(Hikoya)
Mana şu betizgin ruhingdir deya,
Közimga dengizni körsatolmadim…
Jontemir
– Dupurlamanglar, jim! – ayol biri olti, boşqasi tört yoşlardagi bolalarini tartibga çaqiriş uçun ovozini balandlatdi. – Odamni işlaşga qöyasizlarmi-yöqmi, fikrim çalğib ketyapti!
U uyilib yotgan qoğozlar ustida nimalarnidir öqir, yozar, öçirar edi. Ammo istaganidek çiqmayotganidan xunob bölaverardi. Bolalari esa birpas jimlikdan söng şöxlik qilişda davom eta boşlaşdi, qizi quvar, öğli şovqin solib qoçar edi. Ona ularga ahamiyat bermas, butun vujudi bilan berilib işlar edi. Soatning vaqt ötib borayotganini eslatib bong urişi ayolni xayolot osmonidan maişiy turmuş zaminiga tuşirib qöyiş uçun yetarli böldi. “Keçki ovqatga nima qilsamikin? Uyda non qolmagan, dökongayam çiqib kelişim kerak!” U şunday taşvişlarni esladi-yu, biroq mahbubasi visolidan ayrilişni istamagan oşiq misol qölyozmalaridan nari ketolmadi. Yana nimalarnidir qoraladi, yöq, bölmadi, maʼqul kelmadi, öçirdi. Söng endi yozolmasligini sezib, oşxonaga çiqdi. Ayol şu bilan yozuv stoli yoniga qayta yölolmadi, biroq qöllari kundalik yumuşlar bilan band bölsa ham, fikr-u xayoli qoğozlarda qoldi.
“Inson dunyoga nega keladi? Uning yaşaşidan, mavjudligidan muddao nima? Biz yeyiş uçun yaşaymizmi yo aksi bölişi kerakmi? Mening hayotdagi vazifam nimadan iborat?! Bola tuğib, oş-ovqat pişirib, supur-sidir qilişdan ham muhimroq muddaom yöqmi? Xudo bergan omonat umrni mayda-çuyda işlar bilan ötkaziş uvolmasmi?” Ayol nonga xamir qorarkan, miyasida turli öylar aylanardi: “Töğri, bekalik, onalik qilişning öziyam katta iş, lekin bizga ato etilgan zehniyat, gözallik yaratişga bölgan havas va qobiliyatni öz joyiga sarflaşimiz, nafaqat oilaga, balki jamiki insoniyatga xizmat qilişimiz kerakmasmikin?!” Ayol tayyorlayotgan qaynatmaning öti ham yuragida yonayotgan olov misol balandligidan şörvaning rang-quti öçdi, xamirturuş soliş yodidan kötarildimi yo sut issiqlik qildimi, har qalay, non ham oğir, berç bölib pişdi. Serharakat va yerga ursa osmonga sapçiydigan bolalari ham bir-biri bilan urişib, opasi ukasining burnini qonatdi. Aksiga olib, şunça qiy-çuv ustiga er işdan barvaqt qaytib qoldi.
– Ertadan keçgaça uyda ötirasan, işlamaysan, şundayam bitta rözğorni eplolmaysan, noşud! – Qorni oçib kelgan erkak taom töldirilgan kosani oldidan olib, “töq” etib xotini oldiga qöydi. – Rangini qara, körgan odamning köngli ozadi. Mantimi, qovurdoqmi qilsang ölasanmi? Qilgan işing hamma narsani qozonga solib qaynatiş-u, şuniyam qoyillatmabsan! Hoynahoy, quşlargayam don bermagan bölsang kerak?! Bir uy jonni oç qoldirding! Bor, tuxum qovurib ke!
U jahl bilan turib söri çetida osiğliq turgan qafas yoniga keldi. Quşlar çuğurlaşib u yon-bu yon uçişar, har zamonda don çöqilab qöyişar edi…
Ayol amallab xojasi va bolalarini töydirib, öçoqboşini yiğib olgaç, kir yuvişga tutindi. Erining kiyimlarini toğorada ivitib yuvarkan, öylanib qoldi: “Har kuni şu – oilam: erim, bolalarim deb sahardan xuftongaça tinmay harakat qilişlarim heç közga körinmaydi-yu, bir kun ozgina vaqtni özim, könglim, sevimli maşğulotimga ajratib, yumuşlarimni köngildagidek bajarolmaganim bilinib ketdi. Nega şunday ekan-a, ozgina kamçiliging bor-yöq fazilatlaringni yuvib ketadi, odamlar şunça qilganingni eslaşmaydi-yu, nimagadir ulgurmay qolsang, öşani quloqlariga sirğadek taqib olişadi!” U miyasiga kelayotgan şu kabi yomon öylarni ham kiyimlarga qöşib yuvib, çayib, qoqib-qoqib dorga ildi…
“Bugun heç çalğimayman, tağin dadamizdan tanbeh eşitib yurmay, axir, şu odam ham oilam, bolam-çaqam deb köçada issiqni issiq, sovuqni sovuq demay işlab keladilar”.
