Jumboq bola
Qor desang, bobo deydi, (qorbobo)
Muz bilan qaymoq yeydi. (muzqaymoq)
Teşikdan kulça körar, (teşikkulça)
Atirni gulday terar. (atirgul)
Toşli baqa bölar, der, (toşbaqa)
Soat qumga tölar der. (qumsoat)
Çeçakni boy deb aytar, (boyçeçak)
Boltani oy deb aytar. (oybolta)
Özi qandoq bola bu,
Ajib jumboq bola bu!
Sözboylovçi
Söz sehrli deydilar,
Demak, tilçi – sehrgar.
“S” örniga “M” qöysa,
“Sehr” dönar “mehr”ga.
“A”ni olib bir zumda
“Ayoz”ni “yoz” qiladi.
“Oz” oldiga “S” yozib,
Ajoyib “soz” qiladi.
Uçiradi “qovoq”ni
“Ari” qöyib yoniga, (Qovoğari)
Yurgizadi “oyoq”ni
Qöşib “sakkiz” soniga. (Sakkizoyoq)
Turli gullar köp, biroq
“Karnay”ni ham “gul” qilar. (Karnaygul)
Tartib bilan yuring deb,
“Yöl”larga “çiroq” ilar. (Yölçiroq)
Sözboylovçi söz saylab,
Köngillarni xuşlasin.
Lekin sira köz boylab,
“Nay”ga “rang”ni qöşmasin. (Nayrang)
Harflarga
hazil(laşma)
“Nina”ga “çi”ni qöşdim (ninaçi)
Uçib ketdi pirillab.
“Kit”dan “k”ni oluvdim, (it)
Jahl qildi irillab.
“Toş”in taşlab toşbaqa (baqa)
Tilga kirdi “qur”illab.
“Bör” bilan “i”ni yozdim (böri)
Qoçing endi zirillab.
Boş harfi olinsa…
Zör “şer” “yer”ga aylanib,
“Toy” osmonda “oy” bölar.
Ulkan “tuya” kiçkina,
Quşlarga in-joy bölar. (uya)
“Buloq” öynar “uloq”day,
“Quyon” “uyon” boqadi.
Ertakdagi “pari”lar
“Ari” bölib çaqadi.
“Toş”dan “T” tuşib qolar,
Oh, mazali “oş”-da u.
…Ne xayollar kelmaydi,
Boş harf emas, boş-da bu.
Ehtiyot şart
“Qop” turibdi, “qöl” bersang,
“Qölqop” bölar, kerakli.
“Qop”ga “lon” qöşilsami, (qoplon)
Qoç, hovuçlab yurakni.
Tinç “yöl” ham “bars”i bölsa (yölbars)
Xavotirli böladi.
“Zar” öralsa “peçak”ka, (zarpeçak)
Yaşnamaydi, söladi.
Teskari öqiganda
“Qöy”ni ters öqisang,
“Yöq” bölib qolar.
“Zoğ” birdan “ğoz” bölib,
Ğöddayib olar.
“Kit” esa “tik” holda
Suzadi sekin.
“Kiyik” va “kuçuk”-çi,
Özgarmas lekin.
Qay yondan öqisang,
Bir xil “quduq” ham.
Qiziğ-a, özgarmas,
Özi “qiziq” ham.
Yozuv “yovuz” bölmasin
“Q” örniga “F” yozsang,
“Qil”dan “Fil” paydo bölar.
“Gado”ning boşin olsang,
Albatta, “Ado” bölar.
“Bulbul”ni “Ğulğul” dema
“B” örnin “Ğ” olmasin.
“Z” örniga “R” yozma,
“Köz” “kör” bölib qolmasin.
“S”ni “L”ga almaşib,
Tiniq “Soy”ni “Loy” qilma.
Harflarni çalkaştirib,
Gapni poyma-poy qilma.
Dilşod Rajab
1964-yili tuğilgan. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institut (hozirgi universitet)ida tahsil olgan. Bolalarga atalgan “Otamning boği”, “Alifbo”, “Sanoq”, “Taniş tovuşlar”, “Ön örtoq” kabi öndan ortiq şeʼriy va nasriy kitobi naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida