Qasd
Tolim-tolim soçlarimga oşiq bölgan kunlaring
Qöllarimning xinolari quyuq edi, yorijon.
Oy baxtimdan tonglar kulib, yulduzçalar şodumon,
Kimlarningdir yurak bağri kuyuk edi, yorijon.
Yuragimga özing ekkan sadarayhon gullarin
Şafqat bilmay söldirmoqqa çoğlanding sen, yorijon.
Muhabbating boğlarida sayr ettirib baxtiyor,
Söngra özga xayoliga boğlanding sen, yorijon.
Olislardan imo qilsang, köz solmasam iymanib,
Qaysarliging tutib araz qilar eding, şovvozim.
Yigit köngling toğlarida ohu edim beozor,
Oşiq köngling torlariga tuşgan edi ovozim.
Yolğiz özing döstim eding,
Özing bölding jallodim,
Bilsam, işqing zaharlangan şamşir ekan qindagi.
Baski, seni mahv etmoqqa şaylandim men, sayyodim,
Har lahzada tik boşimni qöysam hamki kundaga…
Öz holingga qöymasman, lek öt qalarman köksingga,
Ösmalarga kulin sepib, qoşlarimga qöyarman.
Tolim-tolim soçlarimni şartta kesib mastona,
Qöllarimni adolatning qoni bilan böyarman.
Tolim-tolim soçlarimga oşiq bölgan kunlaring..
Ovunç
Ona, meni çorlayotganday
Bardoşingiz tökilgan yöllar.
Bahorlarim kulgan şu yoşda
Neçun meni ovutmas gullar?
Ovutmoqçi bölar şunçaki,
Kelbatlari bilan bu şahar.
Hatto tuni yulduzsiz, oysiz,
Baʼzan nursiz tuyular sahar.
Qişloğimning rasmini bugun
Şeʼrim bilan köksimga öydim.
Ança böldi, oh, bilmam neçun
Men heç kimni soğinmay qöydim.
Neçun sevib içganim oğu,
Tanlaganim tikonli yöldir?
Xudoyimdan sörayman bugun:
Könglimdagi nafratni öldir!
Ne bölsa ham, onajonginam,
Siz ğam çekmang, örtasam yurak.
Muhabbatda ölmoğim uçun
Muhabbatda yaşaşim kerak!
Alla
Bulutga boş qöyar toğlar,
Alla, bolam, alla-yo.
Quşlarini çorlar boğlar,
Alla, bolam, alla-yo.
Kulguçingga yulduz boqar,
Miltir-miltir, alla-yo.
Yurakçangda hayrat oqar
Mildir-mildir, alla-yo.
Omon-omon kunlar keldi,
Yayrab-yaşnab ös, bolam.
Kelolmasin şu elga yov,
Yöllarini tös, bolam.
Tolbeşikda oy uxladi,
Uxla sen ham, alla-yo.
Onang soğlom, yonginangda,
Çekmassan ğam, alla-yo.
Derazangni şamol çertsa,
Qörqmassan sen, alla-yo.
Nomardlarning nağmasiga
Uçmassan sen, alla-yo.
Sohibqiron avlodisan,
Yurtga keltir şon, bolam.
Tömarisdek şiddatli böl,
Şu el uçun yon, bolam.
Xudo bergan Barçinoyim,
Alpomişim – toğ bolam.
Yurting obod ekan toki,
Ulğayursan soğ, bolam.
Alla, bolam, alla-yo…
Bolaligim daryosi
Momom urçuq yigirganda tonggaça,
Bobom uzar işkomidan uzumni.
Seni şunday yod etarman har lahza,
Oy nurida yumganimça közimni.
Quçoğingda mavjlanardi soçlarim,
Oqşom sokin köşiğingga jör bölib.
Qumlaringni közga surgan çoğlarim
Yuragimda oqar eding nur bölib.
Sen qirğoqdan toshib oqqan kunlaring
Menam senday toshib sevdim, kuyladim.
Bobotoqqa gulxan yoqqan kunlaring
Himolaydan oşdim, bulut böyladim.
Ayamasdan öydilarmi bağringni,
Ayamasdan yölingga ğov soldilar?
Toşganingda bilmaganlar qadringni
Çora topmay, nogoh öyga toldilar.
Qaşqadaryo, bolaligim daryosi,
Ön sakkiz yoş – lolaligim daryosi.
Endi faqat yuragimda toşgaysan,
Öksik dilim, nolaligim daryosi…
Xabar
Kuting, uçqur xayollar bilan,
Tili biyron şamollar bilan,
Yoruğ yuz-la, xuş onlar bilan,
Qalbingizga kirib boraman.
Dayravotda quyoş botar jim,
Işq ğamida poklanar ruhim,
Qaytarolmas yölimdan heç kim,
Qalbingizga kirib boraman.
Rad etaman odat, urflarni,
Oy nurida tarab zulflarni,
Oçib zanglagan qulflarni,
Qalbingizga kirib boraman.
Ğam toğlarin eturman barbod,
Dunyolarni aylab xurram, şod,
Yuragimni qilurman ozod,
Qalbingizga kirib boraman.
Faroğat Xudoyqulova
1975-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Oydinlik”, “Kuy dilim, suygulim”, “Aytolmagan sözlarim”, “Oq xatlar” kabi şeʼriy töplamlari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida