Birodarlar! Mömin möminning birodaridir, degan hikmatni eşitgan çiqarsiz! Haqqatrost. Tuğiliş, yaşaş manglayimizga yozilgan ekan, bir kuni ketiş ham azaldan maʼlum savdo, şu oraliqda yurakda örni bor odamlarni ham Özi beradi! Ota-ona, jigarlar, qavmi-qarindoş… Şular qatorida yor-u birodarning ham hayot yölimizda uçraşi tasodif emas. Bu ham manglaydagi yozuq kabi yurakdagi bitikdir. Albatta, ular köp bölişi dargumon, ammo bölişining özi ham saodat-da. Bölmasa, öşa örin, öşa joy yurakda böş turadi, suvsiz çöl kabi qaqrab yotadi. Bu örinni ham boşqa heç bir zotning mehri, qadrdonligi, tuşunişi va hamfikrligi bilan töldirib bölmaydi. U borligidan ham yurak taskin topib, quvvatlanib turadi! U ketsa, huvillab-uvillab ozorlanadi. Faqat yoruğ bir xotiralar bilan yarangizga malham bosasiz. Bu dunyo abadiy emas-ku, deya boşqa taşvişlarga özingizni urasiz. Kimdir bunday döstni maktabda topadi, kimdir maktabdan keyingi xizmat, uzoq şaharlarda öqişda va şu bilan bir umrlik birodarlikka yaraydigan xayol va xotirning bir çekkasida hamişa turadi. Uning senga, sening unga biron-bir arzirli yordaming tegmaganida ham, şu döstning, qiyomatli jöraning borligining özi senga yetadi.
Sobir bilan birinçi kursda, paxta yiğim-terim mavsumida yaqinroq tanişganmiz va tezda qadrdon jöralarimdan biriga aylangan. Öşanda uning juda kamtar va kamsuqumligi, oq köngil va mardligi qalin döst bölişimizga köprik taşlagan. U öşa yili maktabni oltin medal bilan tugatgan va bir hamlada talaba bölgan, men esa uçinçi yili ham çiranib öqişga arang ilingan edim. Biror oy ötar-ötmay bizni paxta yiğim-terimiga – Sirdaryoga haydaşdi. Butunlay şaroit özgarib, hayotdan ham ğaroyib adabiy hayot boşlandi. Hamma öziça buyuk… Öqişga tayyorlaniş qatorida menga Odil ustozning Toşkent adabiy muhiti haqidagi hikoyalari köp narsa bergan, şularni muqoyasa qilib özimning jaydari qaraşlarimni bayon qilişimni Sobirjon quloği bilan eşitardi. Öşanda uning bodomqovoq yuzi, qiyiq közlari, qozoqi çehrasi negadir menga qozoqlarni eslatar, “Hey, qozoğim” deb qöysam ham, bu döstona atovni alqov maʼnosida qabul qilarmidi, miyiğida kulibgina qöyar edi.
Meni hayratga solgan Sobir bilan boğliq birinçi voqea birinçi semestrni tugallab, taʼtilga çiqqanimizda sodir böldi. Menga bu voqea yil ötgan sari nashʼa qiladi. Sobir yoşligida qançalik kamtarin va könglikeng bölganidan darak beradi. Zero, u studentligida biron marta özi haqida maqtanib gapirganini eslolmayman. Holbuki, içi töla orzu, içi töla niyat bölgan. Özi ham buning uçun astoydil harakat qilardi. Alqissa, eng aʼloçi kursdoşlar qatorida birinçi semestrni yakunlagan qalin jöralar törtovlon ikkinçi semestr boşlangunça beriladigan taʼtil davrida bir-birimiznikiga ötib, ota-ona, jigarlarimiz bilan tanişmoqçi böldik. Şu bahonada özimiz bölmagan yurtimiz göşalarini köriş ham bizga juda ğaroyib körinar edi. Adaşmasam, 1982-yilning 19-fevralida Farğona vodiysiga qarab yöl soldik. Namangan orqali Çustga kelib, Hoşimjon (Mirzaahmedov)ning Ğovasiga bordik. Undan Samarqandga keldik. Tong sahar Siyob bozorida qaymoqqa non bulab töyib olgaç, Registonni aylandik. Bahor juda yaqin edi. Paltolarni yeçib qöyib, qadim va uluğ imoratlar oldida rasmlarga tuşdik (Hoşimjonning fotoapparati bor edi). Söng Normurodnikiga, Qattaqörğon, qaydasan, deb yöl oldik. Sovetning ayni gullagan zamonida ham Normurodning otasi Hakim bobo dunyoning bir çekkasida yakkaxöjalikday Kattaqörğon suv omborining nariyoğida orolçada kiçik xotini bilan yaşar, qadrdon döstimiz Normurod ularning xaltaqoqdisi va juda arzandasi ekan. Uning hamma akalari örni bilan bizni quçoq oçib kutib oldi. Öktam akasi şaharda qarşiladi, kattasi Aslon aka kajavali motosikliga mindirib, suv omboriga olib jönadi. Yölda xina qöygan böy qizlarning barmoqlaridek erta-indin gullayman deb turgan bodomzorlar oldida töxtab, tuşlik qila turib, boğlarni tomoşa qilganimizning özi taʼrifga siğmas tabiat bilan uçraşuv böldi. Öşanda tilimda ayrim maşqlarimning ilk satrlari aylanganini hamon hayajon bilan eslayman. Keyin Hotam akasi – u Hakim bobo bilan turar ekan, qayiqda suv ombori içkarisiga olib kirdi. Endi Navoiyga yöl olamiz deganda, Normurod aka (uni Sobir va Hoşimjon şunday atardi) şamollab qolsalar böladimi! Noiloj, uni ota-onasi quçoğida qoldirib, 25-fevral kuni tuşdan keyin ikki örtoqni olib biznikiga yöl oldik.
Şomga yaqin Toğguzarning töğrisidan avtobusdan tuşib qoldik. Toşloq yölning bir tomoni Toğguzar ariği, kunçiqar beti Ölik boboning qartasi yoqalab, Hojiboboning töpi va mozoridan ötib, yana ikki dala va bir zahkaşni kesib ötgaç, men köz oçgan qişloq uylari ikki qarta naridan közga taşlandi. Qariyb bir haftalik safar birimizni “safdan çiqargan”, boşqalarimizni ham horitgan edi. Bu yoqda ikkinçi semestr boşlanişiga ham oz kunlar qolgan edi. Öşa kuni keçqurun men ham ikki döstimni qölimdan kelgança mehmon qilişga urindim, otam va onam, ukalarim ular bilan tanişgan böldi. Jöraçiligimiz abadiy bölişini istab, tilaklar aytildi, duolar qilindi. Lekin kursdoşimiz Önarov uçun bu kun alohida kun ekanini – u şu kuni öspirinlik va yoşlikning eng uluğ kunida ekanini – Sobir 18 yoşni töldirganini biz qayerdan bilibmiz? Na men, na Hoşimjon! Agar bilganimizda unga atalgan alyorlarimiz boşqaça bölar, otam bilan onam ham uni boşqaça alqagan, boşqaça duo qilgan bölar edi… Ehtimol, u bugun mening tuğilgan kunim, deb aytmoqçi ham bölgandir, biroq begona uy unga noqulaylik tuğdirgan bölişi kerak. Undan ham ortiği kamtarligi, jurʼatsizligi emas, kuçli oriyati, öziga alohida eʼtiborni istamagan gözal tarbiyasi, katta bir qalbi, orzuga töla yuragi bunga yöl qöymagan çiqar.
Sobir ertasi kuni ota-onasi va jigarlarini köriş uçun Nurota orqali qişloğiga jönab ketdi. Ikkinçi semestrni boşlagan kunimiz uçraşib, bir-birimizdan hol-ahvol sörar ekanmiz, u gapining orasida biznikiga kelgan kuni tuğilgan kuni ekanini aytib qoldi. Men hayron bölib, nima deyişimni bilmadim. Biroq ikki kursdoş döstning biznikiga kelişi, ota-onam va ukalarim uçun ham unutilmas bölib qoldi. Qaçon qişloqqa qaytsam, hol-ahvolimni söragan yaqinlarim döstlarimni söraşar ekan, birinçi bölib Hoşimjon va Sobirning nomini tilga olişadigan böldi. “Sobir yaxşi yuribdimi? Hoşimjon tuzalib ketdimi?”, deya söraşar edi. Bu voqeaga ham qirq ikki yil tölyapti…
* * *
Fursat yetmay orqaga surilgan safarning davomi bahorda, may bayramiga töğri keldi. Bu gal safimizga qöşrabotlik ikkinçi bir kursdoşimiz Komiljon Jumayev ham qöşildi. Avval Qöşrabot tumanining kunçiqar tomonida joylaşgan Sobirnikiga – Quvkallaga boradigan böldik. Qöşrabot markazidan u tomonga, biz keçikib borib qolganmidik, endi avtobus bölmas ekan, bir “Zil” yuk maşinasi uçrab qolganiga ham quvonib, uning bortiga özimizni urib, çiqib oldik. Önqir-çönqir yölda esa undan uçib ketmaslik uçun bortning old tomonidan mahkam uşlab olganimizça, Quvkallaga yetganimizgaça bölarimiz böldi. Qir-adirlar bağridagi bu qişloq aholisi çorvador, biroq hamma ham çöpon-çöliq bölavermaydi-ku, maktabda muallimlik bilan şuğullanadiganlarni aytmaganda, aholining katta qismi çölga çiqib, dehqonçilik qilgani ketgan, unda ham siğmaganlar, azim va qadim şaharlarda nasibasini terib yurişar ekan.
Quvkallaga kelgan kunimizning ertasiga toqqa çiqmoqçi bölar ekanmiz, Sobirning otasi Hamza toğa özining otar ortida minib yuradigan eşagini yordami tegar deb bizga qantararkan, menga dedi:
– Heç çöçimasdan minavering! Bu oq köngil eşak.
Men yana hayron böldim. “Eşakning ham oq köngillisi böladimi? Demak, bölarkan-da!” Zero, özimizning moça şu zahoti köz oldimdan ötdi: biz aka-uka, Qurbonali bilan unga öt taşib kelaman deb xöp aziyat çekar, ayniqsa, kuzda şudgorlardan eski yönğiçqazor dalalardan ötbehi teriş boşlanganida, öziga yaraşa namligidan oğir bölar bir qanor ötbehini eşakning ustiga ortiş biz uçun ming azob, katta qanorni ikki tomonidan ikki jigar kuçanib arang kötarib, ustiga mana ortamiz deganda, muğombir moça yurib ketar, zanğarni boğlay desak, dalaning örtasida daraxt bormi, xalaçöp bilan uni ming urganimiz ham heç kor qilmas, şu eşakning qitmirligidan gohi alla-pallagaça ayozli dalada qolib ketar edik…
Hamza toğa aytganidek, bu eşak “xix”, deyişimiz bilan yurib ketib, rostdan ham, toqqa bizni beziyon olib çiqdi. Men bu bilan Sobirning otasini ham özimça kaşf qilgan böldim. U jonivorlarni ham özining bir yordamçisi deb bilar, insondagi fazilatlarni hayvonotda ham köra olgan, ehtimol, şundaylarini özining oğirini yengil qiliş uçun sinçi misol tanlay ham bilardi. Dehqon qişda tinadi, çöpon esa ölganda. Hamza toğa umr böyi şunday yaşadi. Maşaqqat çekib, halol, ayniqsa, sabr-toqat bilan umriguzaronlik qilganini Sobirning asarlari ham aytib turadi. Lekin men ilk körişuvda sezganim – Hamza otaning eng qadrlaydigan fazilati oq köngillik ekani edi. Aftidan, umri toğ-u toş, qir-adirlarda ötgan odam yana bir fazilatni özigagina emas, eng yaqinlariga ham tilaganini döstimning ismida jo köraman – bu sobir böliş! U yozuvçi bölmiş öğliga şuni astoydil tilagani uçun ham, unga şunday ism qöygani aniq: SOBIR!
Toğ sayri unutilmas böldi. Ovloq adirlardan yurib, bahorning erkalovçi şamolida, Beşbarmoq çöqqilariga termilib, Nurota toğlarining purviqor kelbati yoş yuraklarimizga eng yuksak orzularni solar edi. Yana Sobirning sinfdoş jöralaridan biri “Elektronika” magnitafonini kötarib çiqqan, undan afğon xonandasi, öşa yillarning, nazarimizda, eng uluğ qöşiqçisi Ahmad Zoirning jarangdor va dilbar qöşiqlari taralib turganini aytmaysizmi! Biz şu qöşiqlar qanotida uçgan orzularimizdan sarxuş edik. Tilaklarimizning eng zöraborida şu toğlarning soğligi uçun qadah kötardik.
Onasi Soliha Tinibek qiziga esa, 1990-yilda, ularning oilasi çölga köçib çiqib, Jizzaxning Paxtakorida dehqonçilik qilayotganida, döstimning ukasi bedarak ketib aza oçişganda – marosimda köngil söraş uçun oldiga kirganimizda yaqindan eʼtibor qilganman. Uning ğamga botgan ezğin çehrasi, onaizorning mungli nigohi heç köz oldimdan ketmaydi. Heç kimning bolasi ölmasin! Biroq uning na tirik, na öligi maʼlum bölib, yillar davomida motamini tutiş yana ham oğir. Buni esa heç bir muştiparga sira ham körsatmasin!
