim. Ular bilan mazza qilib rus tilida suhbatlaşdim. Çunki biladigan xorijiy tilim şu bölib, Möğulistonda esa rusça biladiganlar juda kamçilikni taşkil qiladi. Asosan, oz miqdordagi yoşi uluğlar biladi, yoşlar esa inglizçaga ötib ketişgan. Rus tilidan boşqasini bilmasang ham qiyin ekan, lekin buni özimizda his qilmaysan, rus tili doirasidan taşqaridagi mamlakatlarga çiqsang bilinadi.
Qisqasi, haykalning quyi qismi uç qavatli muzey bölib, muzeyga umuman gap bölişi mumkin emas. Ötmişi, asosan, Çingizxondan iborat bölgan tarixini möğullar mahorat bilan namoyiş qilişni uddasidan çiqqan. Oddiy narsalarni ham köz köradigan qilib çiqargan. Özi möğullarda muzey sohasi yaxşi taraqqiy etibdi. Hamma muzeyi bir-biridan çiroyli. Muzey içida ustozi bilan birga kelgan bir-biridan şirin jajji bolalarni uçratdik. Hammasi yerga ötirib olib, katta ekranda qisqa tarixiy filmni tomoşa qilayotgan edilar. Muzey yoş bolalar uçun ham moslanganini körib, közlar quvondi.
Kun yarmidan oğgaç, ortga qaytarkanmiz, yöl yoqasidagi ğaroyib qabristonga duç keldik. Ğaroyibligi şundaki, qozoqlar (musulmonlar) bilan möğul buddaviylari qabristoni yonma-yon joylaşgan. Ikkalasiga ham ayri-ayri darvozalardan kiriladi. Qozoq qabrlari atrofi toşlar bilan öralgan bölib, boş tarafga huddi bizdagidek marhumning ismi yozilgan marmartoş örnatilgan. Törtburçak şaklda toş yoki kirpiç (bu ham asl turkiy söz, Koşğariy va Navoiyda bor) bilan öralgan bu kabi qozoq qabrlarini Qoraqalpoğistonda ham uçratganmiz. Bir xil, heç qanday tafovut yöq.
Şu yerda özimiz uçun kaşf qilgan yerlik qozoqlardagi bir odatni aytib ötmasam bölmaydi. Serik oğaning aytişiça, qozoq bovurlarimizda kişining familiyasi qilib yettinçi boboning ismi qöyilarkan. Yettinçi ajdodning oti har yettinçi avlodga familiya bölib ötadi. Pasportda ham özining, otasining va yettinçi bobosining ismlari yoziladi. Har bir insonning oila oğoçi şu tarzda tabiiy ravişda şakllanib boraveradi. Bu nimaga kerak? “Yetti bobosini biliş milliy özlikni anglaşning etnik omili ölaroq zaruriy şartdir. U yetti avlodning özaro jipsligini taʼminlaydi. Şajara tuzişga qiynalmaysiz, qarindoşlaringiz sizga qaysi tomondan, kim orqali yaqin ekanini ham bilib turasiz. Afsus, biz buni deyarli yöqotib böldik!” deydi barça turkiy tillarni jon dildan sevuvçi Anvar Böronov. Möğuliston qozoqlaridagi bu odatni özimizga qayta özlaştirsa, bu juda gözal iş böladi.
Ulan-Batorga qaytaverişda yöl böyidagi yaylovlarda ötlab yurgan otlar, qöy va mollarni köp uçratdik. Ularning tepasida – samoda esa qanotlarini keng yozgan burgut uçib yuradi. Hayvonlar tepasida yurgan bironta çöpon yöq. Mollar emin-erkin, istalgan yerida u yoqdan bu yoqqa keçib, ötlab yuradi. Bularning egasi yöqmi, deb öylaysiz. Bu ölka şunisi bilan ham maşhur-da: qoramol soni aholi sonidan bir neça ön barobar köp. Italiyalik sayyoh Marko Polo ular haqida şunday yozadi: “xalqi çorvaçilik bilan şuğullanadi. Qoraqurumdan şimol tarafdagi xalqlarda buğu köp; buğularda yuradilar”. Plano Karpini ham ularning asosiy yumuşi çorvaçilik ekanligini yoza turib, “möğullarda göştdan boşqa heç narsa yöq”, deydi. Bu yerlarga 1870-yillarda kelgan rus sayyohi, geograf Nikolay Prjevalskiy esa möğullar haqida quyidagi maʼlumotlarni qoldirgan: “ularning yagona maşğuloti çorvaçilikdir. Işlab çiqariş juda zaif bölib, faqat uy-rözğor işlarida zarur bölgan baʼzi buyumlarni yasaş bilan çeklanadi, masalan: teri, kigiz, egar, kamon va h.k. Boşqa mahsulotlar va kiyim-keçaklarni xitoyliklardan, juda oz miqdorda rus savdogarlaridan olişadi”.
Çindan ham, sal mubolağa bilan aytganda, möğullar mol-qöy etidan boşqa heç narsa yemaydilar. Et bilan qovurib yeyiş uçun piyozni zörğa topganimizni yaxşi eslayman. Hatto ularda non yöq, yaʼni non yeyişmaydi. Dastlabki kunlarda dökonlardan yetarli miqdorda non topolmay ozroq qiynaldik. Axir, nonsiz ovqat tomoqdan ötadimi?! Dökonga kirib, non qayerda turibdi, deb söraysiz va yoniga borsangiz, u joyda bittagina buxanka turganini körasiz. Katta baqqollik dökonida ham bitta, nari borsa, ikkita buxanka turgan böladi. Bu esa bizning (beş kişilik guruhning) saharlik yemagimizga ham yetmas edi. Axiyri, ilojini topdik. Mehmonxona joylaşgan hudud tevaragidagi barça dökonlardan bor nonlarni sotib oldik. Möğullarda non yöqligi haqida bu yerga kim kelgan bölsa, hammasi birdek şuni yozgan. Marko Polo ham, Karpini ham. Non Möğulistonga keyinçalik ruslar tomonidan olib kelingan.
