6 daqiqada öqiladi

207 marta körilgan

Hollivudda özbek kaskadyori


Daşt-u dalalarda tuğilib-ösgan yigitlarning ot minmagani bölmaydi. Qamaşi tumanidagi Oqrabot qişloği kengliklarida ulğaygan Zokirjon ham otga özgaça mehr qöyib ösdi. Ollomurod aka oilasida töqqiz farzand tarbiyalab voyaga yetkazgan bölsa, öğillarini bolaligidan mehnatda çiniqtirdi. Bolalar maktabdan qaytgaç, ota qöltiğiga kirib dehqonçilik işlariga kömaklaşar, Sanam opa rözğorning pişir-kuydiridan ortib beş qiz farzandiga çevarlik, taom pişiriş, mehmon kutiş kabi oila tutumiga doir taʼlim-tarbiya berar edi. Bularning bari qişloqdagi har bir oilaga xos. Yana bir jihati, qişloq hayotida dehqonçilik va çorvaçilik aralaş böladi. Rözğor tebratiş uçun dehqon oilasiga ot-eşak kerak, qoramol kerak deganlariday, barisidan bor.

Töğri-da, çekka bir qişloqda texnikaning zöri “yöltanlamas” jonivorlarning xizmati bebaho. Bu jonivorlarga “texnik xizmat körsatiş” ham öziga xosdir. Zokirjon tabiatan hayvonlarga mehribonligi uçun xizmatidan unumli foydalaniş barobarida parvarişida ham xuddi şunday yondaşardi. Ot beminnat ulov, aqlli jonivor, öz örnida unga qanday munosabat qilinsa, heç birini oqibatsiz qoldirmaydi. Zokirjon böş vaqt topdi degunça otni soyga olib borib çömiltirar, xuddi döstlarday heç ajralgisi kelmas edi.

Şunday qilib, otga nisbatan özgaça mehr bilan ulğaydi. Içida ğayrati toşgan bözbola birgina sayr qiliş uçun otga mehr qöymaydi, albatta. Qir-adirlar böylab yalanğoç otda yeldek yelişdan zavqlanardi, otning ham kişti kelardi, eng qiziği, “ikki döst” körsatgan tomoşalardan odamlarning unça-munçasi yurak hovuçlab qolişardi. Ot jonivor ham yem-xaşagini vaqtida berib, yuvib-tarayotgan döstiga vafodor. Zokirjonning ham çavandozlikka tengdoşlaridan ziyoda havasi bor. Şunday bölgaç, qişloqda ötkazilayotgan köpkariga ot minib bordi. Çavandoz­larday kiyinib maydonga tuşdi. Lekin bolalik zavqi bilan çekkalab tomoşa qildi. Birinçi bor köpkarining havosini oldi.

Mana, nihoyat, ot bilan döstlaşib ulğaygan yigit vaqti kelib harbiy xizmatga jönadi. Harbiydan çiniqib qaytgan yigit ot bilan döstligini yanada kuçaytirdi, dösti bilan tomoşa körsatişlari jiddiy tus oldi.

Taqdirning tuhfasini qarang, 1988-yilning mart oyida Qarşi şahriga Moskva davlat sirki gastrol safari bilan keladi. Zokirjon sayyor sirk tomoşasidan zavqlanib, ayniqsa, ot bilan çi­qiş qilgan sahna öyinlarini körganda ğayrati toşadi. Uşbu jamoada vaqtinça yollanib işlayotgan tanişiga uçraşadi-da, ot bilan şu tomoşalarni körsatişi mumkinligini, sirk boşliqlariga namoyiş qilib beriş iştiyoqi zörligini bildirib, tanişidan ruxsat olib be­­rişni iltimos qilib turib oladi.

Mutaxassislardan nima ketdi – maşğulot çoği Zokirjonning ham öyinlarini tomoşa qilişdi. Egarlanmagan otni ham öz izmiga böysundirib örgangan bu çapdast va çayir yigit köz ilğamas yengil bir harakat bilan otga sapçib minadi-yu, sirk çavandozlari bajargan bir neçta tryuklarini bajarib körsatadi. Mutaxassislar bu yigitda otga nisbatan mehr­­ni körgaç, safarlari tugagunça Zokirjonni öz saflariga qöşişga rozi bölib, işga taklif qilişadi.