Jigarning doğida jigarlarning tortadigan azob-u uqubatlari ham heç qayerga siğmaydi… Sobir esa bu haqida heç qaçon oğiz oçmagan…
Öqiş davrida Sobir oğirkarvonligiça qoldi, darslarga faolligi esa kursdan kursga oşib bordi. Ammo uning hammamizda ham bölmagan yana bir odat-fazilati bor edi: katta bir sport sumkasini kötarib yurar, gohida öqişdan töğridan-töğri boks maşğulotlariga jönardi. Badiiy asarlar mutolaasiga şönğigani holida nimadir yozayapman, deb heç ham gapirmas edi. Ammo biz uning gap-sözi, vaqtini behuda ötkazmaslik payida bölişidan tinimsiz nimalardir qoralayotganini özimizça taxmin qilar edik. Talabaligida uning kundalik qoralab borişini paxta yiğim-terimi davrida bilib qolganman. “Barak” deb ataladigan dalalar örtasidagi kattagina binoda çöpdan ikki qavat çorpoyalar yasalgan, pastda qizlar adyollar bilan örab olgan “bölma”larida, yigitlar esa tepada qator çözilişib yotişar edi. kunlardan birida tasodifan uning kundalik daftari qölimga tuşib qolib, bir-ikki sahifasini öqişga ham muvaffaq bölganman. Unda biz kursdoş döstlari haqida ham yozilgan, kelajakda katta-katta qalamkaşlar bölib yetişişimiz borasida öz taxminlarini bayon etgan edi…
Mening hamma bilan el bölib ketişim qiyin, u esa barça bilan qadrdon, yaqin bölib ketaverar, bora-bora tortinçoqligi ham yöqolgan, ayniqsa, paxta pallalari juda oçilar, masalan, davangir kelbatiga heç yaraşmasa ham keçqurun “jigiti” ansamblida şeriklariga jörovozlik qilib “kuylagan”ida, hammaning içagi uzilar edi. Kunduzlari esa paxta terişda ilğor, şu dilkaşligida jahli yomonligini Oqoltin dalalarida bir marta guvohi ham bölib qolganman. Şaharlik oliftalardan bittasi uning yonida kimgadir kattalik qilganini körgan Sobir bir muşti bilan uni çalpak qilib taşladi. Ammo aksariyat paytlar uning yumşoq köngil ekani bilinib turardi. Meni esa uning, ayniqsa, qişloğini boşqaça mehr bilan yaxşi körişi, har bir dov-daraxt, toş-tepani jonivorlari bilan şu yoşida şu qadar obdan bilişi hayratlantirardi. Hatto uning talabalikdagi şunday hikoya qilişlaridan ilhomlanib bir nima qoralagan paytlarim ham bölgan.
Bir safar paxta yiğim-terimidan keyin Quvkallaga borib kelgan Sobir bir ğalati voqeani menga aytib qoldi. Keç kuz, xazonrezgi. Daraxtlarning köpida meva tugul, barglar ham qolmagan bir palla. Şunda yer oçib, boğ qilgan hamqişloqlaridan birining çorboğida olma daraxti ğarq gullagani ustidan çiqibdi…
Qiziq, qanday qilib bunday bölişi mumkin? Axir, daraxtlar bahorda gullaşi kerak-ku! Bu xuddi tabiatning kinoyasiga, falsafiy asariga ham öxşar, men bu hodisa taʼsirida bir neça kun har xil xayollarga borib yurganimça, oxiri bir narsa qoraladim:
Tabiatdan adaşgan olma
Sobirga
Nişon bobo,
Aldamçi sabo,
Olmangizga ayting, gullasin
Bahor.
Bahor navo,
Işoning, bobo.
Yöl çetida munğaygan hayo,
Gullamagan olma bedavo,
Duo qiling!
Gullasin duo!
Yurilmagan izça qirq kokil,
Meni sevgan qizça qirq kokil.
Vaʼda berdim gullar deb bu yil,
Butun qişloq eşitib olgan dil.
Yongan tuproq,
Şörlik olma qoq,
Yozdan muççi olgan qorayaloq.
Menda yoz yöq,
Jim tur, ovoz yöq,
Muhabbatim etildi taloq.
Kulfatlardan keçikkan sovçi,
Fasllardan kuçugim sörovçi…
Men bir tomçi,
Olma bir tomçi –
Yillar özi hamişa ovçi.
Adaş çiroq –
Yuragi buloq –
Tutayapti tul olma tölğoq…
(1984-yil)
Şeʼrdagi his va fikrlar qançalik meniki bölmasin, Sobir aytgan voqeadan taʼsirlanib tuğilgan, undagi lirik qahramon ham, asosan, uning özi edi. Maşqim keyinçalik birinçi kitobim – “Hut”dan örin olgan. Quvkallada bahor emas, kuzda gullab qöyadigan olmalar hamon bormikin?..
* * *
Öqişni bitirib, men Toşkentda qolişning heç ilojini qilolmadim. Yurtimda ham kutib turişgan ekan, viloyat gazetasi “Döstlik bayroği”da birpasda iş boşlanib ketdi. Şu bilan naq uç yilga yaqin Navoiyda qolib ketdim. Agar, viloyatlar qöşilmasdan, gazeta faoliyatini davom ettirganida, Xudo biladi, butunlay qolib ketarmidim. Lekin havas bilan poytaxtga boqib, avvalo, kursdoş döstlarimning adabiy faoliyatini xarislik bilan kuzatib borar, ayniqsa, birinçi çiqişlari birinçi muvaffaqiyatlari bölib, rosa havasimni keltirar edi. Bularning birinçi qatorida sobiq kursdoşim Sobir Önarov yöq edi, desam, yolğon böladi. “Yoşlik” jurnalining 1986-yil sentyabr sonida uning respublika matbuotida birinçi marta hikoyalari çiqdi. Şungaça kursdoşlarimiz içida heç birining nasriy asari respublika matbuotida bosilmagan, öşa damlarda har bir ijodkor, ayniqsa, yoş şoir-u yozuvçilar uçun “Yoşlik” jurnalida asarining çop etilişi katta muvaffaqiyat, uni yozuvçi sifatida tan olinişi, eʼtirof etilişi edi. Köp ötmasdan eşitdimki, uning özi ham şu jurnal tahririyatida iş boşlabdi. Bu muvaffaqiyat, bu omad ham oramizdan hali heç kimga nasib qilmagan edi.