Şaharga qaytişdagi sönggi qöniş joyimiz yöl böyidagi qozoq ovuli bölib, eʼtiborimizni tortgani uning içidagi uzun minorali möjazgina masjid böldi. Ha, şunday. Buddaviylar va şamaniylar Möğulistonida masjidlar bor ekan. Tağin madarasalar ham. Bu biz bilmagan Möğuliston. Haqiqatda, biz köp narsalarni bilmaymiz.
Binoning meʼmorçiligiga qiziqib, unga kiradigan böldik. Içkaridan bir qozoq yigit çiqib keldi. Unga musofirligimizni aytgandik, bizni masjid bilan taniştirişga kirişdi. Masjid darvozasini oçib, içkariga kirgandan öng tarafda ayollar römollari osiğliq turganini kördik. Yana soğ tarafda tahoratxona bor edi, erkaklar va ayollarniki ayrim-ayrim. Tahoratxona ham masjidga mos kiçikroq ekan, bir vaqtning özida ikki kişi qöl-oyoğini yuvib olsa böladi. Birinçi qavatida madrasa (30 kişilik), kutubxona va mehmonlarni qabul qiliş xonasi bor bölib, zinadan ikkinçi qavatga kötarilsangiz, bağriga yuztaça kişini siğdira biladigan masjidga çiqasiz. Şinamgina ekan. Meʼmorçiligida tafovut körmadik. Bir söz bilan aytganda, şarq musulmon madaniyati.
Keyin bilsak, poytaxtning özida ham uç-törtta masjid, bitta madrasa bor ekan. Möğulistonning yana bir hayratlanarli jihati şuki, masalan, köça yoqalab ketsangiz, oldingizdan masjid, yana ozroq yursangiz, nasroniylar ibodatxonasi, sal nariroqda esa buddaviylar butxonasini körasiz. Hayratlanarli! Ammo şu bilan birga, bu yangilik ham emas. Çunki Fransiya qiroli Lyudovik IX ning maxfiy topşiriği bilan 1253-yilda möğullar yurtiga sayohat qilgan Gilom de Rubruk ham öşa davrda poytaxt bölgan Qoraqurum şahrida xoqonning saroyi va buddaviylik butxonasidan taşqari ikkita masjid va bitta nasroniylar çerkovi mavjudligini yozib qoldirgan.
Bu möğullardagi diniy erkinlikning dalili hisoblanadi. Tarixdan maʼlumki, möğullarga bunday bağrikenglik odati Çingizxondan meros qolgan.
Şanba kungi mazmunli va barakali sayohatimiz tugab, kun qoraygaç, qönoqxonaga yetib keldik. Ertaga bizni Örxun vodiysida qad kötarib turgan Kultegin va Bilga xoqon bitiktoşlari kutib turardi. U yerga saharda yölga çiqişga kelişib oldik. Çunki manzil uzoq: kunbotarga qarab yurganda poytaxtdan 400 çaqirim uzoqlikda.
15-oktyabr, yakşanba. Serik oğaning kölikida ğira-şira qoronğida “Kultegin-u Bilga xoqon, qayerdasan?” deb yölga otlandik. Örxun daryosi böyida bir-biriga yaqin yerda joylaşgan bu bitiklar tengdoş bölib, çamasi 730-yillarda toşga öyib bitilgan. Kultegin bilan Bilga xoqon oğa-ini bölib, ular Eltariş xoqonning farzandlari bölgan.
Kultegin bitigi uşbu ajoyib jumlalar bilan boşlanadi: “Tangridek tangridan bölmiş turk bilga xoqon bu dunyoga keldim. Sözimni tugal eşitgil, keyinimdagi ini, jiyanim, öğil(lar)im,
ittifoq, uruğim, xalqim…” Asl holatida quyidagiça öqiladi: “Tengri teg, tengrida bolmiş turuk bilge kağan bu odke olurtum, sabimin tuketi eşidgil: ulayu ini yigunum, oğlanim, biriki oğuşum bodunum”. Özbek tiliga qançalik öxşaşligini qarang.
Kultegin va Bilga xoqon bitiktoşlari boşqa barça turk-runiy yodnomalari kabi öz ildizini uluğ va muqaddas sanaydigan insonni çuqur öyga toldiradi. Zamonaviy dunyodagi oğriğ-u hasratlar ming yillar avval ham bölgan, u turk xoqonlari, uning donişmand vazirlari va sarkardalarini qiynagan, öylantirgan. “Oltin, kumuş, içkilik, ipakni şunça hisobsiz berayotgan Tabğaç xalqi sözi şirin, ipagi nafis ekan. Şirin sözi, ipagi bilan aldab yiroq xalqni şu xilda yaqinlaştirar ekan”, deya hasrat qilib Kultegin, xalqini bunga aldanmaslikka çaqiradi va turkiylarning birovlarning şirin sözlariga darrov işonib ketiş odatidan yozğiradi.
Möğulistondagi navbatdagi hayratimiz Qoraqurum yölida sodir böldi. Maşinaga yoqilği quyiş uçun yaylovdagi benzakolonkada töxtadik. Qani, köraylik-çi, şu yerda ham xalqaro karta işlarmikan, deb sinab körmoqçi böldik. Kerakli yoqilği quyib bölgaç, benzin pulini tölaş uçun xodimga viza kartani uzatdik. Tölasa bölarkan. Qoyil. Kimsasiz daştning örtasida. Çindan ham, Möğuliston köp narsalarda ilgarilab ketibdi.
