9 daqiqada öqiladi

189 marta körilgan

Kapalaklar qanday yaşaydi?

Ajdar sayyorasi

(Hikoya)

Qanday bölib, Oçil xotinini jin çalgan degan qarorga keldi. Voqea odatiy kunlarning birida tongotarga yaqin uyiga kirib borganidan boşlandi. U ust-boşini bir-bir ilgakka ildi-yu, indamay karavotga yotib uxladi-qoldi. Katta xonalardan birining devori ostida ötirgan ayol Oçilning bari harakatlarini allanima töqib ötirgan holida kuzatarkan, heç qanday eʼtiroz bildirmadi. Er közlariga uyqu ilina boşlarkan, nima bölib xotinining ovozini eşitmaganidan özini şod his qilar, ammo bu baxtiyorlik köpga bormay tugaşi ehtimolini ham bilar edi: xotini istalgan payt Oçilning tepasiga borib turtkilaşi, qaysi öynaşining quçoğidan çiqib kelayotganini sörab-suriştirişi yoki heç bir söz aytmay izillab yiğlaşi mumkin edi. Öşa kuni Oçil toşdek qotib uxladi, közini oçsa, tuş mahali bölgan, Nozli esa keçagi holiça – devorga suyangan köyi oq ipli töpni muşukka öxşab zavq bilan aylantirib ötirar, közlarida Oçil kutganidek na alam, na jahl va na boşqa avvalgi alomatlar körinar edi. U holatning allaqanday muşuk-siçqon öyiniga ötganini his qilib, nonuştadan ham yuz ögirib hovliga çiqa solib maşinasiga ötirdi-yu, şu bilan köçaga çiqib ketdi.

Bolalar allaqaçon öz örnini topib ketgan, erni endi şu xotindan bölak heç kim bezovta qilmasligi kerak edi, aslida. Ammo öşa kundan eʼtiboran Nozli töqişdan heç böşamaydigan bölib qoldi. Orada er bu töqiş işlari nimaga kerakligi bilan qiziqdi, ammo aytarli javob eşitmadi. Bundan taşqari, xotini töqigan paypoq, jemper yo jilla qursa, şarf deganini körmagandi ham. Bora-bora munosabat şu darajaga yetdiki, er istasa tong arafasida, istasa ikki-uç kun ötib kelar, kiyim-keçagini aliştirib karavotga özini otar va zum ötmay uxlab qolar edi. Bu uxlaş heç qaçon şovqin bilan bölmasdi, u hatto oyoqda turolmaydigan darajada içib kelganda ham xurrak otmay uxlardi va bundan xotini minnatdor bölsa arzirdi. Xotini bu taşriflarning barida bir joyda ötirgan va nuqul oq ipdan allanima töqigan köyi körinardi. U erining har bir harakatini zimdan kuzatarkan, örnidan turib zarda qilmas yo avvalgidek ovqat tayyorlaş tadorigiga tuşib ketmas, erining ustidagi kostyumini olmas, xullas, pinagini buzmas edi. Er avvaliga xotinining bu munosabatidan qadam olişidan boxabar degan öyga borib, bir neça oy epaqaga kelib qoldi. Xotinini kuzata-kuzata bildiki, Nozli özi avval tanigan ayoldan butunlay farq qila boşlagandi. Kuniga ön-ön beş marotaba telefon qilib bezovta qiladigan xotinini butun kollektivi, döstlari juda yaxşi bilardi. Yana bir tomoni, er doim uning qönğiroqlariga javob bermaslikka tirişar, yonidagilar xotinining qönğiroğini kötarişi lozimligini aytişiga qaramay, qizilni bosib qöyaverar edi. Endi ayol xuddi birinçi bolasiga homilador bölgandek köp-köp, tez-tez ovqatlanadigan böldi.

U eri yettinçi tuşini köra boşlaganida uzun töqima şarfni tirillatib sökib yuborar va ipini qaytadan bir töp qilib aylantirar edi. Metall tayoqlarni koptok ipga sançib qöygaç, ertalabga yaqin öziga nimadir tayyorlaşga kirişar, ovqatlanib bölgaç, bir muddat hovli içida çir aylanar edi. Oçil tunlarning birida xotini allaqaçon u bilan bir yotoqda yotişni tark etganini, buni oqlaş va qandaydir tarzda berkitiş uçun har tun özini boşqa yumuşlar bilan band qilayotganini sezib qoldi. Hali tong otişiga ança vaqt borligiga qaramay, Nozli hovlining aylana yölagini şoşib aylanayotganiga közi tuşgaç, u qaysidir yölakda qoqiladi va afti bilan beton sathga yiqiladi deya kutdi-yu, köp ötmay özidagi bu xayoldan qörqib ketdi. Ayol xuddi namoz oxirida zikr tuşirilayotgan taşbeh donasidek bir maromda aylananar, hatto atrofiga tuzuk nazar ham solmas, agar şunday qilganida erining hovli boşidagi peşayvon oynalaridan angrayib qarab turganiga közi tuşar edi. Oxir-oqibat, bu harakatlar har tun takrorlangani tufayli er jinnixonaga qönğiroq qildi.

Şifokorlar hovliga kirib ayolning tirsagidan tutganlarida dahşatli qiçqiriq eşitildi-yu, ammo bu qiçqiriqda biron tuşunarli gapni anglab bölmasdi, ayol tutqanoği bor odam kabi özini taşlab yuborgaç, iş bitta emdori bilan hal qilinib, uni maşinaga solib olib ketişdi. Köp ötmay erga xabar berişdiki, xotinini şifoxona devorlari orasida saqlaşning heç imkoni bölmayapti ekan, u qafasga tuşgan quşday özini hamma joyga urar va yaralar, boşqa paytlar esa, asosan, emdorining taʼsiri bilan karavotiga boğlangan tarzda uxlar emiş. Xabarni eşitganidan söng Oçilning, xotiniga rahmi keldi. U bilan şunça umr keçirgani va yaşagani haqqi-hurmati, barça işlarini yiğiştirib şifoxonaga bordi-yu, darvozadan ötişga çoğlanolmay ança vaqt turib qoldi.

Nozli öz xonasi devorlari oşa nomaʼlum makonga köz tikib qotib ötirgan edi. U bu dunyoning odami emasligi sezilar, nigohining bu qadar çuqur kirib borişi har qanday odamni hurkitib yuborar va bu hurkiş oqibati ayolni çeklaş bilan sodir bölar edi. Oçil xotinini olib ketiş uçun kiyintirar çoğ uning yalanğoç badanida hali bitmagan yaralarni kördi. Bu kaltak izlari edi, ayolning oyoği, yelkasi va köksi atrofida uzun-uzun kaltak izlari qolgandi. Ammo bularning bari Nozlining közlaridagi begonalikdan-da dahşatliroq emas, Oçil ularda baʼzan yolqinlanib qoladigan xuşçaqçaq olovni körib, uni heç qaçon bu şifoxona eşiklaridan içkariga kiritib yubormaslikka ont içdi, şunday paytlari u yangi kelin paytidagidek oçilib ketardi.