Men 1987-yil uçun bir talay gazeta-jurnallarga qişloqda turib yozildim. Ular orasida naq Moskvaning özidan keladigan “Noviy mir”, “Inostrannaya literatura”, “Literaturnaya gazeta” kabi markaziy adabiy naşrlar ham bor, Toşkentdagi nufuzli gazeta-jurnallarni esa qatorasiga oladigan bölganimni aytmasa ham böladi. Hapriqib öqib boraman, saqlab qöyaman, deng. Ana-mana degunça, Navoiyda iş boşlaganimga ön oy bölib qolgan, poytaxtga borişning esa imkoni körinmagan kunlarning birida poçtaçi taşlab ketgan bir turkum gazetalarni varaqlab ötirib, bolalar gazetasi “Lenin uçquni”ning birinçi sahifasida “Bugungi sonda” degan eʼlonnamo joyining oxirida alohida qilib rangli ramkaga olingan yana bir taniştiruvga közim tuşdi: “Yoş yozuvçining gazetamiz sahifasidagi ilk çiqişi. 8-bet.” “Kim böldi ekan bu yoş yozuvçi?” – deya 8-betni oçdim. Özimizning Sobir Önarov. Uning dumaloq doira içiga olingan rasmiga qarab bexosdan “Obbo azamat-ey”, deb yuborganimni bilmay qoldim. Rasm tagida “oqyöl”ga öxşaş bir quloç söz ham berilgan edi. Sahifaning örtasida esa uning ismi-familiyasidan keyin hikoyaning nomi bir bolakay suratining pasti-yuqorisida öqlovday harflar bilan yozilgan: YAŞIL DUNYO. Men hikoyani yutoqib öqişga kirişdim va birpasda sahifaning oxiriga yetdim-u, hikoyaning oxiriga yetmasdan bir narsaning ozgina taʼmini totib, undan töymay qolgan gödakday jinni bölayozdim. Sahifa oxirida “Davomi bor”, deb yozib qöyilibdi… Endi hikoyaning davomini öqiş uçun esa kamida beş kun kutişim kerak edi. Hikoyadagi jaydari rassom – maktab bolasining xarakteri va sinfdagi voqea juda tiniq tasvirlangan, realistika bilan romantikaning uyğun bir tarzdagi tasviri öquvçini orziqtirib yuborar edi. Şundan keyin uning ijodi haqidagi sözni bir emas, ikki marta öqib çiqdim. Havasing kelib ketardi-ey… Ustoz yozardi: “Yoş adibning ilk hikoyalari “Orzuga töla qişloq” deb nomlangan edi. Ular ulkan şaharda xayol yangliğ kezib yurgan toğlik yigitning könglidan tökilgan orzular kabi, hali sozini sozlab ulgurmagan yoş maşşoqning katta umid bilan çalayotgan navosi kabi taassurot qoldirgan edi menda. Istardimki, bu kuy tiniqlaşsa va asta-sekin qirlar oşa taralsa, oşufta köngillarni öziga band etsa! … Şu niyat yölida sabot va çidam, buloq suvidek qaynab çiquvçi orzular Sobirga yor bölsin hamişa!..
Ğaffor Hotamov. “Lenin uçquni”, 1987-yil 6-iyun, şanba”.
Mening bilişimça, bu Sobir Önarga yozuvçi sifatida tilangan birinçi “oq yöl”, uning ijodiga berilgan birinçi baho va uning kelajagidan kutilgan birinçi yorqin umid edi.
* * *
1989-yilda men Toşkentga qaytdim. Uç-tört kursdoşdan boşqa tanişim yöq. Borib turadigan joyim ham şu Sobirlar turadigan ijaraxona edi Yunusoboddagi. Adaşmasam, ular beş kişi turişar, kursdoşlarimiz Mamatqul (Muhammad Ismoil) va Hoşimjon Mirzaahmedov ham şu yerda qönim topgan edi. Bundan ham zöri yoş qalam ahlining bu yer qölbola ştabi, har safar borganimda bu manzilda yoş şoir va yozuvçilardan qaysinidir uçratib, tanişar edim. Şu borişlardan birida Norqobil Jalilov degani bilan tanişdim. U keçkimi yo sirtqida öqir, yo bitirgan, bilmadim-u, ammo respublika radiosida işlar ekan. Özini katta olmay sörab-suriştirar ekan, unga olti oydan buyon propiskaga qöyolmasdan, heç qayerda işlolmay yurganimni yorildim. Şu bilan esa tez orada Norqobil jöraning yordami bilan özi yöq uylardan birida (unda buni bilmasdim) Toşkentning biqinida joylaşgan, öşanda Orjonokidze rayoni deb atalar, Qibrayga pasportim propiskaga qöyilgaçgina, “Lenin uçquni”ga işga kirdim.
* * *
1989-yil Sobirning adiblik qismatida yulduzli yillarining birinçisi bölib körinadi menga. Uning öşa yili bir yöla ikkita hikoyalar kitobi çiqdi. Yangi taşkil bölgan “Yulduzça” (keyinçalik nomi “Çölpon” deb özgartirilgan) naşriyotida “Orzuga töla qişloq”, “Yoş gvardiya” naşriyotida esa “Ovloq adirlarda” kitoblari yoruğlik yuzini kördi. Kitob çiqarişda ham u bizning birinçimiz va peşqadamimiz böldi. Kitoblari qölma-qöl bölib öqilişi boisidan 1989-yilda u Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzo böldi.
Öşa yili uylandi ham.
Men uning bu kitoblarini, avvalo, öquvçi sifatida, qolaversa, bir kursdoş döst sifatida, ikki karra maroqlanib öqiganman. Menga uning “Yaşil dunyo”, “Kunsuluvning sirli xatlari”, “Olişuv”, “Alla” hikoyalaridagi toğliklar hayotiga xos uluğvor pokizalik, maşaqqatli va ibtidoiy hayotning Sobirgagina xos tiniq va ranginligi juda maʼqul kelgan, avvalroq könglimdan keçgan bahoda adaşmaganimga iqror bölganman. Rostdan ham uning hikoyalari tarannumi, sof milliy ruhi qirğizning uluğ yozuvçisi Çingiz Aytmatovning ilk hikoya va qissalarini esga solar, Sobirning şu möjaz hikoyalaridan ham öşanday, lekin faqat uning öziga xos bir ohor ufurib turar edi. Kelgusida undan juda katta narsalar kutsa bölar edi, nazarimda.
Endi uning “Yigitlardan biri”, “Jin köçadagi muştipar” singari hikoyalaridagi voqealarning bir iştirokçisi kabi şahar hayoti, talabalik yillarimizdagi körgan-keçirgan kunlarimiz, uçragan har xil odamlar, ruhiyatimizdagi özgarişlar şundoq yaqqol va teran, kerak bölsa, psixologik talqin qilinib, mahorat bilan qalamga olingan ediki, uzoq toğ qişloğidan kelgan odamning toza nigohi, teran aqli va muşohadali şuuri bilan çizilgan bu tasvirlar menda yana ham ajib taassurot qoldirdi.
Endi yillar ötib, baralla ayta olamanki, Sobir Önar 20–25 yoşlar orasida bitgan bu hikoyalar uning öz ijodida ham, şu davrda adabiyotga kirgan yoş nosirlar orasida ham yarqiragan isteʼdodini namoyon etib, Sobirni yangi nasrimizda köpkarida sovrinni qölga kiritgan çavandozday elga dovruğini çiqardi.
* * *
Men öqişni bitirganimdan boşlab “Yoşlik” jurnalida yozganlarim çiqişini istar edim. Bu istagim esa naq olti yil ötib amalga oşdi. Sobir esa bu davrda “Yoşlik” jurnali tahririyatida oddiy muharrirlikdan jurnalning boş muharrir örinbosari lavozimigaça bölgan yölni şiddat bilan bosib ötgan, uning hamma naşrlarda hikoya va maqolalari muntazam çiqib turar, hatto u bir tarjima kitobi (Bikir Yulduzning “Karbalo fojiasi”)ni naşr etişga ham ulgurgan, katta bir yozuvçi bölib yetilgan edi. Men “Yoşlik” tahririyatiga boradigan bölsam, birinçi bölib uning oldiga kirar edim. U orqali jurnal sahifalarida tayyorlanayotgan yangi asarlardan xabar topardim. Tahririyatda qanday özgarişlar bölayotgani ham şu asnoda oydinlaşar, ammo biz yoşlar uçun şaraf hisoblangan bu joyda işlaşni hatto xayolimga ham keltira olmasdim.
1992-yilning sentyabr oyi edi. “Lenin uçquni”dan “Tong yulduzi”ga aylangan gazetamiz tahririyatida işlab ötirsam, Sobir telefon qilib qoldi.
– Sizni işga olmoqçimiz, tez kelib keting!
Rosti, uçib bordim. Sobir hamrohligida boş muharrir Ğaffor Hotamovning huzuriga kirdik. Ğaffor aka jurnalga işga ötişimni söradi. Yöq dermidim. Bu taklif kimdan çiqqanini bilmayman. Birinçi taxminim tahririyatda özgariş bölib, kimdir işdan ketgan bölsa, Sobirning özi nomzodimni körsatgan çiqar. Ikkinçi taxminim Ğaffor aka buni öylaganida ham – u bilan şaxsan tanişganimga hali uç oy ham tölmagandi – öziga yaqinda muovin qilib tayinlagan Sobirdan fikrini söragani va u buni qöllab-quvvatlagani aniq. Bir yil ötib, Ğaffor Hotamov “Turkiston” gazetiga boş muharrirlikka ötib ketayotganida, örniga Sobirni boş muharrirlikka tayinlattirib, söng yangi iş joyiga yöl oldi. Öşanda döstimiz Sobir Önar endigina öttiz yoşga kirgan navqiron yigit, yana yoşlar uçun taʼsis etilgan Davlat mukofotining birinçi sovrindorlaridan edi. Şundan boşlab u qariyb 20 yil jurnalni boşqardi.
1993-yildan boşlab jurnalning iqtisodiy ahvoli tobora yomonlaşib bordi, jurnal sap-sariq gazeta qoğoziga bosilar, sahifalari ham qariyb teng yarmiga qisqargan edi. Ammo men ertadan-keçgaça, baʼzan tuşlik qilişga ham pulim bölmay işlagan 92–97-yillarni ijodiy hayotimning eng masrur pallasi deb bilaman. Jurnalning vaqtida tayyorlab topşirsak böldi, unçalik uzoq bölmagan Milliy kutubxonaning eski binosiga tanda qöygan edim. Bunga biron marta boş muharririmizning qarşilik qilganini yo “joyingizda ötiring”, deganini bilmayman. Zero, işda kim bor-yöqligi şundoq bilinar, tahririyatda bora-bora ijodiy xodimlardan Şodiqul Hamroyev, Abduqayum Yöldoşev, men va boş muharrirdan boşqa heç kim qolmagan edi. Lekin öşanda ham men özimça boşqa bir joyda bunday ijod qilişga şaroit bölişini tasavvur qilolmasdim. Javohar Laʼl 1-uy hisoblangan bino çor Rossiyasi davrida qurilgan, qizil inqilobgaça unda allaqaysi bir amaldor knyaz, tepadagi asosiy keng-kölamli xonalari bor imoratda oilasi bilan yaşagan, 1993-yildan Yozuvçilar uyuşmasiga “taqdim” etilgan uşbu imoratning yuqoridagi korpusidan ikki xona “Yoşlik”ka ham berilgan, pastda joylaşgan xonalardan yana uçtasida ham jurnal xodimlari ötirar edi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, hovlida joylaşgan bu xonalarning qaysi biri knyaz otboqariniki, qaysi biri esa janobi oliylarining otxonasi bölgan ekan. Bu gap-sözlar ham biz “Yoşlik”çilarga, xuddi bizning zamonda Adabiyotga jamiyatning eʼtiboridek goh qonimizni qizdirar, kim buning uçun şeʼr-per, kim esa hikoyami-pikoya qoralab, alamini olardi. Şunday bir zamonda otboqarningmi yoki otxonami bölgan xonalardan biri bir özimga qoldi. Şodiqul esa boşqasida ötirardi…
1997-yilning iyulida mehnat taʼtiliga çiqiş uçun boşliğimizga ariza olib kirdim. Uning rozilik imzosini olgaç, qişloqqa surib yubordim. Çöntagimda xonamning kaliti ham kelganini yurtga yetib bildim… Lekin bundan heç ham xavotirlanganim yöq. Mendan boşqa heç bir jurnal xodimi unda ötirmasa, u xona kimga ham kerak bölardi, degan ğalça xayolga bordim.
Taʼtildan qaytsam, boşliğimizning avzoyi yomon, mendan juda ham jahli çiqqan holatda edi. Ammo menga u heç nima demadi. Faqat kadrlar bölimining xodimasi boş muharrirning qarori bilan meni taniştirdi. Qarorga köra, men keyingi ikki oyda maoşsiz işlaşga mahkum etilgan edim. Buning sababini ham xodima sözlab berdi. Nimadir sabab bölib, öşandagi uyuşmaning raisi pastki xonalarni ham körmoqçi bölibdi. Şunda men işlaydigan xonaning kaliti topilmasdan, xonani oçib bölmagaç, Rais Sobirga rosa ödağaylabdi…
Xato qilganim aniq edi. Tuzatiş mumkin bölgan holida tarallabedod qilib yurganim-çi? Xafa bölsam, özimdan xafa bölişim kerak edi. Lekin ikki oy maoşsiz qanday yaşayman? Boşqa bir joydan vaqtinça bölsa ham iş topmasam bölmasdi. Bir-ikki kun orasida Respublika radiosidan iş ham topila qoldi. Ammo şunda ham “Yoşlik”dan butunlay ketmoqni öylaganim yöq… Boşliq bölsa ham özimning jöram edi Sobir. Oldiga kirib, boşqa iş topganimni, lekin jurnalda ham yarim ştat qoldirişini iltimos qildim. Sobir darrov meni keçira qoldi, iltimosimga yöq demadi. Boşqa joyda işlamoqçi bölsangiz, bu yerdan böşaş haqida arizangizni yozing, demadi. Şunday qilib, Şeʼriyat bölimining işlarini qolgan joyidan davom ettiraverdim. Bu menga yangi bir eşikning oçilib, eskisining yopilmaganidek taskin berardi. Zero, radioda işlaş menga tirikçiligimni yurğaziş uçun köproq kerak bölsa, “Yoşlik” jurnalida faoliyat olib boriş ijoddan töxtamasdan nimalardir qoralaş, qölim çiqib ketmasligiga bir sabab hamda adabiy jarayondan xabardor bölib boriş uçun ham juda muhim edi.