Bitiktoşlar oldida öz suhbatlarini yozdirib olişgaç, guruhimiz safardan közlagan (Bekzod oğaning ğoyasi bölgan) asosiy maqsadlaridan birini amalga oşirişga kirişdi. Ötukan vodiysidan, Örxun daryosi böylaridan turib xalqimizni “Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi” bilan qutlaş uçun Vatanimiz bayroğini kötargan holda “Özbegim” qasidasi bilan xalqimizga tabrik yölladik. “Söylasin Afrosiyob-u, söylasin Örxun xati, köhna tarix şodasida bitta marjon, Özbegim!” Şundan söng, oşoqqa tuşib Örxun suvidan hovuçlab suv içdik. Suvi tiniq, toza va totli ekan. Avvallari nomini faqat kitoblarda öqiganimiz bu afsonaviy irmoqning özini köriş, şildirab oqayotgan muzdek suvidan töyib suv içiş kişiga huzur ham halovat beradi. Örxun vodiysi bizga bir umrga esda qoladigan xotiralarni berdi.
Örxun özanidan söng tepaga kötarilib, tört tomoni toğlar bilan qurşalgan Xorxorum (Qoraqurum) qalʼasiga kirdik. Örxun özanining soğ qirğoğida joylaşgan şaharga 1220-yilda asos solingan bölib, u möğullar davlatining boşkenti bölgan. Tagidan öşa paytlari tölib-toshib oqqan irmoq ötgan, toğlar bilan qurşalgan va tabiiy mudofaaga ega bölgan Qoraqurum şahrini Çingizxon bekorga poytaxt sifatida tanlamagan ekan. XIII asr örtalarida xon Munke qabulida bölgan fransuz sayyohi Gilom de Rubruk Qoraqurumni paxsa devor bilan aylantirib örab olingan, tört tarafida darvozalari bölgan şahar sifatida taʼriflaydi.
Hozirda muzeyga aylantirilgan qalʼa içida diqqatimizni tortgani lamaizm ibodaxonasi böldi. Tarixçi emasmizmi, özimiz uçun nimadir kaşf qilarmikanmiz, deb u yerga kirdik. Bu yerga, asosan, yoşi uluğlar, keksalar kelarkan.
“Erdeni-Dzu” nomli mazkur ibodatxonaga kirganimizda arğuvon kiyimlarga örangan rohiblar tinmasdan jör bölib, diniy duolarni öqiyotgan edi. Yuzimga tabiiy tabassum yugurdi. Bunday manzarani bolalikda faqat oynayi jahondagi filmlarda körardik-da. Birinçi körgandayoq hammasi xuşmuomala, bağrikeng körindi. Rostdan ham, yonlariga sal yaqinlaşib, videoga olayotganimda bunga monelikni körmadim. Butxonaning kiraverişidagi asosiy xonasidan öng tarafda yana bir kiçikroq xona bölib, u yerga pastroq eşik orqali egilibroq kiriladi. Bu tarafda rohiblar iltijo istab kelgan har bir kişiga yuzma-yuz ötirgan holda duolar öqiyotganini kördik. Diniy matnlarini lamaistlar katta tezlikda öqir edi.
Ibodatxonaning yonboşida buddaviylikka xos “Oltin yodgorlik” deb ataluvçi haykal bor. U yerda bir qiziq holatga duç keldim. Odamlar yodgorlik oldiga kelib, undan duo-iltijo söraganday bölib, biroz tek turişar va uning poyiga çaqa pul qöyib ketişar edi. “Evrika!” Yaxşi eslayman, bolaligimda Manoq otliğ olis qişloğimizning olis çekkasida uluğ bir odamga (Qalajiq bobo deyilardi) tegişli deb bilinadigan ramziy mozor bölar va biz u yerga ziyorat qilişga borib, qabr oldiga mayda pul yo tangalardan qöyib kelardik. Öşanda nimaga bunday qilinişini, oçiği, tuşunmasdim. Bu odat qadimgi diniy eʼtiqodlardan (şamanizm bölsa kerak) kelib çiqqan ekan-da. Kördikki, möğullarda şamanlik va buddaviylikning ayrim (juda oz) körinişlari qöşilib, qorişib ketgan ekan.
Bundan taşqari, Qoraqurumdagi ibodatxona oldida şamanlikka xos bölgan va bizda ham baʼzi joylarda uçraydigan holatni kördik – oğoçga kök rangdagi çitlar boğlab taşlangan. Biror narsaga boğlangan çitlarni biz katta yöl böylarida yakkam-dukkam yotgan qabr tepalarida ham kördik. Köçmançilarning yana bir xislati – ular mozorlarni muqaddas sanamaydi, qabrga siğinmaydi. Şuning uçun bu yerlarda alohida ajralib turgan mozorlar yöq.
Şuningdek, Bilga xoqon muzeyiga borganimizda, u yerda xuddi özimizdagidek tasbehlarga közimiz tuşdi. Muzey xodimining aytişiça, bular lamaistlarniki bölib, tasbeh bu yerlarga Hindistondan kelgan ekan. Rost söz şuki, islomning dastlabki davrlarida musulmonlar tasbeh işlatmagan, bu ularga yot bölgan. Demak, tasbehning vatani hind diyori bölib çiqmoqda. Mana, sayohat nima uçun kerak! Millatlar bir-birini tanişi va tafakkur qilişi uçun! Sayohatni şuning uçun sevaman.
Möğul xarakteriga töxtalsam. XIX asr rus sayyohi Prjevalskiy möğul xalqining tabiati töğrisida ajoyib maʼlumotlarni yozadi: “çorvalariga ğamxörlik qiliş möğullarning yagona taşvişidir, ammo bu iş qattiq mehnat talab qilmaydi. Tuyalar va otlar daştda qarovsiz sarson-sargardon yurib, faqat yozda kuniga bir marta quduqqa kelib suv içadi”. Möğullarda (yeyişga) göştdan boşqa deyarli heç narsa yöq, deb örta asrlar Yevropa sayyohlaridan iqtibos keltirganimizdek, çindan-da, ularda çorvaga tegişli narsalardan boşqa köp narsa yöq. Vatanga qaytişda Möğulistonning öziniki bölsa kerak deb, çiroyli şişa idişda turgan bol sotib olib, uyga keltirsam, orqa tarafida kiçik harflar bilan “Germaniyaniki” deb yozib qöyibdi. Şunday, köçmançilar mamlakatiga deyarli hamma narsa taşqaridan olib kelinadi.
