9 daqiqada öqiladi

96 marta körilgan

Şahzodaning iqrori

Rustam Jabborov

(Qissa)

…Hijriy 853-yilning muharram oyi. Köklam quyoşi yam-yaşil Afrosiyob tepaliklari uzra zarrin şuʼlalarini bearmon tökar, tepaliklarga tutaşib ketgan Boği Maydonda bulbullarning tonggi “çah-çah”i hukmron, bahor nasimi çor atrofdan turfa çeçaklarning atrini dimoqqa urib, har qanday köngilni çaroğon etmoqqa oşiqar edi.

U öz hujrasidan bahoriy manzaralarni kuzatib ötirgança xayolga tolgan, tabiatning benazir tarovati, aftidan, uning qalbiga zarraça iliqlik olib kirolmas, öyçan, xiyol qisiq közlari uyqusizlikdan yanada kirtaygan, qovoqlari oçilib, yonoqlari turtib çiqqan edi.

…Salkam beş oydirki, uning yuragini egallagan mubham ğaşlik tarqamaydi. Nazarida, u asriy uyquga çömgan-u, dahşatli bir tuş köra boşlagan, har qança uyğonişga tirişmasin, bu noxuş uyquni tark etolmayotgan edi.

Faqat kuni keça xayoliga urilgan fikr botinidagi quyuq zulmatga bir tolagina nur olib kirgandek böldi… Marhum otasi saltanat taşvişlaridan horib-çarçagan onlarida yo ilm, yo ijodga şönğir, butun borliği bilan tafakkur ummoniga çömar, şu tariqa vaqtinça bölsa-da, dunyoning tuganmas ğam-taşvişlaridan çekinar edi.

U avval xonasi böylab köz kezdirdi. Oyoq ostiga qirmizi şeroziy gilam töşalgan, şiftdagi tögarak qandilning şamlari hamon öçirilmagan, olti burçakli xontaxta ustiga ikkita-uçta kitob, uç-törtta yangi Samarqand qoğozi, bir qança sahifasi töldirilgan qora saxtiyon muqovali daftar, siyohdon va qamişdan yönilgan qalam turar, xontaxta ortida fil suyagidan işlangan kursi qöyilgan edi.

Allaneçuk oğirlaşib qolgan oyoqlari bilan şohona kursiga çökib, keça – uyqu qoçgan damda qoğozga tökkan satrlariga köz yugurtirdi…

* * *

“…Olamlar Parvardigoriga behad hamd-u sano, Uning barhaq rasuli va suyukli habibi Muhammad Mustafo (s.a.v.)ga çeksiz salom va salavotlar bölsin.

Menkim, Sohibqiron Amir Temur Köragonning çevarasi, Xoqoni Said Şohruh Mirzoning nabirasi, Muhammad Tarağay Mirzo Uluğbekning öğli Abdullatif, Yaratganning izni va inoyati bilan qölimga qalam olib, uşbu satrlarni bitişga jazm etdim.

Uluğ bobokalonim Sohibqiron, bobom Hoqoni Said Şohrux Mirzo saltanati tarixi haqida yozib, vaqtingizni oliş niyatim yöq. Zotan, bu haqda tarixçilar kiftini keltirib yozişgan. Qolaversa, köp tafsilotlardan bexabarman, xato qilib qöyişim mumkin. Bilganim şuki, men Mirzo Uluğbek Movarounnahr taxtiga hukmronlik qilib turgan paytda tuğilganman. Bu paytda bo­bom Şohrux Mirzo Xuroson mulkini boşqarar, rasman Movarounnahr ham unga tobe bölsa-da, otam amalda Samarqand taxtini mustaqil ra­vişda boşqarar edi.

Hozir otam haqida yozyapman-u, qöllarim titrab, dovotga botirilgan qalam uçidagi si­yoh tirqiragança qoğoz sathida soçilib, turli nuqtalar hosil qilmoqda. Nahotki, men… yöq, hali-hamon bu dahşatli haqiqatni butun borliğim bilan qabul qilolmay turibman. Göyo mudhiş bir bosinqiraş içidaman-u, hademay uyğonib ketadigandek, köz oçganimda tepamda jilmayib turgan otamni köradigandek bölaveraman.