Yana beş yil şunday tartibda sirtdan işlab, 2003-yilning may oyida özim xonasiga jurnaldan böşaş haqida ariza bilan kirganimda, Sobir menga hayron bölib qaradi.
– Nima gap?
– Moskvaga öqişga ketmoqçiman.
– U yerda sizga pişirib qöyibdimi? – zaharxanda qilgan böldi arizamga qöl qöyar ekan.
Öşanda unga nima deganimni eslolmayman, ammo juda alam qilgani rost. Bu gap qarorimni yanayam qatʼiylaştirdi. Öşa yili öqişim öxşamay qaytib kelganimda ham esimdan çiqmadi va yetti yildan keyin har qanday qiyinçiliklarga qaramay, yana Moskvaga yuzlandim. Taʼtilga kelganimda yo öqişni bitirib qaytganimda ham yozganlarimni birinçi bölib “Yoşlik”ka ilinardim, hamma naşrlardan köra, “Yoşlik” jurnalida bu turkumlarimga kengroq örin ajratilgan.
* * *
Sobir Önarda çin yozuvçiga xos fazilatlar tabiiy bir suratda özini körsatadi. Avvalo, uning yozganlaridagi iforli, böyoqdor, xalq lahjasidan kuç olgan, uning ayni özi bölgan şirali tili öquvçini öziga rom etadi. Xuddi uning xotira-hofizasi bolaligidanoq bularni özida naqşlab, gal kelganida işga soladi. Şuning uçun ham bir fursati kelganida uning gözal hikoyalarida ertakçi kabi rivoyat qilingan voqealar, narsalar, tabiat, toğ odamlarining turiş-turmuşi heç bir zöriqişsiz ohori tökilmagan, lalmi til orqali mahorat bilan ifodalab beriladiki, özi qatori adabiyot maydoniga kirgan önlab tengdoşlaridan uni ajratib turadi. Bu hikoya va qissalar, hatto uning bir munosabat bilan yozilgan maqolalaridagi işlatilgan sözlarning luğatini tuzsa, izohli luğatlarga kiritilmaganini kiritsa, quruqlaşib qolgan tilimiz qançalik boyiydi.
Qolaversa, bu ifoda tarzida bizning qadim nasrimizga xos hikoyalaş uslubining tabiiy tarzda saqlangani ham millatning betakror ruhiyatini parvozlantirib, öquvçi qalbida jöşqinlik uyğotadi.
Sobir Önar – hayot yozuvçisi. Uning bir turkum endi mumtoz bölib qolgan hikoyalari borki, unda yurtimizning köp joylarida yöqolib ketgan, asrlar davomida şakllangan urf-odatlar tarixini, munosabatlar, toğliklarning istiqomatini faqat romantik tomondan emas, aççiq realistik tasvirlari ila öta dovyuraklik va yurak örtar qilib tasvirlanganiga iqror bölişga töğri keladi. Bular Sobirning katta yozuvçiga xos öz xalqini juda ham yaxşi körgani, lekin undagi illatlarni ham ayovsiz oçib taşlaşi bilan abadiyatga daxldor asarlar yaratganidan gözal bir mujdadir. Men uning “Bir ölarman çavandoz”, “Aka-ukalar”, “Tegirmonçining bolasi” kabi öndan ortiq hikoyalarini özbek nasrining keyingi öttiz yildagi yutuqlarini belgilaydigan sara hikoyalardan deb bilaman. Uning “Tarvuz” kabi hikoyalarida esa öşa olis toğlardan kelib, şaharga örnaşgan toğlik va daştlik kişilar psixologiyasi va hayot tarzidagi evrilişlar, özini körsatgan yangi illatlar ham realistik, ham ramziy tarzda mahorat bilan oçib berilgan. Heç bir aytilmasdan, bayon qilinmasdan öquvçiga havola etilgan yangi tiplarning xatti-harakati har qanday tarğibotdan köra köproq öquvçiga taʼsir qiladi, xulosa çiqarişga undaydi.
Sobir dardi çöng yozuvçilardan böldi. Qalbi kölvor, eldoşi-yurtdoşlariga mehri ham kölvor adib ekanini tobora körsatdi. Bu dard va muhabbat uning hikoyalariga ham siğmadi. Uning 1990-yilda bitgan “Şaffof manzillar” degan bir qissasi bor. Uni zohiran öqisangiz, ziyolinamo bir kişining havasi, şuning natijasi ölaroq yaralgan bitiklari bilan tanişgandek bölasiz. Lekin men uning asar boşiga Hofiz Taniş Buxoriyning “Sen tomonga özingdan boşqa kim yöl körsatadi, Bekik yölni özingdan boşqa kim oçadi?” baytidan boşlab butun asarni boşqaça mutolaa qiliş kerak, asarning ikkinçi qatlamiga tuşgan öquvçi, adibning qalbida qatlanib yotgan dardlarini şundagina anglasa, ajab emas, degan xayollarga boraman. Sobir juda köp hayotdagi voqealarni xalq dostonlari kabi jöşib yoza olgan bölsa-da, öylaymanki, uning qalbida undan-da azimroq qalbiga yaqin, yuragini örtagan voqealari bor edi… Ularni esa “Şaffof manzillar” yoki “Çambilbelning oydalasi” kabi qissalari ruhiga kişi bilmas singdirib yuborgan.
Sobir Önarning 2006-yili naşrdan çiqqan uçinçi – “Çambilbelning oydalasi” kitobiga “Muxtasar söz” yozgan Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov “Bir narsani “yalt” etkazib yozib qöyişadi-yu, bir neça yil közga körinadigan asar eʼlon qilmay, egnini qisib yuraverişadi. Holbuki, matbuotda tez-tez çiqib turiş ham faollik belgisidir”, deya Sobir Önar va uning tengdoşlaridan bir qadar öpkalaydi ham. Rostdan ham Sobirning avvalgi kitoblari çiqqanidan 17 yil ötib bu kitob yoruğlik yuzini körgan edi. Ustozning gapida daʼvat bor. Har qanday şaroitda faollikka çorlaş ustozlarning burçi ham. Lekin Oripovning adibga nisbatan indallo bahosi mana bu fikrida yarqirab turibdi: “Sobir Önarni biror ön beş yildan buyon taniganim, kitoblari, matbuotdagi qissa, hikoya va qator maqolalarini öqiganim holda ayta olamanki, u sof özbekça yoza oladi”. Bu juda katta baho, lekin adolatli baho ham. Öz millati ruhi-yu jonidan bunyod bölgan asarlargina bunday şarafga munosib köriladi.
