Biz köpinça zarur buyumni qölga kiritiş uçun egri yöllarni izlaymiz. Keyin esa, özimiz va atrofdagilarga bildirmasdan, mana şu poyganing mazaxöragiga aylanamiz, körinmas çegarani bosib ötamiz. Xuddi öşa xavfli ortiqça baho beriş tufayli maʼnaviyatning moddiylik bilan almaşinuvi sodir böladi. Matlubot iştiyoqi – körinmas ğanim va şuning uçun ham uç karra makkor. U içkaridan asta-sekin yemiradi, qalbni parokanda qiladi. Vaholanki, bu yerda heç qanday vahimali narsaning özi yöqday tuyuladi – bir mebel garniturini sotib olasan, bir yildan söng almaştirasan, yana biroz vaqtdan keyin uçinçisini qidirib yelasan. Axir, birovga halal berayotganing yöq, tunayotganing, öldirayotganing yöq. Aslida, özingni şaxs sifatida yakson qilmoqdasan va jamiyatni molparastlik yukidan holi, maʼnan soğlom kişilardan mahrum qilib, uni qaşşoqlaştirmoqdasan. Çunki odam dunyoparastlikka boşi bilan şönğirkan, özidan köra boşqalar osonlikça biron narsaga erişayotganini körib turarkan, ojizlar osongina vasvasaga beriladi va zavol topadi, kuçli böliş esa unga donkixotona xomxayoldek tuyuladi.
Matlubot iştiyoqi nuqul ziyon keltiradi. Bu iştiyoq qanday paydo böladi aslida? Ehtimolki, yetişmovçilikdan. Maʼnaviyat yetişmasligidan, tarbiyada adaşişdan. Aynan mana şu holatda molparastlik hayotning mazmuniga aylanadi. Vosita emas, maqsadga aylanadi…
Qirq-qirq beş yil avval turmuş darajamiz hozirgidan şunçalik past ediki, taqqoslaşning ham hojati yöq. Matlubot esa ommaviy tarqalmagandi. Nimani, qaerda va qaçon qöldan boy berdik?
Kuzatişlarimga köra, matlubot kurtaklari uruşdan keyin paydo böldi. Odamlar azob çekişdi, oç qolişdi, odamgarçilik yuzasidan tuşuniş mumkinki, ular töyib ovqatlangilari, yaxşi kiyingilari keldi. Lekin közga taşlanmagan holda iştiyoqqa berilib ketdilarki, bu quvonçli holat majruh şakllarga kirdi. Qolaversa, nazdimda, bolalar tarbiyasida ham köp jihat qöldan boy berildi. Köpinça eşitib qolamiz: bolalarimiz töq, boy yaşaşsin, boşimizdan ötgan kulfat va maşaqqatlarimizni bilişmasin, oğir-oğir muammolarimizdan boxabar bölişmasin. Aslida, nega ham bilmasin? Töqlik ortida özganing musibatini his etmaslik uçunmi? Bolani katta qiliş – uni odam qilib tarbiyalaş degani emas; “hamma qatori” bölişga örgatiş – çinakam odam etib tarbiyalaş degani emas.
“Hamma qatori böliş”, men sizga aytsam, buyumlar yetişmovçiligidan emas, çinakam içki madaniyat yetişmovçiligidan boruvçi meşçanning hayotiy dasturlaridan biridir.
Garçi qöşnisida bitta gilam-u, özida ikkitaligi uçun özini boyroq his etsa-da, odamning asosiy qadri baribir moddiy farovonlikda emas. Töğrisini aytganda, bunday toifadagi odamlarni töxtatişga, qayta tarbiyalaşga köp ham işonavermayman. Aksinça, ularning uruğiga yangi qurbonlarni bermaslikka harakat qilişimiz kerak.
Bu muammoni yoş avlodlardan, maktab partasidan hal etiş kerak. Biz matlubot va dunyoparastlik iştiyoqiga uzviy ravişda yot-begona bölgan alvodni tarbiyalaşimiz lozim. Bunday avlodni tarbiyalaş uçun esa öqituvçi kasbining avvalgi yuksak nufuzini qaytarişimiz darkor. Esimda, öquvçilik yillarimda öqituvçi katta nufuzga ega şaxs, hurmatga sazovor kişi, donişmand, kömakçi, maslahatçi bölardi, uning fikri nafaqat bolalar taʼlim-tarbiyasida muhim bölardi, balki jiddiy hayotiy muammolarni ham hal etişda aynan unga murojaat etilardi. Aytişdan çöçimayman – bu öziga xos siğiniş edi. Öqituvçining barça tan oladigan obrösini qayta tiriltirmoqlikni barçamiz yaxşilab öylab körişimiz kerak, deb öylayman.
Nazarimda, yana bir qiziq ğayrimantiqni qayd etmoqçiman: agar mening öqituvçilarim hozirgi pedagoglarga taʼlim darajasida yon berişadigan bölsa, maʼnaviy-axloqiy sifatlar borasida ularni ança yuksakda köraman.