Darvoqe, otam haqida… Aslida, faqat otam haqida yozişni dilimga tugib, şu daftarni qölga olgandim. Çunki har bir farzand xoh u şoir bölsin, xoh şoh yoxud gado, öz otasi haqida yozişga haqli. Men ham bu qoralamalarim bilan, balki özimni oqlamoqçi bölarman, balki boşqalarning, kelgusi nasllarning kamina haqidagi tasavvurlarini özgartirişga urinarman, hartovur, nima bölganda ham, bu işim, şu paytgaça qilgan kirdikorlarimdan farqli ölaroq, yaxşilikka xizmat qilar…

Otamni qanday hukmdor bölgani xususida bahs yuritmayman, bunga tarix öz bahosini berar. Otamning qanday olim bölganini ham muşohada qilib ötirmayman. Bu haqda ilm ahli, ertami-keçmi, aniq töxtamga kelar. Otamning qanday ota ekani haqida faqat uning farzandi sifatida men boşqalardan köra aniqroq fikr yuritsam ke­rak. Zero, u jahon ahli nazdida har qança buyuk bölmasin, mendek haqir farzandning otasi, men boşqalar nazdida har qança razil va pastkaş bölsam-da, Uluğbek Köragondek buyuk insonning puşti kamaridan töragan farzandman.

Otam hamma bilganidek, Temurbek nasli­dan, Şohrux Mirzoning katta öğli edi. Bobom Şohrux Mirzo saltanatni Xalil Sultondan tortib olişi bilan ön beş yoşli otamni noib sifatida Movarounnahr poytaxti – Samarqand taxtiga ötqazib, öziga boş kent sifatida Hirotni belgiladi va oilasi bilan Xurosonga jönadi.

Men olti yoşga tölgunimça Samarqandda, otam Mirzo Uluğbek tarbiyasi ostida böldim. Otam barça hukmdorlar singari dabdaba, hoy-u haşam içida yaşar, haramida şarʼiy nikohidagi ayollari, ğunçaçi-yu joriyalari bölar edi. Öz-özidan ayonki, farzand ham köp edi. Biz oilada, ota bir, ona boşqa beş öğil – (Ibodulloh, Abdulloh, Abdurahmon, Abdullatif, Abdulaziz va beş qiz – Habiba, Oqboşbegim, Sultonbaxt, Robiya, Davlatbaxt edik. Men ularning hammasi haqida batafsil yozolmayman. Oçiği, baʼzi uka yo singillarimni hatto bir marta ham körmaganman.

Otamning mengaça tuğilgan öğillari turli xastaliklar sababli bolaligidayoq vafot etgandi. Biz faqat ikki öğil qolgandik. Men bilan Abdulaziz. Xayr, bu haqda keyinroq…

Yuragim ğam-ğussa girdobida qolgan kezlarda miyamning allaqaysi puçmoqlarida qolib ketgan eng eski xotiralarni tasavvurimda uyğotişga urinaman.

Gohida Ohanin darvozasi oldidagi yalang­likda çopqillab yurganlarim, Şohizindadagi maqbaralar oralab yurgan gödaklik çoğlarim esimga tuşadi. Ha, negadir bolaligimning eng iliq xotiralari aynan Şohizinda bilan boğliq. Bu yerdagi eng köhna qabr – payğambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivaççalari Qusam ibn Abbos (r.a.) haqidagi rivoyatlarni ham ilk bor otamdan eşitganman. Bu rivoyatlar meni şu qadar öziga sehrlab olardiki, ançagaça ular­ning taʼsiridan çiqolmay, xayoloti bölib yurardim.

Bu qabristondagi har bir maqbara butun boşli bir tarix. Bir zamonlar buyuk Sohibqiron bobom bunyod etmiş bu ölmas obidalar ehtimol abadiyatga qadar salobatini yöqotmay kelajak nasllarga moziydan rivoyatlar sözlab berar.

Mening murğak yuragimda tuğilgan ilk orzulardan biri nima edi, bilasizmi? Bu qimmatbaho toşlar şodasidek tizilgan obidalarga bitta narsa yetişmasdi: ularga olib çiqadigan sirli, umidbaxş zinalar boşlanadigan joyda darvozaxona quriş kerak edi. Fahmimça, bu darvoza aynan mening nomim ila atalişi lozim edi. Darvozaning tepasida esa şunday sözlar naqşinkor harflar bilan yoziladi: “Uşbu darvoza falon yili Mirzo Abdullatif Mirzo Uluğbek öğli tomonidan qurildi”. Işonasizmi, qurilmagan bu darvoza hatto tuşlarimgaça kirib çiqardi.