Men uning şu kitobidan örin olgan “Inqilob keçasi”ga alohida töxtalişni istar edim. Zero, bu qissaga asos bölgan voqealarga özim ham iştirokçi, guvohman desam, yolğon emas. Asarga 1983-yilning 7-noyabri – u zamonlarda Uluğ oktyabr sotsialistik revolyutsiyasining 66 yilligi deb dömbira qilinadigan bir keçada yuz bergan voqealar asos qilib olingan bölib – paxta terimi sabab bir ovloq joyda uç oylab qolib ketadigan ijodkor-talabalarning ruhoniyati bor kölami bilan qalamga olinganki, unda lirik va satirik, hajviy va içkin badiiy nasr uslublari uyğun holda mavjlanib, öşa davr mafkurasi va mafkurasizligini, fikr va fikrsizlik kuraşini qöşiq yangliğ tarona etadi. Asarni har safar qölimga olişim bilan, unutib bölmas kinoni yana bir bor körganday yoşligimiz tiriladi. Abduqayum domla, komissar Mahmud aka, Şurik, Dilorom, Şoir, Toşpölat, Gulya, Jalol va hokazolar yarim-yorti ismlari özgartirilganini aytmasa, kim haqida gap borayotganini kursdoşlargina emas, fakultetdoşlar ham birpasda fahmlab oladi. Holbuki, yolğondan holi topilgan qizil bayroqning bir qismi bölsa-da, ötga taşlab kuydirilişi, Şoirning daʼvati, çoyxonaçining buni ijro qilişida sobiq tuzumga qarşi inqilobçilik ruhi, ozodlik alangasi davralarimizda, ayni talabalar davrasida kezib yurgani ayni haqiqat edi… Öşa kungi voqealar yillar ötib ham Sobirning xayolidan ketmagan va bir ötirişda bu gözal asarni bitgani aniq. Şuning uçun ham qissa har qanday öquvçini sel qiladi. Mening esa asarga kirmay qolgan ayrim voqea va hodisalarni köz oldimda tiziltiradi. Öşa yili biz 90 nafar talabadan qolgan yigirmatasi mavsum oxirigaça paxta dalasi yaqinidagi barakda yaşab, tevarak-atrofimiz şudgorlab taşlanganiga qaramay, dekabrning yigirmançi sanasiga qadar azim şaharga qaytişga ruxsat bölmaganidan har kuni dalalar örtasidagi tuproq yölda töpir-töpir qilib, bir-ikki çaqirimga borib-qaytişdan boşqa işimiz qolmaganida ham saqlab turilgan edik. Nihoyat, frontdan qaytayotgandek ruxsat tegib, bizni olib ketiş uçun kelgan avtobuslarga şaharga ketib qolganlarning körpa-töşagidan iborat yuklarini ortar ekanmiz, komissarimiz Mahmud aka emas, Maʼmur aka şlyapasini yeçib, barakning tomiga turgan qöriqçining boşiga ildirib tuşdi va şu bilan avtobuslar örnidan jildi. Menga öşa yağir şlyapa hamon dala-şiyponi – barak tepasida turganday tuyilaveradi, tuyilaveradi. Yozuvçimiz asari boşida “Yigirma yil keçikib qilingan diydiyo” deb yozib qöygan, vaqtning ötişini qarang, undan keyin ham yana bir yigirma yil ötib ketibdi…
* * *
Odam köpinça lavozimi yuksaklagan sari aslidan uzoqlaşişi mumkin. Odam zarba ustiga zarba olgani sari asliga qaytib boraveradi. Kim ekanligini anglaydi. Bu dunyoga nima uçun kelganini juda teran tuşunib yetadi. Sobir Önarning qismati şunday keçdi. Sobirning fitratidagi asliyat, dunyoga bedoğ nigoh bilan qaraş zuvalasida bölgani ilk yozganlaridayoq sezilgan. Lekin uning barakali hosilasi isteʼdodi qadar orzulariga yetişa oldimi, degan savol meni negadir qiynaydi. Döstimning qizi Nurinisoning sözi ijod atalmiş bu sirli jarayonning bir çetini oçganday böldi. “Dadam ilhom kelmasa, heç narsa yozmas edi. Dadam qanilar, deb oyimdan sörasam, ilhom izlab ketgan-da, derdilar…” Bu jamiyatning çirkin illatlaridan ozorlangan ijodkorning soflanişni istab, muqaddas bir maʼvo – ijod olamiga şönğigani, qalban şaffoflaşgandan keyingina ijodga qaytgan, aslini topgan lahzalaridir. Asl yozuvçi ana şu asliga qaytmagunça, qöliga qalam olmaydi, ololmaydi. Boşqaça aytganda, içidagi tili ungaça gung, tilsiz bölib turaveradi. Ehtimol, şuning uçun ham Sobir şu holatga yetmagunça, heç narsa yozmagan, bitganlari fenominiga nisbatan kam, ammo ular aʼlo bölib köz oçgandir.
Köpinça Sobir kutilmagan zarbalarni olgaçgina şunday holatga kirgan, unga “ilhom” kelgan. Yozuvçi Xurşid Döstmuhammad bir haqiqatni eslatdi: Birinçi Prezident huzurida yozuvçilar silliqqina bir yiğilişdan çiqişga hozirlanişar edi. Katta göyo söz erkinligini davraga marhamat qilganday qöl ostidagi lavozimli yozarlardan sörab qoladi: “Menga aytadigan biron gapingiz yöqmi?” Bunday pallada huşyorlik zarurligini hamma yaxşi bilar edi… Yiğilişda qatnaşayotgan Sobir Önarov Davlat va jamiyat quriliş akademiyasi tinglovçisi edi. Odatda, bu dargohni tugallagan rahbarlar yanayam yuqori lavozimlarga tayinlanar edi. Sobir haqida ham şunday miş-mişlar bolalab qolgan edi. Buning uçun yanayam huşyor böliş kerak edi. U esa asliga tortdi. “Huşyorlik”ni unutdi.
– Muhtaram Islom Abuğaniyeviç, – dedi u – universtetda aʼlo baholarga öqiyotgan bir talaba qizni öqişga römol örab kelgani uçun haydaşibdi. Uvol bölib ketmasin, deyman-da…
Sobir bu voqeadan bir-ikki kun ötmasdan “Yoşlik”ning boş muharrirligidan imi-jimida çetlaştirildi. Oddiy xodimga tuşirib qöyildi. Sobir esa ijodga urdi özini. Katta janrga qöl urdi, qissalar yozdi… Moddiyatda nimadir yöqotdi, adabiyot esa faqat topdi. Ön yetti yil ötib kitob çiqargani şundan edi. Ustozning körinmay ketding degan sababi aslida bu yoqda edi. Esidan çiqdimi, unutdimi, keçirdimi Katta… Bir-ikki yildan keyin Sobir yana boş muharrirlikka qaytdi. Işini davom ettirdi.