Prjevalskiy sözini davom ettirarkan, “möğul köçmançisining ajralib turadigan xislati – dangasalik”, deya, buning sababini – “çöponlik hayoti şaroitlari sababli”, deb izohlaydi. Plano Karpini esa “erkaklari, asosan, öq otiş bilan şuğullanadi, şuningdek, çorva uçun biroz ğamxörlik qiladi; ov ham qiladilar va kamondan öq otiş bilan şuğullanadilar”, deb yozadi.
Bundan taşqari, hozirgilarda avvalgi möğullardagidek şijoat yöq. “Bu ham köçmançining öziga xos xususiyatidir. Hatto xalxalarning özlari ham Çingiz va Ugedey davridagi ajdodlariga öxşamaydi. Deyarli ikki asr davomida Xitoyning zulmi ostida bölgan köçmançilarning jangovar kayfiyati maqsadli ravişda böşaştirilib, buning natijasida haqiqiy möğullar özlarining avvalgi şijoati va botirligini butunlay yöqotdilar”, deb yozadi Markaziy Osiyoga bir neça marotaba sayohat qilgan rus geografi Prjevalskiy.
Çingizxon asos solgan Möğul imperiyasi bir neça davlatlarga bölinib ketgaç, möğul xalqi boşida tarix çarxpalagi quyidagiça aylangan. Çingizxonning nevarasi Xubilay hukmronlik ostiga Xitoyni ham qamrab olgan Yuan sulolasiga asos solgaç, möğullar Çin mamlakatini 1368-yilgaça öz qöl ostida uşlab turadilar. Şundan söng köçmançilarning hokimiyati faqat öz yurti çegaralari bilan çeklanib, davlatlari “Möğul ulusi” deb ataladigan böldi. XIV asrdan to XVII asrgaça möğullar tarixi ulusning bir neça mayda davlatlarga bölinib ketişi va içki boşboşdoqlik kayfiyati bilan ajralib turadi. Bu vaqtga kelib, Möğulistonning özbek xonliklariga yaqin bölgasi – ğarbiy hududida markazlaşgan Junğor (Oyrat) xonligiga asos solinadi va bu oyratlar Özbekiston hududiga ham öz harbiy yurişlarini uyuştirib, xalqlarni talon-toroj qilib turgan. XVII asrning oxirlaridan to 1911-yilgaça Xitoyning Sin imperiyasi tarkibida bölgan möğullarning tarixi tamoman özgarib ketadi. Çinakam tobelik davri boşlanadi. Pekin möğul tuproqlari birligini buzib yubordi: Gobi sahrosi Içki Möğuliston va Taşqi Möğuliston orasidagi çegara etib belgilandi. Manjurlarning bosimi kuçaydi. Ammo köçmançilar orasida vaqti-vaqti bilan Xitoyga qarşi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari ham bölib turgan.
Möğullarning yana bir xislati borki, buning uçun ularni hurmat qilmasdan bölmaydi. Möğullar nihoyatda sodda odamlar. Yolğonni bilmaydi. Öz-özidan ularda ayyorlik ham yöq. Boşqa köçmançilar kabi töğrisöz, töğri insonlar. Möğul restoraniga kirib, bu yerda yemaklar halolmi yoki aksimi, deb sörasangiz, xizmatçilarning oçiqçasiga “ovqatlarimiz halol emas” deb yumşoqqina javob qaytarişiga hayron qolasiz. Töğrisöz bölsa, u odamni kim bölişidan qatʼiy nazar, hurmat qilmay böladimi?! Yoki şuning teskarisini ham möğullar mehmonga hurmat körsatgan holda bildiradi. Masalan, bu yerdagi sönggi kunimizda mehmonlar şarafiga yozilgan dasturxonda qadrdonimiz bölib qolgan Anhabayar Danuu hammaning diqqatini öziga qaratib, “dasturxondagi har narsa haloldir, bularning içida tönğiz eti yöq”, deganda, u möğullarning mehmonga bölgan hurmatini körsatayotgan edi.
“Oddiy möğullar köpinça mehribon, soddadil odamlar”, deb yozadi rus geografi. “Ularda bir-biriga hasad qiliş odati yöq; imkoni boriça birovga yordam beradi va qöllab-quvvatlaydi. Ular örtasida kelişmovçiliklar kamdan-kam hollarda yoki heç qaçon yuzaga kelmaydi, haddan taşqari mast bölsalar ham, heç qaçon janjalga kirişmaydi”, deya qayd qiladi italiyalik sayyoh Karpini.
Çindan ham, ular kömakka muhtoj odamga darrov yordam beriş uçun şoşiladilar. Ayniqsa, mehmonligingizni bilişsa, töla-tökis, oxirigaça, beminnat yordam beradi. Guruhimiz aʼzolarining deyarli har biri bilan şunga öxşaş hodisalar röy berdi. Hammamiz qönoqxonadagi oqşomgi gurunglarimizda möğullarning sodda, kamtarligi va qölidan kelgança oxirigaça yordam berişi töğrisida suhbatlaşib, boşimizdan keçirgan voqealarni aytib ötirardik. Soddadillik özi köçmançilarga xos odat.