Oçil özining ellik yoşida xotiniga bu qadar ğamxörlik qilişini tuş köribmidi, ammo nima qilganda ham, uning kuni Nozlining tepasida turişdan iborat bölib qolgan, xotini öz hojatini çiqarişni hali yodidan kötarmagandi-yu, baʼzida iştonini höllab qöygan paytlari bölar, ammo, asosan, u özining oppoq ipidan allanima töqiş va oxiri öşa töqimalarini sökiş bilan maşğul bölar, u hovlini aylanişga çoğlangan mahal, Oçil uning qöltiğidan tutib olar va ikkisi xuddi sevişganlardek qöltiqlaşib köçalarni kezib yurişar edi. Tanişlarining köpi Oçilning ahvoliga öziça açinadigan, maslahat beradigan böldi, erkak bularning birontasiga eʼtibor bermay qöygaç, uni ham xotiniga qöşib jinniga çiqarişdi, biroq bu ham köpga bormadi. Ular ikkisi ham unutildilar, bu unutiliş mahallani har ertalab sutçining qiçqiriği mahaligina çetga surilar, Oçil lökillab sutçi kampirga eşik oçib, pul va bir litrli banka uzatarkan, özida yöq şodlanar edi. Sutçi kampir uning içidan ötayotgan hislarini bilarmidi, baʼzan u yoq-bu yoqdan söz qotib qolar, baʼzi paytlar tomorqasidan çiqqan kökat, meva-çevalarni taklif qilar, Oçil dunyodan xabar keltiruvçi yakka-yu yagona odamning bari taklifini yutoqib qabul qilar, sutçi xotin baʼzan uning buyurtmasiga köra qölbola musallas keltirar, öşa paytlar erkak çini bilan xursand bölib ketar edi.

Nozli hovlining oç arvohiga aylangandi, biroq öşa arvohning çeklanmagan istaklari bajo keltirilardi. Buni, aslida, “istaklari bajo keltirilardi” deyiş bir qadar notöğri bölar, Oçil lom-mim demas, xotiniga qulay bölsin deb, yana özida avj olayotgan aybdorlik hissini bostiriş va şu orqali öz hayotiga ham rang beriş xayoli bilan ayrim narsalar keltirar, bular orasida töqima iplari, tebranma kursi, gamak – u Nozliga juda yoqqan, buning ustiga, oppoq bölgani tufayli ayol barça oq iplarini öşaning içida saqlar va öşaning içida uxlar edi, töqimaçilik asboblari, töp öynayotgan muşuk rasmlari kabilar bölib, bari Nozli uçun tayyorlangan alohida xonada edi. Ayol deyarli barça narsaga befarq edi, bir safar ayol Oçilni bir fohişaning ustida körib qolgan, biroq zarraça eʼtibor qilmay taşqariga çiqib ketgan, öşanda er Nozlini öziga keldi, aql-huşi joyiga keldi, deb taşvişlanib ustiga yotoq ğilofni taşlab orqasidan yugurgan, ammo uning öz xonasidagi muşuk rasmlariga flomaster bilan turkça qalin möylov çizayotganini körib tinçlangan edi.

Ammo öşa kuni keçki mahal Nozli xuruj qilib qiçqira boşladi. Avval bunaqasini körmagani uçun Oçil nima qilişini anglolmay garangsib qolgan, xotini qöl-oyoğini tapillatib ökirar, qiçqirar va özini özi urar, bu borgan sari avj olaverganidan, Oçil u öziga nimadir qilib qöyişidan qörqib, soçib taşlangan oq iplarga örab-çirmab taşladi. Oppoq iplar juda köp öralgani tufayli, Nozli xuddi pillaga öralgan kabi körinar, bundan taşqari, özining iplarini köribmi yo xuruj biroz qöyvorganigami, biroz özini yaxşi tutar, köp ötmay öşa birinçi tundan beri ilk marotaba közlariga yoş olib izillab yiğlay boşladi. Bu safar Oçil xotinining izillaşiga qarab xörligi kelib ketdi, yöq, avvalroq bölganida u xotinining oğziga urgan, bu xonadan çiqib ketgan va butun hayotini, Nozliga aloqador butun hayotini laʼnatlagan bölar edi. Endi esa uning özining ham közlari yoşga tölib qolgan, ikkisi bir paytning özida bitta hisni, beçoralik, bu olam içra arzimas, bir çumoliçalik özlarini his qilar va yiğlar edilar. Şunda Oçilning juda-juda gaplaşgisi kelib ketdi. U xotini javob qaytarmasligiga qaramay, bunga ança bölib ketgandi, barça gunohlarini aytib birma-bir tökildi. Nozli esa öşa-öşa şiftga tikilgan köyi qotib qolgan, köp ötmay yuzlaridagi köz yoşlari ham qurib, közlari yumilib uxlab qoldi. Oçil uning ança yengil tortib qolgan tanasini kötarib gamakka solarkan, Nozli qimir etmadi. Uning lablarida tabassum qotib qolgan, şirin tuş körayotgani aniq edi. Şu bilan u uç kunga qadar közini oçmay uxladi. Bunga qadar Oçil bozordan katta-katta qoğozlar va akvarel keltirib, suvböyoqda işlaşni boşladi.