Albatta, bu dunyoda odam bir yölçi, xolos. Navbatdagi qaqşatgiç zarbani Sobir ellik yoşni töldirar-töldirmas kunlari oldi. Ona ketdi çin dunyoga. Uning ketidan oğir dard bilan çorak asrlik yostiqdoş ketdi. Uning örnini boşqa ayol heç qaçon bosolmas ekan… Kurakda turmaydigan ayblar bilan u işdan ham olindi. Uyuşmaning öşandagi raisi har bir qöl ostidagi xodimini faqat öziga sodiqligiga qarab qadrlardi. Adabiyot maydoni isteʼdodlarning dalasi emas, özining makkapoyasi deb hisoblar, mabodo özining şaxsiy duşmani deb qaragan, yo uyuşmadagi biron-bir xatolikni boşliqqa daxldorligini xayoliga keltirmay ham yozib yo aytib qolsa, tösatdan, bu biron-bir naşrda körinsa bormi, öşa naşrning kattadan-kiçigigaça özining duşmani deb qarar, ularning dumini tugiş bilan şuğullanar edi. Sobirni ham şu bois işdan oldi…
Sobir şundan keyin beqönim bölib qoldi işda. Bir muddat heç qayerdan iş topolmadi. Bir oti uluğ gazetada muxbir böldi oxiri. Yöq, halloslab çoparlik qiliş unga töğri kelmaskan. Keyin naşriyotga işga ötdi, undan ikkinçisiga. Hatto bir muddat rahbar bölib qolganday ham körindi. Hali işni yölga qöymasidan esa heç nimadan heç nima bu rahbarlikdan ham uni ihroj qilişdi. Oxiri yurib-yurib, Uyuşmaga aylanib kelib qoldi. Marhamat körsatdilar. Adabiy maslahatçi bölganida esa, endi yurak…
Sobirga ana şu zarbalar orasida yana yangidan ilhom keldi. Heç kim şu paytgaça nasrimizda körmagan ufqni kördi. U uzoq paytlar qişloğida qolib ketadigan böldi, toğlarida kezib yurib özining yöqolgan orzulari izini izladi. Ularni topolmadi-yu, uluğ, mangu qaytmas bir dunyoga röpara keldi. Bu dunyo yuragidan otilgança otildi.
“Otamzamon hangomalari” turkumi köz oçdi. Janri, ifoda uslubi, şirali tili, yarim hujjatli, yarim töqima hikoya tarzi ila işonçliligi va işontirişi bilan öquvçiga xuş ötirdi. Men bu – heç bir yozuvçining uslubiga öxşamaydigan, buyuk arman yozuvçisi Grant Matevosyan nasrini esga soladigan, toğliklarning sof hayoti, yolğon-yaşiqsiz dağal yaşaş tarzi, beğubor kulgu ila sarguzaştlari rivoyat qilingan asarlar yana ham özbekona, yana ham dölvor böldi. Afsuski, Sobir Önar bu turkumni endigina boşlagandi. Yetti hikoya-qismatni bitişga ulgurdi, xolos. Ehtimol, yuzlab şu turkumga kiruvçi asarlari özi bilan ketdi…
Sobir Önar şu qatorda yana bir katta işga şitob bilan kirişgan edi: “Bobolarim” turkumi. Hayotda bölganiday yozilgan yana yetti asardan iborat bu bitiklarida endi u özining ajdodlari tarixini gözal bir badiiy uslubda raqam qildi. Ehtimol, bu turkumda yozib, eʼlon qilişga ulgurmagan hujjatli hikoyalari yana bordir. Lekin yozilmay qolganlari qança-qança ekanini adabiyotçi-öquvçi darrov sezadi. Taxmin qilişimça, bobolari badiiy-maʼnaviy tarixini rivoyat qilib bölgandan keyin adib “Momolarim” deya atalguvçi yana ulkan bir turkum asarlarni boşlamoqqa hozirlangan körinadi. Alal-oqibat, u özining qişloği, eli, Quvkalla – Qöşrobotning maʼnaviy tarixi haqida uluğ bir roman bölar asarni boşlagan, boşlaşga hozirlangan. Zero, uning eng mumtoz hikoyalarida, Sobirning umr kitobi bölar, nasrning eng katta janri – romanga xamirturiş bölgudek, roman voqeasi va yuki bor zalvor mana man deb balqib turadi. Vodariğ, ulgurganiga ulgurib, ulgurmaganiga ulgurmadi… Zero, qizi-dilbandi – Nurinisoning aytişiça, Sobir Önardan mingga yaqin kundalik daftarlar qolgan. Kundalik öz holida hayot va ijodining manbasi. Şu qatorda Sobirning katta bir asarga, kölvor-uluğvor durdona asarga tayyorgarligi, hozirligi bölgani aniq! Lekin men şu asarning alohida-alohida parçalari bölgan “Bobolarim” turkumida bugungi nosirlarning hammasiga örnak-namuna-ibrat böladigan bir ölmas işni u qilişga ulgurdi, deb baralla aytaman. U öz aslini bilgan, ular kimlar ekanini ayta olgan, ildizini Hazrati Odam otaga yetkazgan bir adib ekanini körsatgan edi. Bunga qança havas qilsak ham kam. Zero, bu millatni öz ildiziga, maʼnaviy ildiziga ulaşdir. Sobir Önar eʼlon qiladi: “Men Hamzaning öğli, Hamza Önarning öğli, Önar Sulaymonning öğli, Sulaymon Xidirning öğli, Xidir Ğoyibnazarning öğli, Ğoyibnazar Husanning öğli, Husan Xolboyning öğli, u yoği katta uruğ – Şörliq, Şörliq esa Bögajali, Bögajali bölsa Turkman yo Qönğirotga ulanib ketadi”.
Millatning katta adibi, millatning fitratidan mujda beradigan durdona asarlar qoldirgan qadrdon döstim Sobir Önarni Alloh rahmatiga olgan bölsin! Gunohlarini avf qalami bilan öçirib, faoliyatidagi ezgu işlari, ijodidagi gözal va ölmas bitiklari bois Qiyomatda yuragidagi pok niyati, alangali dardi haqqi munosib taqdirlasin!
2024-yil, fevral, Toğguzar qişloği
Vafo FAYZULLOH
1963-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Hut”, “Xabarsiz sevinç”, “Mangu lahza”, “Jon yöli”, “Azaliy ğussa” kabi şeʼriy kitoblar, “Çaqmoq yoruği” adabiy-tanqidiy maqolalar töplami muallifi.
F.Kafkaning “Jarayon” romanini, “Otamga xat” essesini, M.Materlinkning “Söqirlar” dramasini, X.Borxes, K.Hamsun, R.Akutagava hikoyalarini, Ş.Bodler, P.Verlen, A.Rembo, I.Brodskiy va M.Svetayeva şeʼrlarini tarjima qilgan.
2024/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