Nima uçun uşbu kasb maʼnan qayta baholanmoqda? Axir, zamonaviy pedagoglar aql-zakovatli, hammasi oliy maʼlumotli. Aftidan, aholining madaniy darajasi ham ösgan körinadi. Agar burunlari öqituvçi ilm va ziyolilikning timsoli bölsa, hozirgi umumiy fonda deyarli ajralmaydi. Öqituvçi avvalgidek madaniyatimiz avangardida bölişi lozim, men pedagogik oliy öquv yurtlarining dasturlarida jiddiy özgarişlar ötkaziş zaruratini körmoqdaman.
Gap matlubotdek köp qiyofali murakkab hodisaga borib taqaldimi, unga hamroh bölayotgan yana bir holat – beadablikning ösayotganini taʼkidlamoqçiman. Nimani nazarda tutayotganimni tuşuntirib ötaman.
Oldinlari, masalan, kattalarga hurmat, ular nima bilan şuğullanmasin, mustahkam qoida, anʼana, barqaror içki eʼtiqod bor edi. Hozir esa, afsuski, şaharda ham, qişloqda ham, bu haqda gapirib ötdim: “qölga kiritiş”, “ega böliş” jarayonining birinçi darajaga çiqarilişi hodisasi yuz bermoqda. Bu baʼzida maʼnaviy, insoniy sifatlardan balandroq qöyilmoqda va tekin daromad oliş maqsadida kim öz mansabidan foydalanayotgan bölsa, öşa hurmatga sazovor, degan fikr ilgari surilmoqda. Aytaylik, qassob ilgari kim edi? Göşt sotuvçi kişi, undan ortiği emas. U göşt nimtalardi, kelardingiz-u, sotib olaverardingiz. Yaxşi xizmati uçun biron yaxşi gap aytardingiz, yöqsa, indamay ketaverardingiz. Tamom-vassalom. U sizga boğliq edi, endlikda esa aksinça.
Öqituvçi bu borada ommadan ajralib turolmaydi, u kimgadir nimanidir olib berolmaydi, işga joylaştirib qöyolmaydi, amalidan tuşirib qöyolmaydi, moddiy boyliklar işlab çiqarolmaydi – şunçaki bolalarni öqitadi. Tor fikrli kişilar nuqtai nazaridan bunday odam hurmat va eʼtiborga loyiq emas. Oçiğini aytganda, bölğusi avlod qaraşlarini şakllantirgan holda bu kelajak öqituvçiga boğliq ekani meşçanga ziğirdekkina qiziği yöq. Meşçanni kelajak xavotirga solmaydi, u uçun bugun ulgurib qoliş muhim.
Öqituvçi nufuzini qanday qayta tiklamoq mumkin? Öqituvçining sözi, avvalgidek, barçasidan ustun bölmoği uçun nima qilmoq kerak? Öylaşimça, bu yerda biz işni iqtisoddan boşlamoğimiz darkor. Yuqorida tilga olganim – moddiy boyliklarga egalik qiliş huquqi bunday huquq bölmaganlarda psixologik zöriqişga sabab böladi. Ana şunda bitta-yarimta qassob-ota öqituvçiga omadsizga qaragandek qaraydi. Buning ortidan qassobning bolalari ham ularning otasi özlariga alifbo örgatayotgan öqituvçidan ança ustunroq ekanini ğayriixtiyoriy ravişda sezib, öz pedagoglariga mensimay munosabatda bölişadi. Alam qiladi, ammo öqituvçilarning baʼzilari ham matlubot poygasiga berilgan va eng dahşatli çayqovçilik – maʼnaviyat oldi-sotdisi bilan şuğullanişadi. Ota-onalar sovğa qilişmaydimi – öquvçining attestatiga ham yaxşi baho qöyilmaydi!..
Pedagogik oliy öquv yurtlariga qabul qiliş qoidalarini özgartiriş fursati keldi, deb öylayman: tasodifiy odamlarni qabul qiliş – bu kasbning içki muammosidir. Aynan öqituvçi yigirma yildan sönggi maʼnaviy hayotimizni belgilar ekan, loqaydlarga pedagogik ilmgohlarda örin yöq.
Öqituvçining vazifa va funksiyalari yarim asr ilgarigi vazifalardan köra jiddiy özgarganini anglaşimiz kerak. Bugun öqituvçining vazifasi faqat öqiş, yozişni örgatiş emas. Aynan u (bu masalaga bejiz batafsil töxtalganim yöq) manfaatparastlikka, maʼnaviyatsizlikka qarşi kuraşda muhim örin tutadi. Men öqituvçilarga umid qilaman, çunki ular hali şakllanmagan şaxslar bilan işlaşadi: agar öqituvçi yoş avlodda ezgulik va beğarazlik kurtaklarini östirolsa, demak, biz tor manfaatparastlikni yenggan bölamiz.
Bunga işonç hosil qiliş uçun harakat qiliş, manfaatparastlikka qarşi kuraşiş fursati kelganini anglamoğimiz kerak.