Şunda köz oldimdan uzuq-yuluq manzaralar ötaveradi: Köksaroyning moviy, marmar koşinlari, xobxonamizdan uç berib turmiş Uluğbek madrasasining falakka sançilgan nayzalardek bahaybat qöş minorasi, eng asosiy­si, onamning kulib turgan, sutga çayilgandek oppoq yuzlari, uzun-uzun kamon qoşlari bilan tutaşgan kipriklari, nafis ingiçka burni yonida, şirmoy yuzidagi sedanadek maydagina xoli köz oldimga keladi.

Onam Ruqiya sulton begim arlot ulusidan bölib, juda çiroyli, mehribon ayol edi. Uning mayin, ingiçka ovozda allasi quloğim ostida xuddi keçagidek jaranglaydi. Gohida tuşla­rimda onamni köraman: oppoq römolda tepamda egilib, menga mungli tabassum bilan qarab turgan böladi. Nimalardir deydi, ammo men xuddi kardek ovozini eşitmayman. Ertalab uyğonganimda közyoşlarimdan yostiğim ivib ketgan böladi.

Onam çeçak xastaligidan vafot etgan payti men beş-olti yoşlar çamasi bola edim. Öşa noxuş kun manzaralari tez-tez köz oldimdan ötadi. Mana, Köksaroyning quyi qavatidagi çorxari xonada onamning oppoq kafanga öralgan gavdasi. Közlari yumuq, iyaklari boğlangan. Bir ayol kafanni çetlarini uzun igna bilan köklab tikyapti. Çetda ön çoğli ayol tinimsiz salavot tuşirmoqda. Singillari Oqboş bilan Sultonbaxt onamning oyoq tomonida ötirgança hiqillab yiğlaşadi.

Onamni sönggi yölga kuzatişayotgan­dagina bu mudhiş fojianing dahşatini anglab qolganmanmi, odamlarning yelkasida “Şohizinda” qabristoni tomon qayiqdek suzib borayotgan tobut ortidan dod solib yugurganman. Şunda kimdir orqamdan kelib, yelkamdan tutgandi. Ögirilib qarasam, tepamda otam turibdi. Qalin kipriklaridan tirqirab oqayotgan közyoşlari maysalar ustidan dumalayotgan şudring tomçilaridek qop-qora soqoli orasiga singadi.

Onamning ölimidan söng biz ikki singlim bilan uç-tört oy çamasi Köksaroydagi haramda, marhuma onamning xonasida, enagalar nazorati ostida yaşadik. Otam bizdan tez-tez xabar olib turar, lekin nimagadir bizni boşqa tuğişganlarimizga qöşişmas edi.

Bobom Şohrux Mirzo har yili Navröz yoki hayit bayramlaridan birida, albatta, Samarqand­ga kelar, bayramlarda otam bilan birga qatnaşib, turli öyinlar, tomoşalarda iştirok etar edi. Bobom Hirotdan heç qaçon bir özi kelmas, unga, albatta, uluğ onam Gavharşodbegim hamrohlik qilardi. U haqida “Bu malika, aslida, Şohrux Mirzoning burnidan ip ötkazib olgan, butun mamlakatni şu ayol boşqaradi”, deyişardi orqavarotdan.

Onamning vafotidan uç-tört oy ötib, bobom bilan buvim Samarqandga kelişdi. Öşanda Navröz tantanalari ötmoqda edi. Navröz tomoşalari şahar taşqarisida Köhak tepaliklarida, otam qurdirgan rasadxona­ning yaqinida ötardi. Bir tomonda Obirahmat ariği böyida öçoqlar qazilib, doşqozonlar osilar, momolar ölanlarni kuylab sumalak kavlaşar, polvonlar kuraş tuşişar, dorbozlar dor tikib, langarçöp bilan öyin körsatişar, bir tarafda şoir-u baxşilar şeʼr-u dostonlarini öqib, muxlislarini xuşnud aylar edi.

Öşanda bir jikkakkina keksa şoir (keyin bilsam, bu şoirning taxallusi Sakkokiy ekan) saylni tomoşa qilib yurgan otam va bobomga bağişlangan ğazalini öqigan, uning bir bayti yodimda qolgandi:

 

Sevunsun xisravi oliy guhar sulton Uluğbekkim,

Şahanşoh Şohruhbektek şahi xisrav nişon keldi.