Ayol quyoş boş kötarib ulgurmay uyğonib, yozuv stoli oldiga kelib daftarlari-yu kitoblariga qararkan, istamaygina ularni çetga surib, hovli-köçalarni supurişga çiqib ketdi…
U majburiyatlarini bajarib yurarkan, xayolida ajib tuyğular avj olar, bir-biridan maʼnoli va gözal misralar qofiyalanib, quyilib kelar edi. Moviy osmon, unda suzib yurgan oppoq bulutçalar, çuğurlaşib uçayotgan quşlar, özini erkin qöyib, hovlisini töldirib oçilib yotgan turli xildagi çeçaklarga töymay qararkan, tilida tinimsiz şeʼr aylanardi. Yuragida vulqon misol paydo bölayotgan ijod zavqi içiga siğmadi, şu tobda ötirib yozmasa bölmaydigan hollarga tuşdi. Beixtiyor hamma işini taşladi-yu, çopib içkariga – qoğoz-qalamlari yoniga kirib ketdi. Qalbini titratgan hislariga sözdan şakl berib, oppoq qoğoz qatlariga joylaştirarkan, mislsiz zavqni, baxtni tuygan ayol, özi yozgan satrlarni qayta-qayta lablari ila erkalab suydi. Xuddi Sulaymon podşoning davlatiga ega bölgan gado misoli osmon-u falakka parvoz etdi. Biroq bu xursandçilik uzoqqa çözilmadi, devorga qotirib qöyilgan bölsa-da, muttasil harakatdan töxtamaydigan soat millari “çiq-çiq” deya uni uydan quvib çiqarib, yana rözğor yumuşlariga yölladi…
Şukrki, bugun eri qovoğini solmadi, bir tovoq mantining yoğlarini barmoqlari orasidan oqizib, iştaha bilan qatiqqa botirib-botirib yeb olgaç, kök çoydan höplab, yonboşlab televizor köra boşladi. Bolalari ham çarçaşgan, çoği, erta uyquga ketişdi. Ayol hamma işni tindirib kelib, erining yoniga omonatgina çökdi.
– Keldingmi, oyoqlarimni yaxşilab uqalab qöygin, zirqirab oğriyapti! – dedi xojasi zangori ekrandan köz uzmay.
Zavja “xöp” dedi-yu, uning paypoqlarini yeçib, rahmi kelib ketdi. Turmuş örtoğining oyoqlari şişib ketgandi.
– Soğligingizga eʼtibor qilmaysiz-da, dadasi, şişlar buyraklar yaxşi işlamayotganidan bölsa kerak, şifokorga körinmaysizmi-ya!
– Döxtirga boriş qoçmas, vaqtim bölsa, borarman, işdan ortolmayapman-ku. Bilasan, mening har ötgan soatim – mömay daromad degani!
– Unday demang, pul topiladi… – Qölini yuviş uçun örnidan qözğalgan ayol gapini tugatolmadi.
– Uyda ötirib katta ketiş oson, lekin kun keçiriş, orzu-havas qiliş kundan-kun oğirlaşib ketyapti, xotin. Munday bir odamlarga öxşab hovli-joyni danğillatib kötarib qöyolmasang, odambaşara moşina olib haydolmasang, tuzukroq kiyinib yurolmasang, alam qiladi! Şuning uçun ham tinmay işlab, birimiz ikki bölsin deyman. – Erkak şunday deb piyola tagida qolgan şamani nariroqdagi oçilib turgan atirgullar tomon sepib, piyolani endigina yoniga ötirgan xotiniga uzatdi: – Çoydan quy!
Ayoli piyolani çoyga tölatib, unga uzatdi-yu, gullarga işora qildi:
– Qarang, bu yil rosa oçildi! – U entikib gapirdi.
– Sen gullarga yaxşi qaraysan, pulim köpayib ketsa, “teplitsa” qilib bersam bölarkan, bulardanam zör foyda qoladi, ayniqsa, bayramlarda! – dedi er atirgullarning çiroyiga parvo ham qilmay.
– Tavba, şularga qarab ham foyda, pulni öylaysiz-a, nahot közingizni quvnatmaydi? – oxiri gapirib yubordi rafiqa.
– Hamma sendaqa xayolparastmi?
– Nega atrofingizdagi gözalliklardan bahra olib, çin dildan quvonmaysiz? Masalan, dengizni körgingiz keladimi heç?
– Ha, Antaliya, Dubayga borgilari keldimi?
– Şunçaki çeksizlikni körgim keladi, dunyoga kelib, bir bor ummonnimi, dengiznimi körmay, ularning qirğoqlarga urilayotgan tölqinlaridan, şovullagan tovuşidan zavqlanmay, tört devor içida, burqsigan havodan nafas olib ötiş juda ayançli…
– Nima, hayotingdan norozimisan?! Nima yetmayapti senga? Borarsan öşa joylargayam, dam olarsan öşa beş yulduzli, derazasi okeanga qaragan mehmonxonalardayam!