Uning zimmasiga otlarni belgilangan ratsion asosida oziqlantiriş, parvarişlaş, sahnaga çiqiş oldidan çigilyozdi maşq­larni bajartiriş, tomoşadan keyingi jonivorlarga hordiq beriş kabi jamiki yumuşlar yuklatiladi. Tomoşaga örgatilgan otlarning öziga xos feʼl-atvori bölgani sabab, ularning har biriga ayriça yondaşuv talab etilardi. Zokirjon dastlabki iş kunlari ança qiynaldi. Aksiga olib, tanqidga uçragan hollari ham böldi. Bir tomondan, bu gaplarda haqiqat yöq deyiş notöğri. Zotdor otlarga bu darajaga yetib kelgunça qança vaqt, qança mehnat, qança mablağ sarflangan. Xudo körsatmasin, biror falokat bölib birontasi jarohatlansa yoki ölib-netib qolsa bormi?..

Masʼuliyat yuki bilan bolalik orzularining röyobi töqnaş kelgan uşbu murakkab vaziyatda otga bölgan had-hududsiz muhabbati, çavandozlikka bölgan sönmas iştiyoqi ğolib kelib, qahramonimiz har qanday tösiqlarga qaramay olğa intildi. Ğayrat-şijoati evaziga gastrol safari yakunlangaç, qisqa vaqt içida jonzotlarga nisbatan sinçi kabi ziyrak munosabati bilan özini namoyiş qilib ulgurgandi. Şu bois sirk jamoasi tarkibida Moskvaga yöl oldi. Bu imkoniyatdan yetarliça foydalaniş yölida işdan taşqari vaqtda öz erkiça sirk manejida şuğullanar, ot ustida murakkab akrobatik elementlarni bajarib, tajribasini orttirib borar edi. Albatta, bu harakatlari ham rahbarlarning nazaridan çetda qolmadi. Unga sirk artistlari tayyorlaydigan öquv yurtiga yöllanma berişdi.

Uşbu taʼlim dargohida jozibador sirk sanʼatining sir-asrorlarini uç yil qunt bilan örgangaç, mutaxassis bölib sevimli jamoasiga qaytdi. Zokir Sultonov şu tariqa Moskva davlat sirki artisti sifatida professional iş faoliyatini boşlaydi. Yillar mobaynida mahorati sayqallanib borgan çavandoz qardoş respublikalar böylab köp bora gastrol safarlarida böldi. Ot bilan barjargan murakkab öyinlari şarofati ila muxlislar orttirdi.

Yuriy Nikulin sirkining dovruği avvaldan dunyoga maşhur edi. Bu jamoa tarkibida Zokirjon Sultonov Yevropa, Osiyo, Janubiy va Şimoliy Amerika, xullas, dunyoning köplab davlatlarida namoyiş qilayotgan zavqli tomoşalaridan muxlislar qalbidan joy olib, ularning olqişiga sazovor bölib borardi.

1995-yili jamoaning Yangi Zelandiya böylab gastrol safari boşlanadi. Mamlakatning köplab şaharlarida sirk tomoşalari qöyiladi. Inson taqdiri qiziq, dunyo kezgan yigit uçun bu taqdir yanada tasodiflarga boy edi. Yangi Zelandiya ölkasida nomdor “Hollivud” kinokompaniyasining suratga oliş maydoni bölib, unda tasvirga oliş jarayoni qizğin ketayotgan edi.

Bir qança tarixiy filmlar suratga oliş jarayoni uçun murakkab akrobatik elementlar (tryuklar)ni bajaradigan çavandoz, yaʼni kaskadyorlarga ehtiyoj katta bölib turgandi. Sirk jamoasi içida mohir çavandozlar borligidan xabar topgan hollivudçilar uşbu tomoşani körişadi. Hayratomuz abjirligi, otlarni öziga böysundiriş mahorati, elastik harakat va çaqqonlikni umumlaştirib, gözal va betakror kompozitsiya yarata oliş isteʼdodi bilan zalda olqişlarga burkangan özbek öğloni hollivudçilarni ham qiziqtirib qöyadi. Unga kinokompaniya mömay gonorar hisobiga, bir qator filmlarda kaskadyorlik rollarini ijro etiş uçun şartnoma taklif qildi. Tabiatida tavakkalçilik xislati jöş urgan yigit heç ikkilanmay bu taklifni qabul qildi. Şu tariqa Zokir çavandoz, Zokir kaskadyorga, taʼbir joiz bölsa, “Hollivud”dagi özbek kino aktyoriga aylandi.

