3 daqiqada öqiladi

115 marta körilgan

Maqsadlari ulkan şoira

Sevilmoqlik uçun keldik dunyoga...

Enaxon Siddiqova 1954-yilning 28-avgustida Oltiariq tumanida tuğilgan. 1976-yili Farğona davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan.

Uning “Qoraköz turnalar”, “Könglim ufqlari”, “Söz ustidagi dunyo”, “Eʼzozli ayollar”, “Ona haqida qöşiq”, “Barxanlarda ungan gul” singari önlab asarlari kitobxonlar qalbidan joy egallagan.

Enaxon Siddiqovaning ijodiy faoliyati va samarali xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilib, “Özbekiston xalq şoiri” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” va “Döstlik” ordenlari bilan taqdirlangan.

Özbekiston xalq şoiri Enaxon Siddiqova 2022-yilning 13-yanvarida 68 yoşida vafot etdi.

 

“Ona haqida doston”i bir nafasda, bir zarb bilan yozilgan, içki ohanglari jarangdor, jozibali, insoniy samimiy tuyğular iforiga qorilgan. Voqealari hayotiy: örtantiradi, öylantiradi.

Oydin HOJIYEVA

Şeʼriyatning kişi qalbini sehirlovçi sirlaridan biri tuyğuning tabiiyligidir. Şeʼr şoir qalbida tuğilgan hayotiy tuyğularni ifoda qiladi va şu bilan öquvçi yuragini rom qiladi. Şoir özi yonmasa, boşqalarni yondirmaydi, qalb hislarida otaş bölmasa, boşqa qalblarga harorat bermaydi. Bu sehrli otaşsiz har qanday şeʼriy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yöq.

Enaxonning şeʼrlarida ana şu tuyğuning tabiiyligi bor. Bu – hayotga umid va işonç közi bilan qaragan zamon qizining tiniq va beğubor tuyğulari. Bu “quyoşga belançaklar solib” hislarini allalamoq bölgan şoiraning tuyğulari.

Erkin VOHIDOV

Enaxon kuyunçak şoira. Şeʼrlari samimiy. U öz şeʼrlarida ayol qalbining tuğyonlarini, inson hayotining turli lahzalarini qalamga oladi. Vatanga muhabbat, mustaqillikka sadoqat mavzulari, ozod va obod yurt manzaralarini bir qalamkaş sifatida ğurur bilan kuylaydi.

Abdulla ORIPOV

 

Enaxonning şeʼrlari xuddi özining çehrasiga öxşaydi. Yoşligida bundan-da gözal edi Enaxon. Oltiariq burgutlari tirnoq çarxlaş bilan ovora bölib turişganda uni Çimyonning bir loçini ildi-yu ketdi. Ming şukurki, rözğori şirin böldi. Oilada biri-biridan eslik, dono, uquvli farzandlar ulğaydi. Eng quvonçlisi – Enaxon şoiralikdan sönmadi, şeʼriyatni tark etmadi. Ayolning özbekona rözğordagi vazifalari, yumuşlarini nazarda tutsak ijodga sodiq qolişning özini bir jasorat deyiş mumkin.

Anvar OBIDJON

Farğonaning boğlarida bir gul edi Enaxon,

Diydorlarni boğlaguvçi köngil edi Enaxon.

 Şarifa Salimova

Enaxon kuylagan özbek ayoli özining surati va siyrati bilan boşqa ijodkorlar yaratgan ayol obrazidan farq qiladi. Şoira yaratgan ayol obrazi zimmasiga juda oğir ijtimoiy vazifa ham yuklangan. U katta kuraşlar, ulkan maqsadlarni közlab yaşaydi. Yaşaydigina emas, bu vazifasini çin dildan, halollik bilan bajaradi ham.

Yöldoş SOLIJONOV

Enaxon Siddiqovaning eng katta merosi uning qobil va solih farzandlari, fidoyi hamkasblari, sodiq şogirdlaridir. Ularning hayotida, adabiyotning hayotida, elning hayotida opaning umri davom etadi.

Salim AŞUR

Enaxon Siddiqovaning hikoyalarida ğam, qayğu, soğinç, armon, mehr, muhabbat, insof bilan birga araz, ğazab, nafrat, intiqom kabi, turli-tuman nuqson va gunohlarga yetaklovçi manzaralar birin-ketin köz öngingizda namoyon bölib boraveradi. Hodisalarga özingiz şohid bölgandek, özingiz körib turgandek bölasiz. Baʼzan esa “Ha-ya, şunga öxşaş bir voqeaga men ham guvoh bölgan edim” deb qöyasiz. Mana şu holat – adib asarining öquvçi xayolida davom etişi deb ataladigan noyob hodisa hisoblanadi. Hikoyalar hayotiy bölganidagina şunday tassurotlarni paydo qiladi.

Isajon SULTON

Enaxon Siddiqova kim uçun katta şoir, kim uçun senator böldi, lekin biz – şogird va qadrdonlari uçun ustozimiz ulkan şijoat timsoli edi! Uzoq yillar birga, yonma-yon işladik, körib-bilganimiz şuki, ustoz biron-bir işni ölda-jölda qoldirmaganlar, qoldirişmizga yöl ham qöymasdilar. Arzimasgina işlarni ham daqiqlik bilan bajarib, boşqalardan ham şuni talab qilardilar.

Gulçehra ASRONOVA

2024/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)