Oçil endi özini ança yengil his qilar, akvarelda köp-köp çizar, bu çizgilar, bu tasvirlar içida faqat moviy bilan böyalgan qism köp bölar, u osmonni, dengizni, koinotni, baland toğlarni şu rangga böyarkan, iç-içidan tozarib borayotgan ruhi bilan zavq tuyar, endi bozorga tez-tez qatnar va oziq-ovqat qatori moviy suv böyoq va qoğoz taşir edi. Xotini esa özi öralgan oq arqonlarga qöl tekkizgani qöymaydigan, boladek injiq va asabiy bölib qolgan, erining qöllarini tişlab olişga urinar, ovqat va suvni tökib yuborar, baribir Oçilning qölidan çiqib ketolmaganidan çinqirib ovoz berar edi. Ammo eri uning bunaqa qiliqlariga allaqaçon örgangan, xuşhol, ayolini vaqtida ovqatlantiradigan, tepkilab qarşilik qilişiga qaramay vannaxonaga olib kirib yuvintiradigan, ust-boşini almaştirib, uxlaşidan oldin soçidan silaydigan, gamakni tebratib turadigan böldi. Oçil butun hayoti davomida anglab yetmagan missiyasini bajarişga kirişgandi, uni endi na döst-u yori, na xizmati, na bolalari va na Nozlining özi bu vazifalan qaytara olar, kun ötgani sari u ğamxörlikning yangi yölini öylab topardi. Va u bundan özini baxtli his qilardi ham.

Hamma narsaning, yaxşisining ham, yomonining ham oxiri, yakuni bor. Oçil bir kuni tongda Nozlini kötarib hovliga olib çiqmoqçi va birga nonuşta qilmoqçi bölib borganida uning ölib qolganini kördi. Nozli özi yoqtirgan, bir paytlar nimadir töqişga uringan, keyinçalik faqat öralib yotişni xuş körgan oq iplar orasida sirli jilmaygança yotardi. Oçil dafʼatan buni körib garangsib qoldi-yu, köp ötmay “Xudoga şukur!” dedi. Nozli uni oilaviy taşvişlardan butunlay ozod qilgandi, ammo endi Oçilning özi bu bemavridlik va erk qarşisida dovdirab turar, özini yengil sezar va içidan allanarsa öyilganini-da his etar edi. Ehtimol, oldida bir kunlik umri bölgan kapalaklargina öz pillasini yorib çiqqanida xuddi şunday dovdirar…

 

Alişer FAYZULLAYEV

 

1988-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini bitirgan.

 Hikoya, şeʼr va tarjima asarlari matbuotda naşr qilingan.

 

“Yoşlik” / 2024 / 6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (4)

  1. Temirova Husnida

    Odamlar, öqing!
    Turmuş qiyin maʼsuliyatli narsa. Uni inson hislariga, ruhiga uyğunlaştirmoği lozim. Uni oğirlik, majburiyat yoki boşqa narsa emas, butunining qismiga aylantirgan maʼqul.

    Yozuvçi ajoyib nuqtalarni topgan ekan, tasviriy sanʼat bilan boğliq. Ranglar bilan boğliq. Töqiş – insonnni yengillatadi, ayniqsa, heç nima töqimay, buzib boşlayversang.
    Inson şunçalik katta bosim bilan yaşaydiki, baʼzan rostan kutgani qarşisida hovdiraydi, dovdiraydi…

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Taşakkur!

  3. Şaydullayev Erkin

    Ajoyib hikoya! Manga yoqdi.

  4. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Taşakkur!

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…