Ayol indamay qöyaqoldi…
– Yotoqxonada manavilarga nima bor ekan-a?!
Xonaga kirgan zavja xojasining norozi ovozi kelgan tomonga qaradi-yu, yuragiga oğriq turdi:
– Nima qildingiz?
Er ehtiyotsizlikdan sindirib qöygan guldonni guli bilan nari surib, tortmani oçgan va qöliga tuşib qolgan ayolining şeʼr daftaridan varaqlarini yirtib olib, stolga, stoldan gilamga oqib tuşayotgan suvni artardi.
– Nima qilib qöydingiz, axir?! – Ayolning közlari yoşga tölib, ğijimlab, suv şimdirib taşlangan qoğozlarni qöliga olib qaradi.
– Yerga oqib tuşyapti, falon sömlik gilam ham rasvo bölyapti, bor, nimadir opke! – Erkak daftarning qolganini ham suvga bostirdi.
– Şeʼr daftarimni rasvo qildingiz! – ayol yiğlab yubordi.
– Şeʼr? Nima, yoş qizçalarga öxşab şeʼr yozib yurganmiding? – xotinining qölyozmalarini oyoği bilan gilamga bostirayotib mazax qildi erkak.
– Neça yillik yozganlarim edi…
Ayol singan şişa bölaklari-yu mayişib yotgan çeçaklarni olib, xonadan çuqur iztirobda çiqib ketdi…
…Kunlar ötarkan, ayol qafasdagi bir juft quşga açinib qarar, har on ularni ozod qiliş istagida yonar edi. Ammo eridan çöçib, bu xohişini yuzaga çiqarmasdi. Bir kuni jazm qilib undan söradi:
– Dadasi, şu quşlarni qafasdan çiqarib, uçirib yuboraylik!
– Jinnimisan, nega uçirasan? – tutaqib ketdi er.
– Erkinlikka çiqişini istayman.
– Qançaga sotib olganimni bilasanmi?!
– Ular yaxşi sayraşmayapti, ozod bölsa, boğlarga borsa, emin-erkin yaşasa edi…
– Tağin qöyvormagin! Biz ularga don-suv beramiz, qişda sovuqdan, yozda issiqdan asraymiz, qafasdan çiqib ketsa, kunini körolmaydi bular, bekorga ölib ketadi yo kattaroq quşlarga yemiş böladi!
“Tutqunlikda yaşagandan, bir lahza bölsin, hur yaşagani maʼqul edi”. Ayol bu gapni sirtiga çiqarmadi…
– Menga qara, yiğiştir bunaqa bemaʼni maşğulotingni, degandim-ku senga! – tağin qitir-qitir qilib, uyqudan voz keçib yozayotgan ayoliga öşqirdi er.
– Birovga ziyoni tegmayapti-ku, hamma yumuşlarni qilib bölganman, özimning dam oliş vaqtim hisobidan foydalanyapman-ku!
– Zarari tegmayapti, lekin bir tiyinlik foydasiyam yöq! Boşqa maʼniliroq maşğulot bilan şuğullansang bölmaydimi, köz nuringni, vaqtingni sarflagandan keyin? Ertami-indin pul sarflab kitobça qilaman ham dersan?! Kimga keragi bor bularni? Chiroqni öçir!
Ayol indamadi. Unga erining gaplari oğir botdi, ozorlandi. Içida qandaydir isyon boş kötardi. Xonani zulmatga çömdirdi-yu, hovliga çiqib ketdi. Çala qolgan şeʼrni tugatmoqçi edi, bölmadi, sözlarni yöqotdi. Bu unga juda-juda alam qilib ketdi. Yiğladi. Köz yoşlar bilan atrofga qararkan, sörida osilib turgan qafasga nazari tuşdi. Tuşdi-yu, özining norozi kayfiyatini bildirib qöyiş, isyonini izhor etiş maqsadida şaxd bilan örnidan turib, unga yaqinlaşdi…
– Quşlar qani? – ertalab odatiça qimmatbaho “eksponatçalari”ga bir qur köz taşlab qöyadigan erkak böş qafasni körib baqirdi.
– Bilmayman! – ayol şunday deb qutulmoqçi böldi.
– Sen qöyvorgansan! Ahmoq xotin!
Er boplab uning taʼzirini bergisi keldi-yu, ammo işga keçikayotgani uçun buni ortga surdi. Darvozani oçib taşqariga qararkan, manzarani körib boş çayqadi va ayolini çaqirdi:
– Bu yoqqa qara!
Ayol taşqariga çiqib ne köz bilan körsinki, tunda özi ozod qilgan quşlarning biri uzoqqa uçolmagan, çoği, mukka tuşib tamşanayotgan qop-qora muşukning çangalidan qonga böyalgan tanasi, rang-barang patlari körinib turardi…
Mahbuba ABDURAHIMOVA
1994-yili Toşkent şahrida tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi (2024).
2024/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


