5 daqiqada öqiladi

96 marta körilgan

Közgu

Asliddin Mustafo

(Hikoya)

Qizining otasi haqida aytgan ikki oğiz gapidan qalbi jarohat topgan ayolning qaroqlarini közyoşi yuvdi.

Aslida, bu sözlar qançalar haqiqat bölmasin, ayol uni tan olişni istamas, kelinlik çoğidayoq “Endi hayoting barbod böldi. Kelib-kelib şunga tegasanmi?” deya taʼna toşlarini otayotgan nigohlarga Doro va uning qöşiniga qalbida alam va qasos olovi ila qarşi çiqqan Tömarisdek yurak naʼrasini heç kimga eşittirmay pinhona qasam içgan edi. Bu qasamni avvaliga çötir – “Yuzsiz” filmi çiqqanidan söng şu laqabni qişloq ahli ismiga tirkab aytiluv­çi Hamdamga turmuşga çiqayotganida momosi Marziya kampir “Sepingga qöşib qöy, odamlardan ozor çekkan vaqtingda bunga qara, qalbing taskin topadi”, deb bergan, şundan söng faqat bir marta: Şakar şilqimning “Qovunning yaxşisini faqat it yeydimi?” deya muddaosini aytganida jazava qozoniga tuşib qolgan yuragi unga qarab halovat topgan va beşafqatlarça qalbiga qiliç sermab ötayotgan qismat töfonidan omon saqlaş maqsadida sep sandiğida asrab kelayotgan kaftdekkina közgu kabi qalbining hali heç kimga oçilmagan, bor orzu-umidlarining röyobga çiqar kuniga qadar qulfi tilsim sözni kutayotgan hujrasida asrayotgan edi.

Hatto Şakar şilqimning öşa gapiga “Sen itdan ham rasvo mahluqsan”, deya damini içiga yuttirgan ayol qizining “Oyi, sizga boşqa er qurib ketganmidi? Kelib-kelib otamga tegasizmi? Gulday husningiz bor, gah desangiz, manaman degan yigit ham kaftingizga qönardi”, degan jon örtar sözidan avvaliga qanday javob qaytarişni bilmay qotib qoldi. Söng jununday titrab qizining soçlariga çang soldi.

– Sen öz otangdan or qilyapsanmi?! Öz otangdan-a? Oqpadar bölasan, juvonmarg! Qaysi gördan topding bu gapni?

Ayol qizining yuziga şapaloq tortib yubordi. Söng majolsiz ötirib, uvvos sola boşlagan qiziga qöşilib yiğlay boşladi…

Uning ham bir paytlar qizi kabi öylagan, taqdirini yozğirgan kunlari ham bölgan edi. Biroq bu qismatni özi tanlagan. Qişloqdoşlarining mazax qamçilari kunda boşida sinayotgan Hamdamni bir umr baxtli etiş maqsadida qilgan ahdi va bu ahdga keliş uçun bölgan sababni özi-yu, Özidan özga bilmasdi.

Qirqdan oşganida ham hali mayda ajinlardan özgasiga yengilmagan, pardoz körmagan va qoşlariga bir paytlar ösma tortilib, keyinçalik bundan ham voz keçgan, eri bilan örtasidagi tafovutni kengaytirmaslikka ming urinsa-da, öşa ön yetti yoşidagi, körgan yigitni “Uylanasan, şunday qizga uylansang-da” deya entikti­radigan husni jamoli qişloq ahlini jununga aylantirgan edi. Kimdir köngliga in qurgan tuyğularini pinhona asrab yurgan bölsa, boşqasi qizning öziga oşkor qilgan, kimlaridir esa aytib ham ötirmay sovçi yuborib qöya qolgan edi. Biroq bu harakatlarning barçasi dengiz tölqinining qoyaga urilib besamar qaytişiga öxşardi. Birgina Şodmon raisning öğli Bolta taqdirla­rining qöşilmaganini ğururning oyoq osti bölişi deb tu­şundi. Köngliga in qurib olgan kinning kun sayin ildiz otib borişi toki maqsadiga yetiş uçun qizning yöliga çiqib, ötib bölmas dovordek qad kerguniça davom etdi.

– Nega sovçilarimni qaytarding? – dedi Bolta suv uçun buloq boşiga yolğiz kelgan qizga. – Qişloqda mendan boşqa yigit seni baxtli qilolmaydi.

– Siz meni baxtli qilsangiz, Oypari bilan Sojini kim baxtli qiladi? Qiz bolaning köngli sizga öyinçoqmi?