Bir kuni keçki önlarda dökonga boriş uçun köçaga çiqqanimda esdan çiqmaydigan va qayerda möğullar mavzusi kötarilsa, men faqat şuni aytib yuradigan bir voqea böldi. Dökonga kirarkanman, kerakli narsani söradim. Google tarjimon orqali. Sotuvçi u narsa bu yerda yöqligini va sal nariroqdagi dökonda bölişi mumkinligini aytib, öz ukasini dökonni körsatiş uçun men bilan jönatdi. Poytaxtdagi janubiy koreyaliklar litseyida 10-sinfda öqiydigan möğul öspirini meni bir dökonga boşlab bordi va u yerdagi sotuvçidan öz tilida menga kerak narsaning bor-yöqligini söradi. Afsuski, yöq ekan. Sotuvçi yana sal nariroqdagi dökonga borib körişimizni maslahat soldi. Möğul yigiti dökonga boradigan yölni şunçaki tuşuntirib, öşa yerdan topasan, deb qöysa ham bölardi. Ammo u soat tungi ön birlar bölişiga qaramasdan, izlaganimiz oxirgi dökonga ham meni yayov olib borib qöydi. Oxirida adaşib ketmasin deb, meni qönoqxonagaça kuzatib qöydi. Bu körinişidan oddiy voqeadek tuyilişi mumkin, lekin özga elda özingga körsatilgan jimitdek yordam ham ulkan körinadi.
Sayohatçiga yaqqol közga taşlanadigan möğullarning odatlaridan yana biri ulardagi vaqt tuşunçasidir. Agar oddiy hayotdagi möğullarning özini oladigan bölsak, ularda vaqt birligi – kun. Soat, daqiqa tuşunçasi yöq. Masalan, köçmançi bilan uçraşiş vaqtini maʼlum bir kundagi soatga belgilasangiz, u öşa kuni belgilangan vaqtdan ikki soatça ötib keladi. Bu keçikiş deb qabul qilinmaydi, çunki u belgilangan kunda keldi. Tuşunmagan odam buni notöğri qabul qilişi mumkin. Ammo asosiy turmuş tarzi çorvaçilik bölgan köçmançilar uçun bu normal holatdir. Lekin şaharlarda rasmiy uçraşuvlar öz vaqtida boşlanadi. Masalan, ilmiy anjumanimiz soat 13:00 ga belgilangan bölsa, u öz vaqtida boşlandi.
16-oktyabr, duşanba. Anvar Böronovning tanişi, bir paytlar Möğulistonga kelib örnaşib qolgan özbekistonlik özbek Abduvohid aka kelganimizdan beri bizga özlari söygan mol göştidan yetkazib bermoqçi bölib yurgandi. Şuning uçun tuşga yaqin Anvar aka bilan köçaga çiqdik. Yöllar tirband, biz esa majburlikdan Ulan-Bator köçalaridan yayov ketadigan böldik. Havo piyoda yuriş va mazmunli suhbat uçun yaxşi edi. Borar manzilimizga yölovçilardan bir möğulça, bir inglizça sörab, asta-sekin yaqinlaşib kelaverdik. Şu orada mening közim yöl yoqasida turgan bir slavyan yigitiga tuşdi. Yaqinlaşib, örusça sözladim. Şaharni yaxşi bilmas, özi ham Rossiyadan bu yerlarga yaqinda kelgan ekan. Yölda bundan boşqa kelganiga köp bölmagan örislardan yana ikki nafarini uçratdik. Dasturçilar ekan. Bu yerga köçib kelganiga tört oy bölibdi.
Telefonimizdagi raqamli xarita bizga belgilangan nuqtaga kelganimizni bildirar, ammo u joyni sira topa olmayotgan edik. Anvar aka tanişiga sim qoqdi. Abduvohid aka şu yerda qandaydir özbek oşxonasi borligini, göştni öşa yerdagi Bahrom aka degan kişidan olişimiz kerakligini aytdi. Oşxonani izlaşga tuşdik. Ammo yon-berimizda körinmasdi u. Bir payt dimoğimga xuşböy hid kelib urildi. Özimizning ovqatlardan ufurib turadigan mazali hid edi bu. U yon-bu yonga qarab, közim bilan is taratayotgan uzun dudburonli kafeni topib oldim. Oti “Şaşlik” ekan. Özbek kuşxonasidan çiqadigan göştlarning mazasi möğullar söyadigan mollar etining taʼmidan farq qiladi. Kimgadir u, kimgadir bu yoqişi tabiiy, albatta.
Yölning narigi tarafiga ötiş uçun svetofori yöq bölgan zebra çiziqli joyga yaqinlaşib, bir qadam taşlaşimiz bilan, yurib kelayotgan maşinalar şu zahoti töxtadi. “Qoyil-e” deb yuborasan kişi. “Şaşlik” kiçikroq tamaddixona ekan. Şu yerda Bahrom aka bilan uçraşdik (qirğizistonlik özbek ekan, Öş şahridan). Beş kilo mol eti bilan bir kilo qöy eti berdi. Bir söm olmadi, Abduvohid akadan tortiq, dedi. Bahrom aka Möğulistonga köçib kelganiga yigirma yil bölibdi. Oşxona biznesi bilan şuğullanar, “Şaşlik” ham, “Navat” ham şularga tegişli ekan. Möğul tilida öz ona tilida gapirgandek gapiradi. Biroz suhbatlaşdik. Aytişiça, Ulan-Batorda yettita özbek kafesi bor ekan. Tağin dediki, bu yerda boşqa özbeklar ham bor bölib, ular bank sohasida işlaşadi. Işlaganda ham, çet elliklarga qaraşli nufuzli banklarda. Bunday gaplar quloqqa yoqimli eşitiladi. Bahrom akaga taşakkurlar aytib, xayr-xöşlaşib ortga qaytdik.
Anjumanga ikki kun qoldi. Duşanba va seşanba kunlarini Abulqosim Mahmud Zamaxşariy qalamiga mansub “Muqaddimat al-adab” luğatining möğulça tarjimasini (rusça nusxasi) öqiş bilan ötkazdim. Sayohatning yana bir yaxşi tarafi unda kutilmagan, oldindan bilmagan, öylamagan voqealarning röy berişidir. Tönyuquq safaridan şaharga qaytgan kunimiz yöl-yölakay biror-bir kitob dökoniga kirib çiqişga qaror qilgandik. Ilm kişilari bilan sayohat qilişni şu tarafi yaxşi-da: boradigan joying yoki kutubxona, yoki muzey böladi. Kitob dökoni ikki qavatli bölib, u ançagina katta va muhtaşam ekan. U yerda dunyodagi eng maşhur kitoblarning deyarli barçasining asli va möğul tilidagi tarjimasi bor edi. Özingizni qiziqtirgan kitobni şu yerdagi kompyuter orqali qidirib, dökonda bor-yöqligi va narxini bilib olsa böladi. Agar izlagan asaringiz nomi kompyuter oynasida körinsa, kitob qaysi tokçada turganigaça körsatib beradi. “Liberal Möğuliston” deb yuborasiz şu yerida.
Kutilmagan hodisa şu yerda böldi. Klaviaturani qölimga olib, şunçaki “Zamaxşari” deb izlaş berdim. Ne köz bilan körayki, “Mahmud Zamaxşariy “Muqaddimat al-adab” luğatining möğulça tarjimasi” (rus tilida, N.Poppe tomonidan 1938-yildagi naşri) degan yozuv çiqsa böladimi! Dökonda undan ikki donasi qolgan ekan, birini men, narigisini Bekzod oğa oldi. Möğulistondagi anjumanda kamina tayyorlagan tezis aynan “Muqaddimat al-adab” luğatining möğulça tarjimasi töğrisida bölib, Zamaxşariyning uşbu kitobini Ulan-Batorda uçratiş yetti uxlab tuşimga ham kirmagan edi. Hayot kutilmagan voqealari bilan qiziqarli.
Asarning öziga töxtalsak, tengsiz tilşunos Zamaxşariyning özi tomonidan tuzilgan uşbu luğat avvalboşda faqat arab va fors tillarini öziga qamrab olgan. Köp ötmay bu luğatga eski özbek tili ham qöşiladi. 1492-yilga kelib esa luğat Buxoroda möğul tiliga ham tarjima qilingaç, oxir-oqibat “Muqaddimat al-adab” tört tillik luğatga aylanadi. Arab-fors-özbek-möğul tillari.
Rus tilida naşr qilingan “Muqaddimat al-adab”ning möğulça tarjimasi ikki tilli (özbek va möğul) luğat qilib çop etilgan. Luğatning möğulça tarjimasidagi til örta möğul tili bölib, u Movarounnahrda XIV-XV asrlarda muomalada bölgan. Eʼtiborli tarafi şundaki, luğatdagi sözlarning bir-biriga yaqinligi örta asrlarda özbek va möğul tillari örtasida, biroz bölsa-da, öxşaşlik bölganini körsatadi.
Misol uçun: obo (möğulça) – ov; aldaba – aldadi; altan – oltin; anoq – vazir (inoq); badur – bahadur; beye – böy (tana); buğdoy – buğdoy; çayon – çayon; el – kişi; erta – erta; gul – gul; qaro – qora; tuyuq – qöşuq; unonliq – rostliq (haqiqat); unoyon – inak (sigir); vasvasa – vasvasa; xontu – xonliq; yoro – yora (yara); yaşin – yaşin; yosun – sungak (suyak); iyd – bayram; nöxta – nöxta; növkar – yor (döst)…
17-oktyabr, seşanba kuniga mahalliy hunarmandçilik mahsulotlari bilan tanişiş maqsadida Ulan-Bator markaziy bozorini borib körişni reja qilgandik. Böş vaqtimiz mana şu bir kun edi. Kunni ham tanlab qöygan ekanmiz. Şu kuni bildikki, Möğulistonda seşanba kunlari bozor bölmas ekan, bizdagi duşanba kabi.
18-oktyabr, çorşanba. Mana, uzoq intiqib kutilgan kun ham keldi. Möğuliston milliy universitetida “Möğul va Xorazm davlati örtasidagi aloqalar tarixi” mavzusida ilmiy anjuman taşkil etildi. Konferensiya tili qilib ingliz, turk va ozarbayjon tillari tanlandi. Anhabayar Danuu anjumanda tilmoçlik qilib turişini inobatga olib, Anvar Böronov va men ozarbayjonça, boşqalar ingliz va turk tillarida maʼruza qildilar.
Tadbirning boşidan oxirigaça Anhabayarning özi turdi. Har bir sözçiga ajratilgan 30 daqiqalik maʼruzadan keyin, sahnaga çiqib tinglovçilar uçun taqdimotlarni boşidan oxirigaça özi tarjima qilib turdi. Bizning sözlarimizni möğul tiliga, möğullarnikini turkiy tilga. Mubolağali aytganda, konferensiyani yakka özi ötkazdi desa ham böladi. Bir qarasang, bayroqlarni olib kelib örnatayotgan, bir qarasang, içiga nimalardir solingan katta qutilarni özi taşiyotgan, tuşlik (çoy vaqti) uçun möljallangan hamma narsani özi kötarib yurgan böladi. Fan doktori darajasidagi bu insonning kamtarinligi, özida manmanlik yöqligini körib, oçiği uyatdan “qizargudek” böldim. Manmanlik özi ilmsizlikdan keladi.
Xullas, tadbir boşlandi. Uni Möğuliston milliy universiteti rektori professor D. Badarç oçib berdi. Bu kişi bir paytlar Toşkentda YuNESKOning Özbekistondagi elçisi sifatida işlagan. Yurtimiz madaniyati, odat-u anʼanalari haqida iliq gaplarni aytdi. Özi ham kamtar inson ekan, boşida har birimiz bilan yonimizga kelib, qöl berib körişib çiqdi.