 

Öşanda otamga ham, bobomga ham rosa havasim ketgan, qaniydi, men ham tezroq taxtga ötirsam-u, şaʼnimga mana şunday qasidalar bitişsa, deb orzu qilgandim.

Bobom meni juda ham yaxşi körar, har gal Samarqandga kelganida men uçun Xuroson matolaridan tikilgan şohona liboslar, oltin töqali javohirlar qadalgan kamarlar, bolalarga möljallangan kiçik qiliçlarni olib kelardi. Samarqand boğlarini aylangani çiqqanida, meni öz otiga ötqazdirib olar, hatto baʼzida keçasi meni özi bilan olib yotar edi.

Bayram ötgaç, keçqurun Köksaroyda bobom, buvim va otam xosxonada ötirib ança maşvarat qilişdi. Öşanda men bobomning tizzasida ötirardim. Buvim haramdagi boşqa ayollar men bilan singillarimga onalik qilolmasligini, bizni özi bilan Hirotga olib ketmoqçi ekanini aytdi. Bobom ham buvimning gapini bölmay eşitar, har zamonda boş irğab maʼqullab qöyar edi.

Otamning farzandlari köp, qolaversa, öşa paytlarda Davlatbaxt oğo ismli ayolidan farzand körgan, uni Abdulʼaziz deb atagan edi. Ayollaridan önga yaqin öğil-qiz­lari bor edi. Şu bois, bizni Hirotga berib yuborsa, bağri huvillab qolmasligini yaxşi bilardi. Ehtimol, katta öğil, katta nabira bölganim uçun Xuroson poytaxtida, bobom­ning tarbiyasida bölişim otamga ham maʼqul kelgandir. Har qalay, unça mulohaza qilib ötirmay, meni Xurosonga jönatişga rozilik berdi. Lekin singillarim Samarqandda, otamning haramida, ögay onalar va joriyalar qaramoğida qoladigan böldi.

Ertasi kuni otam Xoqoni Said Şohrux Mirzo karvonini to Taxtiqo­raça davoniga qadar kuzatib qöydi. Singillarim ham bizni kuzatişga çi­qişgandi. Ikkovi ham böynimga osilgança yiğlab qolişdi. Onamdan ajralganimga köp bölmasdan singillarim va otamdan judo bölayotgandekman. Samarqandga endi bir umr qaytmaydigandek, xuddi bandidan uzilgan yaproq misoli şamol qanotida uzoq-uzoqlarga uloqib ketayotgandek edim.

Nihoyat, kindik qonim tomgan Samarqand ortda qoldi. Men buvim­ning tizzasida, şohona mahofada[1] ötirgança, qibla tomon ketib borardim. Öşanda qança yöl yurganimizni eslolmayman. Har holda, yöl böyi quloğim ostida jaranglab ketgan karvon qönğiroğining sadolari, bir neça kun yöl yurganimiz, bir qança şahar-qişloqlarda dam olib, yana safarni davom ettirganimiz esimda.

Nihoyat, olis yöl yurib Hirotga kirib keldik. Şahar qalʼasi yaqinida aʼyonlar saf tortib, tantana bilan kutib olgani çiqişgandi.

Hirot men tasavvur qilgandan boşqaçaroq şahar ekan. Bu yer Samarqandga qaraganda ança issiq, hali saraton kirmagan bölsa-da, oftob jizğanak qilib kuydirardi. Dov-daraxt­lar siyrak, uylar ham pastroq. Faqat baland minoralar-u moviy gumbaz Samarqandimni yodga solardi…”

(Asarning davomini jurnalimizning 2024-yil 9-10-sonlarida öqiysiz)

Rustam JABBOROV

 

1979-yili Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

“Vijdon”, “Mahalla – Vatan içra Vatan”, “Sirli olam sinoatlari”, “Xiyonat çorrahasi”, “Oyning ön beşi”, “Qirq birinçi tugun”, “Bir tan-u ikki jon”, “Jaholat asirasi”, “Zulmat diyorida”, “100 jumboqli hikoya”, “Erkak yiğlagan kun” singari nasriy kitoblar, köplab kinossenariylar muallifi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…