Yozuvçining asosiy vazifalaridan biri – jamiyatning maʼnaviy holatiga taşhis qöyiş, zamonning maʼnaviy muhitida evolyusiyani oldindan köra bilmoqlikdir.
Şu maʼnoda öqituvçining tarbiyaçi, tilşunos, madaniyat tarğibotçisi, avlodlar boğlovçisi va yoşlarning maʼnaviy qiyofasini şakllantiruvçi jamiyatdagi asosiy siymo sifatidagi muammosi haqida bir oğiz sözlamoqçiman. Ha, bunday muammo mavjud. Jamiyatda öqituvçilar bilan noxuş holat yuz beryapti emas, bunisi joyida, ular taʼlim beryapti. Lekin taʼlim va tarbiya bir narsa emas. Oilani inkor etmagan holda, turgan gap, odam kelajakda qanday prinsiplarga amal qilişi, nimalarni öqişi, Dostoevskiy bilan Tolstoyni özlaştira oladimi yoki yoşligidanoq detektiv romanlar mutolaasi bilan çeklanadimi, bular öqituvçiga boğliq.
Öqituvçi öqituvçi bölişi uçun uni atrofdagilar hurmat qilişi lozim. Bu borada öqituvçilar bugungi kunimizda muşkul vaziyatga tuşib qolişgan. U, aslida, oliy nufuzga ega bölişi, ustoz, namuna, madaniyatli odamning eng yaxşi fazilatlari sohibi bölmoği darkor. Bir eslang, öqituvçi maktab davrimizda qanday edi, u qanday hurmatli zot edi, ayniqsa, qişloqda, ayniqsa, Şarqda! U barça uçun öqituvçi edi – mittivoylar uçun ham, kattalar uçun ham.
Maktab öqituvçilari hozir ham şundaymi? Tasdiqlaşga jurʼat etolmayman. Ammo yaşirişdan naf yöq.
Öqituvçilik – mamlakatning buyuk qudrati. Bugungi kunimizda öqituvçilikning maʼnaviy salohiyati köp narsani hal etadi. Bilim, madaniyat, vatanparvarlik manbalari bolalar ongida har kuni öqituvçining jonbozligi orqali joylaşadi. Biroq öqituvçi bugun ham yengiş oson bölmagan mana şunday tösiqqa duç kelmoqda.
Gap şundaki, xalqning turmuş darajasi özining dialektik salbiy taraflariga ega. Turmuşni yaxşilaş kerak, albatta. Odamlar farovon, badastir, boyroq yaşaşlari zarur. Lekin gap bunda emas. Boşqa jihat xavotirga soladi. Azalgi kasallik. Bejiz bizda qadimdan: “Aş, yesi boloo kaade kop” – “Töqlikka şöxlik”, deb aytişmaydi.
Biz ijtimoiy, maʼnaviy va madaniy maʼnoda aholining muayyan qatlamlarida matlubot kasalligiga aylangan moddiy imkoniyatlarning keskin ösişi qarşisida yetarliça tayyor emasmiz. Buning natijasida – maʼnaviylik siqib çiqarilişi, mafkura zaiflaşuvi, “sendan ugina, mendan bugina” şaroitidagi molparastlik ruhining ösişi va talon-tarojlik, çayqovçilik va poraxörlikkaça bölgan meşçanlikning boşqa kasalliklari avj olmoqda.
Çinakam insoniy va maʼnaviy qadriyatlar qorişuvini özida olib yuruvçi bu sudraluvçi oqim yöliga tanqislikdan heç vaqo qölga kiritolmaydigan va tor fikrlilar köz öngida ojiz körinişi yetmaganday, özini noqulay sezayotgan öqituvçi tuşib qoldi.
Öqituvçi bu maʼnaviyatsizlikning zarbasini birinçi bölib qabul qilib olmoqda: bunda meşçanlik hujumi kundan kunga kuçaymoqda va başarti, barça madaniy jamoatçilik yordamga kelmasa, öqituvçi uni uşlab qololmaydi.
Bu yerda gap adabiyotni öqitiş jarayoni va sifati haqida ketayotgani yöq, bu yerda barça madaniy jamoatçilik kötarilişi kerak. Gap kattaroq masalada – dars beriş jarayoni haqida emas, öqituvçining şaxs sifatidagi örni haqida ketyapti.
Agar biz tarbiyaçi pedagog yukini kötarolmaydigan tasodifiy odam emas, katta harflar bilan bitiladigan öqituvçi bölişini istasak, maktab öqituvçisining kasbiy va ijtimoiy nufuzini kötarişga barçamiz masʼulmiz! Şuning uçun bu masala pedagogik ilmgohlarga qabul qiliş, saralaş muammosiga aylanmoqda, çiqim bilan, talabalarni qabul qiliş bilan boğliq barça jabhalarga daxldorlik darajasiga kötarilmoqda.
Çingiz AYTMATOV
Rus tilidan Saidjalol Saidmurodov tarjimasi
2024/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