Konferensiyada möğul tarixçilari tomonidan quyidagi mavzular kötarib çiqildi: “Möğul manbalaridagi Xorazm tarixiga oid maʼlumotlar”, “Yuan şi” manbasidagi Möğul va Xorazm aloqalariga oid maʼlumotlar”, “Çingizxonning Xorazmga yurişi haqida” va “Möğullarning islom diniga kirişida xorazmliklarning örni”.
Biz tarafdan esa quyidagi çiqişlar böldi. Mamlakat Jumaniyazova: “Xorazmda şamanlik elementlari”, Anvar Böronov: “Möğul tilidan özbek tiliga özlaşmalar”, Bekzod Abdirimov: “Çingizxonning Turkiston yurişida asir olinganlar haqidagi baʼzi mulohazalar”, Mardon Hasanov: “Mahmud Zamaxşariyning “Muqaddimat al-adab” luğati möğulça qismining öziga xos xususiyatlari” , Ğulomjon Atajanov: “Özbekiston tarixi va madaniyatiga oid baʼzi masalalar”, Şoxruhmirzo Ismoilov: “Oltin Örda davlati davrida Xorazm şaharlari”.
Möğul tarixçilari içida doktor A.Enhbat maʼruzasi ajoyib va kutilmagan böldi. U kötarib çiqqan mavzuning (“Möğullarning islom diniga kirişda xorazmliklarning örni”) ajibligiga hissa qöşgan qöşimça omil taqdimotning özbek tilida yozilganligi böldi. Çingizxon avlodi bölmiş möğul tarixçisi özbek tilida çiqiş qilib tursa – odamga boşqaça taʼsir qilarkan. Olis yurtdan kelgan mehmonlarga, Özbekistonga hurmat edi bu. Bu inson bilan birinçi bor körişganda salomlaşiş uçun qöl uzatib, bilmasdan özbekça “assalomu alaykum” deb yuborganimda, janob Enhbat şu zahoti “valaykum assalom” deb javob qaytarganida, bu insonga hurmatim oşgandi.
Konferensiya oxirlab qolganida kutubxonaçi ayol sartullardan bölgan turmuş örtoği va öğli bilan keldi. Sartul amakining ismi Ganbold ekan (bu turkiy xalqlardagi Pölat ismining ayni özi, “gan” sözi möğulçadan özbekçaga “pölat” bölib ağdariladi). Çindan ham, Ganbold amakining yuz qiyofasi möğullarga qaraganda bizga köproq mengzaydi. Qardoşimiz bilan mazza qilib gaplaşdim. Yoşi uluğ emasmi, rus tilini bilar ekan. Biroz emas, ança suhbatlaşdik. Suhbatimizning yarmi faqat kulgi bilan ötdi. Özlari oçiqköngil inson bölganidanmi yoki suhbat yurakdan böldimi – örtadagi kulgilar ham samimiy edi. Hammasi tabiiy. Oxirgi marta qaçon bunaqangi kulganimni eslay olmayman, rosti.
Konferensiyani eşitib, tinglovçi sifatida kelganlarning orasida qozoq talabalari köp bölib, ularning aksariyati Turkiyada öqigan yoki öqiyotgan qozoq yoşlari edi. Qozoq yigit-qizlarini universitetda körib, ular bilan gaplaşib, xuddi özimizning özbeklarni körgandek böldim. Çindan-da, çet elda turkiy xalqlar bir millatga aylanar, örtadagi çegaralar parçalanib ketar ekan.
Bundan tashqari, tinglovchilar orasida Turkiyada tahsil oladigan möğul talabalari ham bor edi. Ularning orasidagi tashqi qiyofasi bizga öxshab ketadigan bir talabaga qarab, undan özbekka ham, qozoqqa ham öxshab ketishini, aslida qaysi millatga mansubligini sörasam, u – “ben moğolʼum, Türkiyeʼde de pek çok insan beni özbek ve kazak sanıyor”, deb javob berdi. Turkiyada juda köplab möğul yoshlari tahsil oladi. Bugungi kunda turk universitetlarida öqiydigan möğul talabalarining nufusi mingdan ortiqdir.
Özbek va möğul tarixçilarining ilk uçraşuvi yuksak kayfiyatda ötdi. Yakunida Möğuliston milliy universiteti va Urganç davlat universiteti örtalarida şu kabi ilmiy anjumanlarni ötkazib turiş böyiça ikki tomonlama memorandum imzolandi. Şunday qilib, konferensiya ham tugadi va sönggi sözni doktor Anhabayar Danuu aytdi:
“Köpçilik möğul va özbek xalqi aloqalari deganda, buni faqat Xorazm davlati tomonidan tuşunişadi. Lekin ikki xalq örtasidagi tarixni jöğrofiy nuqtayi nazardan olib qaraganda xunlar, yueçjilar, kuşonlar va buyuk ipak yöli tarixi kabi köp tutaşgan nuqtalarimiz bor. Sönggi 30 yilda Özbekiston va Möğuliston örtasidagi munosabatlar juda zaif nuqtaga kelib qoldi. Biroz siyosiy, biroz iqtisodiy aloqalarimiz bor, ammo eng muhimi bölgan madaniy aloqalarimiz hanuzgaça juda oz, boşlanğiç saviyada. Şuning uçun böşliqni töldiriş uçun mana şunday ilmiy uçraşuv ötkazdik. Bu özbek-möğul ilm odamlari bir yerga kelgan ilk uçraşuvdir.
Özbek tilining boşlanğiçi bölgan örxun yozuvlari Möğulistonda turibdi. Özbek tili bayramida Örxun vodiysidan turib özbek xalqiga yuborilgan tabriklarni biz mamnuniyat bilan qarşilaymiz. Şuningdek, özbek xalqlarining qarindoşlari bölgan sartul uruği bir neça yuz yillardan beri bu yerda yaşab kelmoqda. Bundan taşqari, ikki-uç asrlar oldin Möğulistonga kelgan özbeklarni biz çantu deymiz. Ular bizning Oltoy bölgamizda yaşaydi. Çantular Oltoy hududiga, möğullarga dehqonçilikni örgatgan millat (şu yerini juda katta hurmat bilan quvonib aytadi). Oltoyga çantular tarvuz, qovun, uzum kabi mevalarni olib kelgan.