Kaskadyorlik kasbini istisnosiz holatda ajalga tik boqiş desak böladi. Şundoq ekan, dunyoga maşhur kinokompaniyada kaskadyor böliş oddiy gap emas. Dastlab kiçik-kiçik epizodlarda sinab körilgan çavandoz asta-sekin murakkab va jiddiy kadrlarda köriniş bera boşladi. Qolaversa, Zokirjonni kino olami öziga töla maftun etib qöydi. Kelgusi hayotini tölaligiça kino sanʼatiga bağişlagan özbek öğloni dunyo kino ekranlarida qayta-qayta namoyiş etilayotgan bir qator kassabop filmlarda, jahon kinoyulduz­lari sanalmiş Tom Kruz, Jet Li, Donni Yen va boşqalar bilan suratga tuşdi. Jumladan, Yaponiyada suratga olingan, Tom Kruz boş rolni talqin qilgan “Sönggi samuray” filmida; Xitoyda suratga olingan, Jet Li boş rolni ijro etgan “Mulan” filmida. Bundan taşqari, Yangi Zelandiya va AQŞ kabi bir qança davlatlarda suratga olingan “Uzuklar hukmdori” hamda “Spartak” kabi sara filmlardagi murakkab sahnalar Zokir Sultonov ijrosida muvaffaqiyatli tarzda bajarildi.

Dunyo kino olamida hurmat va eʼtibor qozongan kaskadyor, kino yulduzini öz yurtida sanoqli kişilargina tanişini hisobga olib, oilaviy hayoti haqida ham qisqaça maʼlumot berib ketaylik.

Zokirjon Sultonov ingliz millatiga mansub Kristiana ismli qiz bilan oila qurgan. Zarina ismli qizi bor. Bugungi kunda oila Yangi Zelandiyada yaşamoqda. Xonadonda ingliz va özbek tilida muloqot böladi. Şarqona mehmondorçilik oilaning kundalik odatiga aylangan.

Şunça xislatni özida mujassam etgan vatandoşimiz özligini har narsadan ustun qöyadi. Hatto ingliz xonimi özbek oilasi vakiliga aylangan, oş tayyorlaşda özbek ayollaridan qolişmaydi. Xullas, Kristiana xonim oilaviy mehmonlarini heç qaçon oş yedirmasdan kuzatmaydi.

Mohir kaskadyor, tom maʼnodagi jahongaşta Zokirjon tuğilib ösgan yurtiga talpinib yaşaydi. Yurt kezganlar vatan qadrini boşqalardan yaxşiroq anglaydi, ayniqsa, ona yurtga boşqa hamyurtlari qatori xizmat qilişni yurak-yurakdan istaşadi. Ötayotgan har lahza, har on insonni keksalik sari yetaklaşi bor gap. Qahramonimiz ham nafaqa yoşiga yaqinlaşib bormoqda.

Nima bölganda ham, qançadan-qança kino aktyorlarining orzusiga aylangan “Hollivud”da köriniş beriş baxti nasib qilgan inson Oqrabot farzandi ekanidan çeksiz faxr tuydik.

Kino olamida katta tajriba töplagan Zokir Sultonovning ijodiy va şaxsiy hayotdagi işlariga ulkan zafarlar tilar ekanmiz, şunday isdeʼdod egalaridan milliy kino mutaxassislari ham tajriba almaşib, yurtdoşimizning mahorati milliy kinofilmlarimizda ham böy körsatişi qanday ham gözal bölar edi, deb duo qilib qolamiz.

Şarifjon AHMAD

 1964-yili tuğilgan.

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tamomlagan.

“Sof tuyğular”, “Yoşligim, oqquş” şeʼriy töplamlari, “Lolajonim, lola” bolalar qöşiqlari töplami, “Oqrabotlik oq köngilli odamlar” badiiy publitsistik maqolalar töplami naşr qilingan.

 

“Yoşlik” / 2025 / 2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)