– Men ularni yaxşi körmayman. Şunçaki köngil uçun…

– Balki vaqt ötib men ham şunçakilar qatoriga tuşarman?! – zarda qildi qiz.

– Ular boşqa, sen boşqa. Seni begonalarga berib qöygim yöq.

Qiz qölida tutib turgan ikki satil suvni yigitning oyoği ostiga qöydi.

– Siz tuşingizni manov suvga ayting, men soyga oqizib kelaman.

– Şundaymi hali?! – Boltaning rangi bözardi.

– Şunday.

– Unda bilib qöy, qaçon paqirda suv­ni körsang, mana şu kunni eslab yurasan. Töğriroği, eslab yuramiz.

Hirsning domiga ilingan Boltaning közlari­ga qon quyila boşladi. Hozirgina öynoq­lab oqayotgan soy tuğyon urdi. Maysalar qaramoq­dan ibo qilib boş egdi. Dov-daraxtlar nomus va nafs örtasidagi jangdan ozorla­nib, kökka qöl çözib nola qildi. Zamin özini himoya qilmoqqa urinayotgan, ammo yovuz kuçning hamlasiga bas kelolmaganidan yirtilib borayotgan liboslari bilan jon halpida badanini yopişga urinib, qora quyunday bosib kelayotgan nafsning başarasini timdalayotgan qizga yordam berolmaganidan, özidan bino bölgan jonzotning naqadar tubanlikka yuz tutganidan titrayotgan edi.

Lahza… lahza… lahza…

Ğoliblik naşidasini surmoq umidida bölgan hirs ğalaba yalovini kötarmoqqa ulgurmadi. Biqiniga tuşgan tepki zarbidan poydevori zil ketgan devorday yerga quladi.

– Yuzsiz?! – hali özini önglab-önglamay manfur rejasining barbod bölişiga sababçi bölgan raqibiga “Sen ham odam bölib qoldingmi? Mişiqi bolalar kiyimingga burnini artib ketganidayam miq etolmay yurarding. Bugun qahramon bölmoqçimisan?” deganday savol nazari bilan boqqan Bolta tuyqus oçilgan eşikdan söroqsiz yopirilgan izğirindek yuragiga kirib kelgan hadikdan orqaga tisarildi. Keyin yaloği tortib olingan itday Hamdamga taşla­niş uçun qad rostladi.

– Sen hali…

Boltaning gapi oğzida qoldi. Jaği aralaş yuziga tuşgan tepkidan gandiraklab orqaga yiqildi. Hamdamga yana qarşi çiqişga botinolmadi, to raqibining qadam tovuşlari uzoqlaşgunga qadar yuztuban yotaverdi.

Hamdam ustidagi köylagini yeçib, daraxt panasida dir-dir titrayotgan qizga uzatdi.

– Endi yolğiz suvga çiqma.

Ezgulik va yovuzlik örtasidagi muhorabadan karaxt holga tuşib qolgan qiz atrofida bir qarorga kelguniga qadar oradan haftalar ötib ketdi. Uning şaʼnini himoya qilgan yigitdan öşa kuni bor-yöği bir oğiz gap eşitgan qiz boşqa söz eşitmoq gumon ekanini bilgani uçun ham özida jurʼat bölişi kerakligini his qildi. Hamdamning köylagini yuvib-dazmollab, yigitga olib bordi.

– Bergim kelmadi-yu, lekin omonat bölgani uçun keltirdim, – dedi qiz Hamdamga köylakni uzatayotib. – Judayam minnatdorman. Öşa kungi yaxşiligingizni qanday qaytarişni bilmayman.

– Öşa kunni xotirangdan öçirib taşlasang, qaytarganing böladi, – dedi Hamdam özida kuç topib.

– Boşqaning eşigini bir umr supurib ötadigan bölsam, heç qaçon xotiramdan öçmaydi, – dedi qiz va ortiga burilgança, yugurib ketdi. Yugurib borarkan, ikki yuzidan öt çiqayotganini his qilib borardi.

Hozir ham ötmişini qiziga aytib berarkan, yuragi entikib, yuzlari olovlandi ayol­ning.

Qiz boşini silagan onasining qöllaridan tutib, kaftlariga yuzini bosdi. Iç-içidan, sözga jo bölolmayotgan ehtiromlar qobiğini yirtib bir nido otilib çiqdi…

Asliddin MUSTAFO

 1980-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. Şeʼr va hikoyalari respublika gazeta-jurnallarida eʼlon qilingan. “Tegirmon”, “Tökiliş” nomli şeʼr va hikoyalar töplami çop etilgan.

 

2024/11

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…