Ayni zamonda möğul tarixining asarlari Özbekistonda bor. Çiğatoy ulusi bölsin, Jöçi ulusi bölsin, bu ikki ulusning qimmatli asarlari, durdonalari şu on Özbekistonda. Ular içida eng buyugi Qarşi şahridir. Çiğatoy ulusi davrida çiğatoylarning poytaxti ölaroq qurilgan. Qarşi möğul tilida saroy demakdir. Möğulça nomini hozirgaça saqlab qolgan. Çiğatoylardan qolgan köp asarlar bor. Masalan, Buxorodagi çiğatoy xoni Bayonqulixon maqbarasi. Möğul tarixining eng muhim asarlaridan bölgan Raşididdinning “Jome at-tavorix” qölyozmasi bugun Toşkentda muhofaza qilinmoqda. Şundan kelib çiqib aytganda, biz köp soha (önam)larda hamkorlik qilişimiz lozim.
Tarix va til sohasida amalga oşiriş lozim bölgan köp iş birliklarimiz bor. Hali ikki mamlakat örtasida elçixona oçiladigan kun ham keladi. Bu borada biz tarixçilar, ilm odamlari bir bölib hamkorlik qilişimiz uçun salohiyatimiz yetarli. Şunday ekan, özbek xalqiga-da, özbek olimlariga-da şunday çaqiriq bilan çiqamiz: keling, hamkorlik qilamiz, keling, iş birligi yopamiz. Mavlono Rumiy aytganidek, “keling döstlar, keling, birga bölaylik, keling, tanişaylik, bir-birimizni anglaylik”.
Ibtidoning intihosi bölgani kabi, bizning Möğulistondagi safarimiz ham yakuniga yetdi. Özining poyoni yöq kengliklari, köz quvnatar tabiati, sodda va samimiy odamlari bilan yuragimizga örnaşib qolgan Möğuliston bilan xayralaşar ekanmiz, bu tuproqlarga yana bir marta qaytib kelişimizga işonamiz. Hali biz Möğulistonga yana boramiz. Qarindoşlarimiz çantularni köriş uçun ham. Tariximiz naqadar buyuk. U butun Osiyoga soçilib yotibdi.
Sayohatga oşiq bölmoq kerak. Yölçilik kişini botir va jasur bölişga örgatadi; u qalbdagi qörquvlarni parçalab taşlaydi. Bu, eng avvalo, tarixçi uçun kerak. Safar qila turib, inson özini ötmişdagi olis yölga çiqqan sayyohlar kabi his qiladi, xayolan ularning yonida özini ham tasavvur qiladi. Sayohatda kişi uzoq vaqtlardan beri izlab yurgan özini, özligini topadi. “Insonlar sayohatni emas, balki sayohat insonlarni yaratadi”, deb aytganda naqadar haqli edi amerikalik yozuvçi Jon Steynbek. Yana bir amerikalik teatr aktyori Endryu Makkarti esa, “naqadar uzoqqa ketsam, özimga şu qadar yaqinlaşaman”, degandi. Darhaqiqat, sayyohlarning millati bölmaydi, hammasi bir xil fikrlaydi, dunyoni bir xil köradi.
Universitetning Sanʼat va fanlar fakulteti dekani Zayabaatar Dalai bilan uçraşuvimizda aytganidek, tarixda bölgan iş bölib ötdi, uni muhokama qiliş, undan ğazablaniş kerak emas. Zamonaviy dunyoda har tomonlama aloqalarni örnatib, ularni mustahkamlayveriş kerak. Biz özbek va möğullarni muhoraba tarixidan boşqa tarixlar ham boğlab turibdi. Bu Anhabayar Danuu aytganidek, eng avvalo, madaniy va tijoriy aloqalar tarixidir. Tarixdan maʼlumki, örta asrlarda movarounnahrlik savdogarlar mol va teri savdosi uçun Möğulistonga tez-tez borib turganlar. Biz, avvalo, şunga urğu berişimiz lozim. Ötmiş faqat jang-u jadallardan iborat emas.
Sözim yakunida Möğuliston Respublikasiga bölgan sayohatimning homiysi va taşkilotçilari bölmiş Urganç davlat universiteti, “Tarix” kafedrasi mudiri Ötkir Abdullayev va ekspeditsiyamiz yetakçisi Bekzod Abdirimovga, şuningdek, uşbu sayohatnoma yozilişida özining fikr va takliflarini berib borgan kafedramiz ustozi Saparboy Navruzov, Ahmedjon Yusupov va ğoya mualliflari Umid Bekmuhammad va turkiyalik qardoşimiz Kurşat Yildirimga, bundan taşqari, safar guruhimizning hamma aʼzolariga çuqur taşakkurlarimni bildiramanki, ularning kömagi va dastagisiz Möğuliston sayohatnomasi yozilmagan bölardi.
Bitdi.
1 X asr arab geografi Ibn Xavqal şunday yozadi: “Xorazmliklar orasida şunday savdogarlar borki, ular teri va möyna izlab yajuj va majuj mamlakatlarigaça kirib boradilar”. Tarixçi professor Şamsiddin Kamoliddinovga köra, yajuj va majuj ölkalari deganda örta asr musulmon geograflari Sibirdan to Uzoq Şarqqa qadar yastanib yotgan yerlarda yaşagan xalqlarni tuşunişgan; boşqa bir musulmon muallifi al-Maqdisiyga köra, ularning yerlari Xitoy va turkiy xalqlar örtasida joylaşgan.
Mardonbek Hasanov
1990-yili Xorazm viloyati Şovot tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetini tamomlagan.
Urganç davlat universiteti “Tarix” kafedrasida öqituvçi.
“Yoşlik” / 2024 / 5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


